TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz

Technologies

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

Subscribers1.7万Current channel subscribers
Tracked posts1,006Indexed post count
Recent reach73,530Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Tag: #chatgpt · 12 posts

当前筛选 #chatgpt清除筛选

Posted Apr 23

🖼 Eng realistik rasmlarni qaysi generator yaxshiroq yaratadi? 🔥 — Google NanoBananaPro ❤️ — ChatGPT Image 2.0 ➡️#nanobanana#chatgpt | Birinchi IT-Blog

4,750 views

Posted Jan 17

🤖Keyingi haftadan ChatGPT’da reklama paydo bo‘ladi — faqat obuna uchun to‘lamaydigan foydalanuvchilar uchun 🤖 Ishlab chiquvchilar reklama sun’iy intellekt javoblari ichiga joylashtirilmasligini va foydalanuvchi ma’lumotlari shaxsiylashtirilgan reklama uchun reklama beruvchilarga uzatilmasligini ma’lum qildi. ➡️#openai#chatgpt | Birinchi raqamli IT-Blog

9,470 views

Posted Dec 17

💬ChatGPT o‘zining Nano Banana Pro nomli yangi ChatGPT Images modelini taqdim etdi 🖼 Model yanada aniqroq prompt tushunishi, tasvirdagi detallarning yaxshi saqlanishi va avvalgidan 4 baravar tezroq generatsiya va’da qilmoqda. 🆓 Eng quvonarlisi — kechadan boshlab u barcha foydalanuvchilar, hatto bepul hisob egalari uchun ham ishga tushirildi! ➡️#chatgpt#openai | Birinchi IT-Blog

4,140 views

Posted Nov 13

💬 OpenAI GPT-5.1ni taqdim etdi — ChatGPT’ning yangilangan va yanada “insoniy” versiyasi. 🤖GPT-5 chiqarilganidan uch oy o‘tib, kompaniya uning yangilangan talqini — GPT-5.1ni taqdim qildi. OpenAI’ning aytishicha, yangi model “iliqroq, aqlliroq va foydalanuvchi ko‘rsatmalarini yanada yaxshi tushunadi”. ✅Asosiy yangilanishlar • GPT-5.1 Instant — asosiy rejim. Javoblar tabiiyroq, shablonsiz va ko‘rsatmalarga aniqroq amal qiladi. Standart ohang — do‘stona. • GPT-5.1 Thinking — kengaytirilgan mantiqiy fikrlash rejimi. Oddiy vazifalarda tezroq, murakkab vazifalarda barqarorroq, ohangi esa iliq qoladi. • Shaxsiylashtirish imkoniyatlari kengaydi: ohangni professional, do‘stona yoki norasmiy uslubga moslab tanlash mumkin. • Aniq ko‘rsatmalarni bajarish yaxshilangan: model “olti so‘zda javob ber” kabi chegaralarga aniq amal qiladi. ✅Ishlash tartibi Avvalgidek, ChatGPT avtomatik ravishda Instant yoki Thinking rejimidan qaysi biri mos ekanini tanlaydi. ✅ Mavjudlik GPT-5.1 bosqichma-bosqich Pro, Plus, Go va Business tariflari uchun yoqilmoqda. Bepul foydalanuvchilar esa keyingi bosqichdan so‘ng foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. 📅GPT-5 esa kamida yana uch oy davomida faol bo‘lib turadi. ➡️#openai#chatgpt | Birinchi IT-Blog

4,910 views

Posted Nov 11

💬 ChatGPT’ga guruh chatlari funksiyasi qo‘shilishi mumkin — bu haqda insayderlar ma’lumot tarqatdi ℹ️ Ularning aytishicha, foydalanuvchilar guruhga qo‘shilish, xabarlar tarixini ko‘rish, reaksiyalar qo‘yish va fayl yuklash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Chiqarilish sanasi hozircha noma’lum. Rasmiy e’londan kutyapmiz. ➡️#chatgpt#openai | Birinchi IT-Blog

4,100 views

Posted Apr 18

⚡️ GPT-o3 chiqdi — neyrotexnologiyalar olamining yangi qiroli! ⚠️ Qisqa va lo‘nda tushuntiramiz: — GPT-o1 endi tarixda. Yangi model uni to‘liq almashtirdi va har jihatdan ustun. — Bu endi oddiy chat-bot emas, to‘laqonli sun’iy intellekt tizimi. — Kodni yozishda yirtqich. OpenAI dasturchilari ham tan oldi — bu model ularning o‘zlaridan ham yaxshiroq yozmoqda. — Codeforces va boshqa platformalarda masalalarni chempion darajasida hal qiladi, raqobatchilarni yanchib tashlaydi. — Ilmiy maqolalarmi? Bir zumda o‘qib, tahlil qiladi, asosiy fikrni topadi va xulosa chiqaradi. — G‘oyangizni davom ettiradi — kontekstni yo‘qotmaydi, mantig‘iy rivojlantirishni taklif qiladi. — Formulalardan qo‘rqmaydi: fizika, matan, kimyo, iqtisod — nima bo‘lsa ham yuklayvering. — GPT-o3 va o4-mini — bugundan boshlab pullik obunachilar uchun mavjud. 🤯 Bu oddiy vosita emas. Bu — insoniyatning keyingi bosqichi. 🎥#chatgpt#openai | Birinchi raqamli IT-Blog

7,800 views

Posted Apr 9

Chat GPT O'zbekistonda soliq to'laydigan bo'libdi. Open AI kompaniya soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tgan. Bu endi O'zbekistondan qilinadigan daromaddan QQS va boshqa soliqlar to'lanishini anglatadi. Endi qo'rqmasdan ChatGPT O'zbekistonda rasmiy va qonuniy xizmat deyishimiz mumkin. Hozirda Chat GPTning bepul, 20 $lik Plus va 200 $lik Pro versiyalari mavjud. Soliq to'lash narxlarga ta'sir qilishi yoki yo'qligi haqida ma'lumot berilmagan. #soliq#chatgpt @allaevuzb

4,700 views

Posted Apr 2

🤖 Sunʼiy ong inson darajasiga yetdimi? GPT-4.5 Tyuring testidan muvaffaqiyatli o‘tdi! 🧠 OpenAI tomonidan ishlab chiqarilgan GPT-4.5 modeli tarixda ilk marta mashhur Tyuring testidan oʻtib, o‘zini inson sifatida tanitishga muvaffaq bo‘ldi. ✅ Test natijalari: GPT-4.5 muloqot davomida 92% ishtirokchilarni haqiqiy inson ekanligiga ishontirdi. Testda ishtirok etgan odamlardan faqat 8% u bilan gaplashayotgan sunʼiy intellekt ekanini sezdi. 🚀 Bu voqea sunʼiy intellekt tarixida yangi bosqichni boshlashi mumkin. Biroq ekspertlar bu natijalar yuzasidan bahslarni davom ettirmoqda. ➡️#openai#chatgpt | Birinchi raqamli IT-Blog

4,810 views

Posted Apr 1

🍽 U ENDI BEPUL! Mashhur rasm generatori GPT-4o endi barcha uchun ochiq 🆓 Hatto pulli obunasi yo‘q foydalanuvchilar ham foydalanishi mumkin. Bu haqda Sem Altman o‘z X'da e’lon qildi. 🗓️ Bu 1-aprel hazili emas — tekshirildi, bepul versiyada ham ishlayapti. Tezroq sinab ko‘ring: chatgpt.com Yoki vaqtincha hazilmikana? 🥲 ➡️#openai#chatgpt | Birinchi raqamli IT-Blog

4,730 views

Posted Feb 27

🧠ChatGPT 4.5 chiqdi: sun’iy intellekt monstri Elon Maskning Grok 3 modelidan barcha (!) jihatlarda ustun. Ammo bu hammasi emas: ⚠️ Eng yirik va eng bilimli sun’iy intellekt modeli o‘zining QUVVATINI sinovlarda isbotladi: — 115 ta kodlash savollari bo‘yicha sinovda 78% natija ko‘rsatdi. Bu GPT-o1 dan pastroq. — Alahsirashlar va xatolar ancha kamaygan. Hatto GPT-o1 Pro dan ham ishonchliroq. — Dasturiy ta’minot va koddagi xatolarni topish bo‘yicha testda 35% natija, bu GPT-4o dan biroz yuqori. GPT-4.5 yanada kuchli estetik sezgi va kreativlikni namoyish etmoqda... 💸 Hozircha GPT-4.5 faqat $200 evaziga Pro-obunachilar uchun ochiq. Kelasi hafta esa Plus-obunachilar uchun ham ochiladi. ➡️#openai#chatgpt | Birinchi raqamli IT-Blog

12,400 views

Posted Feb 8

🙉ChatGPT quturishni boshladi! 📱 ChatGPT'ning yangi o3-mini-high modeli foydalanuvchining savoliga javob berish jarayonida uni "maymun" deb atadi. Foydalanuvchi bu haqda so‘raganida, tizim xatolik yuzaga kelganini bildirgan. ℹ️ Asosiy tafsilotlar: o3-mini-high modeli javob berishdan oldin fikrlar zanjirini tuzadi va foydalanuvchi bu jarayonni ko‘rishi mumkin. Javobning bir qismida: "...maymun, ko‘ryapsanku, muhokama qilmoqda..." degan ifoda mavjud edi. 💬 Foydalanuvchi nima uchun sun'iy intellekt uni "maymun" deb ataganini so‘raganida, tizim xatolik haqida xabar berdi va javob bermadi. ⚠️ Bu hodisa sun'iy intellekt modellarining ba'zan kutilmagan xatoliklarga yo‘l qo‘yishini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatlar foydalanuvchilar va ishlab chiquvchilar uchun muhim saboq bo‘lib, sun'iy intellekt tizimlarini yanada takomillashtirish zarurligini eslatadi. ➡️#chatgpt#openai | Birinchi raqamli IT-Blog

6,550 views

Posted Feb 6

📱OpenAI barcha uchun o‘z qidiruv tizimini ishga tushirdi — endi Search’dan ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish mumkin. • Hech qanday havolalar ro‘yxati yo‘q — SearchGPT darhol tayyor javoblarni, jadvallar, rasmlar va sxemalar bilan taqdim etadi. • U veb-saytda mavjud va asosiy qidiruv tizimi sifatida o‘rnatish oson. Birinchi 10 ming foydalanuvchi uchun kirish imkoniyati mana bu yerda: chatgpt.com ➡️#openai#chatgpt | Birinchi raqamli IT-Blog

5,170 views