TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 17 条相似帖子

搜索 #surkhandaryo

当前筛选 #surkhandaryo清除筛选
Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1310 · 2025/06/28 08:15

🌳“Mening bog‘im” loyihasi — yashil kelajak sari muhim qadam 🌺Aholi farovonligini oshirish, yashil makonlar hududini kengaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida hayotga tatbiq etilayotgan “Mening bog‘im” loyihasi mamlakatimizning barcha hududlarida keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 56-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom asosida yo‘lga qo‘yilgan. 🌱Navbatdagi o’rganishlarda Uzun tumanining “Yangi ro‘zg‘or” mahallasi hududida 1,0 gektar yer maydonida tashkil etilgan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdim. 🟢Ushbu bog’da Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 2010 tup turli xil manzarali ko‘chatlar ekilgan. Eng quvonarlisi, bu bog‘da ko‘chatlarni parvarishlash, ozuqa berish jarayoni uchun zamonaviy tomchilab sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan bo’lib, 2 dona 4 tonnalik suv bochkalari o‘rnatilgan hamda ushbu tizim orqali suv uzluksiz yetkazib berilmoqda. Bu esa suvdan oqilona foydalanish, mehnat va xarajatlarni kamaytirish, eng asosiysi, ko‘chatlarning yaxshi ildiz otib, tez rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu amaliyot nafaqat ekin maydonlarida, balki aholi ishtirokidagi jamoaviy bog‘larda ham samarali qo‘llanilayotganining yaqqol isbotidir. 💬“Mening bog‘im” — bu nafaqat daraxt ekish, balki kelajak avlod uchun toza havo, sog‘lom muhit va go‘zal tabiat yaratish yo‘lidagi muhim tashabbusdir. #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1306 · 2025/06/28 05:54

✅Tomorqadan samarali foydalanilsa, muhim daromad manbaiga aylanadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" davlat dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tog'risida''gi qarori ijrosi yuzasidan Sariosiyo tumanidagi navbatdagi o‘rganishim davomida Billur mahallasining "Tadbirkorlar" ko‘chasida yashovchi fuqaro D.Malikovning xonadonida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Fuqaro o‘z tomorqasining 5 sotix yer maydonida issiqxona barpo etish maqsadida 33 million so‘m imtiyozli kredit olgan. U suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etgan holda, organik ekologik toza mahsulot — pomidor va bodring yetishtirishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan. Ushbu kichik issiqxona yiliga o‘rtacha 40–50 million so‘m daromad keltirmoqda. Tashrifim davomida mazkur tajribani yuqori baholab, bunday tashabbuslar boshqa fuqarolar uchun ham ibrat bo‘lishi kerakligini ta’kidladim. Shuningdek, ushbu mahsulotlarni mahalliy bozorlardagina emas, balki viloyat va respublika miqyosidagi bozorlarga yetkazib berish, issiqxona faoliyatini kengaytirish borasida bir qator taklif va tavsiyalar berdim. Bunday tashabbuskor fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash orqali nafaqat mahalliy daromad manbai yaratiladi, balki ekologik toza, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ham oshadi. #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1296 · 2025/06/27 16:36

Uzun tumanidagi 25-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti – taʼmirtalab holatda Uzun tumanida joylashgan 25-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ilk bor 1957-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 100 o‘rinli loyiha asosida qurilgan. Ushbu muassasa yillar davomida ko‘plab avlodlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutgan. Ammo bugungi kunda mazkur bog‘cha jiddiy taʼmirtalab holga kelib qolgan. Qurilganiga salkam 70 yil bo‘lgan bino zamon talablari va sanitariya-gigiyena meʼyorlariga javob bermaydi. Tom qismlarida suv o‘tkazish holatlari kuzatilmoqda, devorlar nam tortgan, pol qoplamalari eskirgan. Binoning jismoniy va texnik jihatdan yaroqsizligi natijasida tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilmagan. Ko‘plab xonalar foydalanishga yaroqsiz. Bu esa muassasa faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Muassasani o‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan tegishli tashkilotlarga mazkur muassasani kapital ta’mirlash yoki yangi bino qurish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar yo‘llanganligi ma’lum bo’ldi. Chunki zamonaviy, xavfsiz va qulay maktabgacha ta’lim muassasasi farzandlarimiz barkamol rivoji uchun zarur hisoblanadi. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish, bolalarning sog‘lom va to‘laqonli rivojlanishini taʼminlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois 25-sonli bog‘chani zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlash yoki yangi muassasa barpo etish dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Fuqarolar tomonidan tegishli idoralardan ushbu masalaga befarq bo‘lmaslik, yosh avlod taqdiri uchun tezkorlik bilan yechim topishda amaliy yordam berish so‘ralmoqda. Ushbu masala yuzasidan deputatlik soʻrovi yuborish rejalashtirildi. #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1289 · 2025/06/27 15:54

Uzun tumanida joylashgan “Yangi roʻzgʻor” mahallasidagi uzumchilik bogʻida bo‘ldik! Yurtimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Uzun tumanida ham bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda. Masalan, tumandagi "Yangi ro'zg'or" mahallasi Sh.Rahimov ko'chasida uzumchilik bilan shug'ullanish tajribasini mukammal o'zlashtirib olishganligiga amin boʻldim. Eng quvonarlisi, ko'chalardagi qarovsiz yerlardan samarali foydalanish va yuqori daromad olish yo'lga qo’yilgan. Mahallada uzumchilikni yanada rivojlantirish maqsadida qolgan ko'chalarda ham xuddi shunday bogʻlar barpo etilmoqda. Bundan kelib chiqadiki, ertaga o'sha aholining yashash tarzi o'zgaradi, mahallaning daromadi oshadi, jinoyatchilikning oldi olinadi. Hozirda ko'chalar yorug', tekis, yoʻllar ravon boʻlib, aholiga qulayliklar yaratilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, mahalladagi Sh.Rahimov koʻchasida istiqomat qilayotgan aholi tomonidan o'z mablag'lari hisobidan 114 ta xonadonning koʻcha qismiga uzum ko'chatlari ekilgan. Hozirda ushbu ko'chatlar meva berishni boshlagan bo'lib, ayni kunlarda yaxshi hosil olish maqsadida parvarishlash ishlari muntazam olib borilmoqda. Ma'lumot o'rinda aytadigan bo'lsak, birgina 2024-yilda mahallada yashovchi xonadonlardan birida 2,5 sotix yerdan 6,5 million daromad olishga erishilgan, ushbu mahallada fuqarolar yerdan samarali foydalanib kelmoqda. Bu loyihalarga tashabbuskorlik qilgan tadbirkor Oʻ.Rahimov ham o'z xonadonidagi 8 sotix yer maydonidan har yili 80-100 million daromad olishini taʼkidladi. #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1269 · 2025/06/27 13:43

“Deputat va yoshlar” uchrashuvi ekologik madaniyat targ‘ibotiga xizmat qilmoqda 💬30-iyun — "Yoshlar kuni" mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tibor va ularga yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasi sifatida keng nishonlanadi. Bu sana, ayniqsa, yangi avlodning ilm-fan, innovatsiyalar, san’at, sport hamda ekologik madaniyat kabi muhim yo‘nalishlarda faolligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. 💬Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatiga tashrifim davomida Uzun tumanida faol yoshlar bilan uchrashdim. Tadbirda yoshlarning ekologik savodxonligi, ijtimoiy faolligi, atrof-muhitga nisbatan mas'uliyat hissi kabi masalalar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. ✔️Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 15-may kuni tasdiqlangan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” mazmun-mohiyati haqida yoshlarni yaqindan tanishtirdim. Mazkur konsepsiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, yoshlarni ekologik loyihalarga jalb etish, maktabgacha ta’lim, maktab va OTM bosqichlarida ekologik tarbiya va bilimlar sifatini oshirish masalalarini alohida ta’kidladim. 🍀Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan hududdagi mavjud ekologik muammolar, xususan, chiqindi muammosi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish, eskirgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish borasida takliflar bildirildi. Bu takliflarga deputatlik faoliyatimda alohida e’tibor qaratishimni ta’kidladim. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda yoshlar ekologik muammolarni hal etishda tashabbuskor kuchga aylanishi zarur. Shuning uchun ham bu kabi uchrashuvlar nafaqat ochiq muloqot maydoni, balki yangi tashabbus va g‘oyalar manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1268 · 2025/06/26 19:31

Fuqarolarga to‘laqonli xizmat ko‘rsatilishi lozim! 🛫Xabaringiz bor, "Silkavia" kompaniyasi tomonidan Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishlarida parvozlar amalga oshirilmoqda. Hozirda ushbu reyslar har haftaning chorshanba va juma kunlari grafik asosida harakatlanadi. ❗️Fuqarolar murojaatiga asosan Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar kamligi ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. ✔️Fuqarolar tomonidan mazkur yo‘nalishda qo'shimcha reyslar yo'lga qo’yilishida amaliy yordam so'raldi. Albatta, ushbu xizmat yo'lga qo’yilsa, Sariosiyo, Denov, Uzun, Oltinsoy hamda Sho‘rchi tumanlarida istiqomat qiluvchi 1 million 257 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi. 💬Bu masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topishga harakat qilamiz! #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1264 · 2025/06/26 18:06

"Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosining nazorati boʻyicha Sariosiyodagi o‘rganishlarim davom etmoqda. Bu safar tumandagi "Billur" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi vakillarining kundalik faoliyati, yaratilgan sharoitlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdim. Uchrashuv davomida profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi vakillarining o‘zaro hamkorligi, aholining dolzarb muammolarini hal etishdagi yondashuvlarini tahlil qildik. Shuningdek, jinoyatchilikka moyil hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mahallalardagi profilaktika inspektoriga qo'shimcha yordamchi sifatida “mahalla posboni” lavozimini qayta tiklash lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va hamkorlikdagi tashabbuslarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratdim. Mazkur tashrif mahallalarda tizimli yondashuv asosida ishlash, ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmaslik, faollik va jamoaviy mas’uliyatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1259 · 2025/06/26 16:15

Sariosiyo tumanida murojaatlar mahalliy Kengash deputatlari bilan birgalikda muhokama qilindi 🔅Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlarimning bu safargi manzili Sariosiyo tumani bo‘lib, u yerda hududdagi mavjud ekologik muammolar, aholining e’tirozlariga sabab bo‘layotgan kamchiliklar va ularga yechim topish masalalari yuzasidan ma’sullar bilan uchrashdim. 🏢 Dastlab, O’zbekiston Ekologik partiyasi Sariosiyo tuman partiya tashkiloti xizmat xonasida mahalliy Kengash deputatlari, ekologiya sohasiga aloqador tashkilotlar ishtirokida tumandagi ijtimoiy holatni yaxshilash, ekologik muammlolarni o’rganish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, ichimlik suvi ta’minoti, yashil hududlarni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. ✅Shuningdek, aholining farovonligini oshirishda joylardagi mas’ullar bilan tizimli ishlash muhimligini alohida ta’kidladim. Mavjud muammolarni joyiga chiqib o'rganish kerakligini hamda hal qilish choralari ko'rilishini belgilab oldik. #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #928 · 2025/04/25 07:34

Mahalla tinchligi – jamiyat osoyishtaligi kafolati 💬Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlarim davomida Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayontoq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo’ldik. MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1-sonli Qarori doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdik. Ta’kidlash joizki, yurtimizda fuqarolarning xavfsizligi, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mahalla institutining o‘rni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, “Mahalla yettiligi” tarkibiga kiruvchi vakillar bilan samarali hamkorlik – ijtimoiy muammolarning barvaqt aniqlanishi va yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. ✅Mazkur uchrashuvlar davomida har bir fikr, taklif va muammo e’tiborsiz qoldirilmayapti. Asosiy maqsad mahallada yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda birdamlikni kuchaytirish, har bir mahallada ijtimoiy muhitni barqaror saqlash hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan. “Qorayontoq” MFY raisi Elmurod Alloyorovning takidlashicha, mahallada 2120 ta xonadonda7009 nafaraholi istiqomat qiladi. Shulardan 3448 nafari ayollar, 1510 nafari esa yoshlardir. Mahalladagiishsizlar 96 nafarni, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilganlar esa 32 nafarni (bularning hammasi ish bilan ta'minlanmoqda) tashkil etadi. 🟢Uchrashuv davomida o‘rganish jarayonlarida aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berib, ularni bartaraf etish choralarini amalga oshirish borasida takliflarimni bildirdim. #Ecopartiya#Surkhandaryo#Deputat_hududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #975 · 2025/04/27 12:18

Jarqoʻrgʻonda suv taqsimlash inshooti faoliyati oʻrganildi Surxondaryo viloyatidagi o’rganishlarim davomida Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan Amu-Zang irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli “Jarqoʻrgʻon gidrouzel” suv taqsimlash inshooti faoliyati bilan tanishdim. “Jarqoʻrgʻon gidrouzel” 1967-yil ishga tushgan va Surxondaryo daryosi hamda Amu-Zang kanalidan suvni Zang kanaliga hamda daryoga taqsimlash vazifasini bajarib kelmoqda. Inshootning suv oʻtkazish quvvati Zang kanaliga — 86,4 m³/s, Surxondaryo daryosiga esa 1000 m³/s ni tashkil etadi. Bugungi kunda Zang kanali orqali yiliga 852,09 million kub metr suv 6 ta tumanning jami 72 508 gektar ekin maydoniga yetkazilmoqda. Xususan, Jarqoʻrgʻon tumanining 6537 gektar, Angor tumanining 21 002 gektar, Qiziriq tumanining 2892 gektar, Muzrabot tumanining 35 546 gektar, Termiz tumanining 2511 gektar va Sherobod tumanining 3801 gektar maydoni suv bilan taʼminlanmoqda. Ayni paytda inshoot orqali Amu-Zang kanalidan 25,0 m³/s va Surxondaryo daryosidan 11,5 m³/s suv olinib, Zang kanaliga jami 36,5 m³/s suv uzatilmoqda. Taʼkidlash joizki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va ushbu sohada yuqori natijalarga erishishda suv resurslari beqiyos ahamiyat kasb etadi. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #961 · 2025/04/26 14:49

Surxondaryoda yangi to‘qimachilik majmuasi tashkil etilmoqda 🟢Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanining “Azlarsoy” mahallasida 12 gektar maydonni egallagan “QUMTEX INVEST” MCHJ tomonidan yirik loyiha qurilishi boshlangan. O’rganishlarim davomida ana shu loyiha bilan tanishdim. 🟢Ushbu loyiha “Termiz Jayxun Cluster” MCHJ tashabbusi va ta’sischiligi asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, sun’iy hamda ingichka paxta tolasidan aralash ip yigirish, mato to‘qish va uni pardozlash ishlari bo‘yicha to‘liq majmua barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 72,5 million yevroni tashkil etadi. Ayni paytda korxonada 300 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning 100 nafarini ayollar, 50 nafarini esa kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar tashkil etadi. Kelgusida korxona to‘liq quvvat bilan faoliyat boshlaganidan so‘ng, jami 1150 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan. 🎚️E’tiborimni tortgan jihatlardan biri shundaki, korxona “Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyillari asosida faoliyat yuritishga mo‘ljallangan. Shu maqsadda 4 MVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, ular korxona umumiy energiya sarfining 50 foizini tejash imkonini beradi. Shuningdek, Turkiyadan olib kelingan ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oqova suvlarning 80 foizini qayta tozalab, hududdagi tashkil etilgan bog‘larni sug‘orishda foydalanish ko’zda tutilgan. “QUMTEX INVEST” MCHJ mahsulotlari kelgusida Rossiya, Turkiya, Yevropa mamlakatlari hamda Markaziy Osiyo bozorlariga eksport qilinishi mo’ljallangan. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #954 · 2025/04/26 12:11

Jarqo‘rg‘onda ichimlik suvi sanoatining yangi bosqichi: “Layf-Water” MCHJ faoliyatioʻrganildi Surxondaryo viloyatidagi navbatdagi manzilimiz Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayog‘och” mahallasida joylashgan “Layf-Water” MCHJ bo’ldi. Korxonada hozirgi kunda 40 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning 8 nafarini ishsiz yoshlar va “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan, ehtiyojmand oilalar vakillari tashkil etadi. Korxona yiliga 72 ming litr sifatli va tabiiy mineral suv ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ishlab chiqarish jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, suv mahsulotlari sifat va xavfsizlikning barcha talablari asosida qadoqlanadi. Albatta, aholi uchun sifatli ichimlik suvini iste’mol qilish imkoniyati yaratilishi ijobiy holat. Ayniqsa, chekka hududlarda bu kabi jarayonlarning yo’lga qo’yilishi ham tadbirkorlikka, ham aholi manfaatlariga xizmat qiladi. #Ecopartiya#Surkhandaryo#DeputatHududda Baxtiyor Pulatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 📱telegram📱instagram📱facebook

12
上一页第 1/2 页下一页