TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 1 条相似帖子

搜索 #insonparvaarlik

当前筛选 #insonparvaarlik清除筛选
TDYU YURIDIK KLINIKASI

@tdyu_yuridik_klinikasi · Post #3035 · 2025/03/04 08:33

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ➡️Pensiya va nafaqa oʻrtasidagi farqlar hamda ularning tayinlanish tartibi qanday ?❓ 💰PENSIYA VA NAFAQA — bu ikki tushuncha bir-biridan qanday farq qiladi? O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ularning tartibi quyidagicha belgilangan: ▪️ 🟢PENSIYA — yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar va ularning oilalariga tayinlanadi. 🔴NAFAQA — ish stajiga ega bo‘lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tayinlanadi. ℹ️DAVLAT PENSIYALARI TURLARI: 1️⃣Yoshga doir pensiya – bu belgilangan yoshga yetgan fuqarolarga mehnat faoliyatini tugatgandan so‘ng davlat tomonidan beriladigan pul to‘lovi. 2️⃣Nogironlik pensiyasi – nogiron deb topilgan fuqarolarga beriladi. 3️⃣Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi – oilada asosiy daromad manbai bo‘lgan shaxs vafot etgan taqdirda tayinlanadi. ⚠️O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonuniga ko'ra, yoshga doir pensiya olish huquqi: 👨🏻‍🦳Erkaklar —60 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 👩🏻‍🦳Ayollar —55 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar. ℹ️DAVLAT NAFAQALARI TURLARI: ✅Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi ✅ Parvarishlash nafaqasi – nogiron yoki kasalligi sababli ishlay olmaydigan shaxslarni parvarish qilayotganlarga beriladi. ✅Nogironlik nafaqasi – qonun doirasida nogiron deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. ✅Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi – boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga beriladi. ✅Yoshga doir nafaqa – pensiya olish uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi. ✅Ishdan bo‘shatish nafaqasi – ishsiz qolgan shaxslarga ajratiladi. ✅Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa – daromadi kam bo‘lgan oilalarga beriladi. 📖ASOS: 🔢 O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonuni. 🔢 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi 119-sonli qarori. 💻TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Toxirov Dilshodbek 📥 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💬Telegram🌐Instagram🌐YouTube🌐TikTok🌐Facebook #Ijtimoiy_himoya, #Insonparvaarlik#Insonqadri