TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 7 条相似帖子

搜索 #deputathududda

当前筛选 #deputathududda清除筛选
Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #975 · 2025/04/27 12:18

Jarqoʻrgʻonda suv taqsimlash inshooti faoliyati oʻrganildi Surxondaryo viloyatidagi o’rganishlarim davomida Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan Amu-Zang irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli “Jarqoʻrgʻon gidrouzel” suv taqsimlash inshooti faoliyati bilan tanishdim. “Jarqoʻrgʻon gidrouzel” 1967-yil ishga tushgan va Surxondaryo daryosi hamda Amu-Zang kanalidan suvni Zang kanaliga hamda daryoga taqsimlash vazifasini bajarib kelmoqda. Inshootning suv oʻtkazish quvvati Zang kanaliga — 86,4 m³/s, Surxondaryo daryosiga esa 1000 m³/s ni tashkil etadi. Bugungi kunda Zang kanali orqali yiliga 852,09 million kub metr suv 6 ta tumanning jami 72 508 gektar ekin maydoniga yetkazilmoqda. Xususan, Jarqoʻrgʻon tumanining 6537 gektar, Angor tumanining 21 002 gektar, Qiziriq tumanining 2892 gektar, Muzrabot tumanining 35 546 gektar, Termiz tumanining 2511 gektar va Sherobod tumanining 3801 gektar maydoni suv bilan taʼminlanmoqda. Ayni paytda inshoot orqali Amu-Zang kanalidan 25,0 m³/s va Surxondaryo daryosidan 11,5 m³/s suv olinib, Zang kanaliga jami 36,5 m³/s suv uzatilmoqda. Taʼkidlash joizki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va ushbu sohada yuqori natijalarga erishishda suv resurslari beqiyos ahamiyat kasb etadi. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #961 · 2025/04/26 14:49

Surxondaryoda yangi to‘qimachilik majmuasi tashkil etilmoqda 🟢Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanining “Azlarsoy” mahallasida 12 gektar maydonni egallagan “QUMTEX INVEST” MCHJ tomonidan yirik loyiha qurilishi boshlangan. O’rganishlarim davomida ana shu loyiha bilan tanishdim. 🟢Ushbu loyiha “Termiz Jayxun Cluster” MCHJ tashabbusi va ta’sischiligi asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, sun’iy hamda ingichka paxta tolasidan aralash ip yigirish, mato to‘qish va uni pardozlash ishlari bo‘yicha to‘liq majmua barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 72,5 million yevroni tashkil etadi. Ayni paytda korxonada 300 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning 100 nafarini ayollar, 50 nafarini esa kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar tashkil etadi. Kelgusida korxona to‘liq quvvat bilan faoliyat boshlaganidan so‘ng, jami 1150 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan. 🎚️E’tiborimni tortgan jihatlardan biri shundaki, korxona “Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyillari asosida faoliyat yuritishga mo‘ljallangan. Shu maqsadda 4 MVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, ular korxona umumiy energiya sarfining 50 foizini tejash imkonini beradi. Shuningdek, Turkiyadan olib kelingan ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oqova suvlarning 80 foizini qayta tozalab, hududdagi tashkil etilgan bog‘larni sug‘orishda foydalanish ko’zda tutilgan. “QUMTEX INVEST” MCHJ mahsulotlari kelgusida Rossiya, Turkiya, Yevropa mamlakatlari hamda Markaziy Osiyo bozorlariga eksport qilinishi mo’ljallangan. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #954 · 2025/04/26 12:11

Jarqo‘rg‘onda ichimlik suvi sanoatining yangi bosqichi: “Layf-Water” MCHJ faoliyatioʻrganildi Surxondaryo viloyatidagi navbatdagi manzilimiz Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayog‘och” mahallasida joylashgan “Layf-Water” MCHJ bo’ldi. Korxonada hozirgi kunda 40 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning 8 nafarini ishsiz yoshlar va “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan, ehtiyojmand oilalar vakillari tashkil etadi. Korxona yiliga 72 ming litr sifatli va tabiiy mineral suv ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ishlab chiqarish jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, suv mahsulotlari sifat va xavfsizlikning barcha talablari asosida qadoqlanadi. Albatta, aholi uchun sifatli ichimlik suvini iste’mol qilish imkoniyati yaratilishi ijobiy holat. Ayniqsa, chekka hududlarda bu kabi jarayonlarning yo’lga qo’yilishi ham tadbirkorlikka, ham aholi manfaatlariga xizmat qiladi. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #949 · 2025/04/26 05:32

Ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlanib, barqaror daromad manbalari yaratilmoqda 🟢Navbatdagi o’rganishimiz Jarqoʻrgʻon tumani “Qorayogʻoch” mahallasida boʻlib oʻtdi. O’rganish doirasida mahalla yetakchilari hamda bandligi ta’minlangan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 🟢Suhbat chogʻida aholining turmush darajasini oshirish, tomorqalardan samarali foydalanish orqali daromad manbalarini kengaytirish, ushbu yoʻnalishdagi mavjud muammolar hamda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi keng muhokama qilindi. Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarga ajratilgan yer uchastkalari koʻzdan kechirilib, dehqonchilik faoliyatining borishi bilan yaqindan tanishdim. ✅Xususan, 29 yoshli Rustam To’xtamurodovga davlat tomonidan 30 yil muddatga ijaraga berilgan 20 sotix yer maydonida 2024-yilda sarimsoq piyoz yetishtirilib, 35 million soʻm miqdorida daromad olingani ta’kidlandi. Rustam joriy yilda hosildorlikni oshirish orqali daromadini 50 million soʻmgacha yetkazishni maqsad qilgan. Ma’lumot uchun, “Qorayogʻoch” mahallasida kambagʻallikdan chiqarish dasturi doirasida 26 gektar maydonda 106 ta yer uchastkasi (lot) ishsiz yoshlar, xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalarga 30 yil muddatga, har biriga 20 sotixdan ijara asosida foydalanish uchun topshirilgan. 🤝O’rganish davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan tizimli islohotlarning samaradorligi oshirish borasida tavsiyalarimni bildirdim. Xususan, mahallada faoliyat yuritayotgan bank xodimlari bilan samarali hamkorlikni yo’lga qo’yishni taklif qildim. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #945 · 2025/04/25 17:27

Nogironligi bor fuqaroning murojaati o’rganildi 🟢Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani, “Bogʻaro” mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi Dilnoza Abramatova sogʻligʻidagi muammo borligi — oyogʻini operatsiya qildirish uchun moddiy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan edi. 💬O’rganish davomida ushbu murojaat ham chetda qolmadi. Bevosita fuqaroning xonadoniga kelib, yashash sharoiti, ijtimoiy holati hamda sogʻligʻi bilan tanishdim. Samimiy muloqot chogʻida Dilnoza Abramatovaning sog‘ligidagi muammolarni tingladik va zarur chora-tadbirlar belgilandi. 🤝Mazkur murojaat asosida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman hokimligi va mahalla yetakchilari bilan uchrashib, qonun doirasida ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishi bo‘yicha kelishib oldik. Ya’ni muhtoj fuqaroga tez orada amaliy yordam koʻrsatiladigan bo’ldi. Albatta, ushbu sa’y-harakatlar inson qadrini ulugʻlash, mehr va eʼtibor ko’rsatish tamoyillariga sodiqlik namunasidir. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #938 · 2025/04/25 13:36

🏥Tibbiyot muassasalarida aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi 🟢Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganyapmiz. 🌐Dastlab Jarqo‘rg‘on tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldik. Xususan, tuman markaziy shifoxonasida fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar bilan tanishdik. Ta’kidlash joizki, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, tibbiyot muassasalaridagi mavjud shart-sharoitlar, tozalik, zamonaviy texnik jihozlar bilan ta'minlanganlik holati – bularning barchasi sog‘lom jamiyat barpo etishda muhim omil sanaladi. ✅O‘rganish davomida bemorlar va ularning yaqinlari bilan ochiq muloqotlar tashkil etib, ular duch kelayotgan muammolar, xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlarning munosabati, tibbiy jihozlar va dorilar bilan ta’minot darajasini o‘rgandik. Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi tumanning 66 ta mahallasida istiqomat qiluvchi 242 495 nafar aholiga 6 ta oilaviy poliklinika, 5 ta oilaviy shifokorlik punkti, 15 ta mahalla tibbiyot punktlari, 1 ta KTMP va uning Surxon hududiy bo‘limi orqali birlamchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatib keladi. Tuman markaziy shifoxonasi 304 o‘ringa mo‘ljallangan. O‘rganish davomida shifoxona rahbariyati bilan mavjud muammolar borasida suhbatlashdim va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarimni bildirdim. Inson salomatligi va ekologiyaga jiddiy xavf tug‘diradigan muammolarni e'tiborsiz qoldirish mumkin emas. Bu holat nafaqat atrof-muhit, balki kelajak avlod uchun ham katta xavf tug‘diradi. 🤝Shu bois mavjud muammolarni tizimli hal qilish va amaliy chora ko‘rish yuzasidan mahalliy kengash deputatlari hamda tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan kelishib oldik. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #935 · 2025/04/25 09:42

🌱“Yangi O‘zbekiston” mavzesida "yashil belbog‘" tashkil etilgan 🍀Surxondaryoda Jarqo‘rg‘on tumanining “Qorayontoq” mahallasidagi o‘rganishlar davomida ekologik loyihalar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yaratilgan “Yashil belbog‘”lar holati bilan yaqindan tanishdik. Ma'lumot uchun, Prezidentimizning 46-sonli qarori asosida 2022-yilda “Yangi O‘zbekiston” mavzesida 2 gektar maydonda 1050 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil belbog‘” tashkil etilgan. Men bu vaqtda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida faoliyat yuritganman va jarayonda bevosita ishtirok etganmiz. 🌳2023-yil bahorida bu ishlar davom ettirilib, yana 2 gektar maydonda ikkinchi “Yashil belbog‘” barpo etildi. Qolaversa, qum bo‘ronlarini bartaraf etish, ekologik muvozanatni saqlash maqsadida 85 gektar yerga saksovul urug‘lari qadalgani va 125 ming tup saksovul ko‘chatlari ekilgani ushbu hududda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida keng qamrovli ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi. 🌿Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi tashabbusi bilan 300 gektar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘magida esa yana 50 gektar maydonda saksovulzorlar barpo qilindi. Ushbu daraxtlar yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qum bo‘ronlaridan himoya qilishga xizmat qilmoqda. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook