TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara qayıt
Ibrohimjon | AI, IT Blog avatar

TGINSIGHT CHAT

Ibrohimjon | AI, IT Blog

@ibrohimjon_aiblog

Technologies

Rasmiy Sahifa. Tuman hokimi maslahatchisi. AI, IT va ish jarayoni haqida. Tajribalar, tavsiyalar, yutuqlar hammasi bir joyda!

Abunəçilər18Cari abunəçilər
İzlənilən yazılar44İndekslənmiş yazıların sayı
Son əhatə1,114Son baxışların cəmi
Son yazılar

Son yazılar

2/4 səhifə · 44 yazı

Yayımlandı 10 mar

🔥 Eski suratlarni sifatini oshirish bo’yicha videodarslik. @ibrohimjon_aiblog

95 views

Yayımlandı 7 mar

⚡️Sun’iy intellekt birinchi bo’lib kimlarning o‘rnini egallaydi: Anthropic kompaniyasi xavf ostidagi kasblar sxemasini namoyish etdi. U Claude Code'ga yuborilgan so‘rovlar asosida tuzilgan. Dasturchilar va moliyaviy tahlilchilar hammadan ko‘proq xavf ostidalar. San’at, media, menejment va huquqshunoslik yo‘nalishlari ham shular qatorida. Xavfsiz kasblardan esa, sun’iy intellekt hozircha barmenlar, idish yuvuvchilar va qutqaruvchilarga aniq tahdid solayotgani yo‘q. @ibrohimjon_aiblog

90 views

Yayımlandı 5 mar

#Yoshlar_kuni Yoshlar loyihalarini startap g‘oyalariga aylantirish va ularni ishga tushirish mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi Haftaning har payshanbasi - "Yoshlar kuni" doirasidagi bu galgi tadbirlar O‘zbekiston tumanida “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish hamda ularning loyihalarini startap g‘oyalariga aylantirish” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar bilan boshlandi. Tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov ishtirok etdi. Tuman rahbari har bir mahallada yoshlarni raqamli texnologiyalarga qiziqtirish, zamonaviy kasb va xorijiy tillarga o‘qitishni tashkil etish, g‘oyalarni startapga aylantirish va hayotga tatbiq qilishga ko‘maklashish bo‘yicha manzilli tadbirlar davom etishi haqida to‘xtaldi. Ana shu vazifalarni sifatli uddalashda barcha mas’ullarni faollikni yanada oshirishga chorladi. Mahalladagi o‘g‘il-qizlar va yoshlar yetakchilari qatnashgan o‘quv-amaliy seminarida qanday qilib yoshlar o‘z loyihalarini yaratishi, startap g‘oyalarini shakllantirish, ularni ishga tushirish va bozorlarga chiqarishgacha bo‘lgan samarali amaliyot haqida soha mutaxassislarining tushuntirish va tavsiyalari tinglandi. @uzbaxborotxizmati

90 views

Yayımlandı 3 mar

🎁Ramazon tuhfasi, sizlar uchun! ✅ Xohlagan AI obuna accountlarni 10 barobar arzon narxlarga sotib olish uchun video qo'llanma va kerakli saytlar. 🤲 Duo qilib qo'yasizlar, barchangizga xayrli bo'lsin! Saytlar ro'yxati: 🔥z2u.com 🔥https://www.g2g.com 🔥https://plati.market Manba: uzbekcha_ai_uzb @ibrohimjon_aiblog

433 views

Yayımlandı 3 mar

👥aileaders.uz platformasi yangi imkoniyat va qo‘shimcha funksiyalar bilan takolimlashtirilib, ishga tushirildi ✅ Platformani takomillashtirish ishlari yakunlanib, Siz uchun Coursera, Huawei, Alison, Oracle, eOppiva kabi kompaniyalarining sunʼiy intellekt va IT bo‘yicha yangi kurslari joylashtirildi! Shuningdek, platformada real vaqt rejimida quyidagilarni kuzatib borish imkoniyat yaratildi: ➡hudud va ta'lim tashkilotlari kesimidagi statistik ko‘rsatkichlar; ➡foydalanuvchilar faolligi; ➡o‘qish jarayoni bo‘yicha umumiy ma'lumotlar va boshqa tahlillar. 🌐Instagram🌐LinkedIn 🌐Telegram🌐Facebook

67 views

Yayımlandı 2 mar

Grok’da uzun videolar yarating Endi Grok 480p sifatda 30 soniyagacha bo‘lgan videolarni bepul yaratishga imkon beradi. Buning uchun Grok’ga o‘ting, avtomatik generatsiyani o‘chirib qo‘ying va 6 soniyalik video yarating. So‘ng “Extend” funksiyasi orqali 12, 18, 24 va 30 soniyagacha bo‘lgan promtlarni qo‘shing. Videoni tekshirib chiqing, “Upscale” qiling va natijani yuklab oling. Umuman olganda, model yuzni yaxshi saqlab qoladi va ovozni davom ettira oladi. @ibrohimjon_aiblog

61 views

Yayımlandı 1 mar

🌸Assalom, bahor! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

54 views

Yayımlandı 27 fev

Geospy.ai - bilasizmi bu nima? Sizni 1 ta rasmingiz orqali qayerda tushganligingizni aniqlaydigan instrument. Qanday aniqlaydi? O'zi hozirigi hamma telefonlarda rasmga olganda metadatasiga koordinatalar ham saqlanadi. Ishonmasangiz telefoningizda galeriyani oching va mapda ko'ring. Endi bu rasmni u - bu kimga yuborsangiz bemalol qayerda tushganligingizni aniqlash mumkin koordinatalar orqali. Mobodo METADATA yo'q bo'lsa, GeospyAI piksellar orqali aniqlar ekan. Qoyilmisiz?! Bizda Google Street View yo'qda, bo'lmasa bizda ham aniq ishlagan bo'lar edi. Texnologiya rivojlanyapti, tez fursatlarda bizda ham bu texnologiyalar aniq ishlay boshlasa ajab emas. @ibrohimjon_aiblog

54 views

Yayımlandı 26 fev

#yoshlar_kuni O‘zbekiston tumanida yoshlarni IT sohasiga ko‘proq jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yanada ko’proq e’tibor qaratiladi O‘zbekiston tumanida yoshlar kuni munosabati bilan yigit-qizlarga zamonaviy kasblarni o‘rgatish, ularni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, DXX tuman bo‘limi rahbariyati, yoshlar ishlari bo‘limi, mahalladagi yoshlar yetakchilari, tegishli tashkilotlar, tijorat banklari va yoshlar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida bugungi kunda mamlakatimizning barcha sohalarida raqamli texnologiyalar keng joriy etilayotgani va ular faoliyat samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynayotgani ta’kidlandi. Shu bois yurtimizning barcha hududlarida nafaqat zamonaviy ta’lim infratuzilmasini yaratish, balki hududlarda raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi haqida to‘xtalindi. Tuman yoshlarini raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish va ularning mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag‘batlantirish choralarini kuchaytirish bo‘yicha muhim va aniq takliflar ilgari surildi. Davlatimiz rahbarining qarori asosida tumanda yaqinda tashkil etilgan IT-shaharcha faoliyati to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan yoshlarga taqdimotlar qilindi. Bevosita IT-shaharchada bo‘lgan yoshlarning aksariyatini shu kuniyoq sohaga qiziqishi ortib, endilikda bu maskanga muntazam qatnashlari hamda zamonaviy kasblarni puxta o‘rganishlari haqida ma’lum qilishdi. @uzbaxborotxizmati

53 views

Yayımlandı 26 fev

Nimaga firibgarlarni umuman topib bo'lmaydi? @ibrohimjon_aiblog

38 views

Yayımlandı 24 fev

✔️Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida e'tibor qaratilgan muhim masalalar 💼Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi. ⚡️Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi. ➡️Dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi. ❗️Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi. ✍️Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi. 💵Yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishi e’lon qilindi. 💵 Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi. 🏢 Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik 40 ming yosh biznesga o‘qitiladi. 💵Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi. 🏛 Texnikumlarda dual ta’lim va "spin-off" korxonalari tashkil etiladi. 🏬“O‘quv markazlari uyushmasi” tashkil etiladi. 📍Olis hududlardagi o‘quv markazlari uchun soliq imtiyozlari va 300 million so‘mgacha foizsiz ssudalar joriy etildi. ✍️ Ehtiyojmand oila farzandlari uchun bepul zamonaviy kasblar ta’limi yo‘lga qo‘yiladi. 🏣 Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi. 💵Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi. 📒 Sobiq mahkum yoshlar zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

45 views

Yayımlandı 24 fev

Qaysi saytda bepul video generatsiya qilib bo'ladi? 1. Grok 20 dona video bir kunda 2. Dreamina 6 ta video bir kunda 3. Sora 2 kuniga 30 ta video 4. Wan video 6 ta video bir kunda. Agar yaxshi natija qilaman desangiz, bepul tariflarni unuting, bepul videolar sizni chegaralab qo'yadi, o'z mahoratingizni oshirmoqchi bo'lsangiz eng yangi modellarni sinab ko'ring. Iloji bo'lsa xarajat qilib bo'lsa ham qimmatroq tarifini krediti ko'p tarifni sotib oling. Prompt yozish ko'nikmangiz ham tez shakllanadi. @ibrohimjon_aiblog

34 views