TGINSIGHT CHAT
Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
@AndEko
EducationAndijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi https://t.me/AndEko Taklif va shikoyatlar uchun (eko nazorat tizimi) https://t.me/and_eko_bot
Postimet e fundit
Faqja 2 nga 84 · 1,008 postime
Publikuar 23 maj
💬Rasmiy munosabat! Ijtimoiy tarmoqlarda "ecofaolfuqaro.uz" platformasi ishlamayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya qo‘mitasi ayni damda platforma faoliyatini takomillashtirish, nosozliklarni bartaraf etish maqsadida texnik ishlari amalga oshirilayotganligini ma'lum qiladi. Texnik ishlar tugagach, qo‘shimcha ma'lumot beriladi. Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2026-yil davomida 10 000 qadam piyoda yurish tajribasini qayta tiklash hamda sog‘lom turmush tarziga qaratilgan platforma faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan. 💬Официальное сообщение! В социальных сетях распространились сообщения о том, что платформа ecofaolfuqaro.uz не работает. Комитет по экологии сообщает, что в настоящее время ведутся технические работы по совершенствованию деятельности платформы и устранению неполадок. После завершения технических работ будет предоставлена дополнительная информация. Для справки: в постановлении Президента Республики Узбекистан «О комплексных мерах по ускорению экологического образования, науки и пропаганды в рамках общенационального проекта «Эко-культура» предусмотрено восстановление в течение 2026 года практики прохождения 10 000 шагов, а также запуск деятельности платформы, направленной на продвижение здорового образа жизни. 📱Instagram| 📱Telegram|📱Facebook| X| 📱Linkedin
Publikuar 22 maj
🟥🟦🟦 🟦🟦🟦 Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mutasaddilar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqildi. Tadbir jarayonida bir qator muammolar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va tizimli yondashuv talab etiladigan murojaatlar Biznes-ombudsman tomonidan nazoratga olindi. Mazkur ochiq muloqot tadbirkorlarning muammolarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qildi.
Publikuar 22 maj
🍀Baliqchi tumanida ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi Andijon viloyati Ekopolitsiyasining alohida maxsus topshiriqlar bo‘yicha tezkor guruhi davlat inspektorlari tomonidan Baliqchi tumanida navbatdagi reyd-nazorat tadbiri tashkil etildi. O‘rganishlar davomida tumanning Siza MFY hududidan oqib o‘tuvchi yo‘l chetida fuqaro A.M. tomonidan o‘simlik qoldiqlari bir joyga to‘planib, ochiq alanga yordamida yoqib yuborilgani aniqlandi. Mazkur holat atrof-muhitga zarar yetkazishi, atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo‘lishi hamda fuqarolar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bois, huquqbuzarlik yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida tegishli tartibda choralar ko‘rildi. ⚠️Eslatib o‘tamiz, o‘simlik qoldiqlari va turli chiqindilarni ochiq maydonlarda yoqish ekologik talablarga zid bo‘lib, bunday holatlar uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan. Tabiat musaffoligini asrash barchamizning burchimizdir. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Publikuar 22 maj
🟥🟦🟦 🟦🟦🟦 Andijonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda Andijon shahrida Biznes-ombudsman hamda Ekologiya boshqarmasi hamkorligida nazorat qiluvchi organlar vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-apreldagi PQ-138-son qarori hamda 17-apreldagi PF-63-son Farmonining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Xususan, mazkur hujjatlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, yangi imtiyoz va yengilliklar yaratishga qaratilgan muhim mexanizmlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan yer maydonlarini ajratish, kreditlash jarayonlari, elektr ta’minoti, soliq ma’muriyatchiligi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirilmoqda. Ayni paytda tadbir qizg‘in davom etmoqda. Tadbirkorlar tomonidan bildirilayotgan muammo va takliflar mutasaddilar ishtirokida atroflicha muhokama qilinmoqda.
Publikuar 22 maj
Yaxshi bog‘ va daraxtlar inson ko‘nglini shod qiladi, ruhini poklaydi.” Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir. 🌿 — Alisher Navoiy
Publikuar 21 maj
E’LON! Biznes-ombudsman devoni tomonidan Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha navbatdagi sayyor qabul oʻtkaziladi. Sayyor qabul joriy yilning 22-may kuni soat 17:00 da viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi binosida boʻlib oʻtadi. 📞 +998 71 202 08 83, 93-405-16-61
Publikuar 21 maj
Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida yosh xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari hamda boshqarmada faoliyat yuritayotgan yosh xotin-qizlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi taklif hamda tashabbuslarni o‘rganish, yosh xotin-qizlarning sohaga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va mulohazalarini tinglashdan iborat bo‘ldi. Ochiq muloqot davomida ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan hamda bitiruvchi yoshlarning ishga joylashish masalalari, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, gender tengligini ta’minlash, yosh xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, boshqarma rahbariyati tomonidan yosh xotin-qizlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida, samimiy va manfaatli ruhda o‘tdi. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Publikuar 21 maj
MUNOSABAT Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, fuqaro farzandi ipak qurti go‘ngini fermer xo‘jaligi yeriga olib borayotgan vaqtda Ekologiya bo‘limi xodimi tomonidan jarima qo‘llanilgani haqidagi murojaat o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, hududda fuqarolar murojaatlari asosida nazorat tadbirlari olib borilgan. Barlos MFY hududidagi zovur chetida chiqindi mavjudligi aniqlangach, nazorat jarayonida fermer xo‘jaligi tomonga olib borilgan ipak qurti chiqindilari hamda o‘simlik qoldiqlari Norin–Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi zovur hududiga tashlangani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish xati olingan hamda amaldagi tartib asosida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, mazkur holat viloyat ishchi guruhi tomonidan ham nazoratga olingan. So‘nggi vaqtlarda zovur va ariqlarga chiqindi tashlash holatlari ko‘payib bormoqda. Bu esa atrof-muhit ifloslanishi, suv oqimlarining to‘silib qolishi hamda sanitariya muammolariga sabab bo‘lmoqda. Tabiatga befarqlik — kelajakka befarqlikdir. Barcha fuqarolarni atrof-muhit tozaligini saqlashga mas’uliyat bilan yondashishga chaqiramiz. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Publikuar 21 maj
“Daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt — 20 yil oldin edi. Ikkinchi eng yaxshi vaqt esa — hozir.” Bugun ekilgan nihol — kelajak uchun investitsiya. — Konfutsiy
Publikuar 20 maj
🌙🍀Tungi nazorat reydlari davom etmoqda Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Xo‘jaobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hududda tungi nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda. Reydlar davomida atrof-muhitni ifloslantirish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash hamda ekologiya qonunchiligi talablarini buzish bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. ⚠️Tabiatni asrash — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz! Hurmatli fuqarolar, atrof-muhit musaffoligini saqlashda befarq bo‘lmaylik. #Ekologiya#Xojaobod#TungiReyd#TozaHudud#EkologikNazorat
Publikuar 20 maj
📍Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi Ijtimoiy tarmoqlar orqali Izboskan tumani, Poytuq shahridagi Poytuq istirohat bog‘i (charxpalak tomondan kirish darvozasi yaqinida) hududida ayrim shaxslar tomonidan chinor daraxtlari ostida noqonuniy qurilmalar tashkil etilib, daraxtlarga zarar yetkazilayotgani yuzasidan kelib tushgan murojaat Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida daraxt soyasida savdo faoliyati olib borayotgan shaxslar tomonidan vaqtinchalik qurilmalar o‘rnatilgani aniqlangan. Mazkur holatda ekologiya organlari tomonidan noqonuniy qurilmalarni buzdirish vakolati mavjud emasligi ma’lum qilinadi. Shu bilan birga, hududdagi chinor daraxtlariga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida daraxt tanasiga qoqilgan mixlar olib tashlanib, mas’ullarga daraxtlarga shikast yetkazmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🌿Daraxtlar — tabiatning bebaho ne’mati. Ularni asrash barchamizning burchimizdir.
Publikuar 20 maj
✅Yovvoyi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini yig‘ish tartibi belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 245-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan “Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/167433 ✅ Определён порядок сбора технического и лекарственного сырья дикорастущих растений Принято постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан №245 «О мерах по совершенствованию порядка сбора и заготовки дикорастущих растений». Документом утверждено Положение «О порядке сбора и заготовки технического и лекарственного сырья дикорастущих растений, а также дикорастущих растений для пищевых целей». https://gov.uz/ru/eco/news/view/167433 ✅Procedure for the Collection of Wild Technical and Medicinal Plant Raw Materials Approved Resolution No. 245 of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan “On Measures to Improve the Procedure for the Collection and Harvesting of Wild-Growing Plants” has been adopted. The document approves the Regulation “On the Procedure for the Collection and Harvesting of Technical and Medicinal Raw Materials of Wild-Growing Plants, as well as Wild-Growing Plants for Food Purposes.” https://gov.uz/en/eco/news/view/167458 📱Instagram| 📱Telegram|📱Facebook| X| 📱Linkedin