TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 3 条相似帖子

搜索 #tasviriysanat

当前筛选 #tasviriysanat清除筛选
O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

@milliy_universitut · Post #5648 · 2025/08/26 06:19

#Dolzarb_90#TasviriySanat O‘zbekiston Milliy universitetida “Tasviriy san’at ko‘rgazmalari taqdimoti" tanlovi bo‘lib o‘tdi 🔺Biologiya va ekologiya fakultetiga qarashli Botanika bog‘i hududida tashkil etilgan Ijodkor talabalar bog‘ida “Tasviriy san’at ko‘rgazmalari taqdimoti" tanlovi bo‘lib o‘tdi. 🔺Go‘zal tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan bunday ijodiy tanlov ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. Mazkur tadbir ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda tasviriy san’at orqali badiiy didni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 🔺Tanlovda turli fakultetlardan iqtidorli talabalar ishtirok etib, o‘z ijodiy ishlari, rang-barang kartinalari va san’at asarlarini tomoshabinlarga taqdim etdilar. Har bir ishtirokchi san’atga bo‘lgan mehrini o‘ziga xos uslubda namoyon qildi. 🔺Tadbir yakunida eng yaxshi ijod namunalarini yaratgan talabalar saralanib, ular Diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu esa yosh ijodkorlarga yanada ilhom va rag‘bat bag‘ishladi. ☑O’zbekiston Milliy universiteti

"Hunarmand" uyushmasi rasmiy sahifasi

@handicraftman · Post #56169 · 2026/04/21 06:43

📢 Toshkent shahrida 2026-yil 20–24-aprel kunlari Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” o‘tkazilmoqda. 🎗 Festival doirasida usta hunarmandlar ishtirokida xalq amaliy san’ati sohasida shakllangan “ustoz–shogird” an’analari keng namoyish etilmoqda. Shuningdek, mahorat darslari tashkil etilib, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi taqdim etilmoqda. ✨ Festivalning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada va bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi. 🎶 Tadbir davomida milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. Sahna dasturlari mazmunan boy va rang-barang tarzda tashkil etildi. 📌 Mazkur festival xalq amaliy san’ati an’analarini saqlash va rivojlantirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniy merosni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. #festival_2026#TasviriySanat#AmaliySanat#Hunarmandchilik Faсebook|✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash

#OAVbizhaqimizda#Xonobod#AndijonAxborot#TasviriySanat#Ko‘rgazma 📰 OAV biz haqimizda 🎨 Andijon axborot: Xonobod shahrida ko‘chma va foto tasviriy san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi Shahrimizda o‘tkazilgan mazkur tadbir san’at ixlosmandlari va yosh ijodkorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. ✔️ Batafsil ma’lumotni “Andijon axborot” teleradiokanali xabarida tomosha qiling...