#saxovat
“Madad bo‘l” donorlik aksiyasi o‘tkazildi
🩸“O‘zbekneftgaz” AJ Yoshlar yetakchilari kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan“Madad bo‘l” shiori ostida navbatdagi donorlik aksiyasida 50 nafar xodim ixtiyoriy ravishda qon topshirib, bemorlar sog‘ayishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🤝Aksiyaning maqsadi – yordamga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlar o‘rtasida insonparvarlik va mehr-oqibat fazilatlarini targ‘ib qilishdir.
“O‘zbekneftgaz” AJda bunday xayriya tashabbuslari an’anaga aylangan bo‘lib, kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
______
Проведена донорская акция «Мадад бул!»
🩸 По инициативе Совета лидеров молодежи АО «Узбекнефтегаз» проведена очередная благотворительная акция «Мадад бул!», в которой добровольно приняли участие 50 сотрудников, чтобы внести свой вклад в выздоровление больных.
🤝 Цель акции — поддержка больных, нуждающихся в помощи, а также укреплять среди сотрудников дух гуманности, милосердия и взаимной поддержки.
Подобные благотворительные инициативы в АО «Узбекнефтегаз» стали доброй традицией и будут последовательно продолжены в дальнейшем.
👇Bizni kuzating:
🌐web-sayt |
📷instagram |
👉telegram |
▶️youtube |
💬facebook
#saxovat
“Madad bo‘l” donorlik aksiyasi o‘tkazildi
“O‘zbekneftgaz” AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan navbatdagi “Madad bo‘l” shiori ostida navbatdagi donorlik aksiyasi tashkil etildi.
🤝Aksiyaning maqsadi – yordamga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlar o‘rtasida insonparvarlik va mehr-oqibat fazilatlarini targ‘ib qilishdir.
🩸 Bugun ham 40 nafar xodim ixtiyoriy ravishda qon topshirib, bemorlarning sog‘ayishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
“O‘zbekneftgaz” AJda bunday xayriya tashabbuslari an’anaga aylangan bo‘lib, kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
👇Bizni kuzating:
🌐web-sayt | 📷instagram | 👉telegram | ▶️youtube | 💬facebook
#ehson#saxovat
🌿Hamkorlik va saxovat yo‘lida uchrashuv
Jamiyatimiz rahbari Ozoda Islomova Istanbul shahridagi Said Ömer mahallasi muhtori Buket Kızıltan bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur mahalla muhtori bilan Jamiyatimiz o‘rtasida anchadan buyon samimiy munosabat yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mahallada ko‘plab o‘zbek hamyurtlarimiz istiqomat qilgani sababli, ular bilan doimiy aloqada bo‘lib, turli ijtimoiy va xayriya tadbirlari hamkorlikda amalga oshirilishi bo’yicha rejalar tuzilgan.
Uchrashuv davomida mahalladagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ehson qutilari tarqatildi. Ushbu xayrli tashabbus orqali ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida Jamiyatimiz rahbari tomonidan Buket Kızıltan xonimga o‘zbek milliy adras to‘ni esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.
🌐 Bizni kuzatishda davom eting!
🌎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
#Ramazon
#MehrMuruvvat
#InsonQadri
#Vaqf
#Chilonzor
#Saxovat
🌙 Ramazon — mehr-muruvvat va shukronalik oyi
🖋 Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj fuqarolarga vaucherlar topshirilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat tamoyillarini amalda namoyon etish yo‘lidagi ezgu ishlarning uzviy davomidir.
💵 Jumladan, Chilonzor tumani “Katta Xirmontepa” mahallasida istiqomat qiluvchi L. Jazilovaning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlari Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi.
Mazkur amaliy yordam ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini tiklash hamda jamiyatda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Ramazon
#Saxovat
#Iftorlik
#Xayriya
#AbuSahiy
Ramazon oyida saxovat: 300 nafar ehtiyojmand fuqarolar uchun iftorlik tashkil etildi
Bugun Ramazon oyining ezgu an’analari asosida xayriya tadbiri tashkil etildi.
“Abu Sahiy” jome masjidi imom noibi Ahmadullo domla Abduhalimov Ramazon oyi munosabati bilan “Abu Sahiy” savdo majmuasida homiylar ko‘magida tashkil etilgan iftorlik dasturxonida ishtirok etdi.
Mazkur xayriya tadbirida kam ta’minlangan 300 nafar fuqarolar uchun umumiy qiymati 30 million so‘mlik iftorlik dasturxoni yozildi.
Tadbir davomida imom noibi tomonidan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda Ramazon oyining barakasi bardavom bo‘lishi tilab duolar qilindi.
https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
#Chilonzor#Xayriya#Saxovat#Ramazon#Cho‘ponOta #Mahalla#EzguAmallar#HomiylarKo‘magida
“Cho‘pon ota” MFYda ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi
Ko‘zi ojizlar jome masjidining imom-xatibi A. Malikov homiylar ko‘magida “Cho‘pon ota” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbirini tashkil etdi.
Mazkur tadbir doirasida 30 nafar ko‘zi ojiz, kam ta’minlangan hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarga umumiy qiymati 6 000 000 (olti million) so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi.
Ezgu tashabbus orqali ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsad qilingan.
🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
#Ramazon2026
#MehrMuruvvat
#Saxovat
#IjtimoiyQollabQuvvatlash
#EzguAmallar
#SaxovatKarvoni
#NuroniylarEhtiromda
🌙 Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Chilonzor tumanida keng ko‘lamli xayriya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari izchil davom etmoqda. Ushbu fayzli oyda mehr-muruvvat, saxovat va insonparvarlik kabi ezgu qadriyatlar yanada mustahkamlanmoqda.
Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari hamda zaruriy yordamlar yetkazilmoqda. Shuningdek, keksa avlod vakillari, nuroniylar hamda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olinib, ularga alohida hurmat va e’tibor ko‘rsatilmoqda.
Xususan, Mahallalar uyushmasi tomonidan ajratilgan 418 quti oziq-ovqat jamlanmalari ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va kam ta’minlangan fuqarolarga tarqatildi.
Ramazon — birdamlik va hamjihatlik oyidir. Bu muborak kunlarda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar jamiyatimizda mehr-oqibat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini yanada kuchaytirmoqda.
👉👉👉 Lavhamizda jarayonlar
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Saxovat
#Ramazon
#Chilonzor
#Mahalla
#MehrOqibat
#Ehson
#Yaxshilik
#Hamjihatlik
#SavobliAmal
Ramazon oyida "Chilonzor" mahallasida xayriya tadbirlari keng quloch yoymoqda
Qutlug‘ Ramazon oyida yurtimizda xayriya va saxovat ishlari yanada keng quloch yoymoqda. Bu muborak oy mehr-shafqat, bag‘rikenglik va o‘zaro yordam timsoli hisoblanadi. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, bemorlar holidan xabar olish, yolg‘iz keksalar hamda imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish kabi ezgu ishlar xalqimizga xos olijanob fazilatlarni namoyon etmoqda.
Shuningdek, Chilonzor mahallasida yashovchi homiylar tomonidan ehtiyojmand oilalarga xayr-ehson qilish maqsadida oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechaklar, poyafzallar hamda pul mablag‘lari ajratilmoqda. Mahalla yettiligi tomonidan ushbu ehsonlar manzilli ravishda o‘z egalariga yetkazilmoqda.
Ramazon oyida amalga oshirilayotgan bunday savobli tadbirlar jamiyatda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlab, mehr-oqibat va insoniylik qadriyatlarini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Alloh taolo qilinayotgan barcha xayrli amallarni qabul aylasin.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#MusulmonlarIdorasi
#ZayniddinQoriEshonqulov
#Qozirоbod
#KattaQozirоbod
Zayniddin qori Eshonqulov Qozirоbod va Katta Qozirоbod mahallalarida bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlari idorasi Muftiy hazratlarining birinchi o‘rinbosari Zayniddin qori Eshonqulov Qozirabod va Katta Qozirabod mahallalariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Qozirоbod" va Katta Qozirоbod” jome masjidi, mahalla idorasi hamda mahalla homiylari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, uyi ta’mirtalab oilalar xonadonlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Mahalla raisi A. Mutalov mehmonni mahalla tarixi bilan tanishtirdi. Tadbir so‘ngida Zayniddin qori Eshonqulov keksa nuroniy, mahalla faxriysi N. Qoraxonov xonadonida iftorlikda ishtirok etdi. Suhbat davomida mahallada amalga oshirilayotgan saxovatli va xayrli ishlar e’tirof etilib, iliq fikrlar bildirildi.
Shuningdek, Zayniddin qori Eshonqulov mahallaning jome masjidida taroveh namozini ado etib berdi.
#Mahalla#Saxovat#Taroveh#IjtimoiyHimoya
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi