#Ekopartiya
#Termiz
#Oʼrganish
Termiz shahri Guliston mahallasi hududida joylashgan “Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi”da ko‘kalamzorlashtirish va agrotexnik tadbirlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida oromgohning 6,1 gektar maydonida 1000 tup manzarali tut hamda 100 tup mevali daraxt (gilos, olma) parvarish qilinayotgani, ularning holati qoniqarli ekani aniqlandi. Ko‘chatlar mahalliy manbalar hisobidan xarid qilingan bo‘lib, bolalar uchun qulay va sog‘lom ekologik muhit yaratish maqsadida ekilgan.
Hududda 6 ta nasos orqali sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan, ko‘chatlar agrotexnika talablari asosida parvarish qilinmoqda, qurib qolgan ko‘chatlar mavjud emas. Shu bilan birga, ko‘chatlarni himoyalash ishlarini tizimlashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanishni kuchaytirish, ekologik madaniyatni oshirish hamda monitoring va hisobot yuritishni yagona tizim asosida yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilash lozimligi ta’kidlandi.
🟢Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati
#jarayon#termiz
⏺Айни дамда Термиз муҳандислик технология институтида Давлат ва ҳуқуқ институти директори, ю.ф.д. М.Турғунов иштирокида “Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг мазмун-моҳиятига бағишланган маърифат соати давом этмоқда.
Дарҳақиқат, стратегия муқаддимасида қайд этилганидек, халқимизнинг эркин ва фаровон, қудратли Янги Ўзбекистонни барпо этиш бўйича хоҳиш-иродасини рўёбга чиқариш, ҳар бир фуқарога ўз салоҳиятини ривожлантириш учун барча имкониятларни яратиш, соғлом, билимли ва маънавий баркамол авлодни тарбиялаш, глобал ишлаб чиқаришнинг муҳим бўғинига айланган кучли иқтисодиётни шакллантириш, адолат, қонун устуворлиги, хавфсизлик ва барқарорликни кафолатли таъминлаш мақсадида 5 та устувор йўналишни ўз ичига олган 100 та мақсад қўйилди. Мақсад – аниқ. Вазифалар – аён. Демак, эндиликда ҳар биримиздан виждонан, ҳалол ишлаш, ўқиш ва олган билимларимизни рўёбга чиқариш қолди, холос.
📣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Web-sayt | Telegram | Facebook | You Tube
Suv saqlash inshooti hamda fotoelektr stansiyasi qurilishi jarayoni o‘rganildi
👁Termiz shahriga tashrifim davomida “Tinchlik” mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" suv ishlab chiqarish inshooti bilan tanishdim.
💦Mazkur inshootda hozirda shaharning 12 ta mahallasida istiqomat qiliuvchi 65 mingdan ortiq aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berilar ekan.
Inshootda 2 ta katta suv to‘plash havzasi mavjud bo‘lib, 4000 m(3) suv zaxirasi mavjud. Suv to‘plash inshooti har oyda 2 marta sanitariya-epidemiologiya markazi xodimlari tomonidan xlor yordamida dezinfeksiya qilinadi.
✔️Mutasaddi tashkilot rahbarlariga suvni o‘z vaqtida dezinfeksiya qilish va aholiga toza ichimlik suvi yetkazish, shuningdek, quyosh panelidagi suv nasoslaridan foydalanish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berdim.
☀️Shuningdek, ushbu suv ishlab chiqarish inshooti hududida Termiz davlat universiteti tomonidan 3 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda. Mazkur stansiya hududdagi foydalanilmayotgan 3 gektar maydonda barpo etilayotgan bo‘lib, uning ishga tushirilishi natijasida bo‘sh maydondan samarali foydalanish hamda ekologik toza “yashil” energiya olish imkoniyati yaratiladi.
#Termiz#Deputat_hududda#Ekopartiya
📱telegram 📱instagram
Termizdagi "IT-park"da 150 nafardan ortiq yoshlar tahsil olmoqda
✅Surxondaryoga tashrifim davomida Termiz shahrida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan "IT-park" binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdim.
💻Tanishuv davomida yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, dasturiy ta’minotlar yaratish hamda eksportini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida suhbatlashdik.
🟢O'rganish davomida "IT-park" faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish maqsadida ekologik toza va yashil texnologiyalarga o‘tish, oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini joriy etish, raqamli xizmatlarni soddalashtirish va avtomatlashtirish kabi takliflarni bildirdim.
Ma'lumot uchun, 450 o‘ringa mo'ljallangan "IT-park" mahaliy va xorijiy IT, BPO yo'nalishidagi kompaniyalarni qo'llab-quvvatlash, startap eko tizimini rivojlantirish va xorijiy kompaniyalarni O'zbekistonga jalb qilishga ixtisoslashgan.
👨🏻💻Bu yerda, shuningdek, web-dasturlash, mobil dasturlash, grafik dizayn, ingliz tili kurslari mavjud bo‘lib, hozirda 150 dan ortiq yoshlar tahsil olib kelmoqda. O‘quv kursini tamomlagan yoshlarga sertifikat topshiriladi.
#Termiz#Deputat_hududda#Ekopartiya
📱telegram 📱instagram
Termizda yosh tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda
📈Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlarim davomida Termiz shahrida joylashgan “Tinchlik yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” faoliyati bilan tanishdim.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2023-yilda yosh tadbirkorlar uchun 3 gektar maydonda joylashgan “Tinchlik” yoshlar sanoat zonasida “sanoat ipotekasi” tamoyili asosida tayyor binolarni yosh tadbirkorlarga realizatsiya qilish tajribasi joriy etilgan. Natijada “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida 47 ta lotlar tashkil etilib, tijorat banklari tomonidan bugunga qadar 39 ta loyihaga 44,4 mlrd so‘m kredit ajratildi.
↗️Hozirda ushbu sanoat zonasida yosh ishbilarmon tadbirkorlar tomonidan tikuvchilik, metalga qayta ishlov berish, tibbiyot mebellari va qog‘oz korobkalar ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, muzlatkichlar, avtomobil ehtiyot qismlari yetkazib berish faoliyatlari bilan tanishdim.
🤝Bugungi kunda hududdagi yangi barpo etilgan 47 lotdan 24 tasida tadbrikor yoshlar faoliyat olib bormoqda. Foydalanishga tayyor holatda turgan 23 ta lotda yoshlarga o‘z tadbirkorliklarini davom ettirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
#Termiz#Deputat_hududda#Ekopartiya
📱telegram 📱instagram
Ekofaol yoshlar — ekologiyani asrashda eng muhim kuchdir
🔴Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiyani asrashda yosh avlodning ekologik savodxonligi va mas'uliyatini oshirish muhim o‘rin tutadi. Shu sababli Surxondaryoga tashrifim davomida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdim.
↗️Uchrashuvda joriy yilning 14-fevral kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kelajagimiz bunyodkorlari boʻlmish yoshlar bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvida bildirilgan ustuvor vazifalar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berdim. Shuningdek, yoshlarni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi bilan yaqindan tanishtirdim.
💯Yoshlarning ekologiyani yaxshilash borasidagi takliflari, loyihalari va tashabbuslari meni quvontirdi. Albatta, bugungi kun yoshlari bilimga chanqoq, izlanuvchanligi bilan ajralib turadi.
➕Bundan tashqari, universitet laboratoriyasi jihozlari, kutubxona hamda talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlarni birma-bir ko'zdan kechirdim.
✅Shu bilan birga, Termiz shahridagi ekologik muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyat Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari hamda universitet talabalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, mavjud zamonaviy laboratoriya jihozlaridan amaliyotda, xususan, ilmiy izlanishlarda foydalanish samaradorligini oshirish lozimligini ta'kidladim.
