TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara qayıt
HAMROH avatar

TGINSIGHT CHAT

HAMROH

@hamrohingizuz

Business and startups

HAMROH - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi Tel: +998772061111 Facebook: facebook.com/hamrohingiz Instagram: instagram.com/hamrohingiz.uz

Abunəçilər570Cari abunəçilər
İzlənilən yazılar132İndekslənmiş yazıların sayı
Son əhatə5,286Son baxışların cəmi
Son yazılar

Son yazılar

8/11 səhifə · 132 yazı

Yayımlandı 17 iyn

"Kashtaga qiziqishim avloddan o‘tgan bo‘lsa kerak" — Mahliyo Mannonova Buvisi, onasi, xolalari qiyiq tikkan, asli vodiylik bo‘lgan Mahliyo Mannonova Qashqadaryoning Shahrisabz shahriga kelin bo‘lgach, kashta turining qanchalik ko‘p ekanligini bilgan va iroqi kashtaga boshqacha ko‘ngil qo‘ygan. Iroki kashta tikishda 3000ming yillik naqshlardan foydalanadigan tadbirkor hozirda qadimiy va milliy nusxalardan foydalanib qalpoq, hamyon, etik, shippak, xar xil sumkalar, kostyumlar ishlab chiqarmoqda. 14 yildan buyon faoliyat olib borayotgan tadbirkor hozirgi kunda Turkiya va Yevropa davlatlaridagi mijozlariga mahsulotlarni yetkazib bermoqda. Shu bilan birga ustoz-shogird an‘analariga sodiq qolgan holda, institut va universitetlardagi talabalar turar joyida kashtachilikni o‘rgatib, ularning daromad topishlariga sababchi bo‘lmoqda. Tadbirkor o‘tgan yili "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi. “Yaqinda Hamroh kompaniyasi yordami bilan o‘z brendimga ega bo‘ldim. Bu brend orqali o‘z biznesimni yanada rivojlantirib, mahsulotlarimni dunyo bozoriga olib chiqmoqchiman,” deydi tadbirkor. - - - «Интерес к вышивке передался мне по наследству», — Махлиё Маноннова Бабушка, мать и тёти Махлии Маноновой, родом из Ферганской долины, занимались вышивкой «кийик». Выйдя замуж и переехав в город Шахрисабз Кашкадарьинской области, она узнала, насколько разнообразны виды этого искусства, и особенно полюбила ирокийскую вышивку. Сегодня предпринимательница на основе древних национальных образцов изготавливает тюбетейки, кошельки, сапоги, тапочки, различные сумки и костюмы, украшая их узорами, насчитывающими три тысячи лет. Занимаясь предпринимательской деятельностью уже 14 лет, сегодня Махлиё Маноннова поставляет свою продукцию клиентам из Турции и европейских стран. Оставаясь верной традиции «наставник-ученик», она обучает студентов, проживающих в общежитиях вузов, искусству вышивки, тем самым помогая им зарабатывать. В прошлом году Махлиё Маноннова была удостоена нагрудного знака «Активный предприниматель». «Недавно при поддержке компании Hamroh я создала собственный бренд. С помощью этого бренда я планирую ещё больше развить свой бизнес и вывести свою продукцию на мировой рынок,» — говорит предпринимательница. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

439 views

Yayımlandı 13 iyn

IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan panel sessiya bo‘lib o‘tdi. Panel sessiyada Prezident Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti boshqarmasi boshlig‘i va HAMROH kuzatuv kengashi a’zosi Nozima Davletova hamda HAMROH bilan hamkorlikda o‘z biznesini rivojlantirayotgan Qoraqalpog‘istonlik tadbirkor Dildora Hayitboyeva so‘zga chiqishdi. Sessiyada ayollar biznesda duch keladigan tizimli to‘siqlar, shuningdek, ta’lim, mentorlik, moliyaviy imkoniyatlar va raqamli vositalar orqali birgalikda har bir tadbirkor ayol o‘z loyihasini rivojlantirishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratish haqida fikr yuritildi. HAMROH, o‘z navbatida, bu vazifalarni amalda hal qilishga ko‘maklashmoqda va ayollarga o‘z ishini boshlash, o‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini yaratuvchi ekotizimni shakllantirmoqda. - - - На IV Ташкентском международном инвестиционном форуме прошла панельная сессия, посвящённая развитию женского предпринимательства. На панельной сессии выступили Нозима Давлетова, Начальник управления в Департаменте внешних связей Администрации президента и член наблюдательного совета HAMROH, и Дильдора Хайитбоева, предпринимательница из Каракалпакстана, которая развивает свой бизнес в сотрудничестве с HAMROH. Говорили о системных барьерах, с которыми сталкиваются женщины в бизнесе, и о том, как вместе через обучение, менторство, доступ к финансам и цифровые инструменты строить среду, в которой у каждой предпринимательницы есть шанс развить свой проект. HAMROH, в свою очередь, помогает решать эти задачи на практике, шаг за шагом создавая экосистему, где женщинам проще начинать своё дело, расти и двигаться вперёд. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

352 views

Yayımlandı 10 iyn

Hamkorlik boshlandi! Bugun Uzum bilan memorandum imzoladik - endi ayol tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Endilikda Uzum Market’da bizning hamrohligimizdagi ayollar ishlab chiqargan mahsulotlar uchun alohida bo‘lim paydo bo‘ladi. Shuningdek, ular onlayn savdo, marketing va raqamli texnologiyalar bo‘yicha bepul o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi - o‘z ishini boshlamoqchi yoki kengaytirmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgam grant fondi ta’sis etiladi. Grantlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida taqdim etiladi. “Bu shunchaki platforma emas - bu minglab ayollar uchun raqamli iqtisodiyotga kirish eshigi,” — dedi HAMROH kompaniyasining bosh direktori Dilfuza Nurmatova. - - - Сотрудничество запущено! Сегодня мы подписали меморандум с Uzum - впереди новые возможности для женщин в бизнесе. Теперь на Uzum Market появится отдельный раздел с товарами участниц наших программ. Мы также откроем доступ к обучающим сессиям по онлайн-продажам, продвижению товаров и использованию цифровых инструментов. И самое важное - будет создан грантовый фонд, который пойдет на поддержку женщин, которые хотят начать или масштабировать своё дело. Гранты предоставляются в рамках реализации Постановления Президента Республики Узбекистан от 14 марта 2025 года «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы поддержки семьи и женщин». « Это не просто платформа - это точка входа в цифровую экономику для тысяч женщин », — говорит генеральный директор компании HAMROH Дилфуза Нурматова. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

385 views

Yayımlandı 6 iyn

Qalbda iymon, yurakda umid bo‘lsin! Qurbon Hayitingiz quvonchli va fayzli o‘tsin! Hurmat bilan - Hamroh jamoasi. - - - Пусть в душе живёт вера, а в сердце - надежда! Желаем вам доброго, наполненного радостью праздника Курбан Хаит. С уважением - команда Hamroh.

249 views

Yayımlandı 5 iyn

🇩🇪 2-iyun kuni Berlin shahrida O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan tashkil etilgan “Ayollarning jamiyatdagi roli: O‘zbekiston-Germaniya tadbirkor ayollari anjumani” mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida HAMROH kompaniyasi kuzatuv kengashi a’zosi va Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Nozima Davletova, shuningdek, HAMROH kompaniyasi bosh direktori Dilfuza Nurmatova ishtirok etdi. Uchrashuvda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ayollarni biznesda qo‘llab-quvvatlash va ikki davlat tadbirkor ayollari o‘rtasida barqaror aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 📌 Tashrif yakunida HAMROH, "Mikrokreditbank" va "German Sparkassenstiftung for International Cooperation" o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, "Mikrokreditbank" HAMROH dasturi doirasida tadbirkor ayollarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, The Foundation West-Eastern Encounters fondi bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. - - - 🇩🇪 2 июня в Берлине прошла конференция «Роль женщин в жизни общества: диалог между предпринимательницами Узбекистана и Германии», организованная Посольством Узбекистана в Берлине и АКБ «Микрокредитбанк». В составе делегации от Узбекистана - Нозима Давлетова, член наблюдательного совета компании HAMROH и глава Управления информационно-аналитического обеспечения внешней политики и расширения внешнеэкономического сотрудничества Департамента внешних связей Администрации президента, а также генеральный директор HAMROH Дилфуза Нурматова. Обсуждали, как укреплять международное сотрудничество, поддерживать женщин в бизнесе и строить устойчивые связи между предпринимательницами двух стран. 📌 По итогам визита HAMROH подписала трёхсторонний меморандум с «Микрокредитбанком» и «German Sparkassenstiftung for International Cooperation» - МКБ будет оказывать финансовую поддержку женщинам-предпринимателям по программе HAMROH. Также подписан меморандум о сотрудничестве с фондом The Foundation West-Eastern Encounters. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

377 views

Yayımlandı 31 may

📍 Qashqadaryoda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida “O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” taqdim etildi va tadbirkorlarning moliyalashtirishga bo‘lgan kirishini kengaytirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Panel sessiyalari va davra suhbatlarida davlat idoralari vakillari, xalqaro moliyaviy institutlar, tadbirkorlar va ekspertlar ishtirok etib, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi. “Bizning maqsadimiz – O‘zbekistondagi har bir ayol barqaror biznes yurita oladigan inklyuziv tadbirkorlik ekotizimini yaratishdir,” — dedi panel sessiyasi davomida “Hamroh” kompaniyasi bosh direktori Dilfuza Nurmatova. Tashrif yakunlariga ko‘ra yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi — o‘n nafar ayol tadbirkor “Hamroh”ning qo‘llab-quvvatlash dasturiga qo‘shildi. Endilikda ularga biznesni rivojlantirishning barcha bosqichlarida tizimli ko‘mak ko‘rsatiladi. - - - 📍В Кашкадарье прошла международная конференция по развитию малого и среднего бизнеса. На мероприятии представили «Стратегию развития малого и среднего бизнеса Узбекистана до 2030 года» и обсудили, как расширить доступ предпринимателей к финансированию, поддержать стартапы и развивать женское и молодёжное предпринимательство. Панельные сессии и круглые столы собрали представителей государственных органов, международных финансовых институтов, предпринимателей и экспертов для обсуждения ключевых направлений поддержки и обмена опытом. «Наша цель - создать инклюзивную предпринимательскую экосистему, в которой каждая женщина в Узбекистане сможет успешно управлять устойчивым бизнесом», - отметила во время панельной сессии Дилфуза Нурматова, генеральный директор HAMROH. По итогам визита началось новое сотрудничество - десять женщин-предпринимателей присоединились к программе сопровождения HAMROH. Теперь им будет оказана системная поддержка на всех этапах развития бизнеса. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

320 views

Yayımlandı 28 may

26-may kuni biz butun O‘zbekiston bo‘ylab murabbiylar uchun ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi (WESP) doirasida treninglar turkumini boshladik. Ushbu tashabbus BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda va Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Treninglar ishtirokchilarning biznes-rejalashtirish, marketing, raqamli savdo va moliyani boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ayniqsa, o‘qitish uslublarini standartlashtirish va genderga sezgir yondashuvlarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Treningning ochilish marosimida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTTD birinchi administratorining o‘rinbosari janob Xaolyan Syu, Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Nozima Davletova hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova ishtirok etdilar. WESP dasturi butun mamlakat bo‘ylab o‘z biznesini boshlayotgan va rivojlantirayotgan ayollar uchun barqaror mentorlik va qo‘llab-quvvatlash tizimining asosiga aylanishi kutilmoqda. - - - 26 мая компания Hamroh совместно с ПРООН и при поддержке Министерства экономики и финансов запустила серию тренингов для тренеров со всего Узбекистана по программе поддержки женского предпринимательства (WESP). Обучение направлено на развитие навыков в бизнес-планировании, маркетинге, цифровой коммерции и управлении финансами. Особое внимание уделяется стандартизации методов обучения и применению гендерно-чувствительных методов. На открытие тренингов пришли заместитель Генерального секретаря ООН, первый заместитель Администратора ПРООН г-н Хаолян Сю, Глава Управления информационно-аналитического обеспечения внешней политики и расширения внешнеэкономического сотрудничества Департамента внешних связей Администрации президента Нозима Давлетова и заместитель министра экономики и финансов Гулнора Рахимова. Программа WESP станет основой для устойчивой системы менторства и поддержки женщин, начинающих и развивающих свой бизнес по всей стране. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

488 views

Yayımlandı 23 may

Sizdan — salohiyat va istak. Bizdan — yordam, maslahat va qo‘llab-quvvatlash. Hamroh g‘oyalaringizni birgalikda hayotga tatbiq etish uchun har doim yoningizda. - - - От вас — потенциал и желание. От нас — помощь, консультации и поддержка. Hamroh всегда рядом, чтобы вместе воплощать ваши идеи в жизнь. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

453 views

Yayımlandı 22 may

✅Biznes yuritish jarayonini yengillashtiradigan foydali layfxaklar to‘plamini siz bilan bo‘lishmoqdamiz: 1️⃣"Pre-sell" usuli: Avval mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabni tekshirib ko‘ring — reklama orqali qiziqish darajasini o‘rganing. Agar ko‘p odam qiziqsa, keyin ishlab chiqarishni boshlang. 2️⃣ Boshqa bizneslar bilan hamkorlik: Masalan, agar siz qo‘lda tayyorlanadigan buyumlar yasasangiz, kiyim-kechak do‘konlari bilan hamkorlik qilib, mahsulotingizni o‘sha yerda sotsa bo‘ladi. 3️⃣Oddiy biznes modeli: Bugungi kunda dropshipping juda mashhur — siz oldindan mahsulot sotib olmaysiz, balki mijozga tovarni bevosita yetkazib beruvchidan yuborasiz va narxlar farqidan foyda ko‘rasiz. - - - ✅Делимся подборкой бизнес-лайфхаков, которые облегчат вам процесс введение бизнеса: 1️⃣ Метод "Pre-sell": Сначала протестируйте спрос на ваш продукт или услугу, запустив рекламу. Если многие заинтересуются, тогда начинайте производство. 2️⃣ Партнерство с другими бизнесами: Например, если вы изготавливаете изделия ручной работы, вы может сотрудничать с магазинами одежды и продавать там свою продукцию. 3️⃣Простая бизнес-модель: Сейчас очень популярен дропшиппинг – вы не закупаете товар заранее, а просто отправляете его клиенту напрямую от поставщика, зарабатывая на разнице в цене. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

672 views

Yayımlandı 19 may

📍“Hamroh” ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasining direktori Dilfuza Nurmatova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Maryam Ahmedova bilan birgalikda mahalliy tadbirkor ayollar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular tadbirkor ayollarning amaldagi loyihalari bilan tanishdi va biznesni rivojlantirish bo‘yicha masalalarni muhokama qilishdi. “Mahalliy tadbirkor ayollarning ishtiyoqi va maqsadga intiluvchanligini ko‘rib ularga to‘g‘ri ko‘mak ko‘rsatilsa, ularning bizneslari kengayib, nafaqat mahalliy aholi, balki butun Respublika uchun haqiqiy foyda keltirishiga amin bo‘lyapman”, — dedi Dilfuza Nurmatova. Biz tadbirkor ayollarga maslahat berishda davom etamiz va bizneslarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarni taqdim etish maqsadida ularga ekspert tavsiyalarini berishda davom etamiz. - - - 📍В Республике Каракалпакстан директор компании Hamroh Дилфуза Нурматова вместе с заместителем председателя Совета министров и председателем Комитета по делам семьи и женщин Республики Каракалпакстан Марям Ахмедовой провели серию встреч с местными предпринимательницами. Они ознакомились с их действующими проектами и обсудили вопросы развития бизнеса. «Наблюдая за энтузиазмом и целеустремлённостью предпринимательниц, я убеждаюсь, что при правильной поддержке их бизнес будет масштабироваться и приносить реальную пользу не только местному сообществу, но и Республике в целом», — отметила Дилфуза Нурматова. Мы продолжим оказывать консультационную поддержку предпринимательницам и предоставлять экспертные рекомендации, чтобы каждая из них получила все необходимые инструменты для развития своего бизнеса. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

663 views

Yayımlandı 16 may

Hamroh kompaniyasi ko‘magida Gulmira Jumayeva Qoraqalpog‘istonda o‘z biznesini kengaytirmoqda — Chimboy tumanida chiqindilarni qayta ishlash zavodi ochiladi. Ushbu loyiha natijasida 100 ta ish o‘rni yaratiladi va birinchi navbatda mahalliy aholi ish bilan ta’minlanadi. Chimboy tumani hokimiyati zavod uchun binoni imtiyozli shartlarda ajratdi. Gulmira esa shaxsan Chimboydan uch nafar mahalliy aholini tanlab, ularni o‘z biznesi uchun tayyorlash va o‘qitish ishlarini boshlab yubordi. "Men Hamroh taklifi bilan Qoraqalpog‘istonga kelganman, bu yerda o‘z tajribamni joriy etish niyatidaman. Ishonchim komilki, biz birgalikda bu yerliklar uchun Samarqanddagidek munosib sharoitlar yaratamiz", — deydi Gulmira. Insonlar uchun foydali va yurakdan chiqqan ana shunday loyihalar barqaror biznes asoslarini yaratadi. - - - При содействии компании Hamroh Гульмира Джумаева расширяет свой бизнес в Каракалпакстан — в Чимбайском районе будет открыт новый завод по переработке мусора. Производство создаст 100 рабочих мест, и в первую очередь трудоустроены будут местные женщины. Хокимият Чимбайского района уже выделил помещение под завод на льготных условиях, а сама Гульмира лично отобрала трех жителей из Чимбая, чтобы обучить их и подготовить к работе в своем бизнесе. «Я приехала в Каракалпакстан по приглашению Hamroh, чтобы внедрить здесь свой опыт. Уверена, вместе мы сможем создать достойные условия для местных жителей — такие же, как в Самарканде», — делится Гульмира. Проекты с душой и реальной пользой для людей — именно так строится устойчивый бизнес. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

543 views

Yayımlandı 13 may

♻️2015-yilda chiqindi qayta ishlash va saralash sohasida o‘z biznesini boshlagan Gulmira Jumayeva dastlab 20 nafar xodim va ijara ofisida faoliyat yuritgan. Ishida qiyinchilik va muammolarga duch kelgan Gulmira qat’iyat bilan oldinga harakat qilishdan to‘xtamagan. Keyinchalik imtiyozli kredit olib biznesini yanada rivojlantirgan tadbirkor hozirda 500 yaqin odamni ish bilan ta’minlagan. “Hamroh kompaniyasi esa menga biznesimni yanada kengaytirish uchun ajoyib imkoniyatlar berdi” - deydi Gulmira. Hamroh ko‘magi tufayli Gulmira 18 milliard so‘m miqdorida investitsiya jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi va xitoylik investorlar bilan hamkorlikda Ekofo qo‘shma korxonasiga asos soldi. Korxona chiqindilarni qayta ishlash va zamonaviy sintepondan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. “Berilayotgan shuncha imkoniyatlardan keyin ham ishlamagan tadbirkorga qanday baho berishni bilmayman. Aynan O‘zbekistonda tug‘ilganimdan faxrlanaman va Allohga shukr aytaman. Hamroh kompaniyasi yordamida yana 700 ga yaqin ish o‘rni yaratish arafasidamiz” - deydi Gulmira Jumayeva. - - - ♻️В 2015 году Гульмира Джумаева начала свой бизнес в сфере переработки и сортировки отходов. Она арендовала помещение и наняла на работу 20 сотрудников. Столкнувшись с трудностями и проблемами, Гульмира с упорством продолжала двигаться вперёд. Позже она получила льготный кредит, который позволил ей расширить бизнес. Сегодня предпринимательница обеспечивает работой около 500 человек. «Компания Hamroh предоставила мне отличные возможности для дальнейшего расширения бизнеса», — говорит Гульмира. Благодаря консультационной поддержке Hamroh Гульмира сумела привлечь инвестиции в размере 18 миллиардов сумов и основатьсовместное предприятие Ekofo в сотрудничестве с китайскими инвесторами. Предприятие специализируется на переработке отходов и производстве современных изделий из синтепона. «После таких возможностей я даже не знаю, как можно оценить предпринимателя, который не хочет работать. Я горжусь и благодарю Всевышнего, что родилась именно в Узбекистане. С помощью компании Hamroh мы на пороге создания ещё около 700 рабочих мест», — делится планами Гульмира Джумаева. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook

345 views
12•••67891011