TGTGInsightтелеграм анализLIVE / telegram public index
← Такты, стеки, два колеса

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Намери подобно съдържание

Изходен канал @clockstackwheels · Post #705 · 18.12

Марта Уэллс: "Отказ всех систем", "Искусственное состояние" и другие книги серии, я закончил на "Сетевой эффект" (больше на русском нет). Очень странные впечатления: серия получила кучу престижных наград, и о ней много положительных отзывов, но персонально про себя я бы сказал, что мне скорее не понравилось, и рекомендовать бы не стал. Хотя и бросить желания не было. Далёкое будущее, корпоративная антиутопия (мегакорпорации стали де-факто государствами), аугментация, человечество давно расселилось по другим мирам. Главный герой — искусственно созданный киборг, предоставляемый в аренду страховой компанией для защиты людей, например, в условиях работы на незаселённых планетах с потенциально враждебной фауной. Повествование ведётся от его лица. Изначально в этих киборгов встраивают специальный управляющий модуль, который причиняет боль органической части при неповиновении и других нарушениях (то есть фактически он раб). Но именно главный герой этот модуль взламывает, получает свободу воли, и не нападает на людей, как можно было бы подумать, а пытается интегрироваться в человеческое общество. Завязка довольно банальная. К тому же, каких-то уникальных идей или необычных поворотов в сюжете особо нет. Повествование строится вокруг эмоций, исследования взаимоотношений (как людей между собой, так и людей с машинами и машин между собой). Поскольку события передаются от первого лица, мы "слышим" мысли героя, и они, на мой субъективный взгляд, переполнены эмоциями, зачастую противоречащими последующим действиям и решениям. У меня даже есть полушутливая гипотеза, что автор-женщина просто перенесла на бумагу образ мышления женщин. По сюжету обычно происходит какая-то беда, из которой главный герой всех спасает, но попутно кто-то ещё и спасает его. Впрочем, не сказать, что это как-то скучно или избито — сами истории вполне захватывающие, следить за развитием интересно. И всё-таки, это какая-то нестандартная фантастика. Основные события как бы понижены в значимости: герой не сталкивается с по-настоящему серьёзными внешними трудностями, он легко взламывает абсолютно все внешние системы, выдерживает десятки попаданий из ракетницы, а между миссиями может полностью восстанавливаться в супер продвинутом роботизированном космическом корабле, с которым дружит. Автор явно хотела рассказать об эмоциональном становлении, поиске себя, доверии и контакте с другими, но почему-то выбрала для этого сеттинг войны киборгов в космосе. Имеет право, и, возможно, у неё даже получилось хорошо, просто эта книга совсем не для меня, и конкретно мои ожидания скорее не оправдались. #fiction

Hashtags

Резултати

Намерени 9 подобни публикации

Търсене: #amerika

当前筛选 #amerika清除筛选
Far·hod·jon

@farhodjon · Post #592 · 08.07.2023 г., 16:02

Arkanzas shtatida Bentonville shaharchasida juda o’ziga xos muzey tashkil qilingan: Crystal Bridges Museum of American Art. Muzey shundoq o’rmon ichida joylashgan. Tabiat bilan juda uyg’un. O’rmon va suv bilan yaxshi uyg’unlashgan. Ichkariga tabiiy yorug’lik tushishi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Amerikada tashrif buyurish lozim bo'lgan muzerylardan biri. Arxitekturasi o’ta unikal bo’lgani sababli arxitektura muallifi kimligi bilan qiziqdim. Muzey Safdie Architects kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Meni avvalroq juda hayron qoldirgan boshqa joyning ham muallifi ekan: Singapurdagi Changi aeroporti. Bu aeroportning ichida kichik daraxtzorlar bor hatto. Yana bir binosi - Kauffman Center for the Performing Arts - bu Kansas City’da joylashgan. @farhodjon#amerika

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #583 · 25.03.2023 г., 17:03

Amerikada haqiqiy pochta juda muhim: davlat bilan bo’ladigan aloqa, marketing materiallari, jurnallar haligacha pochta orqali. Boshida yuqoridagi fotodagidek xat olganimda hayron bo’lgandim: “bular tayyor karta chiqarib menga yuborishdimi”, deb. Lekin bu marketing va anavi karta shunchaki kartondan yasalgan xolos. Shunaqa xatlar ba’zida ichida konvert bilan keladi: taklif yoqsa, 1-2 ma’lumotni tayyor qog’ozga yozib, konvertga solib yuboriladi - tamom. Boshqa holatlar: - Haydovchilik guvohnomasiga test topshirilgandan keyin 2-3 hafta ichida guvohnoma pochtadan keladi. - Mashinani ro’yxatdan o’tkazgandan keyin mashina raqami 1-2 haftada pochtadan keladi. - Nyu-Yorkda metro kartasida qolgan pulimni so’raganimda pochtadan qog’oz chek oldim. - Birinchi yil soliq hisoboti topshirilganda katta konvertda bir qancha qog’oz pochtadan yuboriladi. - Bir marta mobil ilovada kredit kartaga ko’proq limit so’raganimdan 3-4 kun o’tib bank “uzr, limitingizni oshirolmaymiz” degan javobni pochtadan yuboribdi! - Bankdan hisob ochilgandan keyin kartalar pochta orqali keladi. Yana bir fakt: 2021-yilda AQSh pochta xizmati (USPS - United States Postal Service) 77 milliard dollar daromad olgan va deyarli 5 milliard dollar zarar qilgan. @farhodjon#amerika

Hashtags

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

@kompyuter_bilimlari · Post #6140 · 02.12.2023 г., 13:34

Orzular mamlakatida maoshlar qancha? 📊 Reytingga ko‘ra, 2023-yildaAmerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng talabgir 10ta kasblar va ularning yillik maoshlari: 1. Dasturiy ta’minot muhandisi – 120 ming 730 dollar (o‘rtacha yillik ish haqi) 2. Amaliyotchi hamshira – 120 ming 680 dollar; 3. Tibbiy xizmatlarni sotish menejyeri – 101 ming 340 dollar; 4. Shifokor yordamchisi – 121 ming 530 dollar; 5. Axborot xavfsizligi tahlilchisi – 102 ming 600 dollar; 6. Fizioterapevt – 95 ming 620 dollar; 7. Moliyaviy menejyer – 131 ming 710 dollar; 8. IT menejyeri – 159 ming 10 dollar; 9. Veb-dasturchi – 77 ming 30 dollar; 10. Stomatolog – 160 ming 370 dollar. 👉🏼Birinchi raqamli Windows Blog | #manba / #amerika

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #594 · 28.07.2023 г., 03:18

Kanzasda tezlik va svetoforning qizil chirog’ida o’tishni tekshiradigan kameralar deyarli yo’q. Lekin bunaqa tezlikni tekshiradigan mobil treylerlar bor. Odatda bular mahalla ichida ko’p uchraydi. Buning vazifasi haydovchi qanaqa tezlikda ketayotganini yaqqol ko’rsatish. Agar tezroq yurayotgan bo’lsa sekinlashni tavsiya qiladi. Jarima yozmaydi. Ya’ni: maqsadi jazolashmas, maslahat berish yoki eslatib qo’yish. Juda yaxshi usul. P.S.: bu yerdagi tezlik chegarasi 30 mil/soat = 48,2 km/soat. @farhodjon#amerika#shahar

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #517 · 30.09.2022 г., 00:29

Amerikada tezlik cheklovlari Amerikada avtomobil tezligi uchun cheklovlar shtat yoki hudud tomonidan qo'yiladi - butun mamlakat uchun yagona cheklov yo'q. Lekin nisbatan umumiy ishlatiladigan cheklovlarni payqash mumkin: 35 mil/soat (56 km/soat) - shahardagi "o'rtacha" ko'chalarning ko'pida shu cheklov qo'yilgan. 10-20-30 mil/soat (16-32-48 km/soat) - mahalla va maktab hududlari, piyodalar ko'p uchraydigan maxsus hududlar. 40 mil/soat (64 km/soat) - nisbatan kengroq va avtomobil to'g'ri harakat qiladigan ko'chalar (bunaqa ko'chalar soni yuqoridagilardan kam). 40-70 mil/soat (64-112 km/soat) - piyodalar kutilmaydigan va tezlikka mo'ljallangan trassalar. Bu trassalarda svetofor ham kam uchraydi. Qo'shiladigan va chiqib ketadigan oqim alohida xavfsiz yo'ldan foydalanadi. Lekin yo'llardagi xavfsizlikni oshirish faqat tezlikni boshqarish bilan cheklanmaydi: avtomobil oqimini tinchlantirish uchun boshqa usullar ham ishlatiladi. Masalan: - yo'lning eni kichraytiriladi (toraytiriladi); - yo'nalish egiladi (to'g'ri katta yo'lda odam tabiiy ravishda tezlikni oshiradi); - piyodalar xavfsizligi uchun turli to'siqlar qo'yiladi; - tasodifiy to'qnashuvlarning oldini olish uchun infrastruktura yaxshilanadi. Tezlikning yo'ldagi halokatlarga aloqasi muhim. AAA Foundation (1947-yilda tashkil qilingan) izlanishlariga ko'ra, 2018-yilda o'lim bilan yakunlangan to'qnashuvlarning 68 foizida tezlik 40 mil/soatdan (64 km/soat) yuqori bo'lgan. Tezlik 25 mil/soatdan (40 km/soat) kam bo'lgandagi o'limlarning foizi - 12%. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 2016-yil hisobotiga ko'ra, AQShda 100 000 odamdan 12.4 kishi yo'l hodisalarida halok bo'lgan. Shu ko'rsatkich O'zbekiston uchun 11.5 (kamroq). Quyidagi foto AQSh Transport Departamentining “Tezlik cheklovi asoslari” qo'llanmasidan. @FarLives#transport#amerika

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #512 · 18.09.2022 г., 20:17

​​Okey, Amerika! 2021-yilda hayotimizda katta o'zgarish bo'ldi: o'tgan yilning noyabridan boshlab AQShda yashayapmiz (yozda ikki oy O'zbekistonda o'tkazilgan vaqtni hisobga olmasa). Hozircha, buni yangi madaniyat va yangi joyni chuqurroq o'rganish uchun yaxshi imkoniyat va qiziq bir tajriba sifatida ko'ryapmiz. Shuning uchun, sarlavha "Salom, Amerika!" emas, "Okey, Amerika!" — bu Amerikaga bir imkoniyat berishdek gap. Har qanday ko'chishning boshida bo'ladigan o'tish davri va qiyinchiliklar bilan nisbatan kelishvoldik va endi shu tajriba va Amerikaning o'ziga xosliklari bilan bo'lishishga tayyorman. Kanalda/blogda endi Amerikaning turli xususiyatlari haqida xabarlar va maqolalar ko'proq bo'ladi. Bundan oldin Amerikaga taxminan 7 marta kelganman va 9 ta shtatini ko'rganman. Lekin hamma safarim, asosan, ish bilan bog'liq bo'lgan va Amerikaga turist sifatida qaraganman. Bunda kundalik hayotda uchraydigan bir qancha o'ziga xosliklariga e'tibor berilmaydi. Endi hamma shtatlarini qamrab chiqish va atrofdagi davlatlarni ham o'rganishga yaxshi imkoniyat bor. Va bolalar uchun ham yangi tajriba. Endi yozadigan ba'zi postlarim Amerikani O'zbekiston bilan solishtirishdek tuyulishi mumkin, lekin mening asosiy maqsadim o'zim payqagan yoki meni hayron qoldirgan yangi bilimni yetkazish bo'ladi. Solishtirib bo'lmaydigan narsalarni solishtirishga qat'iy qarshiman. Yana bir cheklab o'tadigan mavzuim: Amerikaga qanaqa ketish/kelish bo'yicha maslahatlar. Men bu masala bo'yicha mutaxassis emasman va noto'g'ri ma'lumot berishim ehtimoli katta. Yoziladigan postlarga ko'proq dunyoqarashni kengaytirish sifatida qaralishini xohlardim. Turli xalqlar, madaniyatlar, mamlakatlar urf-odatlari va hayot tarzini o'rganish dunyoga kengroq qarashga yordam beradi. Quyidagi fotoda Amerikaning odatiy ko’chalaridan biri. 2022-yil yanvar. Omon bo'ling! ✌️ @FarLives#aqsh#amerika

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #518 · 14.10.2022 г., 23:29

Amerikadagi maktablarda “parent-teacher conference” deb nomlangan qisqa uchrashuvlar bor. Bu uchrashuvda ota-ona va o’qituvchi bolaning o’qishdagi o’zgarishlari va maktabdagi tajribasini muhokama qilishadi. Yaqinda maktab konferensiyalar uchun yuborgan taklifnomasini erinmasdan ikkita tilga tarjima qilib yuborishibdi. Yana tarjimon ham berishmoqchi agar lozim bo’lsa 😅 P.S.: maktabga ro’yxatdan o’tkazayotganda uydagi tillar sifatida o’zbek va rus tillarini ko’rsatgandik. #maktab#amerika

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #516 · 27.09.2022 г., 23:25

Yo’l ishlari boshlanishi - 28-sentabr 2022. Yonimizdagi ko’chada mana shu ekran taxminan 2 haftadan beri turibdi. Yo’l ishlari (remont) boshlanishidan oldin haydovchilar shunaqa ogohlantiriladi. Ishlar tugagandan keyin bu ekran boshqa joyga olib ketadi. @FarLives#aqsh#amerika#transport