TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara qayıt
HAMROH avatar

TGINSIGHT CHAT

HAMROH

@hamrohingizuz

Business and startups

HAMROH - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi Tel: +998772061111 Facebook: facebook.com/hamrohingiz Instagram: instagram.com/hamrohingiz.uz

Abunəçilər570Cari abunəçilər
İzlənilən yazılar132İndekslənmiş yazıların sayı
Son əhatə10,820Son baxışların cəmi
Son yazılar

Son yazılar

7/11 səhifə · 132 yazı

Yayımlandı 18 iyl

O‘quv dasturi qizg‘in tus olgan!🔥 Jarayon intensiv, qiziqarli va chinakam jalb qiluvchi tarzda o‘tmoqda. BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan akseleratsiya dasturi ishtirokchilari g‘oyalar bilan o‘rtoqlashmoqda, tajriba almashyapti, guruhlarda ishlamoqda va bosqichma-bosqich o‘z biznes ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda. Biz o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan guruhlarni yo‘lga qo‘ydik. Bu esa ko‘proq ishtirokchilarni qamrab olishga va barcha uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. ⠀ Bizning o‘quv dasturimiz — bu nafaqat bilim, balki o‘sish energiyasi, qo‘llab-quvvatlash va ilhom manbaidir. Dasturda qatnashish va biznesingizni kengaytirishni xohlasangiz, biz bilan bog‘laning: Telefon: +998 93 111 80 01 Telegram: @wespdasturi - - - Обучение в самом разгаре🔥 Интенсивно, интересно и по-настоящему вовлекающе. ⠀ Участницы акселерационной программы, реализуемой совместно с ПРООН в Узбекистане, обсуждают идеи, делятся опытом, работают в группах и шаг за шагом улучшают свои бизнес-навыки. Мы запустили две группы: на узбекском и русском языках. Это позволяет охватить больше участниц и создать комфортные условия для всех. ⠀ Наша программа обучения — это не только знания, но и энергия роста, поддержка и вдохновение. Хотите принять участие в программе и развивать свой бизнес? Свяжитесь с нами: Телефон: +998 93 111 80 01 Telegram: @wespdasturi 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

634 views

Yayımlandı 16 iyl

Esingizdami BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda ayol tadbirkorlar uchun Akseleratsion o‘quv dasturini ishga tushirganimiz haqida xabar bergan edik? Ushbu dastur doirasida Toshkent shahri va mamlakat bo‘ylab uchta viloyatlarda o‘quv-treninglar davom etmoqda. Jumladan, Namangan viloyatida ham bir qancha faol tadbirkor ayollar uchun 8 haftalik o‘quv treninglari tashkil etildi. Treninglar davomida ayollar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishmoqda, balki bir-birlari bilan tajriba almashib, dolzarb muammolarga birga yechim izlashmoqda. Eng muhimi, o‘zaro ishonch va birdamlik asosida yangi hamjamiyatlar shakllanmoqda. Bu esa o‘z biznesini kengaytirishga tayyor bo‘lgan har bir ayol uchun bebaho turtki bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu treninglar faqat Namangan bilan cheklanmaydi. Dastur butun respublika bo‘ylab ayol tadbirkorlarni qamrab oladi va ularning har biri uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. ——— Помните, мы рассказывали о запуске акселерационной программы для женщин-предпринимателей в сотрудничестве с ПРООН? В рамках программы продолжаются тренинги в городе Ташкенте и трёх областях страны. В частности, в Наманганской области были организованы 8-недельные тренинги для предпринимательниц. В ходе занятий участницы не только осваивают новые знания и навыки, но и обмениваются опытом, а также совместно ищут решения актуальных проблем. Самое главное — формируются новые сообщества, основанные на взаимном доверии и поддержке. Именно такая среда становится мощным стимулом для каждой женщины, готовой расширять и развивать свой бизнес. Стоит отметить, что программа охватит предпринимательниц по всей республике и откроет новые возможности для их роста и самореализации. 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

1,240 views

Yayımlandı 11 iyl

"Stiv Jobs ham o‘z ishini ustaxonada boshlagan. Menda ham shunday tarix!" — Marjan Do‘saliyeva An’anani zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirgan brend - "Korpe" brendi asoschisi Marjan Do‘saliyeva o‘z faoliyatini dastlab bir dona tikuv mashinasi va 3 dona gazlama bilan boshlagan. Ko‘rpacha, yostiq, appliqué (tikilgan naqshlar) va to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlab kelayotgan 31 yoshli tadbirkor hozirda 10 ga yaqin xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan. Keyinchalik Marjan o‘z orzularini Hamroh kompaniyasi ko‘magida amalga oshirib, ko‘rpacha san’atini yangi bosqichga olib chiqdi. Toshkentdagi yangi ochilgan "Korpe" shourumi — bu faqat savdo nuqtasi emas, balki madaniyat bilan ilhomlanish, qadriyatlar bilan bog‘lanish makonidir. - - - Стив Джобс начинал своё дело в гараже. У меня такая же история! — Маржан Дусалиева «Korpe» — бренд, объединивший традиции и современность. Его основательница Маржан Дусалиева начала свою деятельность всего с одной швейной машинки и трёх отрезов ткани. Сегодня 31-летняя предпринимательница изготавливает курпачи, подушки, изделия с аппликацией и текстильную продукцию, обеспечивая работой около десяти женщин. При поддержке компании Hamroh Маржан воплотила свою мечту в реальность — открыла своё пространство. Новый шоурум «Korpe» в Ташкенте — это не просто торговая точка, а место для вдохновения и связи с традиционными ценностями. 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

461 views

Yayımlandı 9 iyl

Tadbirkor ayollar, biznesingizni kengaytirish uchun pul kerakmi? Kreditni qayerdan, qanday olishni bilmayapsizmi? Bizda siz uchun ajoyib yechim bor! Bu - Hamroh kompaniyasi! U sizga tadbirkorligingiz rivojlanishida qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Qanday qilib deysizmi? Unda videoni tomosha qiling! Hamroh bilan o'z biznesingizni boshlang va orzularingizni amalga oshiring! - - - Нужны средства для развития бизнеса, но не знаете, где и как получить кредит? У нас есть для вас отличное решение! Компания Hamroh готова поддержать вас и помочь в развитии вашего дела. Хотите узнать как? Смотрите видео. Начинайте свой бизнес вместе с Hamroh и воплощайте свои мечты в реальность! 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

475 views

Yayımlandı 8 iyl

Biz BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda va Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida tadbirkor ayollar uchun Akseleratsiya dasturini ishga tushirdik. Ushbu dastur tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan WESP dasturining bir qismi bo‘lib, Hamroh dasturi orqali imtiyozli kredit olgan va biznesini yanada kengaytirishga tayyor bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi navbatdagi qadammizdir. Bepul treninglar butun mamlakat bo‘ylab 8 hafta davom etadi va oflayn shaklda olib boriladi. Dastur biznes-rejalashtirish, raqamli savdo, moliyaviy boshqaruv va kengaytirish kabi barcha asosiy mavzularni qamrab oladi. Tadbirning ochilishida hamkorlarimiz va o‘z ishini yo‘lga qo‘yib, boshqalarga o‘rnak bo‘lgan dastur ishtirokchilari nutq so‘zladilar. “Biz navbatdagi o‘quv treningini emas, balki O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, kengaytirish va tubdan o‘zgartirishga xizmat qiladigan kuchli turtkini yo‘lga qo‘ymoqdamiz.”, — dedi “Hamroh” kompaniyasi bosh direktori Dilfuza Nurmatova. Biz ishonamizki, bunday dasturlar shunchaki bilim bermaydi, balki ayollar bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan hamjamiyatni yaratadi. Bu esa ularning barqaror biznes yo‘lida muhim poydevor bo‘ladi. - - - Мы вместе с ПРООН и при поддержке Министерства экономики и финансов запустили Акселерационную программу обучения для предпринимательниц. Эта программа является частью программы поддержки женщин-предпринимателей WESP и нашим следующим шагом в поддержке женщин, которые уже получили льготные кредиты по линии Hamroh и готовы расти дальше. Бесплатное обучение будет проходить 8 недель в очном формате по всей стране и охватит все ключевые темы: от бизнес-планирования и цифровой коммерции до финансового управления и масштабирования. На открытии выступили наши партнёры и участницы программы, которые уже запустили собственное дело и стали примером для других. «Мы запускаем не просто очередной обучающий курс. Мы запускаем мощный импульс для роста, масштабирования и трансформации женского предпринимательства в Узбекистане», — отметила Дилфуза Нурматова, генеральный директор Hamroh. Мы уверены, такие программы не просто передают знания, они создают уверенность и сообщество, в котором женщины поддерживают друг друга на пути к устойчивому бизнесу. 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

471 views

Yayımlandı 4 iyl

Biznesingizda biror muammo bo'ldi, qaysidir masalada ikkilanyapsiz-u, kimdan yordam so‘rashni bilmayapsizmi? "Hamroh" sizga bu borada yordam bera oladigan mentorlik va bepul konsalting xizmatlarini taklif etadi. Bu xizmat haqida batafsil videoda bilib olishingiz mumkin? - - - У вас возникла проблема в бизнесе или вы сомневаетесь в каком-то вопросе и не знаете, к кому обратиться за помощью? «Hamroh» предлагает менторскую поддержку и бесплатные консультационные услуги, которые помогут вам в этой ситуации. Подробнее об этой услуге вы можете узнать из видео. 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

1,130 views

Yayımlandı 30 iyn

Britaniya hukumati, Jahon banki hamda Markaziy Osiyodagi EGED mintaqaviy ofisi hamkorligida Taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdik. Tadbir doirasida ayollar ishtirokidagi iqtisodiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar, Mehnat kodeksining amaliyotda joriy etilishi hamda tadbirkor ayollar uchun elektron tijoratni rivojlantirish kabi keng qamrovli masalalar muhokama qilingan panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bizning tajribamiz asosida ayollarni tadbirkorlikka yo‘naltirishdagi yondashuvlarimiz, dasturlarimiz samaradorligini qanday baholayotganimiz va mentorlik, maslahatlar hamda monitoringning ahamiyati haqida gapirib berdik. Shuningdek, barqaror rivojlanishga erishgan tadbirkor ayollarimizning hayotiy hikoyalari bilan ham o‘rtoqlashdik. - - - Мы приняли участие в круглом столе на тему «Расширение экономических возможностей женщин в Узбекистане», организованном Центром «Стратегия развития» в партнёрстве с Всемирным банком, Региональным офисом EGED в Центральной Азии и Правительством Великобритании. В рамках мероприятия прошла панельная сессия, где обсуждали широкий круг вопросов от развития электронной коммерции для предпринимательниц до реализации норм Трудового кодекса и других социально-экономических аспектов, влияющих на участие женщин в экономике. Мы поделились опытом Hamroh о том, как поддерживаем женщин на пути к предпринимательству, как оцениваем эффективность наших программ и почему менторство, консультации и мониторинг имеют значение. Также поделились реальными историями наших предпринимательниц, чьи проекты стали примерами устойчивого роста. 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

411 views

Yayımlandı 26 iyn

Tanishing, Amudaryo tumanining tadbirkor ayoli - Dildora Hayitboyeva. 🔹 Dildora hozirda Mang‘it shahridagi non va non mahsulotlari, sutni qayta ishlash kichik korxonasi rahbari. Bolaligidan taom pishirishga qiziqqan tadbirkor biznesda ilk ishini Xorazm nonlarini tayyorlab sotishdan boshlagan. 🔹 Bugungi kunda o‘z biznesini rivojlantirishga intilayotgan Dildoraga Hamroh xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi hamrohlik qilmoqda. Qiyinchilik va yo‘qotishlarga qaramay, o‘z ishiga jonkuyarlik bilan yondashayotgan tadbirkor hikoyasi bizning obyektivimizda. 🎬 Filmni YouTube kanalimizda to‘liq tomosha qiling! - - - Знакомьтесь: предприимчивая девушка из Амударьинского района Дильдора Хаитбаева. 🔹 Дильдора в настоящее время является руководителем небольшого предприятия в городе Мангит, занимающегося производством хлеба и хлебобулочных изделий, а также переработкой молочной продукции. С детства увлекалась кулинарией, а свой путь в бизнесе начала с выпечки и продажи хорезмского хлеба. 🔹 Сегодня Дильдора стремится развивать свой бизнес, и на этом пути её поддерживает компания Hamroh. Несмотря на трудности и потери, она с полной самоотдачей относится к своему делу. История этой целеустремлённой женщины в объективе нашей камеры. 🎬 Смотрите полный фильм на нашем YouTube-канале 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

404 views

Yayımlandı 25 iyn

Biznes reja bor, pul bor, lekin biznesda bilim va tajribangiz yetarli emasmi? Hecham xavotir olmang, bu borada sizga Hamroh yordam beradi! Hamroh BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda sizga xalqaro standartlarga mos bilim va rivojlanish imkonini beradi. O‘quv jarayoni davomida siz o‘zingizning biznes ko‘nikmalaringizni mustahkamlaysiz, yangi bosqichga chiqish strategiyalarini o‘rganasiz va xalqaro yondashuvlardan foydalanishni boshlaysiz. Ta’lim bo‘yicha batafsil ma’lumot olish yoki ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamga murojaat qiling: +998 93 111 80 01 - - - У вас есть бизнес-план, есть средства, но не хватает знаний и опыта в бизнесе? Не переживайте Hamroh поможет вам! Hamroh в сотрудничестве с Программой развития ООН предоставит вам необходимые знания и возможности для развития бизнеса в соответствии с международными стандартами. В процессе обучения вы сможете укрепить свои предпринимательские навыки, освоить стратегии выхода на новый уровень и начнёте применять международный подход на практике. Хотите узнать больше или начать обучение? Звоните: +998 93 111 80 01 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook

4,530 views

Yayımlandı 23 iyn

Bugun jamoamiz 15 nafar ayol tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular o‘z loyihalari haqida so‘zlab berishdi, g‘oyalari bilan o‘rtoqlashishdi va ish jarayonida duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida gapirib berishdi. Ularning aksariyati yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha rejalarini ulashdi. Hamroh jamoasi esa, o‘z navbatida, bu tashabbuslarni qanday amalga oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berishdi va keyingi rivojlanish uchun asosiy bosqichlarni ajratib ko‘rsatishdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, ishtirokchilarning barchasi maxsus o‘quv kurslariga yo‘naltirildi hamda ularga mentorlik ko‘magi ta’minlandi. Biz uchun bu — yana bir muhim qadam: imkon qadar ko‘proq ayollar nafaqat o‘z bizneslari haqida orzu qilishlari, balki uni ishonch bilan amalga oshirish yo‘lida dadil harakat qilishlari uchun. - - - Сегодня наша команда провела встречу с 15 женщинами-предпринимательницами. Они рассказали о своих проектах, поделились идеями и теми трудностями, с которыми сталкиваются в работе. Многие из них поделились планами по воплощению в жизнь новых инициатив. Команда Hamroh, в свою очередь, предоставила им конкретные советы как это сделать и выделили основные этапы для дальнейшего развития. По итогам встречи предпринимательниц направили на специальные обучающие курсы и обеспечили им менторскую поддержку. Для нас это ещё один шаг, чтобы как можно больше женщин могли не только мечтать о своём бизнесе, но и уверенно двигаться к его реализации. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

384 views

Yayımlandı 20 iyn

Kecha Samarqandda Tadbirkor ayollar kengashining navbatdagi hududiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi ishbilarmon ayollar ishtirok etdi. Uchrashuvda Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshqarmasi boshlig‘i va Tadbirkorlar ayollar kengashi raisi Nozimaxon Davletova, “Hamroh” kompaniyasi bosh direktori va Kengash rais o‘rinbosari Dilfuza Nurmatova hamda banklar va boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat Kengash a’zolari qatnashdi. Tadbirkor ayollar duch kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilindi. Murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha mas’ullar belgilandi — ish davom etmoqda. Biz uchun bunday uchrashuvlar shunchaki muloqot emas, balki ayollarni tinglash va ularning biznesini rivojlantirishga xizmat qiladigan yechimlarni birgalikda izlash imkoniyatidir. - - - Вчера в Самарканде прошла выездная встреча Совета женщин-предпринимателей с деловыми женщинам региона. Во встрече участвовали начальник управления в Департаменте внешних связей Администрации Президента и председатель Совета женщин-предпринимателей Нозимахон Давлетова, генеральный директор компании «Hamroh» и заместитель председателя Совета Дилфуза Нурматова и члены Совета, в том числе представители банков и других профильных ведомств. Обсудили насущные вопросы, с которыми сталкиваются женщины в бизнесе. Часть обращений удалось решить на месте, по остальным определили ответственных — работа продолжается. Для нас такие встречи это не просто диалог, а реальная возможность услышать женщин и вместе искать решения, которые помогут бизнесу развиваться. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

343 views

Yayımlandı 19 iyn

Bugun “Eco Expo Central Asia 2025” doirasida biz ayollarning iqlim o‘zgarishlariga moslashish va barqaror jamiyatlarni rivojlantirishdagi roli haqidagi panel sessiyasida ishtirok etdik. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan uyushtirildi. Muhokama jarayonida ayollar uchun iqlim xavflari sharoitida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, moliyaviy resurslardan foydalanish hamda barqaror daromad manbalari va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi. Migratsiyadan qaytgan ayollar bizning ko‘magimiz bilan chiqindilarni qayta ishlash va ekologik barqaror yechimlar sohasida qanday bizneslarni rivojlantirayotgani bo‘yicha o‘z tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik. Ayollar uchun imkoniyatlar va zarur qo‘llab-quvvatlash yaratilganda, bu o‘zgarishlar nafaqat ularning shaxsiy hayotida, balki butun jamiyat taraqqiyotida ham aks etadi. - - - Сегодня, в рамках «Eco Expo Central Asia 2025», мы приняли участие в панельной сессии, посвящённой роли женщин в адаптации к климатическим изменениям и развитии устойчивых сообществ. Сессия была организована Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан совместно с Международной организацией по миграции. В ходе обсуждения были затронуты такие важные вопросы, как: какие вызовы стоят перед женщинами в условиях климатических рисков и как расширить их возможности: от доступа к финансированию до создания устойчивых источников дохода и новых рабочих мест. Мы поделились примерами того, как женщины, вернувшиеся из миграции, с нашей поддержкой развивают бизнес в сфере переработки отходов и внедряют экологически устойчивые решения. Ведь когда у женщин есть возможности и поддержка, меняется не только их жизнь, но и жизнь всего сообщества. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

337 views