#Bobur
⚡️14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!
Temuriy shahzoda — Zahiriddin Muhammad Bobur haqida eng qiziqarli faktlar!
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
#Bobur
📣14-fevral — buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni
⚡️ Ertaga 14-fevral sanasi o‘zbek mumtoz adabiyoti va davlatchiligi tarixida alohida o‘rin tutadi. Bu kun — buyuk shoir, iste’dodli sarkarda, davlat arbobi va tarixnavis Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
📚 Bobur nafaqat yirik saltanat asoschisi, balki nozik didli ijodkor sifatida ham jahon tamadduni xazinasiga beqiyos hissa qo‘shgan. Uning g‘azal va ruboiylarida Vatanga muhabbat, insoniy tuyg‘ular, hayot falsafasi va ruhiy kechinmalar chuqur badiiy ifodasini topgan. Shoir qalamiga mansub satrlar asrlar osha hamon qalblarni hayajonga solib kelmoqda.
📖 Ayniqsa, uning mashhur asari — Boburnoma tarixiy-badiiy yodgorlik sifatida o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Ushbu asarda muallif o‘z davrining siyosiy jarayonlari, ijtimoiy hayoti, tabiat manzaralari va shaxsiy kechinmalarini samimiy va teran tasvirlaydi.
📜 Bobur ijodidan bahramand bo‘lish — bu nafaqat adabiy zavq, balki tarixiy xotira, milliy o‘zlik va ma’naviy ildizlarimiz bilan yuzma-yuz kelishdir. Uning quyidagi misralari hamon dolzarbligini yo‘qotmagan:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
✨ Buyuk ajdodimizning boy adabiy va tarixiy merosini yana bir bor yodga olib, uning ibratli hayoti va ijodidan ruhiy quvvat olish barchamiz uchun sharafdir.
✅ Bobur merosi — millat faxri, ma’naviyatimizning bebaho durdonasidir.
🔂Milliy kino san'ati saroyi Axborot xizmati
Web-site|Telegram| Instagram|Facebook
#Bobur
⚡️14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!
Temuriy shahzoda — Zahiriddin Muhammad Bobur haqida eng qiziqarli faktlar!
Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube
Buyuk sarkarda, benazir shoir va yuksak tafakkur sohibi, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hodimlari tomonidan chellenj tashkil etildi.
Bobur – nafaqat qudratli davlat arbobi, balki nozik qalb egasi, tabiat va go‘zallikni yuksak qadrlagan mutafakkir sifatida ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Uning boy ma’naviy merosi bugungi avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat va atrof-muhitga ehtirom ruhida tarbiyalaydi.
Mazkur chellenj orqali hodimlar Bobur merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida buyuk ajdodimizga bo‘lgan hurmat va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
#Chellenj#Bobur#543yilligi#14fevral#Andijon#BoburMerosı
NAVOIY VA BOBUR — MILLIY TAFAKKURIMIZNING IKKI BUYUK USTUNI
"Temiryo‘lkargo" AJda o‘zbek adabiyoti va davlatchiligining ikki yirik siymosi — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
____________________________________
Tadbirning asosiy voqealari:
🔹Ilmiy muloqot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Tilovov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Olim ajdodlarimiz asarlaridagi komil inson, axloqiy yetuklik va ezgulik g‘oyalari haqida so‘zlab berdi.
🔹Musiqiy tuhfa: Mutaxassisimiz Hamidjon Zahridinov tomonidan Boburning mashhur “Lola” g‘azali gitara jo‘rligida mahorat bilan ijro etildi.
🔹Ijodiy chiqishlar: Xodimlarimiz ijrosidagi Navoiy va Bobur ruboiylaridan tuzilgan maxsus videolavha namoyish etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
"Ajdodlarimizning boy adabiy merosini o‘rganish — nafaqat bilim, balki yuksak ma’naviy tarbiya maktabidir."
Bugungi uchrashuv xodimlarimizning milliy adabiyotga bo‘lgan mehri va hurmatini yanada mustahkamladi. Biz nafaqat yuk tashishda, balki ma’naviyatda ham peshqadam bo‘lishga intilamiz!
#Navoiy#Bobur#Manaviyat#Temiryolkargo#Adabiyot#Ozbekiston
НАВОИ И БОБУР — ДВА ВЕЛИКИХ СТОЛПА НАЦИОНАЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ
В АО «Темирйулкарго» состоялось духовно-просветительское мероприятие, посвящённое дню рождения двух выдающихся личностей узбекской литературы и государственности — Алишера Навои и Захириддина Мухаммада Бобура.
Ключевые моменты мероприятия:
🔹Научный диалог:
Почётным гостем встречи стал доцент Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои, кандидат филологических наук Абдумурад Тиловов. Учёный рассказал о идеях совершенного человека, нравственной зрелости и стремления к добру, заложенных в произведениях великих предков.
🔹Музыкальный подарок:
Специалист общества Хамиджон Захридинов мастерски исполнил знаменитый газель Бобура «Лола» под гитарный аккомпанемент.
🔹Творческие выступления:
Был продемонстрирован специальный видеоролик, составленный из рубаев Навои и Бобура в исполнении сотрудников общества, который подарил участникам приподнятое настроение и глубокие впечатления.
«Изучение богатого литературного наследия наших предков — это не только путь к знаниям, но и высокая школа духовного воспитания».
Проведённая встреча ещё больше укрепила любовь и уважение сотрудников к национальной литературе. Мы стремимся быть лидерами не только в сфере грузоперевозок, но и в деле духовного развития.
#Навои#Бобур#Духовность#Темирйулкарго#Литература#Узбекистан
https://t.me/utycargo
utycargo.uz
📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram