❤️UNICON.UZMarkazining ICTWEEK Uzbekistan 2025dagi ikkinchi kun ishtiroki fotolavhalari! Bugun ICTWEEK Uzbekistan 2025 davom etmoqda! Shu bilan birga, sizlarga kechagi kun ko‘rgazmasining foto hisobotini taqdim etamiz. UNICON.UZ stendi ertaga ham mehmonlarni kutadi. Ko‘rgazma doirasida bir qator memorandumlar imzolandi. UNICON.UZ Markazi stendi an’anaviy tarzda tashrif buyuruvchilar orasida mashhur bo‘lib, bizning xizmatlarimiz va dasturiy mahsulotlarimiz nafaqat yetakchi mutaxassislar va kompaniyalar vakillarida, balki yoshlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bizga tashrif buyurganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiramiz! Oldinda yanada ko‘proq qiziqarli voqealar kutmoqda. Ertaga ham sizni stendimizda kutamiz! #UNICONUZ#ICTWEEK2025#DigitalUzbekistan Telegram| Facebook| Instagram| Youtube
by iPhone13 Pro #摄影
Hashtags
找到 9 条相似帖子
搜索 #uniconuz
❤️ Toshkentda ICT Week Uzbekistan 2025 doirasida UNICON.UZ va Gazinformservis hamkorligida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Elektron raqamli imzoni Milliy ishonchli uchinchi taraf (IUT) xizmati orqali o‘zaro tekshirish bo‘yicha bitim imzolandi. 🤝 Ushbu loyiha biznes hamkorlikni rivojlantirish, vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish hamda ishonchni oshirishga xizmat qiladi. «Bu shunchaki bitim emas — bu samarali loyiha bo‘lib, uni amalga oshirish mamlakatlarimiz bizneslari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi», — dedi Gazinformservis kompaniyasi GR-direktori Yelena Ivanova. Bitimning imzolanishi ikki davlat o‘rtasida raqamli hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. #ICTWeek2025#UNICONUZ#DigitalUzbekistan Telegram| Facebook| Instagram| Youtube
❤️UNICON.UZ va GBSoft Co., Ltd. hamkorlik memorandumi imzoladi! 24-sentabr 2025, Toshkent ICT Week Uzbekistan 2025 doirasida UNICON.UZva Janubiy Koreyaning GBSoft Co., Ltd. innovatsion biometrik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi. Hamkorlik yo‘nalishlari: • O‘zbekistonda biometrik kiosklarni ishlab chiqarish va servis xizmati • Biometrik dasturiy ta’minotni yaratish va qo‘llab-quvvatlash • Qo‘shma marketing va o‘quv markazlari 🩺 Yangi avlod biometrik kioski atigi 10 soniyada puls, bosim, kislorod darajasi, tana harorati va stress ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi. Sun’iy intellekt va deep learning texnologiyalari asosidagi yechim telemeditsina, transport va kundalik hayotda qo‘llanishi mumkin. Memorandumni Maxsum Maxmudov (UNICON.UZ), Kibum Park va Daxum Lim (GBSoft Co., Ltd.) imzoladilar. Bu hamkorlik O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida ilg‘or biometrik texnologiyalarni rivojlantirish sari muhim qadamdir. #UNICONUZ#GBSoft#ICTWeek2025#DigitalUzbekistan#Innovation Telegram| Facebook| Instagram| Youtube
❤️UNICON.UZ sizni ICTWEEK Uzbekistan 2025 doirasida bizning stendimizga tashrif buyurishga taklif etadi! 🗓 23–26 sentabr 📍Xalqaro ko‘rgazma markazi CAEx, Tashkent UNICON.UZ stendida siz quyidagilar bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ Ma’lumotlar markazi (Data-center) ➡️ Sun’iy intellekt asosidagi biometrik kiosk va sog‘liqni monitoring qilish tizimi ➡️ Raqamli texnologiyalar sohasida sertifikatlash ➡️ Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati (IUT) tizimi ➡️ Xabardor qilish tizimi. ✍️ Bundan tashqari, stendimiz mehmonlari UNICON.UZ ekspertlaridan shaxsiy maslahatlar olishlari mumkin. 🥇Sizni kutmoqda: viktorinalar, tanlovlar, vaucher va sertifikatlar, shuningdek, sovg‘alar va qimmatbaho yutuqlar! #UNICONUZ#ICTWeek2025#DigitalUzbekistan#Innovation#TechForFuture Telegram| Facebook| Instagram| Youtube
🌐 IT standartlarini uyg‘unlashtirish 2024-yilda “UNICON.UZ” MChJ mutaxassislari tomonidan 40 dan ortiq standartlar ishlab chiqilgan bo‘lib, shundan 28 tasi xalqaro standartlarga moslashtirilgan. 📊 Ish natijalari: AT sohasidagi standartlarning umumiy soni 286 taga yetdi, shundan 198 tasi xalqaro standartlarga asoslangan. Barcha standartlarning 69 foizi jahon standartlari bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, bu yiliga 3 foizga o‘sishni ko‘rsatadi. 🏆 Bizning yutuqlarimiz: O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UNICON.UZ” MChJni quyidagi nominatsiya bo‘yicha mukofot bilan taqdirladi: “Yil standartizatori – 2024” tanlovi doirasida “Korxonalarda standartlashtirish xizmatini tashkil etgani va uning faoliyatiga qo‘shgan amaliy hissasi uchun”. Biz O‘zbekistonda standartlashtirish va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga qo‘shgan hissamizdan faxrlanamiz! -------- 🌐 Гармонизация стандартов в сфере IT В 2024 году специалистами ООО «UNICON.UZ» разработано 40+ стандартов, из которых 28 гармонизированы с международными стандартами. 📊 Итоги работы: Общее количество стандартов в IT-сфере достигло 286, из которых 198 основаны на международных стандартах. 69% всех стандартов гармонизированы с мировыми нормами, что демонстрирует рост на 3% за год. 🏆 Наши достижения: Узбекское агентство по техническому регулированию присудило ООО «UNICON.UZ» награду в номинации: «За создание службы стандартизации на предприятиях и за практический вклад в ее деятельность» в рамках конкурса «Стандартизатор года – 2024». Мы гордимся вкладом в развитие стандартизации и цифровой инфраструктуры Узбекистана! 🚀 #UNICONUZ#СтандартыIT#Гармонизация#ЦифроваяИнфраструктура#Инновации#СтандартизаторГода2024
📡UNICON.UZ MChJning raqamli texnologiyalar sohasidagi ilmiy yutuqlari 2024-yilda telekommunikatsiya, kriptologiya va sun’iy intellekt sohalarida 10 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordik. 📊 Tadqiqot natijalari: 20 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Dasturiy ta'minot uchun 6 ta mualliflik guvohnomasi olindi. 3 nafar tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini tayyorlagan. 2 turdagi AHV qurilmalari ishlab chiqilib, 2 ta raqamli teleuzatkichlar modernizatsiya qilindi. 2 ta dasturiy mahsulot va 4 ta axborot tizimi yaratildi. 10+ milliy normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Biz kelajak uchun innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishda davom etamiz! 🌐 --------------- 📡 Научные достижения ООО «UNICON.UZ» в сфере цифровых технологий В 2024 году мы провели научные исследования по 10 ключевым направлениям в областях телекоммуникаций, криптологии и искусственного интеллекта. 📊 Результаты исследований: Опубликовано 20+ научных статей. Получено 6 авторских свидетельств на ПО. 3 научных сотрудника подготовили докторские диссертации. Разработаны 2 типа устройств ВАВ и модернизированы 2 передатчика цифрового ТВ. Созданы 2 программных продукта и 4 информационные системы. Разработано 10+ национальных нормативно-правовых документов. Мы продолжаем внедрять инновации и развивать цифровые технологии для будущего! 🌐 #UNICONUZ#НаучныеИсследования#ЦифровыеТехнологии#ИскусственныйИнтеллект#Криптология#Телекоммуникации
🔒UNICON.UZ MChJ qoshidagi Kriptologiya maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosi doirasida “UNICON.UZ” MChJ qoshida Kriptologiya maktabi tashkil etildi. Markazning asosiy yo'nalishlaridan biri axborot xavfsizligi va kriptologiya bo‘lib, mazkur yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilgan: ▪️40 dan ortiq ilmiy tadqiqotlar olib borildi (2000–2024). ▪️60 dan ortiq davlat standartlari va me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. ▪️Dasturiy mahsulotlarga 4 ta patent va 10 ta mualliflik guvohnomasi olindi. ▪️Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 6 turdagi apparat va dasturiy ta’minot yaratildi. ▪️10 dan ortiq darslik va monografiyalar tayyorlandi. 🎯 Kriptologiya maktabining maqsadi: ▫️Kriptologiya savodxonligini oshirish. ▫️Axborot xavfsizligi sohasida ilmiy salohiyatni qo'llab-quvvatlash. ▫️Raqobatbardosh ekspert va tadqiqotchilarning yangi avlodini tayyorlash. Kriptologiya maktabi milliy xavfsizlikni mustahkamlash va professional kadrlar tayyorlash sari qadamdir! 🌐 -------- 🔒 Школа криптологии при ООО «UNICON.UZ» При ООО «UNICON.UZ» была создана Школа криптологии в рамках реализации Постановления Президента Республики Узбекистан. Одним из основных направлений центра является информационная безопасность и криптология, в этом направлении проведен ряд работ: ▪️Проведено 40+ научных исследований (2000–2024). ▪️Разработано 60+ государственных стандартов и нормативных документов. ▪️Получено 4 патента и 10 авторских свидетельств на программные продукты. ▪️Создано 6 видов аппаратно-программных средств для обеспечения безопасности. ▪️Подготовлено 10+ учебных пособий и монографий. 🎯 Цель Школы криптологии: ▫️Повышение грамотности в области криптологии. ▫️Поддержка научного потенциала в сфере информационной безопасности. ▫️Подготовка нового поколения конкурентоспособных экспертов и исследователей. Школа криптологии — это шаг к укреплению национальной безопасности и развитию профессиональных кадров! 🌐 #UNICONUZ#ШколаКриптологии#ИнформационнаяБезопасность#Наука#Криптология#ЦифроваяГрамотность#Инновации
🌍UNICON.UZ MChJ mutaxassislari jahon arenasida UNICON.UZ MChJ ITU, ETSI, ISO, IEC, UPU va RCC kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etib keladi. 👩💼 Xalqaro miqyosdagi yutuqlarimiz: 15 dan ziyod o'quv komissiyalari va ishchi guruhlarida ishtirok etib, ulardan 6 tasida bizning mutaxassislarimiz asosiy lavozimlarni egallaydilar: raislar, o‘rinbosarlar, muvofiqlashtiruvchilar va koordinatorlar. Kompaniya rahbari RCCning me'yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhiga rahbarlik qiladi va Axborot jamiyatini rivojlantirish hamda raqamli transformatsiya bo‘yicha RCC komissiyasining a'zosi hisoblanadi. UNICON.UZ mutaxassislari IT sohasida standartlarni ishlab chiqish, radiochastota va raqamli infratuzilmalardan samarali foydalanishda ishtirok etadi. 💡 Asosiy mutaxassislar: U.Azimov, X.Hamidov, S.Saydiakbarov, D.Safarov va D.Radjabovlar XEI oʻquv komissiyalarida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritib, Oʻzbekistonning raqamli iqtisodiyoti manfaatlarini faol ilgari surib kelishmoqda. Biz mutaxassislarimizning global miqyosda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi bilan faxrlanamiz! 🌐 ------------ 🌍 Специалисты ООО «UNICON.UZ» на глобальной арене ООО «UNICON.UZ» активно участвует в работе ведущих международных организаций, таких как ITU, ETSI, ISO, IEC, UPU и РСС. 👩💼 Наши достижения на международном уровне: Участие в 15+ исследовательских комиссиях и рабочих группах, из которых в 6 наши специалисты занимают ключевые должности: председатели, заместители, координаторы и со-координаторы. Руководитель компании возглавляет Рабочую группу РСС по пересмотру нормативных документов и входит в Комиссию РСС по развитию информационного общества и цифровой трансформации. Эксперты UNICON.UZ участвуют в разработке стандартов в сфере IT, эффективного использования радиочастот и цифровой инфраструктуры. 💡 Ключевые специалисты: У. Азимов, Х. Хамидов, С. Сайдиакбаров, Д. Сафаров и Д. Раджабов занимают ответственные позиции в Исследовательских комиссиях ITU, активно продвигая интересы цифровой экономики Узбекистана. Мы гордимся вкладом наших специалистов в развитие цифровых технологий на глобальной арене! 🌐 #UNICONUZ#МеждународноеСотрудничество#ЦифроваяЭкономика#ITU#РСС#ЦифроваяТрансформация#Инновации
“UNICON.UZ” MChJ hamda “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ XK vakillari o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ XKning O‘zbekistondagi AKT yechimlari bo‘yicha menejeri Ye Helin binolar va muassasalarda ichki uyali aloqa qamrovini yaxshilash uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish (ICS, Indoor Coverage Solution), qurilish normalarini tartibga solish, jahon tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonda ichki tarmoqni raqamlashtirish haqida fikrlarini bildirdi. Uchrashuv yakunida raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirish hamda tajriba almashish maqsadida tomonlar o‘rtasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. #UNICONUZ#Huawei#Hamkorlik#AKT#Texnologiya#Raqamlashtirish#Tashkent *** Состоялась встреча представителей ООО «UNICON.UZ» и ООО «Huawei Tech Investment Ташкент». Е Хелин, менеджер по ИКТ-решениям в Узбекистане ООО «Huawei Tech Investment Ташкент», представил передовые технологии для улучшения внутреннего покрытия сотовой связью в зданиях и учреждениях (ICS, Indoor Coverage Solution), регулирования строительных стандартов, изучения мирового опыта и цифровизации внутренней сети в Узбекистане. По итогам встречи состоялись интенсивные дискуссии с целью обмена передовым опытом и повышения осведомленности об ИКТ-технологиях ООО «Huawei Tech Investment Ташкент».