TGINSIGHT CHAT
HAMROH
@hamrohingizuz
Business and startupsHAMROH - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi Tel: +998772061111 Facebook: facebook.com/hamrohingiz Instagram: instagram.com/hamrohingiz.uz
Son yazılar
4/11 səhifə · 132 yazı
Yayımlandı 6 noy
Ko‘plab tadbirkorlarimiz so‘rovlariga binoan, grantga ariza topshirish muddati uzaytirildi! 20 nafar g‘oliba har biri 50 mln so‘mdan qo‘llab-quvvatlash oladi. Grantlar quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etiladi: • tadbirkorlikka 5 nafar ayolni jalb qilgan tadbirkorlar; • ekologiya va “yashil” iqtisodiyotga oid loyihalar; • IT va raqamli yechimlar. 📅 Arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 15-noyabrgacha uzaytirildi. Arizani hamrohingiz.uz sayti orqali topshirish mumkin. Grаnt dasturi g‘oliblari tanlov yakunlanganidan keyin 30 ish kuni ichida hamrohingiz.uz saytida e’lon qilinadi. ❗️Birinchi 5 ta loyiha 2025-yilning o‘zida moliyalashtiriladi, qolgan 15 ta loyihaga esa keyingi yilda bosqichma-bosqich grantlar ajratiladi. - - - По многочисленным просьбам наших предпринимательниц срок подачи заявок на грант продлён! 20 победительниц получат по 50 млн сумов, чтобы сделать шаг вперёд. Гранты будут выделяться в трёх направлениях: • женщин-предпринимателей, привлёкших к предпринимательству 5 и более женщин; • проекты в сфере экологии и «зелёной» экономики; • IT и цифровые решения. 📅 Срок приёма заявок продлён до 15 ноября 2025 года. Заявку можно подать через сайт hamrohingiz.uz. Победители грантовой программы будут объявлены на сайте hamrohingiz.uz в течение 30 рабочих дней после завершения конкурса. ❗️Первые 5 проектов будут профинансированы уже в 2025 году, оставшиеся 15 — поэтапно в следующем. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 5 noy
Hamroh kompaniyasi va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti hamkorlikni boshladi. Qo‘shma loyihamiz migrant oilalardagi ayollarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda yordam berishga qaratilgan. Loyiha doirasida ayollarga grantlar ajratiladi — bu grantlar yordamida ayollar o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ekologik toza loyihalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek, loyiha doirasida moliyaviy savodxonlik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha treninglar tashkil etiladi. Maqsad — ayollarga o‘z oilasiga barqaror daromad keltiruvchi ishni yo‘lga qo‘yish imkonini berishdir. Loyiha Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotining Taraqqiyot jamg‘armasi va Shvetsiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. - - - Hamroh и Международная организация по миграции (IOM) начали сотрудничество! Проект направлен на поддержку женщин из семей мигрантов, чтобы помочь им начать и развивать свой бизнес. В рамках проекта женщины смогут получить гранты для расширения своей деятельности, создания рабочих мест и реализации экологичных и устойчивых бизнес-идей. Также запланированы тренинги по финансовой грамотности и развитию бизнеса, чтобы участницы могли укрепить свои знания. Цель проекта — дать женщинам реальные возможности для роста и стабильного дохода для своих семей. Инициатива финансируется Фондом развития IOM и Правительством Швеции. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 27 okt
Hamroh va Uzum Market hamkorligida elektron tijorat bo‘yicha treninglarimiz o‘tkazilmoqda. Treninglarda ayol tadbirkorlar onlayn savdoni yo‘lga qo‘yish, mahsulotlarni Uzum Market platformasida muvaffaqiyatli sotish, talab yuqori bo‘lgan tovarlarni aniqlash hamda onlayn do‘konni samarali yuritish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Uzum Market’ning faol sotuvchisi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, foydali maslahatlar va amaliy tavsiyalar berdi. Bu loyiha hali davom etmoqda — yaqin orada shunday treninglar mamlakatning barcha hududlarida o‘tkazilib, ko‘plab ayollar uchun elektron tijorat orqali o‘z biznesini kengaytirish imkoniyatini yaratadi. - - - Совместно с Uzum Market мы запустили серию тренингов по электронной коммерции для женщин-предпринимательниц. Во время занятий участницы узнали, как эффективно продавать товары на платформе Uzum Market, какие категории пользуются наибольшим спросом, как оформить онлайн-магазин, повысить количество заказов и увеличить доход. Спикер — действующий продавец Uzum Market — поделился личным опытом, практическими советами и стратегиями, которые помогают выстраивать успешные продажи онлайн. Программа продолжается: в ближайшее время такие тренинги пройдут во всех регионах страны, чтобы ещё больше женщин могли использовать возможности электронной коммерции для развития своего бизнеса. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 25 okt
“Har bir ayol o‘z mehnati bilan oilasiga va jamiyatiga foyda keltirishi mumkin. Men ham shunday ayollardan ilhom olaman”, — deydi Sanobar Jumaniyozova. Milliy shirinliklar ishlab chiqarish yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Sanobar Jumaniyozova 2010-yildan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Sanobar opa dastlab moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, o‘z mablag‘i hisobidan biznesini yo‘lga qo‘ygan. Hamroh liniyasi orqali Sanobar opa 850 million so‘mlik kreditdan foydalanib, biznesini kengaytirish maqsadida yangi texnikalar xarid qildi. Shuningdek, u akseleratsiya dasturimizda biznes-reja tuzish, soliq imtiyozlari va eksport jarayonlarini o‘rgandi. Hozirda esa Sanobar opa Hamroh va BMTTDning xorijiy trenerlari tomonidan olib borilgan mentorlik o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Bugun Sanobar opa nafaqat o‘z ishini rivojlantirmoqda, balki ayollarga kasb o‘rgatib, ularni ish bilan ta’minlash orqali o‘ziga xos milliy shirinliklar ishlab chiqarmoqda. Uning mahsulotlari chiroyli ko‘rinishi, hamyonbop narxi va yuqori sifati bilan xaridorlar mehrini qozongan. U mahsulotlarini Telegram kanallari orqali onlayn, shuningdek, do‘konlar bilan shartnoma asosida oflayn tarzda sotmoqda. --- « Каждая женщина может приносить пользу своей семье и обществу своим трудом. Меня вдохновляют именно такие женщины », — говорит Санобар Джуманиязова. Санобар Джуманиязова успешно работает в сфере производства национальных сладостей и занимается предпринимательской деятельностью с 2010 года. Несмотря на финансовые трудности на начальном этапе, она смогла наладить свой бизнес за счёт собственных средств. Через линию Hamroh Санобар получила кредит в размере 850 миллионов сумов и приобрела новое оборудование для расширения производства. Кроме того, на нашей акселерационной программе она изучила составление бизнес-планов, налоговые льготы и экспортные процессы. Недавно Санобар успешно завершила нашу совместную с ПРООН менторскую программу. Сегодня Санобар не только развивает своё дело, но и обучает женщин профессии, обеспечивая их работой и производя уникальные национальные сладости. Её продукция завоевала любовь покупателей благодаря красивому оформлению, доступной цене и высокому качеству. Она реализует свои изделия как онлайн — через Telegram-каналы, так и офлайн — по договорам с магазинами. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 21 okt
Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkilotining Yevropa, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasi bo‘yicha bo‘lim rahbari Mattias Fos hamda fondning Oʻzbekistondagi rahbari Mattias Vangler bilan uchrashuv o‘tkazdik. Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ayollar tadbirkorligi uchun moliyaviy savodxonlik va biznes-rejalashtirish bo‘yicha o‘quv dasturini yaratish, shuningdek, ayollarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kredit liniyasini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Ishonamizki, ushbu kelishuvlar amaliy natijalarga olib kelib, o‘z biznesini rivojlantirayotgan ayollar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratadi. - - - Мы встретились с Маттиасом Фосом, руководителем департамента Европы, Центральной Азии, а также Ближнего Востока и Северной Африки Sparkassenstiftung for International Cooperation, и Маттиасом Ванглером, представителем фонда в Узбекистане. Обсудили дальнейшее развитие сотрудничества и новые направления совместной работы, в том числе создание программы по финансовой грамотности и бизнес-планированию для женщин-предпринимательниц, а также возможности привлечения кредитной линии для расширения доступа женщин к финансированию. Уверены, что достигнутые договорённости станут основой для практических инициатив, которые помогут женщинам укрепить свои бизнесы и реализовать новые возможности. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 19 okt
Bizni ilhomlantiruvchi ayollar Hamroh va Uzum Market ayollarga o‘z orzulari sari dadil qadam qo‘yishda ilhom va imkoniyat yaratishda davom etmoqda. Yuliya Sim ana shunday ayollardan biri. U modaga bo‘lgan mehrini muvaffaqiyatli biznesga aylantirib, qat’iyat va o‘ziga ishonch orqali orzularni haqiqatga aylantirish mumkinligini ko‘rsatdi. Uning hikoyasini to‘liq havola orqali o‘qing: spot.uz/oz/2025/10/18/uzum-hamroh - - - Женщины, которые вдохновляют Вместе с Uzum Market мы продолжаем поддерживать женщин, которые уверенно идут к своей мечте — создают, развивают и масштабируют свои проекты. Одна из них — Юлия Сим. Она превратила любовь к моде в успешный бизнес и доказала, что настойчивость и вера в себя способны превращать мечты в реальность. Читайте её историю по ссылке: spot.uz/ru/2025/10/17/uzum-hamroh/
Yayımlandı 14 okt
Toshkent shahrida BMTTD bilan hamkorlikda hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida WESP dasturimizning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Ushbu bosqichda ishtirokchilar o‘quv jarayonining amaliy jihatlariga chuqur kirib borishmoqda: ular bozorni tahlil qilish, o‘z brendini rivojlantirish, moliyani boshqarish va g‘oyalarni real biznes yechimlariga aylantirishni o‘rganishmoqda. Har bir guruh – bir hikoyadir. Ishtirokchilar orasida o‘qishni, biznes yuritishni va oilaviy g‘amxo‘rlikni bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli olib borayotgan ayollar ham bor. Ulardan biri darslarga farzandi bilan birga keladi – uning misoli matonat va ishga bo‘lgan muhabbat orqali oilaviy hayot va professional rivojlanish o‘rtasida uyg‘unlik topish mumkinligini ko‘rsatadi. Biz uchun akseleratsiya dasturi – bu shunchaki ta’lim emas. Bu ayollar bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan, tajriba almashadigan va birgalikda o‘sadigan hamjamiyatdir – ham professional, ham shaxsiy jihatdan. --- В Ташкенте проходит второй этап программы WESP, которую мы реализуем совместно с ПРООН и при поддержке Министерства экономики и финансов. На этом этапе участницы углубляются в практическую часть обучения: учатся анализировать рынок, развивать свой бренд, управлять финансами и превращать идеи в реальные бизнес-решения. Каждая группа — это отдельная история. Среди участниц есть женщины, которые совмещают обучение, ведение бизнеса и заботу о семье. Одна из них приходит на занятия вместе с ребёнком — её пример вдохновляет и показывает, что настойчивость и любовь к своему делу помогают находить гармонию между семьёй и профессиональным развитием. Для нас акселерационная программа — это не просто обучение. Это сообщество, где женщины поддерживают друг друга, делятся опытом и растут вместе — профессионально и лично. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 14 okt
