TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
العودة إلى القنوات
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT CHAT

Mahbubiy | محبوبى

@themahbubiy

Linguistics

المشتركون3,890عدد المشتركين الحاليين
المنشورات المتتبعة1,024عدد المنشورات المفهرسة
الوصول الأخير64,460مجموع المشاهدات الأخيرة
المنشورات الأخيرة

المنشورات الأخيرة

صفحة 6 من 86 · 1,024 منشور

نُشر 28 فبراير

5,030 views

نُشر 26 فبراير

kitobdan: Ro‘za havoyi nafsning noo‘rin istaklarini yo‘lga solishga, to‘g‘rilashga, shahvatni jilovlashga, qorin talablarini ham izga solishga xizmat qiladi. Ro‘za nafs balosidan qutulib, Allohning toatiga xolis ajrab chiqishga yordam beradi. Kim iymon va e’tiqod bilan ro‘za tutsa, Alloh taolo o‘sha bandani “taqvo” deb nomlanuvchi, ikki dunyo saodatiga eltuvchi baxtga muyassar qiladi.

5,210 views

نُشر 25 فبراير

Shayx Mahmud Xolil Husoriy

5,150 views

نُشر 24 فبراير

Baraka qayerda? Allohning kalomida, Qur'onda! Solihlarning hayot yo'liga nazar tashlasak, barchalari ilmning avvalida, Qur'onni o'rganishgan, yodlashgan. Qur’onni yodlab kegin boshqa ilmlarga kirishgan. Zero, Qur'on bizni engto'g'riyo'lga boshlash uchun nozil etilgan. Qur'on inson dilini poklaydi, ruhini tetiklashtiradi, xulqini go'zal qiladi! "Islom ummatining boru yo'g'i Qur'oni Karimdir". Husaynxon Buxoriy

5,610 views

نُشر 22 فبراير

Payg'ambarimiz alayhissalom shunday marhamat qilganlar: Qur'on o'qinglar! Zero, (Kalomulloh) qiyomat kuni sohiblariga shafoatchi bo'ladi. Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis aytilishicha, qiyonat kuni Qur'on kelib: Parvardigorim, (Qur'on o'qigan bandani) kiyintir, deydi. Shunda unga karomat toji kiydiriladi. So'ng: Parvardigorim, unga ziyoda qil, deydi. (Qur'on o'qigan kishiga) karomat libosi kiydiriladi. (Qur'on): Parvardigorim, undan rozi bo'l, deydi. Shunda qoridan rozi bo'ladi. Keyin (Qur'on sohibiga): O'qi va ko'tarilib boraver, deb aytiladi. (Alloh) har bir oyat uchun bir pog'ona ziyoda qiladi. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Qur’on (qiyomat kuni) kelib, sohibini shafoat qiladi. Parvardigorim, har bir amal qiluvchi o‘z ishidan mukofot oladi. Men (tiriklik chog‘ida) uni lazzatlardan (to‘sganman), (kechalari) uyqudan qoldirganman. Endi uni e’zozla, deydi. Shunda (qoriga): O‘ng qo‘lingni cho‘z, deyiladi. Uning (o‘ng qo‘li) Allohning roziligi bilan to‘ladi. Keyin: Chap qo‘lingni cho‘z, deyiladi. Uning chap qo‘li ham Allohning roziligi bilan to‘ladi. (Qoriga) karomat libosi kiydiriladi. Unga karomat yarashadi (ya’ni halol bo‘ladi). Keyin karomat toji kiydiriladi.

5,470 views

نُشر 21 فبراير

Qur'on bizning qalbimizni isloh qilish uchun tushurilgan. Ayni damda barcha odamlar Qur'on bilan hamnafas bo'lmog'i kerak. Qalbimiz ma'naviy tarbiyaga muhtojdir. Qalbga ruhiy dalda kerak. Qalbni poklaydi, ruhni tetiklashtiradi, xulqni go'zal qiladi.

4,860 views

نُشر 20 فبراير

Bir musulmonning boshqa bir musulmon yuziga shavq bilan, ishtiyoq bilan nazar qilmog'i, mehr-muhabbat bilan boqmog'i Payg'ambar janobimizning masjidlarida bir yil qolib, uyga bormasdan, kecha-kunduz toat-ibodat qilib, Qur'on o'qib, zikr qilib yashamog'idan ko'ra savobliroq va hayrliroq ekan! Bir-birlarini Alloh uchun sevganlarning mukofoti juda ortiqdir. Muhabbat ham bir ibodatdir, do'stlik, birodarlik ham bir ibodatdir va odatdagi ibodatlarning eng asli va savoblisidir. "Haqiqiy sevgi" kitobidan

5,830 views

نُشر 18 فبراير

Marhaba... Rakat masjidi, Me'rojiddin qori aka

5,760 views

نُشر 18 فبراير

Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajidning Ramazon tabrigi. Barchamizga kirib kelgan Ramazon oyi muborak bo'lsin! Ikki olamingiz xushbo'y va muattar aylasin! 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦

5,040 views

نُشر 16 فبراير

Tabassum - insonning siyratidagi nuridir. Yuzidagi nur qalbdagi iymondan darak beradi. Tabassum - sunnatga ergashishdir. Tabassum - ko'ngilni olish ibodati hisobalanadi. Tabassum - qalbning sadaqasi hisoblanadi. Qalbning muomalasi - tabassumdir.

5,320 views

نُشر 15 فبراير

Biroz kamtar, biroz tantiqman, Ozroq qaysar, ozroq injiqman. Yozilganda tunning pardasi, Sening suhbatingga intiqman... Abdurahmon Meshayan

5,300 views

نُشر 13 فبراير

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh alayhissalom bilan birga edik. Shunda yomg‘ir yog‘a boshladi. Rasululloh alayhissalom kiyimlarining bir qismini ochib, yomg‘ir tanalariga tegishiga imkon berdilar. Biz: “Ey Allohning Rasuli, nega bunday qildingiz?” dedik. U zot aytdilar: “Chunki u Parvardigori huzuridan yangi kelgandir”.

5,880 views
12•••45678•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8586