@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81041 · 2026/03/04 11:06
#Saxovat #Ramazon #Chilonzor #Mahalla #MehrOqibat #Ehson #Yaxshilik #Hamjihatlik #SavobliAmal Ramazon oyida "Chilonzor" mahallasida xayriya tadbirlari keng quloch yoymoqda Qutlug‘ Ramazon oyida yurtimizda xayriya va saxovat ishlari yanada keng quloch yoymoqda. Bu muborak oy mehr-shafqat, bag‘rikenglik va o‘zaro yordam timsoli hisoblanadi. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, bemorlar holidan xabar olish, yolg‘iz keksalar hamda imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish kabi ezgu ishlar xalqimizga xos olijanob fazilatlarni namoyon etmoqda. Shuningdek, Chilonzor mahallasida yashovchi homiylar tomonidan ehtiyojmand oilalarga xayr-ehson qilish maqsadida oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechaklar, poyafzallar hamda pul mablag‘lari ajratilmoqda. Mahalla yettiligi tomonidan ushbu ehsonlar manzilli ravishda o‘z egalariga yetkazilmoqda. Ramazon oyida amalga oshirilayotgan bunday savobli tadbirlar jamiyatda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlab, mehr-oqibat va insoniylik qadriyatlarini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Alloh taolo qilinayotgan barcha xayrli amallarni qabul aylasin. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi