Hurmatli Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi!
Ha bu qachon bizning BUGUNimiz va ERTAmiz buyuk va havas qilsa arziydigan boʻladi? 500-1000 yil oldingi ajdodlar va buyuk tariximiz oʻtib ketib boʻldi, uni dastak qilib maqtanib yurishga sal uyalish ham kerak.
U tarixga sizlarning qanaqa hissangiz bor, hayronman, toʻgʻrisi! 😅
Shu mavzuda: https://farhodjon.uz/blog/great-ancestors/
#manaviyat
#Manaviyat#ImzoKuni
🌙 Ramazon Suhbati va Imzo Kuni Uchrashuvi
Bugun, Jamiyatimiz rahbari Ozoda Islomova boshchiligida, jamoamiz bilan birgalikda ma’naviy muhitning xotirjamligini baham ko‘rish uchun bir joyga yig‘ildik.
Istanbuldagi Anatolium Marmara majmuasida tashkil etilgan ushbu ma’naviy tadbirda, Qur’on-i Hofiz Dr. Selman Okumuş bilan o‘tkazilgan “Ramazon Suhbati va Imzo Kuni” tadbirida ishtirok etdik.
Muborak Ramazon oyining fazilati, insoniy fazilatlar va ma’naviy poklanish mavzusidagi chuqur suhbat bizda juda qimmatli taassurot qoldirdi. Dr. Selman Okumuş’ning qimmatli izoh va ta’limotlari jamoamizning madaniy dunyoqarashini kengaytirdi, Ramazon oyidagi o‘zaro yordam, hamjihatlik va birlik ruhimizni yanada mustahkamladi.
Ushbu go‘zal tadbir tashkilotchilariga va biz uchun kitoblarini imzolagan Dr. Selman Okumuş’ga minnatdorchiligimizni bildiramiz.
🌎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
#Chilonzor
#AmirTemur690
#Manaviyat
#Tarix
#TemuriylarMerosi
CHILONZORDA AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aprel oyi yurtimizda “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Mazkur oylik doirasida Chilonzor tumanida ham qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Bugun tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida hokimlik apparati va tuman tashkilotlari xodimlari uchun “Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi va olim To‘lqin Hayit ma’ruzachi sifatida taklif etildi.
Sohibqiron hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etgan olim uchrashuv davomida quyidagilar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi:
🔸 Amir Temurning davlatchilik siyosati va “Temur tuzuklari”ning ahamiyati;
🔸 Temuriylar davri renessansi va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi;
🔸 Buyuk sarkardaning ma’naviy merosi va bugungi kun uchun saboqlari.
Uchrashuv davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Bu kabi ma’naviy muloqotlar davlat xizmatchilarining vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish va milliy tariximizga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qiladi.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor_OAVda
#Uch_avlod_uchrashuvi
#YoshlarKuni
#Manaviyat
#Nuroniylar
#YoshlarSiyosati
“Uch avlod uchrashuvi” – ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
Chilonzor tumanidagi 200-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, shuningdek haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani munosabati bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati haqida alohida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida faol nuroniylar, tuman Nuroniylar kengashi rahbari Tohir Karimov hamda Ma’naviyat bo‘limi xodimasi, shoira Zulfiya Mo‘minova so‘zga chiqib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim olishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’ruzalar qildilar.
Uchrashuv davomida uch avlod vakillari o‘rtasida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Yoshlar nuroniylarning hayotiy tajribasi va nasihatlaridan katta ruhiy ozuqa oldilar.
👉👉👉Tadbir “Mahalla” telekanali dasturlarida keng yoritildi
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor
#MFY
#Ekskursiya
#IslomSivilizatsiyasi
#Manaviyat
#Marifat
Chilonzor MFY raislari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi
Chilonzor tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar ushbu markazning boy tarixiy merosi, ajdodlarimizning ilmiy va madaniy yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar. Tarix va kelajak o‘rtasida mustahkam ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘tayotgan mazkur maskan MFY raislarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tashrif davomida ular ko‘plab yangi va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lib, yurtimizning boy ma’naviy merosi yuzasidan chuqur taassurotlar bilan qaytdilar.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi
🌸XOTIN-QIZLAR HAYOTIGA E’TIBOR – BUXORODA NAVBATDAGI UCHRASHUV 🌸
📍 “Temiryo‘lkargo” AJ Buxoro filialida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👩💻 Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi boshlang‘ich tashkiloti raisi Nargis Kirgizova hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodim Guli Nigor Avazova ishtirok etib, filialda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashishdi. Ularning ish faoliyatlari, ish joyida yaratilgan qulayliklari bilan tanishishdi.
💬Uchrashuvda:
▪️ Ayollarni qiynayotgan muammolar tinglandi;
▪️ Ish joyidagi sharoitlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi;
▪️ Taklif va tashabbuslar eshitildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning mehnat va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini yanada kuchaytirishdir.
✅ Uchrashuv samimiy muhitda o‘tdi va ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
#Temiryulkargo#BuxoroFiliali#XotinQizlar#AyollarFaolligi#Manaviyat#Muloqot
https://t.me/utycargo
utycargo.uz
📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram
#Chilonzor_OAVda
#IslomSivilizatsiyasiMarkazi
#TarixVaMeros
#Madaniyat
#Turizm
#AjdodlarMerosi
#Manaviyat
Islom sivilizatsiyasi markazi – tarix va ma’naviyatga sayohat!
Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bugun nafaqat yurtimiz aholisi, balki xorijlik mehmonlar e’tiborini ham o‘ziga tortayotgan muhtasham maskanlardan biriga aylandi. Yaqinda ushbu markazga nuroniylar tashrif buyurib, uning boy va mazmunli ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Markazda yurtimizning ko‘hna tarixi, boy madaniyati, buyuk bobokalonlarimizning hayoti va bebaho merosi haqida batafsil ma’lumotlar jamlangan. Bu yerga qadam qo‘ygan har bir inson go‘yo o‘tmishga sayohat qilgandek bo‘ladi – tarix nafasi, ajdodlarimizning ulug‘ ishlari va ma’naviy merosi jonli tarzda namoyon etiladi.
Nuroniylar ham ushbu maskandan olam-olam taassurotlar olib qaytdilar. Ular bu yerda Islom dini va madaniyatining yurtimizda qanday rivojlanib kelayotgani, buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot yo‘li haqida har tomonlama va chuqur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan ushbu markaz orqali mamlakatimizning barcha hududlari tarixi va madaniyati haqida interaktiv va qiziqarli shaklda ma’lumot olish mumkin. Bu esa uni nafaqat mahalliy aholi, balki butun dunyodan keladigan sayyohlar uchun ham nihoyatda jozibador maskanga aylantirmoqda.
Shubhasiz, Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning eng muhim va e’tiborga molik vizit kartalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
👉👉👉 Nuroniylarimizning Islom svilizatsiyasi markazidagi ekskursiya jarayonlari "O‘zbekiston 24" telekanali dasturlarida keng yoritildi.
🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
NAVOIY VA BOBUR — MILLIY TAFAKKURIMIZNING IKKI BUYUK USTUNI
"Temiryo‘lkargo" AJda o‘zbek adabiyoti va davlatchiligining ikki yirik siymosi — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
____________________________________
Tadbirning asosiy voqealari:
🔹Ilmiy muloqot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Tilovov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Olim ajdodlarimiz asarlaridagi komil inson, axloqiy yetuklik va ezgulik g‘oyalari haqida so‘zlab berdi.
🔹Musiqiy tuhfa: Mutaxassisimiz Hamidjon Zahridinov tomonidan Boburning mashhur “Lola” g‘azali gitara jo‘rligida mahorat bilan ijro etildi.
🔹Ijodiy chiqishlar: Xodimlarimiz ijrosidagi Navoiy va Bobur ruboiylaridan tuzilgan maxsus videolavha namoyish etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
"Ajdodlarimizning boy adabiy merosini o‘rganish — nafaqat bilim, balki yuksak ma’naviy tarbiya maktabidir."
Bugungi uchrashuv xodimlarimizning milliy adabiyotga bo‘lgan mehri va hurmatini yanada mustahkamladi. Biz nafaqat yuk tashishda, balki ma’naviyatda ham peshqadam bo‘lishga intilamiz!
#Navoiy#Bobur#Manaviyat#Temiryolkargo#Adabiyot#Ozbekiston
НАВОИ И БОБУР — ДВА ВЕЛИКИХ СТОЛПА НАЦИОНАЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ
В АО «Темирйулкарго» состоялось духовно-просветительское мероприятие, посвящённое дню рождения двух выдающихся личностей узбекской литературы и государственности — Алишера Навои и Захириддина Мухаммада Бобура.
Ключевые моменты мероприятия:
🔹Научный диалог:
Почётным гостем встречи стал доцент Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои, кандидат филологических наук Абдумурад Тиловов. Учёный рассказал о идеях совершенного человека, нравственной зрелости и стремления к добру, заложенных в произведениях великих предков.
🔹Музыкальный подарок:
Специалист общества Хамиджон Захридинов мастерски исполнил знаменитый газель Бобура «Лола» под гитарный аккомпанемент.
🔹Творческие выступления:
Был продемонстрирован специальный видеоролик, составленный из рубаев Навои и Бобура в исполнении сотрудников общества, который подарил участникам приподнятое настроение и глубокие впечатления.
«Изучение богатого литературного наследия наших предков — это не только путь к знаниям, но и высокая школа духовного воспитания».
Проведённая встреча ещё больше укрепила любовь и уважение сотрудников к национальной литературе. Мы стремимся быть лидерами не только в сфере грузоперевозок, но и в деле духовного развития.
#Навои#Бобур#Духовность#Темирйулкарго#Литература#Узбекистан
https://t.me/utycargo
utycargo.uz
📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram
Bu hafta yurtimizda ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlari keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan, "Temiryo'lkargo" AJ xodimlari o'zlarining mushoiralari bilan sizning qarshingizga chiqayaptilar.
Bizning xodimlar nafaqat yuk tashishda, balki so‘z san’atida ham peshqadam!
✨ Navoiyning hikmati va Boburning sog'inchi aks etgan ushbu videoni tomosha qiling va ma'naviy zavq oling!
#Navoiy585#Bobur543#Temiryolkargo#Mushoira#Adabiyot#Manaviyat
На этой неделе в нашей стране широко отмечается день рождения великого мыслителя, султана поэзии Алишера Навои, а также выдающегося правителя и поэта Захириддина Мухаммада Бабура.
В связи с этим, сотрудники АО «Temiryo'lkargo» подготовили для вас творческое поэтическое состязание (мушоира).
Наши коллеги — профессионалы не только в сфере грузоперевозок, но и мастера слова!
✨ Приглашаем вас посмотреть это видео, проникнуться мудростью Навои и лирикой Бабура, и получить истинное духовное наслаждение!
#Навои585#Бабур543#Темирйулкарго#Мушоира#Поэзия#Культура
https://t.me/utycargo
utycargo.uz
📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram