TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 7 条相似帖子

搜索 #onatili

当前筛选 #onatili清除筛选
Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2077 · 2025/10/13 02:35

#didaktika #onatili "Harakat qil va javob ber" ☄️Siz darsingizda qanday metodlardan foydalanasiz? Dars uslubingizni bir daqiqalik videoga olib bizga jo‘nating. "Til va adabiyot ta'limi" kanalida berib boramiz. Bu bilan maktabingiz, o‘quvchilaringiz, kasbiy mahoratingizni tanitasiz. Qolaversa, hamkasblar bilan tajriba almashasiz. 🎁Eng yaxshi ta'limiy rolik muallifiga "Til va adabiyot ta'limi" jurnalining choraklik to‘plami taqdim etiladi. Videoni barcha ijodkor o'qituvchilarga yuborib qo'yamiz. 🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama📱Instagram

"MILLIY TIKLANISH" ANDIJON RASMIY SAHIFA

@milliy_tiklanish_andijon · Post #14348 · 2025/05/21 11:08

📝Andijonda ommaviy diktant tadbiri bo'lib o'tdi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan Andijon davlat pedagogika institutida 200 nafardan ortiq talabalar ishtirokida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilining savodxonligini oshirish, davlat tiliga nisbatan hurmat va mas’uliyat hissini kuchaytirishdir. 📜 Ushbu tashabbus partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar hamda Prezident farmonlarida ko‘zda tutilgan til siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladi. #MilliyTiklanish#OnaTili#OmmaviyDiktant#Andijon 🌐@milliy_tiklanish_andijon

Matn.uz

@matnuzofficial · Post #7 · 2020/04/02 13:09

​​Bugungi kunga kelib, «Project Managers» IT-kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lmish dasturlash, robototexnika va dizayn kabi sohalarda, IT mutaxassislarini o‘qitishdan iborat. 🚀 Shuningdek, autsorsing asosida kompaniya turli Respublika va xorijiy kompaniyalarga IT xizmatlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, kompaniya, axborot texnologiyalari sohasida konferensiyalar va tadbirlarni tashkil etib kelmoqda. 🤝 Biz, yechim tariqasida taklif etayotgan muharrir yordamchimiz, barcha asosiy deb hisoblangan platforma va qurilmalarga osonlikcha moslashishi mumkin va har bir kishining ehtiyojini to‘laqonli qondirish uchun turli xil yechimlarni taklif etadi. Bepul obunachi sifatida, siz kundalik yozishmalaringizni yaxshilashingiz va so‘z boyligingizni to‘ldirishingiz mumkin. 📝 Alohida eʼtibor berish kerak deb hisoblaymiz: 📍 - tizim to‘laqonlikcha bepul xizmat ko‘rsatishi; Istalgan turdagi foydalanuvchi ushbu mahsulotning xizmatlaridan foydalanishi mumkin, xoh u chekka hududdagi o‘quvchi, xoh katta nashriyot muharriri.👩🏻‍💻 - «Machine Learning» texnologiyasi; Siz xatoliklarni qancha ko‘p tekshirsangiz, tizim o‘zini ustida yanada ko‘proq ishlab va yaxshiroq natijalar ko‘rsatishga harakat qiladi! Ha, bizning tizim o‘zi o‘qib o‘zi o‘rganadi. 🤖 - dasturchilar uchun REST-API xizmati; Biz har doim hamkorlikka tayyormiz va birgalikda ona tilimizni rivojlantirish uchun barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz! 👨🏻‍💻 Matn.uz – o‘zbek tilida bexato yozamiz! ✌🏻 #PM#matnuz#redaktor#Muharrir#Tahrirchi #UISDevelopment#Imlo#OnaTili

Matn.uz

@matnuzofficial · Post #6 · 2020/04/02 11:45

​​Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi (@massmediauz ) Fondning asosiy maqsadi, ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko'maklashishdir. 🤝 “Matn.uz” platformasining maqsadi esa – o‘zbek tilida bexato yozishga ko‘maklashish hamda savodxonlik markazi sifatida o‘rin egallashdir. 🚀 Ilova "Project Managers" kompaniyasi va "Milliy mass-mediani qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi" bilan birgalikda ishlab chiqildi. Loyihaning negizida, ko‘plab izlanishlar hamda zamonaviy yondashuvga asoslangan mehnat yotadi.💪🏻 Qisqacha tanishuv: 👨🏻‍💻👩🏻‍💻 - lotin alifbosida keltirilgan matningiz kiril alifbosiga o‘girib berish (shu o‘rinda krill alifbosidagi matnni lotin alifbosiga o'girish); - 5 000 belgiga ega matningizni bittada tahrirlash; - sizni qiziqtirgan so‘zning to‘liq lug‘aviy izohi; - foydalanuvchiga qulay bo‘lgan zamonaviy dizayn interfeysi; - shu joyning o‘zida matn tahriri va boshqalar. Yaratgan ilovamiz sizning ishingizga unumdorlik , matningizga esa baraka keltiradi degan umiddamiz! Matn.uz – o‘zbek tilida bexato yozamiz! ✍🏻 #Bexato#Qulay#Bepul #MassMedia#Muharrir#Tahrirchi#matnuz#OnaTili#Imlo