@ozbek_kadin_haklari · Post #2858 · 2025/10/21 06:05
#tilbayrami #onatilim #ozbektili 🇺🇿21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN! ✨ Til — millatning ruhi, xalqning yuragi, tarix va madaniyatining abadiy timsolidir. Bizning ona tilimiz — O‘zbek tili, ajdodlarimizning bizga qoldirgan eng bebaho merosidir. ⚡️ Har bir so‘zida mehr, har bir ohangida g‘urur mujassam bu til bizni birlashtiradi, yagona xalq sifatida iftixor bilan boshimizni baland ko‘tarishga undaydi. 🤝 Keling, bugun va har kuni ona tilimizga ehtirom bilan munosabatda bo‘laylik — uni sevaylik, asraylik va kelajak avlodlarga sof holda yetkazaylik. 🌿Til — millat ko‘zgusi, elning sha’ni va g‘ururi. Ona tilimiz barhayot bo‘lsin, so‘zimiz, ruhimiz, birligimiz abadiy bo‘lsin! 🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Hashtags