TGINSIGHT CHAT
I got a bad idea🚬
@vasilbro
幽默与娱乐Kayfiyatga qarab yozaman (18+) Bog'lanish uchun: @vasilbro_bot Kitoblar haqida: @shisha_bino Shaxsiy sahifa: @vasilota
最近帖子
第 1/84 页 · 共 1,001 条
发布 7天前
Endi big’illatib reaksiyalarni bosaverasizlar. Rahmat.
发布 7天前
Premiumi borlar hayitlik qilib ovoz bervoringlar. Storis va reaksiyalarni qaytaraylik )
发布 7天前
Film seansiga 16 kishi kirgandik, yakuniy titrlar aylanayotganda zalda 5 kishi qolgandi. Yo’q, film rasvo chiqqanidan emas, shunchaki, undagi og’ir va nafasni bo’g’adigan atmosferani ko’pchilikning psixikasi ko’tara olmadi. Kurry Barker men bilan tengdosh - 26 yoshda. Nafaqat rejissyorlik, balki Obsessiya uchun ssenariyni ham o’zi yozgan. Pista po’choq byudjet va noneym aktyorlar bilan shedever yaratgan, Karl. Shlyapamni yechaman. Mana tirjayib uyga qaytyapman, kayfiyat chog’. Ko’ringlar. 8.5/10
发布 8天前
Occisus ab origine mundi
发布 10天前
Kelayotgan bayram munosabati bilan sizlarga hayitlik bo’lsin. Tanlov uyushtirmoqchiman. Rasmga olish mahoratlaringizni sinovdan o’tkazamiz. O’zingiz o’qigan biror kitobni suratga oling va rasmni shu post ostida qoldiring. Nimalarga e’tibor beraman: - Rasmning tiniqligi, yorugʻlikdan qanchalik toʻgʻri foydalanilganligi. - Kitobning kadrda joylashuvi. Atrofdagi detallar kitob kayfiyatini ochib bera olganligi. - Kitob muqovasi va fondagi ranglarning oʻzaro mosligi. - Kreativ va orginal yondashuv. 1-o’ringa - 200.000 2-o’ringa - 150.000 3-o’ringa - 100.000 Qabul 24 maydan 27 maygacha - 3 kun. Natijalarni 29 may kuni e’lon qilaman. Eslatma: Faqat o‘zingiz olgan (mualliflik) rasmlar qabul qilinadi. Internetdan olingan tayyor fotolar tanlovda qatnashmaydi. Shunigdek, faqat obunachilargina rasm yuborishi mumkin. Hammaga omad.
发布 10天前
Kim qanday kitob o’qiyapti ? Ulashinglar.
发布 11天前
Do‘stlik tushunchasiga deyarli imkonsiz ma’naviy majburiyatlar yuklab yuborganmiz. Nega boshqa bir inson o‘zining tirikchiligi, oilasi va shusiz ham arang sudrab yurgan hayoti turib, bizning xatolarimiz yoki injiqliklarimiz uchun javob berishi kerak ? Insonlarning do‘stlikdan ko‘ngli qolayotganining sababi qarshisidagi odamning yomonligidan emas, balki unga qo‘yilgan kutilmalarning absurd darajada kattaligidandir. Hech kim sen uchun qahramon bo‘lishga majbur emas. Birovdan u bera olmaydigan fidoyilikni talab qilish va u buni berolmaganda undan nafratlanish bolalik xolos.
发布 12天前
Kecha yarim tunda Erdo'g'an hech kimga xabar bermay bitta rasmiy qaror bilan butun boshli universitetni yopdi. Istanbuldagi Bilgi Universiteti Turkiyada ijtimoiy fanlar bo'yicha eng oldi dargohlardan sanalardi. Yolg'on bo'lmasin, men ham aslida uning Qiyosiy Adabiyotshunoslik bo'limida o'qishni istardim, lekin yillik kontrakti 8.000 dollar bo'lganidan keyin jimgina Anqaraga ketaverdim.) Xususiy universitetni qimmatlik bilan ayblolmaymiz, albatta. Yopilish sababi sifatida universitetning egasi bo'lmish qaysidir holdingdagi noqonuniy pul yuvish jinoyatlarini bahona qilishyapti. Lekin akademiyadagi hamma asil sababni bilib turibdi. Turkiyadagi davlat universitetlarida siquvga olingan demokratik, liberal va sekulyar professorlar ko'pincha Bilgiga bosh urib borardi. Bo'limlaridagi domla profili ayni chempionlar ligasiga o'xshardi. Kimdir Harvardda dars bergan, boshqasi Sorbonnaning qaysidir fakultetida dekanlik qilgan va hokazo... 2021-yili Turkiyaning eng hurfikr universiteti bo'lmish Bo'g'ozichiga Erdo'g'an shaxsan o'zi yangi rektor tayinladi. Vaholanki, Bo'g'ozichi qurilgan kunidan beri o'z rektorini o'zi saylar va davlat uning ichki siyosatiga umuman aralasholmasdi. Shu bois Bo'g'ozichini demokratiyaning qal'asi deb atashardi. Keyin esa Erdo'g'an keldi va viloyatlardagi bilim dargohlariga men rektor tayinlayman, sening ulardan nima farqing bor, deb qaysidir tanishini shundoq o'tqazib qo'ydi. Undan avval ham o'z rektorini o'zi saylaydigan Anqara, Yaqin Sharq Texnik va Bilkent kabi liberal universitetlar Erdo'g'anning bu 'qishloqilashtirish' siyosatiga qurbon bo'lgandi. Uning bu qaroriga qarshi chiqqan barcha professor o'qituvchilar ishdan haydaldi, akademiyada ishlashlari ta'qiqlandi. Lekin, haydalgan domlalarning ko'pi shundog'am yaxshi mutaxassis bo'lgani uchun Amerika va Yevropadan osongina ish topdi. Turk universitetlari esa bo'm-bo'sh yo Toyyibning besavod tarafkashlari bilan qolaverdi. Bo'g'ozichi va boshqa universitetlardan ketib, Turkiyada qolgan domlalarning ko'pi Bilgi Universitetidan qo'nim topgandi. Endi u ham yopildi va Turk akademiyasi tom ma'noda avomga taslim bo'ldi. Bugun fakultetda o'tirgan paytim domla yonimga keldi. Yosh avloddan kechirim so'rashimiz kerak, dedi. Davlat Oliy Ta'lim Komissiyasini qurgandayoq qarshi chiqishimiz kerak edi. Biz, ha biz, katta avlod universitetlar erkinligi va suveren muhtoriyatini saqlab qolsak bo'lardi. Endi o'sha komissiya orqali davlat hamma universitetni inkubatorga aylantiradi, dedi. Avval kimgadir aytgandim... Oliy Ta'lim Vazirligi degan vazirlik bor mamlakatda universitet bo'lmaydi. Bunga qarshi chiqqan odamlar esa hamon kommunizm sarqitidan qutulolmagan, umrida tuzuk-quruq akademiya ko'rmagan bechoralar, xolos. @bobil_kutubxonasi
发布 13天前
Sohibjamol va Maxluq. 1978 yil. Juraj Herz versiyasi. Kanonga eng yaqinlaridan biri. Ko’rdim, chakki emas - 6.5/10. Zerikkanda bosvorarsizlar.
发布 14天前
- Sizlarni nima birlashtirib turadi ? - Nu "shedever" final blyat. @vasilbro
发布 16天前
Shuningdek tinmay kitob o’qish insonni avtomat ravishda aqlli yoki madaniyatli qilmaydi. Ko’p hollarda bu shunchaki o'zini boshqalardan ustun qo'yish uchun ishlatiladigan intellektual snobizm xolos.
发布 16天前
Pozitiv fikrlash aslida insonga o’z hissiyotlarini inkor etishni o’rgatadigan eng toksik narsadir.