TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara qayıt
Ibrohimjon | AI, IT Blog avatar

TGINSIGHT CHAT

Ibrohimjon | AI, IT Blog

@ibrohimjon_aiblog

Technologies

Rasmiy Sahifa. Tuman hokimi maslahatchisi. AI, IT va ish jarayoni haqida. Tajribalar, tavsiyalar, yutuqlar hammasi bir joyda!

Abunəçilər18Cari abunəçilər
İzlənilən yazılar44İndekslənmiş yazıların sayı
Son əhatə1,445Son baxışların cəmi
Son yazılar

Son yazılar

3/4 səhifə · 44 yazı

Yayımlandı 23 fev

FOYDALI BOTLAR ROʻYXATI 1) @IN_MAXBOT - intagramdan video, rasm, stories barchasini yuklab beradi. 2) @CHAQQON_ROBOT - youtube videolarni yuklab beradi. 3) @YUMALOQ_ROBOT - yumaloq videoni toʻrtburchak videoga aylantirib beradi 4) @SUKMANG_BOT - guruhda so‘kingan xaqoratli soʻzlari o‘chiradi 5) @JAYDARI_ROBOT - trenddagi barcha goloslarni topishib beradi. 6) @CHAQQONROBOT - pinterestdan videolarni yuklab beradi 7) @TOZALABOT - guruhdagi kirdi - chiqdi reklamalarni o‘chirib turadi 8) @CHAQQONROBOT_BOT - Facebookdan videolarni yuklab beradi 9) @MAJBUR_BOT guruh azolarini guruhga azo boʻlmaguncha yozdirmaydi 10) @INMAXBOT - tik tokdan videolarni yuklab beradi @ibrohimjon_aiblog

44 views

Yayımlandı 20 fev

Bahor keldi seni so'roqlab... Yaypanda bodom gulladi! @ibrohimjon_aiblog

41 views

Yayımlandı 20 fev

⚡️Google o‘zining eng aqlli modeli — Gemini 3.1 Pro'ni chiqardi. U top neyrotarmoqlar orasida dasturlash, dizayn hamda ilmiy masalalarni yechish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Gemini 3.1 Pro ARC-AGI-2 benchmarkida rekord darajadagi 77,1% natijani qayd etdi. Model bitta so‘rovning o‘zida ishlaydigan ilova yozishi, zamonaviy animatsiya yaratishi yoki Xalqaro kosmik stansiyaning Yerni kuzatish simulyatsiyasini tuzishi mumkin. Ushbu model allaqachon barcha foydalanuvchilar uchun mavjud. @ibrohimjon_aiblog

38 views

Yayımlandı 19 fev

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 30 ming nafar IT sohasiga qiziqishi bor yoshlarni bepul o'qitamiz. ⚜️ 2026 yil davomida “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturi doirasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 30 ming nafar farzandlari uchun talab yuqori bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda bepul tahsil olish yo'lga qo'yilmoqda: ➡️Axborot texnologiyalari; ➡️SMM; ➡️Ingliz tili; ➡️Elektron tijorat; ➡️Marketing. 🏷 Yuqoridagi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan eng yaxshi 5000 nafar iqtidorli yoshlar uchun malakali mentorlar tomonidan oflayn tarzda intensiv o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi. ➡️ Ushbu imkoniyatlardan foydalanish uchun - itstudy.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. ✅ Mazkur kurslarda tahsil olish tartibi va shartlari bo‘yicha savollaringiz bo'lsa har bir hududlarda biriktirilgan mutaxassislarimiz orqali ma'lumot olishingiz mumkin. ✨Barchangizga muqaddas Ramazon oyi muborak bo‘lsin!

42 views

Yayımlandı 19 fev

🎨KolorsAI — Kling’dan yangi tezkor image generator. Endi rasmlar tezroq chiqadi va yanada real ko‘rinadi. 🎬 Video generatorda ham yangiliklar bor: — Faqat oxirgi kadrni yuklaysiz, boshlanishini AI o‘zi yasaydi; — Lip Sync kuchaytirildi: ko‘proq ovoz va emotsiya variantlari; — Yangi AI Model funksiyasi: matn orqali o‘z sun’iy modelini yaratish (pullik obuna bilan). AI endi nafaqat chizadi, balki sahnani o‘zi o‘ylab topyapti. Sinab ko‘rish — shu yerda. @ibrohimjon_aiblog

37 views

Yayımlandı 18 fev

Azizlar 🌙 Ramazon oyi kirib keldi! Barchamizga bu oy sabr, rahmat va mag‘firat oyi bo‘lsin. Oilalaringizga tinchlik, rizqingizga baraka, qalbingizga nur tilayman. Duolaringizda bizni ham unutmang. Ramazon muborak! @ibrohimjon_aiblog

941 views

Yayımlandı 16 fev

Google NotebookLM’ni yangiladi — infografika uchun yangi uslublar qo‘shildi. Tanlash uchun turli auditoriya va platformalarga mos 9 ta uslub taqdim etilgan: anime, eskiz, stsenariy (storyboard), 3D-plastilin va boshqa ko‘plab variantlar. Shuningdek, ma’lumot mazmuniga qarab uslubni avtomatik tanlab beradigan rejim ham mavjud. @ibrohimjon_aiblog

65 views

Yayımlandı 14 fev

⚡️Startap loyihalar soni 5 mingtaga, jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmi 2 milliard dollarga yetkaziladi – Prezident qarori ✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, startap loyihalarini g‘oyadan boshlab masshtablashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda institutsional, moliyaviy va infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2026-yil 11-fevraldagi PQ–59-sonli qarori qabul qilindi. ✅ Qaror bilan quyidagilar 2030-yilga qadar startap ekotizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi: – startap loyihalar sonini 5 mingtaga hamda jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmini 2 milliard AQSh dollariga yetkazish; – 500 ta startap loyihani qiymati 1 million AQSh dollaridan yuqori, 100 ta startap loyihani qiymati 10 million AQSh dollaridan yuqori hamda 25 ta startap loyihani qiymati 100 million AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan kompaniyalarga aylantirish; – startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish; – yoshlarning 2 mingta startap g‘oyalarini tijoratlashtirish, kamida 400 ta startap loyihasini xalqaro bozorlarga olib chiqish. ⚡️ 2026-yildan boshlab har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Batafsil: 👉https://digital.uz/oz/news/view/131871 📩Telegram📱Facebook📱Instagram📺Youtube🌐LinkedIn🐦X

53 views

Yayımlandı 13 fev

Udemy ChatGPT’ga kirib kelmoqda Udemy OpenAI bilan hamkorlik e’lon qildi. Platforma kontenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri ChatGPT’ga (takliflarni tadqiq qilish funksiyasi orqali) integratsiya qilindi. Bu esa Udemy katalogi (290 000 dan ortiq kurslar) bilan bevosita chat ichida ishlash imkonini beradi. E’lon Udemy’ning Coursera bilan qo‘shilishi arafasida yangradi. Bu haqdagi xabar ilk bor 2025-yil dekabr oyida chiqqan edi. Bitim qiymati taxminan 2,5 milliard dollar deb baholanmoqda. Kelishuv 2026-yilning ikkinchi yarmida yakunlanishi kutilmoqda va natijada ikki yirik onlayn ta’lim platformasi Coursera brendi ostida birlashadi. @ibrohimjon_aiblog

37 views

Yayımlandı 12 fev

👾 Sun'iy Intellekt o'zi nima? Oddiy qilib aytganda, Sun'iy intellekt bu kompyuterning fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatidir. ✅ Bu inson kabi fikrlashga, tahlil qilishga va xulosa chiqarishga o'rgatilgan kompyuter dasturidir. U internetdagi milliardlab matnlarni o'qib chiqqan va sizning savolingizga asoslangan holda javob tuzadi. @ibrohimjon_aiblog

80 views

Yayımlandı 12 fev

❗️15 mln fuqaro haqidagi ma’lumotlar sotilgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ma'lum qilishicha, 27-30-yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar bo‘lgan. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda aytilganiday 15 mln emas, 60 mingga yaqin fuqaroning ma’lumotlari tarqalgan. Kiberhujumni bartaraf qilish maqsadida axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirishlarga chek qo‘yilgan, texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yanada kuchaytirilgan. Shuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilib, shaxsiy ma'lumotlarni egasining roziligi asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yaratilgan. Ta'kidlanishicha, “shaxsiy ma’lumot sizib chiqishi” degani – bu fuqaroning shaxsiy akkaunti buzilgan degani emas, bunda asosan fuqarolarning ism-sharifi, tug‘ilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi ma’lumotlardan biri qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin. Firibgar bu ma’lumotlarni qo‘lga kiritgani bilan, fuqaroning shaxsiy ishtirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oshirolmaydi. Shu sababdan ular turli usullar bilan qolgan ma’lumotlar to‘plamini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi xurujni amalga oshiradi. Manbaa: xushnudbek

35 views

Yayımlandı 12 fev

Sun'iy Intellekt (SI) olamidan yangiliklar dayjesti 👾 O'tgan hafta sanoat gigantlari bizni nimasi bilan xursand qilganiga qisqacha nazar: 🔸 VideoLingo — videolarni asl ovozda tarjima qiladi 🔸 ElevenLabs v3 — nutq sintezi uchun yangilangan neyron tarmoq 🔸Firefox — brauzer uchun “AI o‘chirgichi”ni taqdim etdi 🔸 Kling 3.0 — video generatorining kuchli yangilanishi 🔸YouTube — 27 tilga neyro-dublyaj qo‘shildi 🔸Claude Opus 4.6 — vibe-koding uchun yangi model 🔸GPT-5.3 Codex — OpenAI’dan yangi kodlash modeli 🔸Krea — ilovasiga real vaqt rejimida video stilizatsiyasini qo‘shdi 🔸Grok Imagine 1.0 — xAI’dan video generatsiyasi uchun yangilangan neyron tarmoq 🔸Perplexity — AI modellaridan iborat maslahat kengashi paydo bo‘ldi @ibrohimjon_aiblog

32 views