TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
العودة إلى القنوات
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT CHAT

Mahbubiy | محبوبى

@themahbubiy

Linguistics

المشتركون3,890عدد المشتركين الحاليين
المنشورات المتتبعة1,024عدد المنشورات المفهرسة
الوصول الأخير57,420مجموع المشاهدات الأخيرة
المنشورات الأخيرة

المنشورات الأخيرة

صفحة 3 من 86 · 1,024 منشور

نُشر 16 أبريل

Ba’zan inson to‘g‘ri yo‘lni topish uchun avval o‘zi qayerda adashganini tan olishi kerak.

3,760 views

نُشر 16 أبريل

3,940 views

نُشر 15 أبريل

Mendagi hayotning ovozi sendagi hayotning qulog'iga yetib bormaydi, lekin o'zimizni yolg'iz his qilmaslik uchun gaplashaylik.

3,630 views

نُشر 13 أبريل

Sen uzoqdagi yaqinimsan, eng sodiq dushmanim. Sen nafrat to‘la mehribonim, eng yomon ko‘rgan sevgilim. Sen menga shifo bergan dardimsan, meni falaj qilgan ilojim. Sen bilan yolg‘izman men, sensizlikdan charchagan. Sen o‘zimga ham aytishga botina olmagan sirimsan, Zerikkan sog‘inchim, o‘limdan qutqargan qotilim… Abror Muxtor Aliy

4,330 views

نُشر 11 أبريل

4,780 views

نُشر 10 أبريل

Aytmasalar, so‘rama. Chaqirmasalar, borma. Kechroq chaqirsalar, rad et. Chunki sen ular uchun avval boshdanoq zahiradagi odamsan. Bu hayotda bo‘lsang, asosiy guruhda bo‘l. Bo‘lmasa, o‘sha guruhda bo‘lmay qo‘ya qol. Muqim Mahmud

4,790 views

نُشر 7 أبريل

Izlashda — shamol kabi el. Uning zahmat zaxrini shakar kabi ye, bol sharbatidek ich. Ko'ngilga aytgin, ishtahaga qarab: "Yaxshi qol" desin. Badanga ayt, esonlikka dushman bo'lsin. Chunki dengiz sohiliga uy qurgan kishi turfa to'lqinlarni ko'radi. Sevgi da'vosini qilgan esa baloyu mehnat zahrini yutadi.

4,790 views

نُشر 6 أبريل

Senga nega kerak mening qayg‘uyim, Aytgin, ne topasan ko‘z yoshlarimdan? Hursandmisan g‘amga qorishsa kuyim, Baxtlimisan mayus qarashlarimdan? To‘kilsammi, sinsam qayerga qochsam, Tokay dardlarimdan huzur topasan? Orzu — shamolga darcham ochsam, Umid eshigini qattiq yopasan. Nahot qoida shu — yozilmas qonun, Kimningdir qayg‘usi kimgadir sevinch. Bas shunday bo‘lsa, men shodliging uchun Indamay ketaman — uzilar ilinj. Ko‘nglim sinib ketdi, rostin aytganda, Chegaralab bo‘lmaydi mutlaqo gumon. Bir kun xatoying anglab yetganingda, Meni topolmaysan — afsus, hech qachon.

5,580 views

نُشر 29 مارس

Bugun, yaqin tanishlarim bilan Nefrit ko'liga sayohat qildik. Safar bizdan, zafar Allohdan.. Lavhalar:

5,730 views

نُشر 26 مارس

Tirikchilik :)

5,250 views

نُشر 24 مارس

Islom sivilizatsiya markazi butun boshli tarixni ichiga olgan katta entiklopedik majmua. Kirsangiz 3-4soat aylanib chiqishni o’ziga yetmaydi… Muzeydagi ma’lumotlardan kelib chiqsam asosiy 4ta renesans davrlarni ko’rib chiqdik. Ulardan birortasida qo’lyozmalar, xat ilmi, san’at aralashmagan bo’limni ko’rmadim, yuqoridagi suratlar bunga misol bo’loladi. Qaysi davrga qaramay xattotlik ishlari, miniatyura, kalligrafiya kabi san’atga ko’zim tushaverdi..

5,890 views

نُشر 22 مارس

Oila uch qismdan iborat. Otaga ikki mas’uliyat yuklangan - onaning ham, farzandning ham suyanchig'i bo'lish. Onaga ham ikki vazifa berilgan - otaga e'tibor, farzandga tarbiyachi bo‘lish. Farzandning ham ikkita ulug‘ burchi bor - ota va onaning roziligini olish. Shu uch rishta mustahkam bo‘lsa, oila ham mustahkam bo‘ladi.

4,950 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8586