@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80539 · 2026/02/19 07:06
#Ramazon2026 #SaxovatVaHimmat #ChilonzorTumani #XayriyaTadbiri 🌙 Ramazon arafasida saxovat va hamjihatlik: Chilonzorda xayriya tadbirlari boshlandi Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Chilonzor tumani mahallalarida xayriya tadbirlari boshlab yuborildi. Jumladan, Chilonzor mahallasi hududlarida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari tarqatildi. Mazkur jamlanmalar tarkibidan go‘sht, tuxum, yog‘ va boshqa kundalik iste’mol uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar o‘rin olgan. 👉👉👉 Bunday ezgu ishlar tumanning boshqa mahallalarida ham tizimli ravishda tashkil etilmoqda va Ramazon oyi davomida izchil davom ettiriladi. #InsonQadri#EzguIshlar#Hamjihatlik 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi