TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
I got a bad idea🚬 avatar

TGINSIGHT CHAT

I got a bad idea🚬

@vasilbro

幽默与娱乐

Kayfiyatga qarab yozaman (18+) Bog'lanish uchun: @vasilbro_bot Kitoblar haqida: @shisha_bino Shaxsiy sahifa: @vasilota

Subscribers3,470频道当前订阅规模
Tracked posts1,001频道帖子计数
Recent reach3,390最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

标签筛选 #offtop · 共 1 条

当前筛选 #offtop清除筛选

发布 1月29日

#offtop Futbolga qiziqadiganlarni xabari bo’lsa kerak, kecha qo’shnimiz Tojikiston BAAni mag’lub etib, Osiyo kubogi chorak finaliga yo’l oldi. Tabriklayman. Birlashgan Arab Amirliklari so’nggi yillarda futbolga juda katta sarmoya ajratayotgani, mamlakat ichki ligasi osiyodagi top-10 lik qatorida turishi ko’pchilikka ma’lum. Tojikistonga keladigan bo’lsak, futbol mamlakatda birinchi raqamli sport turi hisoblansada, rivojlanish haminqadar. Kechagi g’alaba esa barchani hayron qoldirdi. Qo’shni xalq bo’lganligi uchun ko’pchilik o’zbeklar Tojikostonga muxlislik qilishdi, o’zi umuman jahon arenalarida biror sportchimiz zafar quchsa yoki yutuqqa erishsa, ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda tojiklar, qozoqlar va boshqa qo’shni o’lka odamlarini, bizni qo’llab chiqishini ko’p guvohi bo’laman. Kezi kelganda biz, kezi kelganda ular. Kechagi o’yin haqida ikki o’zbek tortishyapti; - Olg’a Tojikiston ! - Nega hammang shu tojiklarni qo’llayabsanlar, arab birodarlarimizni qo’llashimiz kerak. - Tojiklar bizga qo’shni mamlakat, shunga muxlislik qilganimiz yomonmi ? - Idi****uy tojiklaringa, borib o’sha yerda yasha unda. Bu shunchaki hamir uchidan patir. Har bir narsaga dinni aralashtirish yaramaydi. Nega ohirgi paytlarda arablarni ulug’lash bunchalik keng yoyilmoqda, ularga oliy irqdek sig’inish qayerdan paydo bo’ldi, xayron qolasan kishi. Arabcha ismlar mavzusini ochmay qo’ya qolay. Asrimizning eng buyuk raqobati Messi va Ronaldoning o’yinini ham din o’laroq tahlil qilishadi. Bu borada Alimof brat yaxshi bir narsa yozgan edi, o’qib ko’rishni tavsiya qilaman. Ahil bo’linglar, Karllarim. Sport din va millat tanlamaydi. @vasilbro

3,390 views

Hashtags