TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 13 条相似帖子

搜索 #davlatxaridi

当前筛选 #davlatxaridi清除筛选

Uzbekistan Airways kompaniyasi Qanot Sharq’dan ijaraga olgan ikkita A330 samolyoti 35 million dollardan ko‘proqqa tushdi Uzbekistan ✈️ Uzbekistan Airways Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasidan ikkita Airbus A330 samolyotini ijaraga olish qiymati QQS hisobga olinmagan holda 35 million dollardan ortiqni tashkil etdi. Bu ma’lumotlar davlat xaridlari portalida e’lon qilingan. Shu bilan birga, shartnomada bu summa “taxminiy” deb ko‘rsatilgan va “faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnomani ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun taqdim etilgan va tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida shartnoma shartlariga binoan bu summa o‘zgarishi mumkin”. 🌐Batafsil o‘qish #DavlatXaridi#FCDO#EGED#MJDC

Davlat idoralarining avtomobil xaridlari: xizmatmi yoki hashamat? Davlat idoralari tomonidan xizmat avtomobillari xaridi O‘zbekistonda doim dolzarb va qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib keladi. Jurnalistlar aynan shu masalaga e’tibor qaratib, Xarid.uzex.uz portalidagi 2022-yildan 2025-yil apreligacha bo‘lgan xaridlarni "elakdan o‘tkazdi". Asosiy savol ochiq: amaldorlarga olinayotgan mashinalar haqiqiy ehtiyojmi yoki byudjet hisobidan qilinayotgan ortiqcha sarf-xarajat? Tahlilda ko‘plab qiziq jihatlarni aniqlandi. Masalan, garchi narxlarga cheklovlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, "milliy mahsulotga o‘tish" nomi ostida qimmatbaho, hatto O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan "Chevrolet Traverse" yoki "Tahoe" kabi avtomobillar xarid qilinayotgani (Jizzax viloyati hokimligi misolida) kabi holatlar savol tug‘diradi. Maqolada davlat idoralari tomonidan eng ko‘p qaysi avtomobil modellari xarid qilinayotgani va ularning narxi qancha ekanligi haqida o‘qishingiz mumkin. Bundan tashqari, byudjet mablag‘larini avtomobillarga ko‘p sarflayotgan davlat idoralari hamda eng yirik shartnomalarni qo‘lga kiritayotgan yetkazib beruvchi kompaniyalar TOP-10 taligini ham keltirdik. 🌐Maqolani o‘qish #DavlatXaridi#FCDO#EGED#MJDC

SSV mahalliy insulinni 1,6 milliard so‘mga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib oldi: bu usulda xarid qilish prezident qarori bilan taqiqlangan edi 🩺 Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1,6 milliard so‘mlik insulinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilingani jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Bu xarid usuli prezident qarori bilan 2021-yilda taqiqlangan edi. SSV mahalliy ishlab chiqaruvchidan har bir qadog‘ini 35 ming so‘mdan insulin sotib olgan, vaholanki, mutaxassislar uning sifatini past baholamoqda va xuddi shunday ta’sirga ega xorijiy, sifatliroq analoglarni dorixonalardan 25 ming so‘mga topish mumkin. Nima uchun arzonroq va sifatliroq muqobillar turganda, qimmatroq mahsulot tanlangan? Vazirlikning dori tanlash mezonlari qanday, zamonaviy insulin analoglariga o‘tish rejalari va bu jarayonda mutaxassislar hamda bemorlar fikri inobatga olinadimi? Shu kabi savollarni vazirlikka yo‘lladik, ammo haligacha javob berilmadi. 🌐Batafsil o‘qish #DavlatXaridi#FCDO#EGED#MJDC

Samarqanddagi bog‘chaga davlat xaridlari bo‘yicha yana ikkita shartnoma mavjud bo‘lsa-da, 2 kun davomida go‘sht yetkazib berilmagan May oyining boshida Samarqand viloyatidagi bog‘chalardan birida go‘sht ta’minoti 2 kun uzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining viloyat boshqarmasi ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani, muassasa ma’muriyati esa tuman boshqarmasiga o‘z vaqtida xabar bermaganini ma’lum qilgan. 🔍 Biz ushbu bog‘chaning davlat xaridlarini o‘rganib chiqdik. Aniqlanishicha, go‘sht yetkazib berish to‘xtatilgan paytda bog‘chada bir nechta boshqa ta’minotchilar bilan ham amaldagi shartnomalar mavjud bo‘lgan. Bu esa, nima uchun ushbu shartnomalar orqali go‘sht taqchilligining oldi olinmagani haqidagi savollarni keltirib chiqarmoqda. Vaziyatni aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga jurnalist so‘rovi yubordik. 🌐Batafsil o‘qish #DavlatXaridi#FCDO#EGED#MJDC

Angrenni obodonlashtirish bo‘yicha 214 mln so‘mlik tender: oldindan hal qilingan natija va "qizil bayroqlar" Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi noyabr oyida qurilish materiallarini yetkazib berish bo‘yicha 214 mln so‘mlik tender o‘tkazdi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib rasman e’lon qilinishidan ikki kun oldin ushbu tenderda ishtirok etgan kompaniyadan kafolat xati talab qilingan. Kafolat xatining yo‘qligi ishtirokchini tenderdan chetlatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sababi sifatida ko‘rsatildi. Kompaniyaga tender natijasi boshqa ishtirokchi foydasiga hal qilib bo‘linganiga ishora qilinib, o‘z arizasida minimal narxni ko‘rsatish taklif etildi. 🌐Batafsil oʻqish #DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC

10 million o‘rniga 19 million dollar: Shota Rustaveli ko‘chasi rekonstruksiyasi nega bunchalik qimmatga tushdi? Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida yashil shahar transport koridorini yaratish loyihasi yakuniga yetdi. TAILEV loyihasi doirasida o‘tkazilgan dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ushbu rekonstruksiya qiymatini qariyb 10 million dollarga baholagan bo‘lsa-da, amalda sarf-xarajatlar 19,2 million dollarni tashkil etdi. Loyihaning kutilganidan ikki barobar qimmatlashgani, amalga oshirilgan ishlar sifati va mablag‘lar shaffofligi yuzasidan bir qator savollar paydo bo‘lmoqda. Shu masalada poytaxt shahar hokimligiga jurnalistik so‘rov yubordik. 🌐Batafsil oʻqish #DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC

Dorilar xaridi bozoridagi yangi o‘yin qoidalari: farma.xarid.uz korrupsiyani kamaytira oladimi? O‘zbekistonda dori vositalarining davlat xaridlarini markazlashtirish maqsadida to‘rtta amaldagi maydoncha o‘rnini yagona Farma.xarid.uz platformasi egallamoqda. Ushbu raqamli transformatsiya tizimdagi korrupsion xavflarni kamaytirish va shaffoflikni oshirishda qanchalik samarali bo‘ladi? PharmID tizimining joriy etilishi xaridlar jarayonidagi sifat nazoratiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Soha eksperti yangi platformaning muvaffaqiyati kiberxavfsizlik darajasi va nazorat mexanizmlarining o‘zaro muvozanatiga bog‘liqligini ta’kidlamoqda. Bir vaqtning o‘zida ham mablag‘ taqsimlovchi, ham nazorat qiluvchi organning mavjudligi tizimning xolisligiga ta’sir qilmaydimi? Maqolada yangi platformaning ishlash shartlari va uning amaliyotdagi ehtimoliy risklari tahlil qilinadi. 🌐 Batafsil oʻqish #DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC

Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni nima kutyapti, tizim tubdan o‘zgaradimi? 🖋 Prezidentning yangi farmoni bilan mahalliy ishlab chiqarish va davlat xaridlarini boshqarishning yangi tizimi joriy etilmoqda. Shu vaqtgacha davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yagona boshqaruv organi mavjud emas edi, vakolatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligida to‘plangan edi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish uchun aniq narx preferensiyalari, kafolatli xarid shartnomalari va ishtirokchilarni avtomatik baholaydigan zamonaviy skoring tizimlari keng joriy etilmagan edi. 🔗Endi nima o‘zgarmoqda? • Narx preferensiyalari: Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xaridlarda ishtirokchilar soniga qarab 8 foizdan 15 foizgacha narx imtiyozlari beriladi; • Zakalat pulisiz ishtirok: “Yuqori” ishonchlilik reytingiga (skoring) ega tadbirkorlar endi xaridlarda qatnashish uchun garov puli to‘lamaydi; • Lotlarga bo‘lish: Kichik va o‘rta biznes ham ishtirok eta olishi uchun yirik xarid buyurtmalari kichikroq qismlarga (lotlarga) bo‘lib chiqiladi; • Professional xaridorlar: 2027-yildan boshlab xaridlar jarayonini faqat maxsus xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar boshqaradi. 🖥 Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llash uchun yangi Jamg‘arma ham tashkil etiladi. U orqali tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 10 million dollargacha imtiyozli kreditlar (milliy valyutada 12%, xorijiy valyutada 6%) va xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun subsidiyalar ajratiladi. Shuningdek, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyolar 3 yil muddatga bojxona bojidan ozod etiladi. 👍 Davlat xaridlari va shaffoflik masalasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi uchun ham hamisha dolzarb bo‘lib, bu mavzuda jurnalistik surishtiruvlarni e'lon qilib kelyapmiz. Xo‘sh, ushbu islohotlar amaliyotda samarali natija beradimi? Biz jarayonning borishi, erishilayotgan yutuqlar, tizimdagi kamchiliklar va yuzaga kelayotgan muammolar haqida yozishda davom etamiz. #DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC

Uzbekistan Airways xodimlarning yangi formasi uchun qancha mablag‘ sarfladi? 28-yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘zining 34 yilligi munosabati bilan bort kuzatuvchilari uchun yangi forma kiyimlarini taqdim etdi. Tashqi ko‘rinishning yangilanishi davlat xaridlarining elektron tizimi orqali keng ko‘lamli xaridlar bilan birga amalga oshirildi. Biz davlat xaridlari portalidagi ochiq ma’lumotlarni tahlil qilib, 2025–2026-yillarda yangi forma uchun sarflangan 24,3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘rgandik. Maqolada kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar narxi hamda ushbu yirik tenderlarda g‘olib chiqqan asosiy kompaniyalar haqida ham ma’lumot beramiz. 🌐Batafsil oʻqish #DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC

"O‘zmetkombinat" taqiqqa qaramay 2,2 trln so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni amalga oshirdi 2025-yilda "O‘zmetkombinat" taqiqqa qaramay 2,2 trillion so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni amalga oshirgan. Bu davlat xaridlari portali ma’lumotlari tahlilidan ma’lum bo‘ldi. Mazkur cheklov prezidentning qarori bilan belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, 2021-yil 5-iyuldan boshlab korporativ buyurtmachilar, shu jumladan, "O‘zmetkombinat" AJ uchun xaridlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tender savdolarini o‘tkazmasdan amalga oshirishning amaldagi tartibi rasman bekor qilingan edi. 🌐Batafsil oʻqish #DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC

Prezident mahalliy avtomobillarga o‘tishni topshirdi, biroq Ichki ishlar vazirligi BYD xaridini rejalashtirgan edi Prezident 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat idoralariga xizmat transportlaridan foydalanishni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga o‘tish zarurligini aytgan edi. Shundan so‘ng bosh vazir Abdulla Aripov Mercedes-Benz’ni Malibu’ga almashtirgan va mutasaddilarga 7-martdan boshlab xorijiy xizmat mashinalaridan foydalanishni to‘xtatishni tayinlagan. Bosh vazir Prezident topshirig‘ini zudlik bilan bajarish kerakligini ta’kidlagan. Biroq davlat xaridlari portali tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, topshiriqqa qaramay, ayrim tashkilotlar yangi va qimmatbaho avtomobillarni xarid qilishda davom etgan. 🌐Batafsil o‘qish #Shaffoflik#DavlatXaridi#FCDO#EGED#MJDC

Sobiq qurilish vazirining oilasiga qarashli firma Toshkent aeroportining yangi terminalini qurish uchun shartnoma imzolagan Avvalgi maqolamizda "Trest-12" AJning tendersiz yirik loyihalari haqida so‘z ochgan edik. Ammo AJning yirik shartnomalari hali ko‘p ekanligiga guvoh bo‘ldik, shu sabab maqolaning ikkinchi qismida boshqa shartnomalar haqida ham so‘z yuritamiz. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalar orasida Toshkent xalqaro aeroportidagi yuk terminali qurilishi, "Zakovat" intellektual klubi binosi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti binosini qayta qurish, Konfutsiy nomidagi O‘zbekiston-Xitoy institutini qayta qurish kabi loyihalar mavjud. Maqolada "Trest-12" ning davlat xaridlaridagi ishtiroki, qo‘lga kiritgan shartnomalarning hajmi va loyihalarning amalga oshirilish jarayonini tahlil qildik. 🌐Batafsil o‘qish #DavlatXaridi#Shaffoflik #FCDO#EGED#UKinKyrgyzstan#ӨСИ_ИПР#MJDC

12
上一页第 1/2 页下一页