المنشورات الأخيرة
صفحة 38 من 86 · 1,024 منشور
نُشر 27 مارس
Шайх Зайниддин масжиди (Кўкча) 2018-йил, 27-кеча
نُشر 27 مارس
Unutma! Unutilganlar unutganlarning unutganlarini unutmaydilar.
نُشر 26 مارس
Har kim Qadr kechalarida odamlardan uzilib, Alloh bilan yolg‘iz qolishi kerak. Shuning uchun bu kechalarni ulfatchilik, ya’ni iftor uyushtirib, 3 xil ovqat yeb, ozgina ibodat qilib, keyin yana saharlikka harakat bilan o‘tkazish Qadrni topmaslikka olib keladi. Qadr kechalarini maishatga, ziyofatga aylantirmaslik kerak. Agar ibodatlar haqiqiy ruhiy kamolot bilan qilinsa, yemoq va ichmoqqa ehtiyoj deyarli qolmaydi. Husaynxon Buxoriy
نُشر 26 مارس
Bandaning qalbdi biror insonga nisbatan g'ashlik qolmasa, Qadr kechasida qilingan ibodatlari qabul bo'ladi. Qadr kechasini har kim o'zi va Robbisi bilan yolg'iz o'tkazishi kerak. Bu Qadrni topishga sabab bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarga biror ilm olaman yoki biror ma'lumot qidiraman deb kirsangiz, mayli. Lekin nima bo'lyapti ekan - deb kirsangiz, lag'v bo'ladi, albatta gunohga tushasiz. Qadr kechalarida telefonlarni o'chirish kerak. Ubudiyatni - qolbning Allohdan boshqadan uzulishini to'la kasb qilish uchun Ramazon, uning oxirgi 10 kuni, aynan Laylatul qadr kechasidagi ibodatlar eng yaxshi imkoniyatdir. Rajab va sha’bon oylaridagi ibodatlarning ulug‘lanishi, ro‘za tutishga chaqiriq, hammasi Ramazonga tayyorgarlikdir. Ramazonning avvalidagi ibodatga, zikrga chaqirish oxirgi 10 kunlikka tayyorgarlikdir. Bu oxirgi 10 kunlikning qanchalar mavqei baland ekanini bildiradi. Husaynxon Buxoriy
نُشر 25 مارس
#klub 🔥 «Ҳилол» интеллектуал клубининг баҳорги мавсумининг 1 ва 2-ўйинлари бўлиб ўтди Ўйинда жами 15 та жамоа: 7 та эркаклар ва 8 та аёллар жамоалари қатнашишди. ✨ Якунда эркаклардан 2 та: «Ирфон» ва «Навоийзабон», аёллардан 2 та: «Адабиётшунослар» ва…
نُشر 25 مارس
Юқоридаги шерърни аудио шакли:
نُشر 24 مارس
Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! O'n bir oy kutgandi tashrifingni jon, O'n bir oy bezanmish sen uchun Jinon, Sog‘inching qonmasdan, tushdi-ku hijron! Al-firoq, kechalar! Al-firoq, ayyom! Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Vujuding dillarga imtihon ermish, Visolu firoqing iymon sinarmish, Qadringni bilganlar qadring toparmish, Seni sevganlarga do‘zaxdir harom! Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Senda inmish ko‘kdan Tavrotu Injil, Ibrohim suhufi, Zaburi jamil, Senda nozil bo‘lmish Qur’oni Jalil, Sen Kalom oyisan, sunnating qiyom, Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Sen muruvvat oyi, saxovat oyi, Ilmu amal, taqvo, tilovat oyi, Namozu duo-yu ibodat oyi, Qaniydi etsayding yil bo‘yi davom! Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Shaytonlar kishanda, ruhlardir ozod, Nafs ishi kasodu, qalb uyi obod, Malaklar havasda, yomonlar barbod, Inson o'zligini topmishdir tamom, Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! "Allohu akbar!", bas, og‘iz yopilar, "Allohu akbar!", bas, ro‘za ochilar, Demakki, har ishda "Allohu akbar!", Alloh ulug‘, bas, sen ulug‘san mudom, Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Bir kechang bor sening, ming oydan afzal, Bir tunlik ibodat — ming oylik amal, Umr qisqaligi yetkazmas xalal, Bu kecha tonggacha salomdir, salom! Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Yog‘ar tashrifingdan har yon barakot, Amal daftariga to‘lar hasanot, Ketarsan, dillarga cho‘kar hasarot, Kelding-u, ketmoqaga rostlading xirom! Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Kim senda ezgudir, yil bo‘yi ezgu, Sendan bebahraga yo‘q abad yog‘du, Mag‘firat topomagan kechgusi qayg‘u, "Xor bo‘lsin!" demishlar Sohibi ikrom, Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Biz sendan tonmadik, tonma bizdan ham, Rayyon eshigida kut bizni bir dam, Shafoatchimiz bo‘l, rad etmas Egam, Salomun alaykum, va alaykum salom! Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Biz armon yutarmiz. Mayli, yaxshi bor, Kutarmiz o‘n bir oy yana intizor, Yana diydoringga yetkazsin G‘affor! Borgan-kelganingga ming bor ehtirom! Alvido, Ramazon! Alvido, Siyom! Husaynxon Buxoriy
نُشر 23 مارس
Alvido ey nuri Rahmon alvido, Alvido ey koni irfon alvido, Alvido ey quti iymon alvido, Alvido ey mohi Qur'on alvido. Chun hiloling yerga nur sochgan zamon, Bo'ldi yer xushbo'y, munavvar osmon, Barcha dillarga yetib amnu amon, Chin ibodat bo'ldi har on, alvido. Senda ko'kdan yerga nurlar sochilur, Barcha jannat boblari lang ochilur, Yetti do'zaxning eshigi yopilur, Senda mug'laq bo'ldi shayton, alvido. Kim qudumingdan agar masrur o'lur, Mahzun ul sendan qachon mahjur o'lur, Jurmu isyoni aning mag'fur o'lur, Xushxabardir anga rizvon, alvido. Kunlaring o'tkazsa kim hirmon ila, Tunlaring bedor o'lib Qur'on ila, Kim bularni aylasa iymon ila, Marhabo der anga Rayyon, alvido. Senda tushdi ilk bor Qur'onimiz, Ravshan etdi yo'limiz Furqonimiz, Qo'lni ixlos birla ochgan onimiz, Ayladi maqbul Mannon, alvido. Poklagaymiz senda mulku molimiz, Tark etarmiz senda qiylu qolimiz, Senla sof o'lgay hama ahvolimiz, Nafsu shayton bo'ldi vayron, alvido. Shubhasiz sen birla ruhning chog'ligi, Hamda ketgaydir ko'ngilning dog'ligi, Tiklanar ham senda tanning sog'ligi, Sen o'zingsan dori darmon, alvido. Senga sig'mas hech bir sum'a, riyo, Bas, mukofoting berar yolg'iz Xudo, Sen shafoatxohimiz kelsa jazo, Do'zax o'tidinda qalqon alvido. Bir tuning bor mingcha oylardan fuzun, Zotan ummat umri ermasdi uzun, Sen bila armonlari ketdi butun, To'ldirurlar senda xirmon, alvido. Xullas, etsam bir umr vasfing agar, Ayta olgum minggidin birrin magar, Haq Rasul madh etdi, shu senga yetar, Ham guvohlik berdi Qur'on, alvido. Yo Ilohiy, fazlu lutf aylab ato, Et qabul bizdan namoz, ro'za, duo, Ham umid aylar Hasan kelsa qazo, Ro'za ichra chiqsa bu jon, alvido. Hasanxon Yahyo Abdulmajid
نُشر 22 مارس
Алвидо, Рамазон! Бобораҳим Машраб Ким санинг борингда беҳад эрди эҳсону савоб, Эмди хуш кет, то келунча бўлди аҳволим хароб, Ким сани эъзоз этар, жаннат эгаси беҳисоб, Хатм қилдим арзими, валлоҳу аълам бис-савоб, Машрабингдин рози бўл, эй яхши меҳмон, алвидо! Шеърни Ёрқинжон Фозилжон роҳимаҳуллоҳ ўқиган.
نُشر 22 مارس
Qadr surasi, Husaynxon Buxoriy Ramazon 2016. Xo'ja Allambardor masjidi
نُشر 22 مارس
Қадр кечаси қачон?
نُشر 21 مارس
Минг ойдан афзал кеча - Лайлатул қадр кечасини қандай ўтказиш керак? - Бу кечада қайси дуони қилган афзал? - Қадр кечасида қайси одамнинг ибодатлари-ю, дуолари қабул бўлмайди? - Қадр кечаси Рамазоннинг охирги 10 кунлигидан қидириш керакми ё Рамазоннинг бошқа кунлари ҳам Қадр кечаси бўлиши мумкинми? Ҳусайнхон Бухорий