Endi WESP dasturining trenerlari yanada ko‘paydi! Biz BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan WESP akseleratsiya dasturi doirasidagi trenerlarni tayyorlash (ToT) bosqichini yakunlab, muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirdik. Bir haftalik o‘quv jarayonida ishtirokchilar fasilitatsiya, interaktiv o‘qitish va yetakchilikning zamonaviy uslublarini o‘zlashtirdilar. Endilikda ular o‘z bilimlarini boshqalarga ulashib, ayol tadbirkorlarga biznesini rivojlantirish va barqaror kelajak qurishda yordam berishga tayyor. Bu biz uchun alohida natija. Chunki har bir yangi trener — bu shunchaki bitiruvchi emas, balki o‘z yo‘lini endi boshlayotgan o‘nlab ayollar uchun ilhom va qo‘llab-quvvatlash manbai. - - - Теперь тренеров WESP стало больше! Мы подвели итоги и вручили сертификаты тренерам, успешно завершившим программу подготовки тренеров (ToT) в рамках нашей совместной с ПРООН акселерационной программы WESP. За неделю обучения участники освоили современные методы фасилитации, интерактивного преподавания и лидерства. Теперь они готовы передавать знания дальше — помогать предпринимательницам развивать свой бизнес и строить устойчивое будущее. Для нас это особенный результат. Ведь каждая новый тренер — это не просто выпускник, а источник вдохновения и поддержки для десятков других женщин, которые только начинают свой путь в предпринимательстве. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 6 okt
Trenerlar uchun o‘quv dasturi boshlandi! Besh kunlik ToT o‘quv dasturi 40 nafar ayol tadbirkor va trenerlarni bir joyga jamladi. Ular Hamroh, BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan WESP dasturi doirasida o‘z bilimlarini boshqalarga yetkazadigan murabbiylarga aylanadilar. Dastur trenerlarga interaktiv mashg‘ulotlar o‘tish, ishonchli muhit yaratish hamda ishtirokchilarni o‘sishga ruhlantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar beradi. Trening davomida ishtirokchilar yetakchilik, raqamli marketing, moliyaviy rejalashtirish va barqaror rivojlanish mavzularida bilimlarini chuqurlashtiradilar. Eng muhimi, ular bu bilimlarni oddiy, hayotga yaqin vositalar orqali tadbirkorlarga yetkazishni o‘rganadilar. Biz ishonamizki, ushbu dastur natijasida tajriba almashadigan, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan va boshqa ayollarga o‘sishda hamroh bo‘ladigan kuchli trenerlar tarmog‘i shakllanadi. - - - Стартовала программа подготовки тренеров! Пятидневное обучение (ToT) собрало 40 женщин предпринимателей и тренеров, которые станут проводниками знаний в рамках программы WESP, реализуемой Hamroh совместно с ПРООН и Министерством экономики и финансов Республики Узбекистан. Цель программы — помочь тренерам развить навыки проведения интерактивных занятий и выстраивания доверительной атмосферы, вдохновляющей участниц на развитие. В течение этих дней тренеры изучат темы лидерства, цифрового маркетинга, устойчивого развития и финансового планирования, а также будут учиться превращать теорию в практические инструменты, понятные каждой предпринимательнице. Мы уверены, что эта программа создаст сильную сеть женщин-тренеров, которые помогут другим предпринимательницам расти и строить устойчивый бизнес. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 2 okt
💡Biznesingizni kengaytirishni yoki yangi g‘oyani yo‘lga qo‘yishni o‘ylayapsizmi? Hamroh va Uzum Market ayol tadbirkorlar uchun grant tanlovini e’lon qiladi. 20 nafar g‘oliba har biri 50 mln so‘mdan qo‘llab-quvvatlash oladi. Grantlar quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etiladi: • tadbirkorlikka 5 nafar ayolni jalb qilgan tadbirkorlar; • ekologiya va “yashil” iqtisodiyotga oid loyihalar; • IT va raqamli yechimlar. 📅Arizalarni qabul qilish: 2025-yil 31-oktabrgacha. Arizani hamrohingiz.uz sayti orqali topshirish mumkin. Grаnt dasturi g‘oliblari tanlov yakunlanganidan keyin 30 ish kuni ichida hamrohingiz.uz saytida e’lon qilinadi. ❗️Birinchi 5 ta loyiha 2025-yilning o‘zida moliyalashtiriladi, qolgan 15 ta loyihaga esa keyingi yilda bosqichma-bosqich grantlar ajratiladi. - - - 💡Думаете о том, как расширить свой бизнес или запустить новую идею? Hamroh вместе с Uzum Market объявляет грантовый конкурс для женщин-предпринимательниц. 20 победительниц получат по 50 млн сумов, чтобы сделать шаг вперёд. Гранты будут выделяться в трёх направлениях: • женщин-предпринимателей, привлёкших к предпринимательству 5 и более женщин; • проекты в сфере экологии и «зелёной» экономики; • IT и цифровые решения. 📅Приём заявок: до 31 октября 2025 года. Заявку можно подать через сайт hamrohingiz.uz Победители грантовой программы будут объявлены на сайте hamrohingiz.uz в течение 30 рабочих дней после завершения конкурса. ❗️Первые 5 проектов будут профинансированы уже в 2025 году, оставшиеся 15 поэтапно в следующем. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 1 okt
O‘qituvchi va Ustozlar kuni bilan tabriklaymiz! Bugun biz nafaqat har kuni bilim berib, yangi avlodni tarbiyalayotgan pedagoglarni, balki tadbirkor ayollar bilan tajribasini bo‘lishayotgan mentorlarimizni ham qutlaymiz. O‘qituvchi va ustozlarni birlashtiradigan umumiy maqsad bor — o‘sishga, rivojlanishga va o‘z yo‘lini topishga yordam berish. Hamroh uchun bu ayniqsa yaqin: biz ko‘ramizki, qo‘llab-quvvatlash va donishmandona maslahatlar tadbirkor ayollarimiz taqdirini o‘zgartiradi, ularga yangi imkoniyatlar ochadi. Hamroh jamoasi nomidan sizlarga ilhom va yangi zafarlar tilaymiz. Sizning mehnatingiz bebaho va u har doim siz tarbiyalagan hamda qo‘llab-quvvatlagan insonlarning natijalarida yashaydi. - - - С Днём учителя и наставника! Сегодня мы поздравляем не только педагогов, которые ежедневно дарят знания и воспитывают новое поколение, но и наших менторов, которые делятся опытом с предпринимательницами. И учителя, и наставники объединены одной миссией — помогать расти, развиваться и находить свой путь. Для Hamroh это особенно близко: мы видим, как поддержка и мудрый совет меняют судьбы наших предпринимательниц и открывают им новые возможности. От всей команды Hamroh желаем вам вдохновения и новых побед. Ваш труд бесценен, и он всегда будет жить в результатах тех, кого вы обучили и поддержали. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 25 sen
“Men o‘z loyihalarimni mintaqalarda amalga oshirib, tadbirkorlarimiz rivojiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman”, — deydi Umida Yusupova. Umida Yusupova — ko‘p yillardan buyon turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli biznes yuritib kelayotgan ayol. Bugun u go‘zallik salonlari va SPA markazlariga, to‘qimachilik ishlab chiqarishiga hamda xizmat ko‘rsatish korxonalariga ega. Ammo u uchun biznes — faqat o‘zi haqida emas. Profit Women klubida Umida 15 dan ortiq ayollarga ta’lim bermoqda va klubdagi 400 dan ziyod tadbirkorni hamkorlikda qo‘llab-quvvatlamoqda. Hamroh ko‘magida klub ishtirokchilari bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashni davom ettirmoqda. Umida kabi ayollarning yetakchiga aylanishi va boshqalarni oldinga intilishga ilhomlantirayotganini ko‘rish biz uchun faxrdir. - - - “ Я хочу реализовать свои проекты в регионах и внести свой вклад в развитие наших предпринимателей ” — Умида Юсупова. Умида Юсупова — женщина, которая уже много лет успешно ведёт бизнес в самых разных направлениях. Сегодня у неё есть салоны красоты и СПА, текстильное производство и предприятия сферы услуг. Но для неё бизнес — это не только про себя. В рамках клуба Profit Women, Умида обучает более 15 женщин и сопровождает более чем 400 предпринимательницами в клубе. При поддержке Hamroh участницы клуба продолжают укреплять свои знания и навыки в рамках нашей программы. Для нас гордость видеть, как женщины, такие как Умида, становятся лидерами и вдохновляют других двигаться вперёд. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook