TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 1 条相似帖子

搜索 #temuriylarmerosi

当前筛选 #temuriylarmerosi清除筛选
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83068 · 2026/04/10 08:51

#Chilonzor #AmirTemur690 #Manaviyat #Tarix #TemuriylarMerosi CHILONZORDA AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aprel oyi yurtimizda “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Mazkur oylik doirasida Chilonzor tumanida ham qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Bugun tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida hokimlik apparati va tuman tashkilotlari xodimlari uchun “Amir Temur va temuriylar merosi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi va olim To‘lqin Hayit ma’ruzachi sifatida taklif etildi. Sohibqiron hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etgan olim uchrashuv davomida quyidagilar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi: 🔸 Amir Temurning davlatchilik siyosati va “Temur tuzuklari”ning ahamiyati; 🔸 Temuriylar davri renessansi va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi; 🔸 Buyuk sarkardaning ma’naviy merosi va bugungi kun uchun saboqlari. Uchrashuv davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Bu kabi ma’naviy muloqotlar davlat xizmatchilarining vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish va milliy tariximizga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qiladi. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi