TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 13 条相似帖子

搜索 #insonqadri

当前筛选 #insonqadri清除筛选
UNICON.UZ

@uniconcompany · Post #687 · 2025/08/19 10:37

❤️“UNICON.UZ” Markazi “Mehr va sahovat kuni” tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-82-son qaroriga muvofiq, har haftaning juma kuni “Mehr va sahovat kuni” sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan, 2025-yil 14-avgust sanasi ham “Mehr va sahovat kuni” sifatida juma kuni keng nishonlandi. Mazkur tashabbus doirasida “UNICON.UZ” MCHJ xodimlari ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish maqsadida xayriya tadbirlarida faol ishtirok etdilar. #insonqadri #ijtimoiyfaol #manaviyatvamarifat Telegram| Facebook| Instagram| Youtube

TDYU YURIDIK KLINIKASI

@tdyu_yuridik_klinikasi · Post #3035 · 2025/03/04 08:33

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ➡️Pensiya va nafaqa oʻrtasidagi farqlar hamda ularning tayinlanish tartibi qanday ?❓ 💰PENSIYA VA NAFAQA — bu ikki tushuncha bir-biridan qanday farq qiladi? O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ularning tartibi quyidagicha belgilangan: ▪️ 🟢PENSIYA — yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar va ularning oilalariga tayinlanadi. 🔴NAFAQA — ish stajiga ega bo‘lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tayinlanadi. ℹ️DAVLAT PENSIYALARI TURLARI: 1️⃣Yoshga doir pensiya – bu belgilangan yoshga yetgan fuqarolarga mehnat faoliyatini tugatgandan so‘ng davlat tomonidan beriladigan pul to‘lovi. 2️⃣Nogironlik pensiyasi – nogiron deb topilgan fuqarolarga beriladi. 3️⃣Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi – oilada asosiy daromad manbai bo‘lgan shaxs vafot etgan taqdirda tayinlanadi. ⚠️O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonuniga ko'ra, yoshga doir pensiya olish huquqi: 👨🏻‍🦳Erkaklar —60 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 👩🏻‍🦳Ayollar —55 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar. ℹ️DAVLAT NAFAQALARI TURLARI: ✅Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi ✅ Parvarishlash nafaqasi – nogiron yoki kasalligi sababli ishlay olmaydigan shaxslarni parvarish qilayotganlarga beriladi. ✅Nogironlik nafaqasi – qonun doirasida nogiron deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. ✅Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi – boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga beriladi. ✅Yoshga doir nafaqa – pensiya olish uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi. ✅Ishdan bo‘shatish nafaqasi – ishsiz qolgan shaxslarga ajratiladi. ✅Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa – daromadi kam bo‘lgan oilalarga beriladi. 📖ASOS: 🔢 O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonuni. 🔢 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi 119-sonli qarori. 💻TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Toxirov Dilshodbek 📥 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💬Telegram🌐Instagram🌐YouTube🌐TikTok🌐Facebook #Ijtimoiy_himoya, #Insonparvaarlik#Insonqadri

UNICON.UZ

@uniconcompany · Post #680 · 2025/08/15 08:04

❤️2025-yil 12-avgustda «UNICON.UZ» Markazida xodimlar uchun “Nоqоnuniy hujraning og‘ir oqibatlari va undagi zulmat” mavzusida seminar o‘tkazildi. Xodimlar bilan quyidagi mavzuda suhbat tashkil etildi: ➖ noqоnuniy hujraning og‘ir oqibatlari va undagi zulmat (videorolik); ➖ noqоnuniy hujrani tashkil etgan, shuningdek, mazkur hujralargata’lim olish uchun farzandlarini bergan fuqarolarga nisbatan belgilangan jazo turlari. Seminar davomida rasmiy videoroliklar, fotomateriallar va boshqa tasdiqlangan manbalardan lavhalar namoyish etildi. Ishtirokchilar bunday faoliyatni tashkil etishning real tahdidlari va oqibatlari hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishdilar. Seminar xodimlarning huquqiy xabardorligini oshirish, bunday tahdidlarga nisbatan hushyorlikni shakllantirish va jamiyat xavfsizligi uchun jamoaviy mas’uliyatni mustahkamlashga qaratilgan muhim axborot-targ‘ibot maydoniga aylandi. Ushbu seminarda Markazdagi huquqiy ko‘mak guruhining yetakchi muhandisi Salihodjaev Farruh Tahirovich ma'ruzachi sifatida ishtirok etdi. #huquqiysavodxonlik #insonqadri #ijtimoiyfaol Telegram| Facebook| Instagram| Youtube

TDYU YURIDIK KLINIKASI

@tdyu_yuridik_klinikasi · Post #3020 · 2025/03/03 10:33

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ 👩‍🦰Ayollar uchun qanday imtiyozlar mavjud ❓ Ayollar uchun davlat tomonidan turli imtiyozlar taqdim etilgan. Quyida ularning eng muhimlari bilan tanishing:⬇️ 👥Tadbirkorlik uchun qo‘llab-quvvatlash – Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi. 💼Ish joyida himoya – Ayollarni pensiya yoshiga to‘lganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilanishdan bo‘shatish taqiqlanadi. ✏ Ta’limda qo‘llab-quvvatlash – Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi. Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to‘lab berilishi mumkin. 🛡“Ayollar daftari” imkoniyatlari –"Ayollar daftari"ga kiritilganlarga kredit berilishi mumkin. Shuningdek, ushbu daftarga kiritilgan yolg‘iz ayollarning farzandlaribog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi. 🤰Ish sharoitlari – Ishlaydigan onalarga bolani ovqatlantirish uchun tanaffus beriladi. 2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar yengilroq ishga o‘tkaziladi. Homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llanilmaydi. ☺️Qo‘shimcha ta’til –12 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga qo‘shimcha ta’tilberiladi. 💵Kasbiy rivojlanish – Xotin-qizlarning kasb o‘rganishga qilgan xarajatlarini davlat to‘lab beradi. 🏘Uy-joy imtiyozlari – Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlargaimtiyozli uy-joylar beriladi. 🎖 Faoliyat uchun rag‘bat – Faol va tashabbuskor xotin-qizlar “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. 🏆Rahbarlik imkoniyatlari – Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirokita’minlanadi. 👵Pensiya imtiyozlari – Ayrim ayollar54 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin. 💻TDYU Yuridik klinika ko'ngilli talabasi: Toxirov Dilshodbek 📥 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💬Telegram🌐Instagram🌐YouTube🌐TikTok🌐Facebook #Ijtimoiy_himoya, #Ayollar_huquqi, #Insonparvarlik, #insonqadri

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80997 · 2026/03/03 10:21

#Chilonzor #Ramazon #MehrMuruvvat #InsonQadri #Vaqf 🌙 Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj fuqarolarga vaucherlar topshirilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat tamoyillarini amalda namoyon etish yo‘lidagi ezgu ishlarning uzviy davomidir. Jumladan, Chilonzor tumani “Gavhar” mahallasida istiqomat qiluvchi Z. Matyakubovaning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlari Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. Har bir topshirilayotgan vaucher ortida bir insonning sog‘ayish orzusi, bir oilaning quvonchi va kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam. Jarayonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, haqiqatan ham tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar qamrab olinmoqda. Ramazon oyida mehr va e’tibor ustuvor bo‘lgan jamiyatda inson qadri yanada yuksaladi. Bu ezgu amallar xalqimiz birdamligi va hamjihatligini mustahkamlab, muborak oyning fayzu barakasini har bir xonadonga olib kirishi, shubhasiz. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

@Termiz_MTU · Post #12840 · 2025/12/08 04:38

#BayramMuborak#Shukuhli_33Yil 🇺🇿"Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali jamoasi butun xalqimizni mamlakatimiz bosh Qomusi, milliy samaradorlikning asosiy dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaydi. Oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar aynan yangilangan Konstitutsiyamizning ezgu tamoyillari asosida xalqimiz hayotida mustahkam huquqiy asoslarni yaratdi. Bu jarayon adolatni, barqarorlikni yanada mustahkamladi, har bir fuqaroning demokratik huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minladi. Inson qadri oliy qadriyat sifatida namoyon bo'ldi. Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan, yurtimizda tinchlik va farovonlik abadiy bo‘lishini tilaymiz! Jonajon O‘zbekistonimiz bunyodkorlari bo‘lishdek oliy maqsad barchamizni birlashtirsin! #Konstitutsiya#InsonQadri#ErkinlikTenglikAdolat Telegram sahifamiz: 🚉 👉✈️@Termiz_MTU👈

