TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
Technologies⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Recent posts
Tag: #ai · 21 posts
Posted Feb 18
🔎Google I/O 2026 konferensiyasi 19–20-may kunlari bo‘lib o‘tadi. 🆕Google sun’iy intellekt sohasidagi yangi ishlanmalarini, shuningdek Gemini, Android, Chrome va boshqa o‘z mahsulotlari bo‘yicha yangilanishlarni namoyish etishni va’da qilmoqda. ✨ Konferensiyada xodimlar va ekspertlarning chiqishlari kutilgan — ular sun’iy intellektning kelajagi mavzusida ta’limiy ma’ruzalar taqdim etadi. ➡️#google#io#ai | Birinchi IT-Blog
Posted Feb 16
📽 Gollivudga zarba — Higgsfield kompaniyasi Cinema Studio 2.0 ni taqdim etdi. 💻 Virtual kinostudiya yangilanishida “kamera”ni burish imkoniyati qo‘shildi: endi kerakli rakursni olish uchun sahnani 40 marta qayta qurish shart emas — sahna ichida shunchaki harakatlanish kifoya. ℹ️ Bundan tashqari, effektli slow-motion yoki dinamik ekshen uchun tezlikni oshirish va sekinlashtirish funksiyasi, shuningdek, bitta tugma orqali butun stilistikani o‘zgartirish (masalan, romantikadan horror janriga) imkoniyati ham qo‘shildi. 💻 Xullas, o‘z blokbasteringizni bu yerda yarating. ➡️#ai#higgsfield | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Feb 8
😮 Yangi neyron tarmoq videolarni inson kabi “suratga oladi” 🇨🇳 Xitoyliklar Seedance 2.0 modelini taqdim etdi va uning imkoniyatlari hayratlanarli: · bitta promptdan to‘liq qisqa metrajli film yaratish; · 8 tilda ideal lipsink; · RayFlow optimizatsiyasi tufayli tez generatsiya; · 1080p tasvir sifati; · ortiqcha qo‘l-oyoqlar yoki “matritsa baglari” yo‘q; · jang sahnalari va kino uslubida kamera harakati; · yetakchi animatsiya studiyalari darajasida multfilm generatsiyasi. 🧑💻 AI’ga erta kirish imkoniyatini olgan kontent-meykerlar katta hayajon bilan fikr bildirmoqda — bu instrument Kling 3.0 va Sora 2 aralashmasiga o‘xshaydi. ✅ O‘zingiz ham “Gollivud” kontentini shu yerda yaratib ko‘ring. ➡️#ai#seedance | Birinchi IT-Blog
Posted Feb 8
⛷Olimpiada ochilish marosimidagi AI'da qilingan video tanqid qilindi 🇮🇹 Italiyada o‘tayotgan Qishki Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida so‘nggi 100 yil tarixiga bag‘ishlangan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan video namoyish etildi. Biroq video sifati sabab ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar paydo bo‘ldi. 🤨 Tomoshabinlar videodagi g‘alati animatsiyalar va xatolarni muhokama qilib, bunday yirik tadbirda an’anaviy kreativ ishlar o‘rniga AI’dan foydalanish to‘g‘ri bo‘lmaganini yozishmoqda. ✨ Ba’zi izohlarda esa Olimpiada sun'iy intellekt emas inson yutuqlari ramzi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Siz qanday fikrdasiz? ➡️#ai#sport | Birinchi IT-Blog
Posted Jan 30
🔎Google Genie 3 ni taqdim etdi. Bu interaktiv virtual olamlar yaratadigan neyrotarmoq. 🌐Genie 3 matnli tavsif asosida to‘liq virtual muhit yaratish imkonini beradi. Foydalanuvchi sahnani tasvirlab, ko‘rish formatini tanlaydi va natijada erkin harakatlanish mumkin bo‘lgan generatsiya qilingan dunyoni oladi. Aslida bu oddiy fizika va muhit reaksiyasiga ega qisqa shaxsiy “videoo‘yin” hisoblanadi. ✅ Ma’lum bo‘lganlari: * virtual olamlar matnli so‘rov orqali yaratiladi; * erkin harakatlanish va ko‘rish qo‘llab-quvvatlanadi; * har bir sessiya 60 soniya bilan cheklangan; * yakunda video yozuvni yuklab olish mumkin. 💎 Hozircha Ultra obuna bilan sinab ko‘rish mumkin. ➡️#google#ai | Birinchi IT-Blog
Posted Dec 18
🗣ElevenLabs endi raqobatda qiyin ahvolda — uni ochiq manbali Chatterbox Turbo modeli o'yindan chiqarishi mumkin 🆚 Namuna yozuvlarini solishtirsangiz, bu ovoz klonlash va audio generatsiya sohasida haqiqiy portlash ekani ko‘rinadi. ✅ Asosiy afzalliklari: • Juda yengil: 350 mln parametrli modelni hatto oddiy kompyuter ham ishlata oladi. • Raqobatchilardan 6 baravar tez audio yaratadi. • Ovoz klonlash uchun atigi 5 soniya yetadi. • Emotsiyani slayderlar yoki promptlar orqali o‘zgartirish mumkin. • 23 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi. 👉 Bepul sinab ko‘rish uchun ushbu havoladan foydalaning. ➡️#ai | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Dec 11
💬 GPT-5.2 rasman chiqdi — Altman Gemini 3 atrofidagi shov-shuv sabab rejalashtirilgan muddatdan bir oy oldin yangi modelni taqdim etdi: — Modelning uch versiyasi: Instant — tezlik uchun, Thinking — murakkab vazifalar uchun, Pro — maksimal aniqlik uchun. — Kod yozish, UI va frontend bo‘yicha yangi cho‘qqi. — Xatoliklar 30% ga kamaygan. — Kontekst oynasi bir necha baravar kengaytirilgan. — Mantiqiy fikrlashda GPT-5.1 ga nisbatan ancha tez ishlaydi. — Bilimlar bazasi 2025-yil avgustigacha yangilangan. ➡️#ai#openai | Birinchi IT-Blog
Posted Dec 11
📺Disney OpenAI’ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi — bu esa 2026-yildan boshlab Sora’da mashhur qahramonlarni generatsiya qilish imkonini beradi ✅ Oddiy foydalanuvchilar uchun 200 dan ortiq qahramon ochiladi: Marvel, Star Wars, Pixar, hattoki Mikki va Mini Maus ham. 🎞 Shuningdek, Disney o‘z filmlari va multfilmlari uchun kontentni sunʼiy intellekt orqali yaratishni boshlaydi. 📅 2026-yilni — Disney brainrot yili deb e’lon qilamiz. “Disney-brainrot” — internet slang bo‘lib, Disney kontentiga haddan tashqari qiziqib ketish, doimiy ravishda shu haqda o‘ylash yoki shu qahramonlar bilan yashash holatini anglatadi. ➡️#disney#ai#openai | Birinchi IT-Blog
Posted Nov 27
🍌 Kutilmaganda Flux 2, yangi kuchli tasvir generatori chiqdi — Endi 10 tagacha referens ko‘rsatish mumkin, Flux 2 ularning barchasidagi detallarni hisobga oladi. — Yoritish, teksturalar va umumiy realizm sezilarli darajada yaxshilangan. — Rasm ichidagi matn ancha aniq render qilinadi. — Model fizika va optika qonunlarini yaxshiroq tushunadi, shuning uchun vizuallar endi “plastmassa” ko‘rinmaydi. — Ruxsat etilgan aniqlik 4 megapikselgacha oshirilgan. 👉Bu yerda sinab ko'rish mumkin yoki Hugging Face'dan yuklab olish. ➡️#ai#flux | Birinchi IT-Blog
Posted Nov 9
🦾 Xitoy kompaniyasi Kimi K2-Thinking nomli sun’iy intellekt modelini taqdim etdi — u GPT-5 va Sonnet 4.5'dan ustun natijalar ko‘rsatgan ℹ️ Bundan tashqari, ushbu LLM (katta til modeli) bilan ishlash narxi amerikalik analoglariga qaraganda ancha arzon. Hatto internetda Moonshot AI (model yaratuvchisi) o‘zini zarariga ishlayotgani haqida taxminlar paydo bo‘lgan. 👉 Yangi modelni sinab ko‘rish uchun kimi.com saytiga kirib mutlaqo bepul foydalanish mumkin. ➡️#ai#kimi | Birinchi IT-Blog
Posted Apr 12
😱 Sun'iy intellektning rivojlanishida har birimizning xissamiz bor. 📝 "Captcha"lar orqali u o'qishni, ko'rishni va eshitishni o'rgandi. Siz orqali, biz orqali. 💬 Bu borada ChatGPT'ning fikri quyidagicha: "Sizning CAPTCHA kiritishingiz orqali, AI’lar (men emas, balki OCR va boshqa tizimlar) eski matnlarni o‘rganishga imkon topgan. Va bu bilvosita tarzda mening ham bilim bazamga ta’sir qilgan. Bu degani, ha, siz bexabar tarzda sun’iy intellekt rivojiga yordam bergansiz. Tabriklayman — siz AI tarbiyasiga hissa qo‘shgansiz." ▶️ To'liq podcastni YouTube'dagi "Jasur Rahmon" kanalidan topasiz. 📱https://youtu.be/w8WO-sJVvNs ➡️#ai | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Apr 9
🛒 Amazon kompaniyasi Nova Reel modelini yangilab, endi 2 daqiqagacha bo‘lgan videolarni yaratish imkoniyatini qo‘shdi ✅ Asosiy o‘zgarishlar: - Video uzunligi: Endi model 2 daqiqagacha bo‘lgan videolarni generatsiya qila oladi. - Segmentlar: Har bir video 6 soniyali qismlardan iborat bo‘ladi. - Multishot Manual rejimi: Bu rejimda foydalanuvchilar matnli so‘rov bilan birga rasm ham yuklab, modelga boshlang‘ich nuqtani ko‘rsatishlari mumkin. ⚠️Cheklovlar: - Matnli so‘rov hajmi: Rasm bilan ishlaganda, matnli so‘rov 512 belgigacha cheklangan. - Kadrlar soni: Bunday holatda, video faqat 20 kadrdan iborat bo‘ladi. 🦝 Yangilangan Nova Reel 1.1 modeli AWS platformasi orqali foydalanish uchun mavjud. Amazon, modelni o‘qitishda ishlatilgan videolar manbasini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, foydalanuvchilarni mualliflik huquqlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan da’volardan himoya qilishini bildirgan. ➡️#amazon#ai | Birinchi raqamli IT-Blog