#Termiz#Deputat_hududda#Ekopartiya
📱telegram 📱instagram
Termiz!
👷♂️14-avgust kuni KNAUF bilan birgalikda Quruvchilar kunini nishonlash uchun Do'stlik bog'iga tashrif buyuring!
Sizni soat 18:00 dan 21:00 gacha ijodiy mahorat darslari va sovrinli tanlovlar kutmoqda.😊
18:00 dan 19:00 gacha esa sizni O'zbegim Taronasi, 101.0 FM da radio viktorina kutmoqda!🧐
Eng chiroyli tibbiy niqoblaringizni oʻzingiz bilan oling va bayramni biz bilan birgalikda nishonlang!😷
- - - - -
Термез!
👷♂️Приходите 14 августа в парк «Дустлик» отметить День Строителя вместе с КНАУФ!
С 18:00 до 21:00 вас ждут творческие мастер-классы и конкурсы с призами. 😊
А с 18:00 до 19:00 вас ждёт радиовикторина на O'zbegim Taronasi, 101.0 FM!🧐
Берите свои самые красивые маски и вместе весело отметим праздник!😷
#KnaufQK21
#knaufuzbekistan
#Termiz
#Термез
⚡️ Umummilliy AI Hackathon | Termiz — 1-kun.
Termiz shahrida Umummilliy AI Hackathon birinchi kun rasmiy ochilish marosimi va kirish sessiyasi bilan boshlandi.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari Bobur Xodjayev hamda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos so’zga chiqib yosh jamoalarga muvaffaqiyat tiladilar. Mehmonlar AI-ekotizimini rivojlantirish va yosh jamoalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladilar.
Ishtirokchilarga xakaton mexanikasi hamda oldinda kutilayotgan ish jarayoni formati tanishtirildi.
Kun davomida trening dastur doirasida soha ekspertlari tomonidan ma’ruzalar o‘tkazildi, jumladan:
• Ziyomuhammad Usmonov — Global Move direktori
• Azamat Majidov — OctoBank Product Manager’i
• Usmon Rahimjonov —IT Park Uzbekistan vakili.
Spikerlar startaplarning biznes jihatlari, mahsulot yaratishda sun’iy intellektning o‘rni hamda samarali pitch tayyorlash haqida so‘z yuritdilar.
#AIHackathon#AIAlliance#Termiz#Surkhandarya#DigitalUzbekistan
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📌 Termiz tumanidagi 21-maktabda Informatika fani o‘qituvchisi Mirzaliyev Jahongirmirzo tomonidan “Raqamli avlod” olimpiadasining 1-bosqich test sinovi tashkil etildi.
🧠 Ushbu bosqichda o‘quvchilar raqamli savodxonlik, mantiqiy fikrlash va texnologik bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
🚀 Yaqin kunlarda 2-bosqichda amaliy sinovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘z ko‘nikmalarini amalda namoyish etadilar.
💬💬💬
📌 At School No. 21 in Termiz district, Informatics teacher Jahongirmirzo Mirzaliyev organized the first stage of the “Digital Generation” Olympiad through a test round.
🧠 During this stage, students demonstrated their digital literacy, logical thinking, and technological knowledge.
🚀 In the coming days, the second stage — a practical round — is planned to be held, where participants will showcase their skills in action.
#TeachForUzbekistan#RaqamliAvlod#DigitalGeneration#Informatika#Termiz#FellowImpact#EducationForAll
📱Instagram🕊Telegram🔹Linkedin📱Facebook📺YouTube🌍Veb sayt
⚡️ Umummilliy AI Hackathon | Termiz: FINAL!
Surxondaryo viloyatida ilk bor o‘tkazilgan ushbu formatdagi tadbir yuqori saviyada, juda qiziqarli va mazmunli tarzda yakuniga yetdi. Eng muhimi — iqtidorli yoshlar o‘z g‘oyalari va innovatsion yechimlari bilan ajralib turishdi. Finalda eng kuchli jamoalar aniqlanib, quyidagi natijalar qayd etildi:
🏆 Tracklar bo‘yicha g‘oliblar:
💧 Suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin: Logistik Team (AgroSmart24)
🥈 2-o‘rin: Rekord Mir (Agro Mind)
🥉 3-o‘rin: Green Ops (Smart Agro AI)
🩺 Sog‘liqni saqlash yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin: TIM (OnaPulse AI)
🥈 2-o‘rin: AISTORM (MED AI Simulator)
🥉 3-o‘rin: Tashmeduni TF (ShifoReyting AI)
💼 Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin: MaxProfit (MaxProfit)
🥈 2-o‘rin: OXUS (Business Copilot)
🥉 3-o‘rin: Deep Finance (Finsynt)
🎓 Ta’lim yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin: Do‘ppi X (Tekshir AI)
🥈 2-o‘rin: Billion (Istedod.AI)
🥉 3-o‘rin: URCONNECTION (Grade A)
✨ Maxsus nominatsiyalar:
🏅 Ijtimoiy dolzarb loyiha: Neo-Surxon jamoasi;
🎤 Eng qiziqarli taqdimot: Tib innovatsiya jamoasi.
Barcha ishtirokchilarni, g‘oliblarni va ushbu katta tadbirni muvaffaqiyatli tashkil etishda hissa qo‘shganlarni tabriklaymiz!
Bu — hududlarda AI ekotizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam.
#AI#AI_Alliance#AIHackathon#Surkhandaryo#Termiz#DigitalUzbekistan
Bilasizmi?
UNICEFda faoliyat yuritganman va hozir shu haqida sizga qisqa aytib beraman.
Nogironligi bo‘lgan qizlar, o‘g‘il bolalar va yoshlarni mahalliy rejalashtirishga yanada mazmunli jalb qilish mumkin – #UNICEFdagi avvalgi lavozimimda men beshta tajriba kuzatuvidagi shaharlarni qisqa vaqt ichida erishgan ulkan yutuqlari bilan chin qalbimdan tabriklayman! 👏
#YUNISEF va #Yuksalish umumxalq harakatining #Yoshlar va_bolaga_doʻst_mahalliy_boshqaruv tashabbusining yakuniy tadbirida tajriba shaharlari - #Boʻston, #Qoʻqon, #Termiz, #Yangibozor va #Zarafshon – yangi IT markazlari, bolalar uchun yoʻl xavfsizligini yaxshilash kabi ajoyib natijalarni taqdim etdi.
😎Instagram.😎Hayotalks
😎Telegram📱Khayotullo
🎩✨ SIZ BUNAQASINI HALI KO‘RMAGANSIZ!
29-mart kuni Airitom Free Zoneda Oʻzbekistondagi eng yosh va iqtidorli illyuzionist Obidjon Bekjonov boshchiligidagi professional illyuziyachilar jamoasi siz uchun hayratlanarli sehrli shou namoyish qiladi!
😱 Koʻzingiz ishonmaydigan fokuslar
🔥 Real sehrga o‘xshash illyuziyalar
🎭 Jonli va interaktiv chiqishlar
📸 Ajoyib kontent olish imkoniyati
📅 Sana: 29-mart
⏰ Vaqtlar: 11:00 | 14:00 | 17:00
📍 Manzil: Airitom Free Zone
Do‘stlaringizni ham olib keling va unutilmas taassurot oling!
⚡️ Kirish bepul
⚡️ Barcha uchun ochiq
⚡️ Joylar cheklangan
👉 Hoziroq rejangizga qo‘shing va o‘tkazib yubormang!
#Airitom#MagicShow#ObidjonBekjonov#Termiz#Iluziya#Magic#Event#AiritomFreeZone
Veb sayt | Telegram | Facebook| Instagram | YouTube | X