DN42 access
本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接
默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我
所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由
该服务由AS4242423377提供
- - - - - - -
The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network.
By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information.
All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification.
Hosted by AS4242423377.
Policy
本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。
滥用行为包括但不限于:
- 过度使用资源
- 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为
- 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容
- - - - - - -
This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access.
Abuse could include, but is not limited to:
- Excessive use of resources
- Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users
- Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability
PoP
## Toronto, Canada
Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96
Zerotier: 4753cf475f65b0fb
## Los Angeles, USA
coming soon
#announcement#service
#Nazm
JADIDLAR
Taqdir erkalatgan qizlar, yigitlar
Sohilda sayr qilib, atirgul hidlar.
Xayolchan boqadi gʻoziy shahidlar...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Shaxsiy namuna yoʻq, chunki Ibrat yoʻq,
Olimlar juda koʻp, bitta Fitrat yoʻq,
Shu sabab majol bor, kuch bor, qudrat yoʻq,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ular gʻisht qoʻygan, biz toshlar otamiz,
Ular soʻz yigʻganlar, biz gap sotamiz,
Ular kun kutgan, biz oylik kutamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Tavallo, Qodiriy, Choʻlponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Ogʻiz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Oʻshalar bizlarning bobolarmikan?
Bizdan oʻzlarini topolarmikan?
Bizni nabiram deb tan olarmikan?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ular maktab qurgan, biz uy quramiz,
Ular gʻoya surgan, biz oʻy suramiz.
Yoppa tomoshabin boʻlib turamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Qopogʻon davr edi, qattol, qatagʻon,
Otilib chiqqanni shartta otagʻon...
Bugun yuki yengil tuya yotagʻon...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Oʻziga kelmaydi oʻzdan ketganlar,
Ixlos qoʻyib shayton dumin tutganlar...
Qani yurt deb oʻzini unutganlar?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Sheʼr avjida birdan qalam sekinlar,
Buyuk ustozlarim nima derkinlar?
Soʻnggi jadid edi Abdulla, Erkinlar...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ufqqa urilib, qaytib kelgan oʻq
Mening yuragimni teshib oʻtgan choʻgʻ.
Muallimlar serob, Avloniylar yoʻq.
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Taʼlim-tarbiyani najot bilganlar,
Ilmiga oʻzlari amal qilganlar.
Qarang, amal deb oʻz jonin yulganlar,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Maishat, toʻy, hasham bosh maqsad hamon,
Gapdan boshqa gap ham bor, ey qadrdon!
Hamma zamonda ham kelmaydi zamon,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Zanglagan zehnimni charxlab beradigan,
Umrim savdosini narxlab beradigan,
Shu sheʼrni oʻgʻlimga sharhlab beradigan
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
✍️ Iqbol MIRZO
🎞https://youtu.be/7appKAQxTws?si=UF8SiYuKBpRF21d-
➣ Yaqinlarga tarqating !
➫ «MMIBD O'rinbosarlari uchun» kanaliga ulaning👇
➥ Ⓜ️anzil: @manaviyatchi
#nazm
ONAM DERMAN
Bu olamda ulug‘ zot kim
Desang, doim onam derman.
Hayotim ustuni sinmas,
Madadkorim onam derman.
Gul umrim mash’ali o‘chmas,
Xayoldan suvrati ko‘chmas.
Dilimga oq dili payvast,
Vafodorim onam derman.
Ko‘zim nuri-yu darmonim,
Umid-shodlik va armonim,
Kecha-kunduz nigohbonim,
Xaloskorim onam derman.
Ona farzandga bol bergay,
Saodat chechagin tergay.
Ham ardoqlab, ham o‘rgilgay,
Chamanzorim onam derman.
Uzoq ketsang qolar dog‘da,
Kutar bedor sahar chog‘da.
Muqaddas ona tuproqda
Umidvorim onam derman.
Ayo Yong‘in, onang et shod,
Yozib madhini qilgin yod.
Ona birla hayot obod,
Charog‘bonim onam derman.
Yong‘in Mirzo
** Suratda: shoir Yong‘in Mirzo (1917–1990) bahorda onasini opichlab, gullagan daraxtni ko‘rsatgani hovliga olib chiqqan.
🌐Sayt
✈️Telegram
✅Murojaat
♾Muhokama
#nazm
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko‘zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo‘ldi safardosh.
Jami tiriklikka tanish bu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do‘stim, alam qilar, arslon bexabar,
Yem bo‘lib ketsak shu qumursqalarga.
– Abdulla Oripov
@panda_books
#video
#nazm
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida ozarboyjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irni qabul qildi.
Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tug‘ilgan, ammo asosan O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. U ozarboyjon xalqini o‘zbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanishtirib kelmoqda. Keyingi paytda Akif Bag‘ir, ayniqsa,"O‘zbek kelayotir" qasidasi bilan tilga tushdi.
Yo‘l bo‘shat, dillarda muzlagan armon!
Yo‘l bo‘shat, mensimay xor qilgan nodon!
Yana ming yillikning tongotaridan,
Yo‘l bo‘shat, zamona! Yo‘l bo‘shat, jahon!
O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan!
Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#Nazm
#G'azalxonlik
📎Zahiriddin Muhammad Bobur "Mening ko'nglumki"
📜Ijro etadi: Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Musiqa nazariyasi" bo'limi 10-sinf o'quvchisi Tolipova Dilbaroy
🎼Jo'rnavoz: Anvarjon Abdumannonov
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
#Nazm
#G'azalxonlik
📎Zahiriddin Muhammad Bobur "Ko'nglumda bor"
📜Ijro etadi: Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Aktyorlik san'ati" bo'limi 10-sinf o'quvchisi Nodirbek Mahmudjonov
🎼Jo'rnavoz: Anvarjon Abdumannonov
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
#nazm#munosabat
Zamona zayliga kuy chalar dutor,
Zamonin zaylidan or etarlar, or,
Forsiylar kelganda erkaklar zoti
Unutishdi siynalarga bo‘lganlarin zor!
Lola Yuldoshevani tanqid qilayotganlar, o‘z tarixini unutgan, erkaklari qirg‘in bo‘lgan on, qiz farzandlarning ko‘kraklaridan voz kechib, kamonchi qilib tarbiyalagan massaget xalqining XXI asrdagi isnodidir!
Zamona To‘marislari o‘lmadi, ammo ularni o‘ldirmoq istamoqdalar.
Mahinda bir gal Penelopa hayoti, iztiroblari yoritilgan asar revyusini o‘qigan edim. Bunday asar har bir ayol qahramon uchun yozilmog‘i darkor. Bo‘lmasa biz qayerdan bilamiz tul malika To‘marisning farzand dog‘ida yongan onlarida chekkan iztiroblarini. O‘ylab ko‘ring shu haqida ijod ahli.
Hurmat ila Nurali Qahramon
#onatilimfaxrim
#nazm
…Qadim ohanglardan men seni topdim,
Izladim tafakkur osmonlaridan.
Bir buyuk xalq bo‘lib chiqib kelding sen,
“Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish” dostonlaridan…
…Sen – tilim tagida turgan achchiq tosh,
Sensiz men hech kimman, yo‘qdirman, bildim!
Sen – tirik xazina, sen – tirik afsun,
Seni angladim-u, dunyoga keldim!
Qisinib-qimtinib yurmayman chetda,
Kibr yo manmanlik emas falsafam.
O‘zbek kalomida Iymon, Nomus, Or
Va ikki dunyoning saodati jam!
Sen – muhabbat tili hamda erk tili,
Sen borki, Haq bilan sirlashamiz biz!
Sen – jasorat tili va mardlik tili,
Sen borki, xalq bo‘lib birlashamiz biz!
Zebo Mirzo
"Ona tiliga qasida" she’ridan parcha
Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#onatilimfaxrim
#nazm
Men o‘ylayman:
hayot yo‘lida
Izlasa, ko‘p tarjimada sir.
Necha yildir o‘zbek tilida
So‘zlayotir, mana, Shekspir.
Shunday san’at bo‘lmasa agar,
Ko‘z o‘ngida qorong‘u dunyo –
Biz bilmasdik, goh shams, goh qamar
Bosh ustida – Tolstoy bobo.
Bular yaxshi. Bir narsa chatoq:
O‘zbekning ham bor shirin gapi.
Tarjimada lekin tumtaroq,
Tarjimaning yo‘qdir maktabi.
Dunyo hamon bilmaydi, do‘stlar,
Navoiyning dardini tugal,
Mashrab qaysi ohangda bo‘zlar,
Nodiradan qolgan ne g‘azal.
O‘lkamizda, ko‘rsangiz, shuncha
Madaniyat, shuncha maorif,
Chiqmapti deb tarjimam uncha,
Kuyar ammo Abdulla Orif.
Birov mumkin ochsa menga bahs,
Men baribir bu borada haq:
Kimdir kelib ko‘tarib qo‘ymas,
O‘z-o‘zini ko‘tarmasa xalq...
Omon Matjon
Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama