المنشورات الأخيرة
صفحة 9 من 86 · 1,024 منشور
نُشر 4 يناير
نُشر 1 يناير
Muhabbat degani ergashmoqdir. Ergashish esa amaldir. Kimda ergashish va amal bo'lmasa, muhabbati nuqsonlidir. Shoir aytadi: Chin bo'lsa edi gar muhabbating, Sevganing ortidan ergashar eding. Chunki oshiqlardan kutilgan har ish - Suyuklisi ortidan ajralmay yurish.
نُشر 1 يناير
Aqling bahor bo‘lsa, fikring gullar ochadi, deydilar “yo‘l ahli”. Murodimiz ham xoyrli bo‘lsinki, toki umrimiz in’omlarga burkansin. Vahdatgohdan
نُشر 30 ديسمبر
Ayolga muhabbat bilangina ega chiqish mumkin.
نُشر 30 ديسمبر
Kitobdan: Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang she‘rlari ustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varoqlagandan-varoqlar edi. Shoirning nafis she‘rlari hozir uning uchun tuzsiz so‘zlar yig‘indisidan boshqa bir narsa emas edilar..
نُشر 29 ديسمبر
Uka va jiyanlarimizga tushuntrek..! Maktabni yakka o’zi katta narsa bermasligini.. Bitta sayohat 100 ta kitob o’qishlikdan ko’ra afzal ekanini.. Yechim: Yosh o’smir ukamiz, "любой" bitta o’zi yoqtirgan sportga borsin, shunda: • ota-onasini boshqa viloyatlar aro sayohat qildirishga imkoni bo’lmasa ham, har oyda yangi bir shahar yo viloyatni ko’radi • u yerdagi urf va insonlar bilan tanishadi • har yili eng kamida ikki marta chet davlatiga borib, vatan uchun kurashadi • chet-el mehmonxonalarida kayf qilib kamfort yashab ko’radi • Qon aylanish yaxshilanib, aqliy faoliyat tuzaladi (telfon sabab buzilib bo’lgan) • Ishtahalari narmallashadi • chet tillarini o’rganish nima uchun muhimligini amaliy ko’radi • sinfdoshlari va maktabi ichida xurmati oshadi • sportchilar orasida farosati oshadi • o’ziga bo’lgan ishonch shakillanishi alohida mavzu! ©️Muhammad Yusuf
نُشر 28 ديسمبر
Paxtakor, tennis..
نُشر 27 ديسمبر
Ko’ngil na qahva istar, na qahvaxona qaxva bahona,
نُشر 26 ديسمبر
Kitobdan: Roviylar derlarki, bir shaharning meshkobchisi taqvodor donishmandga arz qilibdi: “Oʻgʻlingiz har kuni bigiz bilan meshlarimni teshyapti. Sizday ulugʻ odamning farzandiga shu ish munosibmi?” Donishmand mulzam boʻlib, uzr soʻrabdi, meshlarning haqqini toʻlabdi-da, xotinini chaqirib voqeani bayon qilibdi. Soʻng “Biz bolamizga bunday tarbiya bermagan edik. Luqmasiga harom aralashib qolmadimi ekan?” – deb soʻrabdi. Xotini picha oʻylagach: “Ey xojam, siz nima topib kelgan boʻlsangiz, biz oʻshanigina yeymiz. Bizdan gumoningiz nooʻrindir”, – debdi. Donishmand esa: “Men uyga harom luqma keltirganimni eslay olmayapman. Tongga qadar yana oʻylaylik”, – debdi. Tongda xotini aybdor odamning siniq ovozi bilan debdi: “Ey muhtaram xojam, bir voqeani bexos yodladim: shu bolaga homilador ekanimda mehmonga borib edim. Dasturxon noz-neʼmatga toʻla edi. Undagi poʻrtaxol (apelsin) ishtahamni qitiqlab, nafsimni oʻzimga hukmron qilib qoʻydi. Eshitib edimki, homiladorlik chogʻida ayol yegisi kelgan narsadan tatib koʻra olmasa, bolasi nogiron boʻlib tugʻilmogʻi mumkin ekan. Mezbon nechundir “oling, yeng” demadi. Nafsim esa tinchimadi. Oqibat, mezbon chiqib ketgach, poʻrtaxolni qoʻlimga olib, toʻgʻnagʻich ignasi bilan asta teshdim-da, bir tomchi sharbatini simirdim. Soʻrab olinmagani uchun balki shu luqma harom boʻlgandir?” Xotinining iqrorini eshitgan taqvodor donishmand: “Ha, barakalla! Anglab yetibsiz. Siz oʻn yil avval rizoliksiz qoʻlga olgan kichkina poʻrtaxol bugun katta meshga, toʻgʻnagʻichingizning kichkina ignasi esa endi oʻgʻlingiz qoʻlidagi bigizga aylanibdi. Tezda oʻsha xonadonga boring-u voqeani bayon qilib, oʻsha bir tomchi sharbat uchun rozilik oling”, – degan ekan.
نُشر 25 ديسمبر
Yer yuzida jamiki inson sizga nisbatan yomon gapirib, tuhmat qilsa ham, siz Allohning kalomidan bir oyatga amal qiling, shu kifoya. Allohning kalomiga amal qilsangiz, sha’ningizni Alloh himoya qiladi, insonlar emas.
نُشر 21 ديسمبر
Yo'l bitta bo'ladi. Faqat to'g'riga, oldinga.
نُشر 20 ديسمبر
Palov muzeyi..