❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
⚡️KORRUPSIYAGA YO'L QO'YMASLIK - VAZIFAMIZ!
🎗9-dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!
🪙Korrupsiya davlatga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi va taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi. Unga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir. Shaffoflik va qonunga rioya qilish korrupsiyasiz jamiyatni yaratishning asosidir.
💡Bilasizmi:
- Korrupsiya davlat iqtisodiga yiliga milliardlab dollar zarar keltiradi.
- Har bir fuqaro korrupsiyaga qarshi kurashda ishtirok etish mumkin.
🎯Korrupsiyaning oldini olish uchun:
- Ochiq bo'ling;
- Huquqlaringizni biling;
- Qonunlarnii hurmat qiling.
❌Korrupsiya: Jamiyat rivojiga eng katta to'siq.
✊BIRGA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHAMIZ!
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash#Shaffoflik#Adolat
Antikorrupsiya agentligi mansabdor shaxslarga tegishli kompaniyalar ro‘yxatini oshkor etmadi
2024-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi uchta vazirlik - Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subyekti ta’sischilari bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Agentlik yuborgan so‘rovimizga javobida “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga asoslanib, kompaniyalar ro‘yxatini oshkor qilmadi.
🌐 Batafsil o‘qish
#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Antikor 2026-yildan boshlab barcha davlat idoralari olgan sovg‘alar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni rejalashtirmoqda
Yangi yilning dastlabki oylaridan boshlab xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilingan sovg‘alar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda umumlashtirishga kirishish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi so‘rovimizga javobda ma’lum qildi.
Avvalroq, Antikorrupsiya agentligi sovg‘alar haqidagi so‘rovimizga javob bermagani haqida yozgan edik. Shundan so‘ng, idora 2025-yilgi sovg‘alar reyestrining e’lon qilinish muddatini bildirdi.
🌐Batafsil oʻqish
#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Antikorrupsiya agentligi 2025-yilda olingan sovg‘alar ro‘yxatini oshkor qilmadi
Antikorrupsiya agentligi idora vakillari tomonidan olingan sovg‘alar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish haqidagi so‘rovimizga javob bermadi. Mazkur so‘rov Agentlikka 17-noyabr kuni yuborilgan. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat organlari OAV so‘rovlariga 7 kun muddatda javob berishlari shart.
2024-yilda Agentlik rasmiy hamkorlariga umumiy qiymati 14 million so‘mdan ortiq sovg‘alar topshirgan bo‘lsa, uning xodimlari tomonidan olingan va reyestrda aks ettirilgan sovg‘alar qiymati 32 million so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
🌐Batafsil o‘qish
#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalariga davlat buyurtmasi mavjudmi?
Yoshlar ishlari agentligi “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostidagi tadbirni PR qilish uchun bir dona internet sayti bilan 534,7 million so‘mlik shartnomani tendersiz tuzgan.
Xo‘sh, davlat idoralari o‘z faoliyatini reklama qilish uchun qancha pul sarflashmoqda va bu reklamalar qay darajada samarali? Qanday holatlarda ommaviy axborot vositalari davlat xaridlari ishtirokchisi bo‘lish huquqiga ega?
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#OAV#Shaffoflik
📢 Aziz yurtdoshlar va hurmatli tinglovchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan.
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, adolat va ishonchni yemiruvchi xavfli illatdir. Shu bois Akademiyada ta’lim jarayonlari, qabul, baholash hamda moliya-xo‘jalik faoliyatida qonuniylik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qilinmoqda.
🔹 Byurokratik to‘siqlar kamaytirilmoqda
🔹 Raqamli tizimlar keng joriy etilmoqda
🔹 Korrupsion xavflarning oldi olinmoqda
Biz nafaqat bilimli mutaxassislar, balki halol va vijdonli kadrlarni tarbiyalashni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz.
❗️ Agar siz Akademiyada korrupsion holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang — tegishli tashkilotlarga murojaat qiling.
✅ Sizning har bir murojaatingiz ochiq va adolatli muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.
Halollik — bizning bosh qadriyatimiz!
Korrupsiyaga murosasizlik — qat’iy pozitsiyamiz!
#halollik#korrupsiyagaqarshi#BMА#shaffoflik
🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Davlat xaridlarida Xavf-tahlil markazi: nega sun’iy intellektsiz korrupsiyaga qarshi kurashish imkonsiz?
O‘zbekistonda davlat xaridlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni avtomatik aniqlash uchun Xavf-tahlil markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yaqinda mamlakat prezidenti shu haqda ko‘rsatma berdi. Tenderzone eksperti Kamol Niyozov ta’kidlashicha, davlat xaridlari tizimida yiliga 2 millionga yaqin lot e’lon qilinadi, biroq ularning atigi 2-3 foizi qo‘lda tekshirilmoqda. Bu esa sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanishni nazoratning yagona samarali vositasiga aylantiradi.
Mutaxassisning fikricha, turli idoralarning ma’lumotlar bazalarini birlashtirish yashirin aloqadorlikni aniqlash va chuqur tekshiruv zarurligini ko‘rsatuvchi "qizil bayroqlar"ni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa davlat xaridlari tizimini nafaqat yanada zamonaviy, balki jamiyat oldida hisobdor bo‘lishiga ham yordam beradi.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Streetpark Systems va avtomobil to‘xtash joylari uchun dasturiy ta’minot: muammo nimada?
O‘tgan yili Streetpark Systems kompaniyasi Toshkent shahridagi avtoturargohlar tizimini boshqarish dasturiy ta’minotini yaratish bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘lgan edi. Tanlov 2024-yil 29-dekabrda, ya’ni kompaniyaga Toshkent ko‘chalarida pullik avtoturargohlarni tashkil qilish huquqi berilganidan 12 kun o‘tib o‘tkazilgan.
Tanlovning kompaniyaga faoliyat huquqi berilganidan so‘ng o‘tkazilgani, komissiya a’zolarining soni va shartnomaning e’lon qilinishi bilan bog‘liq jarayonlarda qonunchilik normalariga rioya etilishi yuzasidan qator savollar mavjud.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Toshkentning sobiq hokimi davlat xaridlaridan qanday foyda ko‘rmoqda?
2024–2025-yillarda turli davlat tashkilotlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida ko‘rsatilgan mehmonxona xizmatlari uchun 5,7 milliard so‘m to‘lagan. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, "Hilton" mehmonxonasiga egalik qiluvchi kompaniya bilvosita Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli.
Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi (o‘sha paytdagi) Aqilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda 2 kecha mehmon bo‘lgan va buning uchun 280 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Ushbu xizmatlar may oyida ko‘rsatilganiga qaramay, shartnoma oradan bir oy o‘tib, 2024-yil 11-iyunda imzolangan.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Tendersiz xaridlar: "O‘zbekneftgaz"ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalari hajmi 9,7 trln so‘mni tashkil etdi
"O‘zbekneftgaz" 2025-yilda davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirish taqiqlanishiga qaramay, 9,7 trillion so‘mlik (809 million AQSh dollari) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzdi. Ushbu cheklov Prezidentning 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-sonli qarori bilan belgilangan edi. Hujjatga ko‘ra, 2021-yil 5-iyuldan boshlab korporativ buyurtmachilar, jumladan "O‘zbekneftgaz" AJ uchun ilgari Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan alohida tartibda belgilangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tender savdolarini o‘tkazmasdan xaridlarni amalga oshirishning amaldagi tartiblari rasman bekor qilingan.
Davlat xaridlari bo‘yicha ekspert va TenderZone asoschisi Kamol Niyazovning aytishicha, davlat xaridlarining umumiy ulushining qariyb 50% va hatto undan ham ko‘prog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarga to‘g‘ri keladi.
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Andijon viloyatida mebel ishlab chiqaruvchi korxona davlat tashkilotlariga oziq-ovqat yetkazib bermoqda
Andijon olimpiya va paralimpiya sport tayyorlash markazi uchun o‘tkazilgan ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tenderlarni tekshirib ko‘rdik. Ma’lum bo‘lishicha, milliardlab so‘mlik davlat shartnomalarini yutib olgan kompaniyalar aslida ovqatlanish sohasiga aloqador emas. Jumladan, kompyuter va dasturiy ta’minot ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi firma 3 yilda 6,5 milliard so‘mdan ortiq ovqatlanish shartnomalarini qo‘lga kiritgan, hattoki ro‘yxatdan o‘tganiga atigi bir oy bo‘lganida yirik tenderda g‘olib chiqqan. Boshqa bir kompaniya esa nomi bolalar bog‘chasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ovqatlanish bo‘yicha yirik shartnomalar olgan.
🔍 Tahlillar natijasida aniqlandiki, ovqatlanish xizmatlari uchun tenderlarni yutgan ushbu ikki kompaniya rahbari va egasi bir shaxs ekan. Bu holat davlat xaridlaridagi shaffoflik va adolat mezonlariga rioya qilinishi borasida savollar tug‘diradi. Qonunchilikka ko‘ra, ishtirokchilar shartnomani bajarish uchun zarur resurslarga ega bo‘lishi lozim, ammo ixtisoslashmagan kompaniyalar qanday qilib bunday xizmatlarni ko‘rsatmoqda?
🌐Batafsil o‘qish
#DavlatXaridlari#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC
Angrenni obodonlashtirish bo‘yicha 214 mln so‘mlik tender: oldindan hal qilingan natija va "qizil bayroqlar"
Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi noyabr oyida qurilish materiallarini yetkazib berish bo‘yicha 214 mln so‘mlik tender o‘tkazdi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib rasman e’lon qilinishidan ikki kun oldin ushbu tenderda ishtirok etgan kompaniyadan kafolat xati talab qilingan. Kafolat xatining yo‘qligi ishtirokchini tenderdan chetlatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sababi sifatida ko‘rsatildi.
Kompaniyaga tender natijasi boshqa ishtirokchi foydasiga hal qilib bo‘linganiga ishora qilinib, o‘z arizasida minimal narxni ko‘rsatish taklif etildi.
🌐Batafsil oʻqish
#DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC