TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 20 条相似帖子

搜索 #tahlil

当前筛选 #tahlil清除筛选
UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3866 · 2026/02/05 12:46

✍️✍️✍️✍️ TOP-10: Kapitallashuvi eng yuqori bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari 🌐2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, sug‘urta sektori kapitallashuv hajmi va aksiyadorlar qamrovi bo‘yicha kapital bozorining eng barqaror segmentlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda 49 ta sug‘urta kompaniyasi tomonidan chiqarilgan aksiyalarning umumiy hajmi 4,3 trln so‘mdan oshdi. 💻Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sug‘urta bozoridagi jami kapitallashuvning 55,3% (2,4 trln so‘m) aynan reytingdagi TOP-10 kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Diqqatga sazovor jihati, sohada davlat ulushiga ega kompaniyalar bor-yo‘g‘i 7 tani (jami chiqarilishning 2%) tashkil etadi. Bu sug‘urta bozorining asosan xususiy sektor hisobiga shakllanganini va erkin raqobat muhiti mavjudligini anglatadi. 🗣Jami 13 081 nafar investorning qariyb 98% (12 907 nafari)jismoniy shaxslardir. Bu aholining sug‘urta kompaniyalari aksiyalariga ishonchli investitsiya vositasi sifatida qiziqishi ortayotganini tasdiqlaydi. ⏺Apex Insurance — ustav kapitali hajmi (900 mlrd so‘m) bo‘yicha bozorning mutloq yetakchisi. ⏺O'zbekinvest va Euroasia Insurance kuchli uchlikni yakunlab, sohadagi eng yirik kapitallashuvga ega kompaniyalar hisoblanadi. ✅Aksiyadorlar reestrining Markaziy depozitariyda yuritilishi har bir investor huquqlarining himoyasi va ma’lumotlar shaffofligining kafolatidir. #tahlil Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

Hashtags

BFAUZ

@bfauz · Post #1801 · 2023/02/02 07:42

#tahlil ✍️ O‘zbekiston Janubiy Osiyo mintaqasi kuchli uchtaligida Keyingi yillarda mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, “2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosining ta’minlanishi natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti Markaziy Osiyoda yagona mamlakat sifatida ilk marta 2020-yilda mashhur Global innovatsion indeksda 93-o‘rinni band etgan edi. 2022-yilda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan Global innovatsion indeksning (“GII —2022”) “Kelajak nima, bu innovatsiyaga asoslangan o‘sishmi?” (What is the future of innovationdriven growth?) nomi bilan e’lon qilingan ko‘rsatkichlar reytingida esa O‘zbekiston 132 davlat orasida 2021-yildagiga nisbatan 4 pog‘ona yuqorilab, 82-o‘rinni egalladi. Muallif: Nurbek RIZAYEV, Bank-moliya akademiyasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori. Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi, 2023-yil 1-fevral, №21 (8364) ➡️Batafsil... 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in

Hashtags

“OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

@uztmk_official · Post #4266 · 2026/04/03 16:49

#TMK #tahlil 📊Kritik metallar | Oylik birja tahlili Bugun global kritik minerallar bozori chuqur transformatsiya bosqichida turibdi. 🌎 Ta’minot zanjiridagi o‘zgarishlar, texnologiya va sanoat talabi narx dinamikasiga qanday ta'sir ko‘rsatmoqda? Video-tahlil orqali batafsil tanishing! 🫥🫥🫥 📊Critical Metals | Monthly Market Analysis Today, the global critical minerals market is undergoing a profound transformation. 🌎 How are changes in supply chains, technological advancements, and industrial demand influencing price dynamics? Explore the details in our video analysis! 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram

Hashtags

“OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

@uztmk_official · Post #4092 · 2026/03/09 11:50

#TMK #tahlil 📊Kritik metallar | Oylik birja tahlili So‘nggi bir oyda global bozorlarda kritik metallar narxlari turlicha dinamikani namoyon etdi. 🔎Xo’sh, geosiyosiy omillar, sanoat talabi va yashil texnologiyalar sur’ati narx dinamikasiga qanchalik ta’sir ko‘rsatmoqda? Video-tahlil orqali batafsil tanishing! 🫥🫥🫥 📊Critical Metals | Monthly Market Analysis Over the past month, critical metal prices in global markets have shown mixed dynamics. 🔎So, to what extent are geopolitical factors, industrial demand, and the pace of green technologies influencing price movements? Explore the details in our video analysis! 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram

Hashtags

“OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

@uztmk_official · Post #3900 · 2026/02/03 16:07

#TMK #tahlil 📊Kritik metallar | Oylik birja tahlili 📌So‘nggi bir oyda global bozorlarda kritik metallar narxlari turlicha dinamikani namoyon etdi. 🔎Xo’sh, geosiyosiy omillar, sanoat talabi va yashil texnologiyalar sur’ati narx dinamikasiga qanchalik ta’sir ko‘rsatmoqda? 📊Video-tahlil orqali batafsil tanishing! 🫥🫥🫥 📊Критические металлы | Ежемесячный биржевой анализ 📌За последний месяц мировые рынки продемонстрировали разнонаправленную динамику цен на критические металлы. 🔎Как сильно геополитические факторы, промышленный спрос и темпы развития «зелёных» технологий влияют на ценовую динамику? 📊Узнайте подробнее в видео-аналитике! 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram

Hashtags

Tahlil: Texnologik jarayonlarda davlat nazorati 💧 Xorazm viloyati aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 91,6% tashkil etadi. 🧪 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bilan hamkorlikda iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifatini o‘rganish bo‘yicha I chorak davomida 436 ta tahlil namunalari olinib, ichimlik suvining sifati milliy standart talablariga javob berishi tekshirildi. ✍️14 marotaba ichimlik suvi ta’minoti va 5 marotaba oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari texnologik auditdan o‘tkazildi. 🌍 Yer osti ichimlik suv quduqlarini ekspluatatsiya qilishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan 10 marotaba o‘rganishlar o’tkazilib, 8 ta kamchiliklar aniqlandi. 💧32 ta inshootlarda zararsizlantirish uskunalari holati o‘rganilib, 25 tasida kamchiliklar aniqlandi va hududiy inspeksiya xodimlarining yozma ko’rsatmalari asosida bartaraf qildirildi. 🚰7 ta oqova suvlarni tozalash inshootlarining ishlash samaradorligi, oqova suvlarni zararsizlantirilishi, zararsizlantirish vositalari zahirasi yaratilganligi, sanitariya-muhofaza zonalari talab darajasida ekanligini o‘rganish yuzasidan nazorat tadbirlarida 6 ta kamchiliklar aniqlandi. Bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi #JARAYON#TAHLIL 🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram🌐 Facebook

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81278 · 2026/03/11 16:46

#Prezidentning_1_sonli_qarori_ijrosi #Tahlil Bugun tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev rahbarligida Prezidentimizning 1-sonli qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi mas’ul mutasaddilari, tuman IIOFMB boshlig‘i va soha bo‘yicha o‘rinbosarlari, MFY raislari, profiliktika inspetkorlari, mahalla yettiligi tuman rahbarlari ishtirok etdi. Kengaytirilgan mahkama yig‘ilishida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, amalga oshirilgan ishlar, ayni yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi va kelgusida bu borada amalga oshiriladigan ishlar rejalari belgilab olindi. 👉👉👉 Lavhamizda jarayonlar 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81237 · 2026/03/10 15:27

#Prezidentning_1_sonli_qarori_ijrosi #Tahlil Bugun tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev rahbarligida Prezidentimizning 1-sonli qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi mas’ul mutasaddilari, tuman IIOFMB boshlig‘i va soha bo‘yicha o‘rinbosarlari, MFY raislari, profiliktika inspetkorlari, mahalla yettiligi tuman rahbarlari ishtirok etdi. Kengaytirilgan mahkama yig‘ilishida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, amalga oshirilgan ishlar, ayni yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi va kelgusida bu borada amalga oshiriladigan ishlar rejalari belgilab olindi. 👉👉👉 Lavhamizda jarayonlar 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Martin Eden

@economist_martin · Post #1106 · 2024/03/18 06:54

Tolibon hukumatining savdoga qoʻygan cheklovlari va uning oqibatlari - davomi Narx tizimi ma’lumotni yaratish, toʻplash va uzatish jarayonini ta’minlaydi. Ushbu jarayonda yakka shaxs u yoqda tursin, hattoki hech bir markaziy rejalashtirish idorasi egalik yoki nazorat qila olmaydigan juda tarqoq ma’lumotlar jamlanadi. Taqchil resurslarning qimmatlashi bozorga oʻsha resursning muqobili yoki oʻsha mahsulotning oʻzi koʻproq yetkazib berilishi kerakligi haqida ishlab chiqaruvchilarga signal beradi. Natijda tadbirkorlarda bozordagi taqchillikni bartaraf etishga ragʻbat paydo boʻladi hamda qoʻshimcha qiymat yaratiladi. Bozordagi taqchillik erkin bozorda shakllangan narx tizimi orqali bartaraf etiladi. Bu albatta uzoq muddatli jarayon boʻlishi ham mumkin. Agar, aksincha, hukumat bozordagi narxlarni nazorat qilsa va talab koʻp boʻlgan mahsulotlarning narxlari tabiiy ravishda oʻsishiga yoʻl qoʻymasa, tadbirkorlarda oʻsha mahsulotni koʻproq ishlab chiqarishga ragʻbat paydo boʻlmaydi. Natijada taqchil resurslar yanada taqchil boʻlib, bozorda ishlab chiqarish hajmi oʻsmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, savdoga qoʻyilgan cheklovlar jamiyatni qashshoqlashuviga olib keladigan eng muhim omil sanaladi. #XalqaroMunosabatlar#Tahlil@economist_Martin@StratFocusCA

Martin Eden

@economist_martin · Post #1105 · 2024/03/18 06:54

🎙️@economist_Martin dan @StratFocusCA uchun maxsus tahliliy post Tolibon hukumatining savdoga qoʻygan cheklovlari va uning oqibatlari Tolibon hukumati tomonidan Ramazon oyida narxlarning oshirilishiga qarshi keskin choralar koʻrilayotgani va narxlarni belgilangan summadan oshirganlarning doʻkonlari yopib qoʻyilayotgani OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bunday choralar davlatning iqtisodiy farovonligiga salbiy ta’sir koʻratishi turgan gap. #XalqaroMunosabatlar#Tahlil@economist_Martin@StratFocusCA

Koʻp qavatli uylarni saqlash va boshqarish yoʻnalishida nazorat tadbirlari 👮‍♀️ Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan doimiy tarzda koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, seysmik mustahkamligi va zilzilabardoshligini monitoring qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 1⃣Xususan joriy yilning I choragida viloyatdagi mavjud 1 ming 959 ta koʻp kvartirali uylardan 1 207 tasining texnik holati oʻrganib chiqildi. 195 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularning barchasiga bajarilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatmalar berildi. 72 ta holatda huquqbuzarlarga nisbatan 1 308,1 mln.soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan. Shu bilan birga, berilgan majburiy koʻrsatmalarga asosan 53 ta huquqbuzarliklar huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi, 70 ta holat boʻyicha sudlarga daʼvo arizalar kiritilgan. 2⃣ Koʻp kvartirali uylarga texnik xizmat koʻrsatuvchi 40 ta boshqarish organlaridan 21 marotaba boshqarish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat va profilaktik tadbirlar oʻtkazilib, boshqarish organlarida boshqaruv qoidalariga rioya etilmaganligi aniqlanib, mansabdor shaxslarga nisbatan 30,9 mln. soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan. 3⃣Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF 144-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan viloyatdagi mavjud 1 ming 959 ta koʻp kvartirali uylardan 533 tasining texnik holati vizual oʻrganildi. Oʻtkazilgan monitoring jarayonlarida 6 ta uylarda instrumental texnik tekshiruv o‘tkazilishi belgilandi. #JARAYON#UY_JOY#TAHLIL 🌐 Telegram▶️Youtube🌐Instagram🌐 Facebook

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #1442 · 2026/03/10 17:25

Ta'lim - shunchaki biznes emas! Bugun turk tili kursida o'qish maqsadida o'quv markazlaridan birining shartnomasi bilan tanishib chiqdim. Afsuski, shartnomadagi barcha bandlar faqat markaz manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Tomonlar uchun teng va adolatli yechim umuman ko'zda tutilmagan! O'zim ham ta'lim sohasida faoliyat yuritganman, o'quv markazi va onlayn kurslarni boshqarganman. Lekin shartnomani hech qachon bu qadar bir tomonlama qilib, o'quvchini burchakka taqab qo'ymaganmiz. IT Parkda ishlagan davrimizda ham, individual darslarimizda ham o'quvchi qoldirilgan darslar uchun to'lovni qaytarib berganmiz. Umuman darsga qatnashmaganlarni esa kursdan chetlatib, pulini to'liq o'ziga qaytarganmiz. (Shartnomada boshqacha band bo'lgan taqdirda ham) Sababi oddiy: mijozning holatini ham to'g'ri tushunish kerak, u o'qish uchun mablag'ni osonlikcha topmaydi. Hamma moliyaviy tavakkalchilikni faqat o'quvchining bo'yniga ilib qo'yish ham (qadriyatlarga) to'g'ri kelmaydi. Bugungi kunda ayrim joylarda ta'lim berish shunchaki daromad manbaiga aylanib qolgan ko'rinadi. Endilikda o'quv markazlarini tanlashda yanada talabchan bo'lamiz va ularni jiddiyroq filtrdan o'tkazishimiz kerak! @suxrobblog #shartnoma#tahlil

12
上一页第 1/2 页下一页