@handicraftman · Post #56169 · 2026/04/21 06:43
📢 Toshkent shahrida 2026-yil 20–24-aprel kunlari Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” o‘tkazilmoqda. 🎗 Festival doirasida usta hunarmandlar ishtirokida xalq amaliy san’ati sohasida shakllangan “ustoz–shogird” an’analari keng namoyish etilmoqda. Shuningdek, mahorat darslari tashkil etilib, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi taqdim etilmoqda. ✨ Festivalning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada va bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi. 🎶 Tadbir davomida milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. Sahna dasturlari mazmunan boy va rang-barang tarzda tashkil etildi. 📌 Mazkur festival xalq amaliy san’ati an’analarini saqlash va rivojlantirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniy merosni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. #festival_2026#TasviriySanat#AmaliySanat#Hunarmandchilik Faсebook|✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash