📅Mart oyining uchinchi seshanbasi ( 2026-yil 17- mart) munosabati bilan nishonlanadigan Xalqaro ijtimoiy xodimlar kuni doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi Professor - o'qituvchilari va talabalari tomonidan ochiq tadbir tashkil etildi.
🎓 Tadbir davomida talabalar tomonidan ijtimoiy ishning jamiyatdagi o‘rni, uning ahamiyati hamda bugungi kundagi dolzarb masalalar yoritib berildi. Shuningdek, turli interaktiv chiqishlar, taqdimotlar va muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🤝 Mazkur tadbir ijtimoiy xodimlar kasbining naqadar muhim va sharafli ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
#Butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📸17-mart Butunjahon ijtimoiy ish kuni munosabati bilan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Ijtimoiy ish: o'tmish, bugun va kelajak" nomli videorolik tayyorlandi.
👨💻 Unda ijimoiy ish sohasining o'tmishi, bugungi kundagi holati hamda rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Mazkur videorolik orqali keng jamoatchilikka ijtimoiy ish sohasining rivojlanishi va istiqbolli yo'nalishlari haqida ma'lumot taqdim etilgan.
#Butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🗣Ijtimoiy ish – inson va jamiyat farovonligining muhim ustuni
🌍Bugungi globallashuv, urbanizatsiya va ijtimoiy tengsizlik kuchayib borayotgan davrda ijtimoiy ish inson va jamiyat barqarorligini ta’minlovchi ham milliy ham xalqaro darajada eng muhim institutlardan biriga aylanmoqda.
💼Ijtimoiy ish — bu amaliyotga asoslangan kasb bo‘lib, ayni paytda ijtimoiy o‘zgarishlar va rivojlanishni, ijtimoiy birdamlikni, insonlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularni erkinlashtirishni rag‘batlantiruvchi akademik fan hisoblanadi. Ijtimoiy ishning asosiy tamoyillari — ijtimoiy adolat, inson huquqlari, jamoaviy mas’uliyat hamda etnik va madaniy xilma-xillikka hurmatdan iborat. Ijtimoiy ish nazariyalari, ijtimoiy va gumanitar fanlar, shuningdek mahalliy madaniyat va aholiga oid bilimlarga tayangan holda, ijtimoiy ish insonlar va turli tuzilmalarni hayotiy muammolarni hal etishga jalb qiladi hamda aholining farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ijtimoiy himoya tizimining transformatsiyasi inson manfaatlariga e'tiborni kuchaytirmoqda, professional ijtimoiy xizmatlar tizimini shakllantirmoqda, mahalliy darajada individual ehtiyojlarga mos xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirmoqda.
✅ Ijtimoiy ish — bu faqat yordam berish emas, balki inson taqdirini o‘zgartirish, oilalarni saqlab qolish va jamiyatni yanada adolatli qilishga xizmat qiladigan kuchli mexanizmdir.
#butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🗣17-mart — Butunjahon ijtimoiy ish kuni
🌎 Har yili mart oyining uchinchi seshanbasida butun dunyoda Butunjahon ijtimoiy ish kuni nishonlanadi. Bu sana jamiyat farovonligini ta’minlash, inson qadr-qimmatini himoya qilish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida mehnat qilayotgan ijtimoiy ish mutaxassislarining muhim o‘rnini e’tirof etishga bag‘ishlangan.
2026-yil uchun belgilangan shior: “Umid va uyg‘unlikni birgalikda barpo etish: tarqoq jamiyatni birlashtirishga Harambee chaqirig‘i.”
Harambee — sharqiy Afrika xalqlari tilidan olingan bo‘lib, “birgalikda harakat qilaylik”, “kuchlarni birlashtiraylik” degan ma’noni anglatadi. Ushbu tushuncha jamiyatdagi hamjihatlik, o‘zaro yordam va birdamlik orqali ijtimoiy muammolarni birgalikda hal etish g‘oyasini ifodalaydi.
⏰ Shuningdek, 17-martdan 17-aprelga qadar “Ijtimoiy ish oyligi” o‘tkaziladi. Barchangizni ushbu oy davomida ijtimoiy ishni e'tirof etish, soha vakillarining sharafli mehnatini, ularning jamiyatdagi o‘rnini qadrlash va qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz.
🎉Barcha ijtimoiy ish sohasi vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Birgalikda biz yanada mehr-oqibatli va uyg‘un jamiyatni barpo etishimiz mumkin.
#Butunjahonijtimoiyishkuni#Ijtimoiyish#Ijtimoiyhimoya
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
Xalqaro ijtimoiy ish kuni!
Bugun, 17-mart kuni Farg'ona davlat universitetida erta tongdanoq "Xalqaro ijtimoiy ish kuni" bayramona kayfiyatda nishonlandi. Fakultet o'quv binosining kirish qismida ustozlar va talabalar bayramona ruhda kutib olindi.
Bu kun ijtimoiy ish sohasining ahamiyatini yana bir bor eslash, ehtiyojmand insonlarga yordam berishdek sharafli vazifani bajarayotgan soha vakillariga minnatdorchilik bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Universitetda ijtimoiy ish yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz kelajakda jamiyatimizga katta foyda keltiradigan, insonlarga madad bo'ladigan malakali mutaxassislar bo'lib yetishishiga ishonamiz!
Ushbu sohada faoliyat olib borayotgan barcha ustozlar va talaba-yoshlarni bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#XalqaroIjtimoiyIshKuni#FarDU#IjtimoiyIsh#Bayram#Tabrik
🗣“Xavfsiz bolalik” – bolalar farovonligi yo‘lida muhim qadam
🤩Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshidagi “Xavfsiz bolalik” PTP volontyorlik guruhi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda Yunusobod va Yakkasaroy tumanlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
🖐 Mazkur uchrashuvlarda mahallalarda istiqomat qiluvchi 25 nafardan ortiq bolalar va yoshlar faol ishtirok etdi. Taqdimotlar davomida ishtirokchilarga zo‘ravonlikning mohiyati, uning uchrash shakllari hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tushunchalar yetkazildi.
✅ Shuningdek, muammoli vaziyatlarda murojaat qilish mumkin bo‘lgan ishonch raqamlari va aloqa vositalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🎤 Tadbirlarning o‘ziga xos jihati – mavzularni oddiy tushuntirish bilan cheklanib qolmay, interaktiv usullar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilganidadir. Ishtirokchilar turli mashqlar, muhokamalar va savol-javoblar orqali faol jalb etildi.
✅ Muhimi, bu kabi tadbirlar muntazam ravishda davom ettiriladi. Bu esa bolalar va yoshlar o‘rtasida xavfsiz muhitni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
#XavfsizBolalik#IjtimoiyIsh#Volontyorlik#zoravonliksizbolalik
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
Yangi yo‘nalish — yangi imkoniyatlar!
2024–2025-o‘quv yilidan boshlab Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi ochildi!
Bu nafaqat universitet hayotida yangi sahifa, balki jamiyatimizdagi dolzarb muammolarga yechim topishga intilayotgan yoshlar uchun katta imkoniyatdir.
Mazkur yo‘nalish talabalari ilk o‘quv yilidayoq “Butunjahon ijtimoiy ish oyligi”da o‘zlarining faolliklari bilan ajralib turishdi.
Ijtimoiy o‘zgarishlar sari birgalikda qadam tashlaylik!
#IjtimoiyIsh#JamiyatUchun#JOKU#ButunjahonIjtimoiyIshOyligi
🤩Telegram🤩Facebook
🤩Instagram🤩Youtube
🗣O‘zbekistonda ijtimoiy ish ekotizimi
🇺🇿Ijtimoiy himoya milliy agentligi respublikaning barcha 14 hududida 8939 ta ijtimoiy xodim shtati yaratib, ijtimoiy ishni professionalizatsiyaga asos soldi va aholining turli qatlamlari bilan manzilli ijtimoiy ish tizimini joriy qildi. Bundan tashqari, 207 nafarsupervayzer faoliyatini yurituvchi bosh mutaxassis shtati yaratilib, ijtimoiy xodimlarning kasbiy rivojiga xizmat qilmoqda.
🧠Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh) Ijtimoiy ish maktabi hamda UNICEF hamkorligida “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi” tashkil etildi.
📝Ijtimoiy ishning barqaror rivoji malakali mutaxassislar tayyorlash bilan chambarchas bog‘liq:
🟢19 ta oliy ta’lim muassasasida ijtimoiy ish yo‘nalishi joriy etilgan;
🟢4355 nafar talaba mazkur yo‘nalishda tahsil olib, kelajakda tizimning asosiy tayanchiga aylanmoqda;
🟢2025–2026 o‘quv yili uchun kvotalar 2500 dan ortiq etib belgilanishi sohaga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini ko‘rsatadi.
🤩 Sohadagi mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi uchun Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi bilan hamkorlikda:
🟢576 soatlik ijtimoiy ish bo’yicha 8 modulni qamrab olganqayta tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular orqali zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda;
🟢5 ta dalillarga asoslangan xorijiy intervensiya amaliyotga joriy etilib, xizmatlar samaradorligi oshirilmoqda;
🟢20 dan ortiq akademik va amaliy o‘quv dasturlari joriy etilmoqda.
🧠Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan raqamlashtirish doirasida 11 ta moduldan iborat e-learning tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta’lim imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
📎Yuqoridagi islohotlar O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasi bosqichma-bosqich professional tizimga aylanib borayotganini, xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashgan holda ijtimoiy ishni yangi sifat bosqichiga chiqayotganini ko‘rsatadi.
#Butunjahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyishoyligi#ijtimoiyish#socialwork#monthofsocialwork
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🗣“Ijtimoiy ish oyligi” davom etmoqda
Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti professor o'qituvchilari va talabalari ishtirokida "Ijtimoiy ish oyligi" keng nishonlanmoqda.
Qalbida ezgulik bo'lgan har bir inson yaxshilik qila oladi.
Oylikdavomida Yangiyer shahri "Nodirabegim Mehriyan" nomli kunduzgi parvarishlash xizmatiga tashrif amalga oshirildi.
#butunjahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyishoyligi#ijtimoiyish#socialwork#monthofsocialwork
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🗣Ijtimoiy ish ta’limida yangi bosqich sari muhim qadam
📝Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi direktori o’rinbosari Yulduzxon Umarbekova va (AQSh) Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabidagi maxsus bo’lim direktori Lyudmila Kim ishtirokida oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish” yo‘nalishidagi o‘quv dasturlarni xalqaro standartlarga moslashtirish, akademik ta’lim sifatini oshirish hamda tizimli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar kafedrasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🎤Uchrashuv davomida ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quv dasturlarni takomillashtirish, xalqaro standartlar asosida malaka talablarini yangilash yuzasidan taklif va tavsiyalar atroflicha muhokama qilindi. Mazkur muloqot ijtimoiy ish va psixologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlashda sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
👨💻Shuningdek, “Butunjahon ijtimoiy ish oyligi” doirasida muassasaning birinchi bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda yoshlar ijtimoiy ishning mazmun-mohiyati, kasbiy qadriyatlar hamda jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.
#Ijtimoiyish#akademiktalim#xalqarostandart#hamkorlik#ijtimoiyishoyligi
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🗣“VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohi: Farg‘ona viloyati bosqichi davom etmoqda
🎙Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatda inklyuziv muhitni kengaytirishga qaratilgan “VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohining Farg‘ona viloyati bosqichi qizg‘in va mazmunli jarayonlarga boy tarzda davom etmoqda.
🎤 Oromgoh doirasida hududlar kesimida tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undashga xizmat qilmoqda.
📝Xususan, Markazimizning ToT trenerlari tomonidan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash, xavfli vaziyatlarga to‘g‘ri munosabat bildirish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirish, stress va bosimlarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar.
✨“VoiceUp – 2026” nafaqat oromgoh, balki yoshlarning o‘z ovozini erkin ifoda etishi, o‘zaro hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash qadriyatlarini mustahkamlash maydoniga aylanmoqda.
#VoiceUp2026#InklyuzivJamiyat#YoshlarFaolligi#XavfsizBolalik#Ijtimoiyish
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
Xalqaro ijtimoiy ish kuni!
Bugun, 17-mart kuni Farg'ona davlat universitetida erta tongdanoq "Xalqaro ijtimoiy ish kuni" bayramona kayfiyatda nishonlandi. Fakultet o'quv binosining kirish qismida ustozlar va talabalar bayramona ruhda kutib olindi.
Bu kun ijtimoiy ish sohasining ahamiyatini yana bir bor eslash, ehtiyojmand insonlarga yordam berishdek sharafli vazifani bajarayotgan soha vakillariga minnatdorchilik bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Universitetda ijtimoiy ish yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz kelajakda jamiyatimizga katta foyda keltiradigan, insonlarga madad bo'ladigan malakali mutaxassislar bo'lib yetishishiga ishonamiz!
Ushbu sohada faoliyat olib borayotgan barcha ustozlar va talaba-yoshlarni bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#XalqaroIjtimoiyIshKuni#FarDU#IjtimoiyIsh#Bayram#Tabrik