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81007 · 2026/03/03 11:06

#Ramazon #MehrMuruvvat #InsonQadri #Vaqf #Chilonzor #Saxovat 🌙 Ramazon — mehr-muruvvat va shukronalik oyi 🖋 Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj fuqarolarga vaucherlar topshirilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat tamoyillarini amalda namoyon etish yo‘lidagi ezgu ishlarning uzviy davomidir. 💵 Jumladan, Chilonzor tumani “Katta Xirmontepa” mahallasida istiqomat qiluvchi L. Jazilovaning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlari Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. Mazkur amaliy yordam ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini tiklash hamda jamiyatda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi

UNICON.UZ

@uniconcompany · Post #696 · 2025/08/28 06:54

❤️ 20-avgust 2025y.UNICON.UZ MChJ Markazi va markazning Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Markaz xodimlari uchun “Shon-sharaf” muzeyi hamda “Millat fidoyilari” majmuasiga sayohat tashkil etildi. “Shon-sharaf” muzeyi hamda “Millat fidoyilari” majmuasi eksponatlarga boy maskanlardan biri hisoblanadi. Bu yerda UNICON.UZ Markazi xodimlari vatanimiz tarixiga oid mingga yaqin ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat chog‘ida muzey xodimlari vatanning o‘tgan tarixi, shakllanish bosqichlari hamda muzeyda saqlanayotgan eksponatlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. #tarixiymanzillar #manaviyatvamarifat #insonqadri #ijtimoiyfaol #KasabaUyushmasi Telegram| Facebook| Instagram| Youtube

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83020 · 2026/04/09 12:42

#Chilonzor#OmmaviyQabul #XalqBilanMuloqot #InsonQadri #ChilonzorHokimligi #Hisobot Chilonzorda ochiq muloqot: Tuman rahbarlari aholi muammolarini joyida hal etmoqda Bugun Chilonzor tumani hokimligi oldidagi ochiq maydonda aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning dardu tashvishlariga yechim topish maqsadida navbatdagi ommaviy qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu ochiq muloqotda tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman prokurori, tuman IIOFMB boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari va boshqa mas’ul mutasaddilar ishtirok etib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni bevosita tingladilar. Tizimli ishlar raqamlarda: Aytish joizki, tumanda aholi bilan muloqot qilishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, joriy yilning 1-choragi davomida: * 36 marotaba ommaviy va sayyor qabullar tashkil etildi; * Jami 303 nafar fuqaro qabul qilindi; * Murojaatlarning 179 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 80 tasi huquqiy tushuntirish orqali qanoatlantirildi; * Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilib, 23 tasi nazorat ostida ijro jarayonida turibdi. Bugungi qabul ham ushbu tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda ko‘tarilgan har bir masala sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Inson qadri va xalq roziligi — faoliyatimizning asosiy mezoni! 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80595 · 2026/02/20 13:00

#RamazonMuborak #InsonQadri #IjtimoiyHimoya #67sonQaror #PrezidentQarori #SaxovatVaMehr Inson qadri ulug‘langan yurtda Ramazon fayzi yanada keng yoyilmoqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan 17-fevral kuni qabul qilingan 67-sonli qaror yurtdoshlarimizning qutlug‘ Ramazon oyini munosib, xotirjam va barakali o‘tkazishlarini ta’minlashga qaratilgan muhim hujjatdir. Mazkur qaror asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordam ko‘lamini kengaytirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Bu — har bir xonadonga e’tibor, har bir insonga g‘amxo‘rlik demakdir. Yurtdoshlarimiz bu ezgu tashabbusni yuksak mamnuniyat bilan qarshi olib, samimiy minnatdorchilik bildirmoqdalar. 👉👉👉Ramazon — saxovat, mehr-oqibat va birdamlik oyi. Bu qaror esa ana shu qadriyatlarning amaldagi ifodasidir. 🎥 Videolavhani tomosha qiling! 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80539 · 2026/02/19 07:06

#Ramazon2026 #SaxovatVaHimmat #ChilonzorTumani #XayriyaTadbiri 🌙 Ramazon arafasida saxovat va hamjihatlik: Chilonzorda xayriya tadbirlari boshlandi Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Chilonzor tumani mahallalarida xayriya tadbirlari boshlab yuborildi. Jumladan, Chilonzor mahallasi hududlarida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari tarqatildi. Mazkur jamlanmalar tarkibidan go‘sht, tuxum, yog‘ va boshqa kundalik iste’mol uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar o‘rin olgan. 👉👉👉 Bunday ezgu ishlar tumanning boshqa mahallalarida ham tizimli ravishda tashkil etilmoqda va Ramazon oyi davomida izchil davom ettiriladi. #InsonQadri#EzguIshlar#Hamjihatlik 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi

12
上一页第 1/2 页下一页