TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
Technologies⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Recent posts
Tag: #google · 21 posts
Posted Feb 18
🔎Google I/O 2026 konferensiyasi 19–20-may kunlari bo‘lib o‘tadi. 🆕Google sun’iy intellekt sohasidagi yangi ishlanmalarini, shuningdek Gemini, Android, Chrome va boshqa o‘z mahsulotlari bo‘yicha yangilanishlarni namoyish etishni va’da qilmoqda. ✨ Konferensiyada xodimlar va ekspertlarning chiqishlari kutilgan — ular sun’iy intellektning kelajagi mavzusida ta’limiy ma’ruzalar taqdim etadi. ➡️#google#io#ai | Birinchi IT-Blog
Posted Feb 12
🔎Google Rossiyada bloklanishi mumkin 🇷🇺 Bu haqda Davlat dumasi ma’lum qildi — deputatlar so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Rossiya telekanallariga 91,5 kvintillion rubl qarzdor. Gap 20 xonali summa haqida ketmoqda. ➡️#google | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Jan 31
🔎 Google kompyuter uchun Aluminium OS interfeysini oshkor qildi ℹ️ Google yangi Aluminium OS ustida ishlamoqda — u Android va ChromeOS gibridi bo‘ladi. Tizim Google Play ilovalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi hamda klaviatura va sichqoncha uchun mos interfeysga ega. 💻 Sizib chiqqan videoda HP Chromebook Elite Dragonfly 13.5’da Android’ga xos vazifalar paneli va holat satri ko‘rinadi. Ehtimoliy reliz shu yili bo'ladi. ➡️#google | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Jan 30
🔎Google Genie 3 ni taqdim etdi. Bu interaktiv virtual olamlar yaratadigan neyrotarmoq. 🌐Genie 3 matnli tavsif asosida to‘liq virtual muhit yaratish imkonini beradi. Foydalanuvchi sahnani tasvirlab, ko‘rish formatini tanlaydi va natijada erkin harakatlanish mumkin bo‘lgan generatsiya qilingan dunyoni oladi. Aslida bu oddiy fizika va muhit reaksiyasiga ega qisqa shaxsiy “videoo‘yin” hisoblanadi. ✅ Ma’lum bo‘lganlari: * virtual olamlar matnli so‘rov orqali yaratiladi; * erkin harakatlanish va ko‘rish qo‘llab-quvvatlanadi; * har bir sessiya 60 soniya bilan cheklangan; * yakunda video yozuvni yuklab olish mumkin. 💎 Hozircha Ultra obuna bilan sinab ko‘rish mumkin. ➡️#google#ai | Birinchi IT-Blog
Posted Nov 11
📱 Google Play Market’da batareyani haddan tashqari tez tugatadigan ilovalarni alohida belgilab qo‘yadi ℹ️ Yangi tartibga ko‘ra, agar ilova asosli sabab bo‘lmasdan qurilmani orqa fonda 24 soat ichida kamida 2 soat faol holatda ushlab tursa (masalan, musiqani tinglash yoki kontent yuklash bundan mustasno), u batareyani ko‘p sarflovchi sifatida ko‘rsatib qo‘yiladi. 📉 Bundan tashqari, bunday ilovalar Play Market tavsiyalaridan olib tashlanadi. ➡️#google#ilova | Birinchi IT-Blog
Posted Oct 15
🔥 Pixel 10 Pro Fold JerryRigEverything studiyasida sinov vaqtida yonib ketdi ➡️#google | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Aug 8
🔎Google Pixel 10’da ovoz orqali fotosuratlarni tahrirlash sun’iy intellekt funksiyasi paydo bo‘ladi ℹ️ Bu funksiya Gemini modeli asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga oddiy ovoz buyruqlari, masalan, «fonni o‘zgartir», «yorqinligini oshir», «ob’ektni olib tashla» kabi buyruqlar orqali fotosuratlarni tahrirlash imkoniyatini beradi. Agar ovoz orqali buyruq berish qulay bo‘lmasa, matn shaklida ham buyruq berish mumkin bo‘ladi. 📱 Ehtimol, keyinroq bu funksiya Pixel’ning oldingi modellarida ham paydo bo‘lishi mumkin, ammo dastlab u faqat Google Pixel 10 liniyasi uchun eksklyuziv bo‘ladi. 📅Pixel 10 taqdimoti 20-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Yaqinda kompaniya tadbirning rasmiy tizerini taqdim etdi. ➡️#google#pixel | Birinchi raqamli IT-Blog
Posted Jul 27
🖼Pixel 10, Pixel Watch 4 va Pixel Buds 2a to‘liq liniyasining promo-materiallari tarqaldi 🔎 Google’ning Made by Google 2025 taqdimoti aslida 20-avgustga belgilangan. Lekin unga qadar rasmlar orqali yangi gadjetlar bilan tanishishingiz mumkin. ➡️#google#pixel | Birinchi raqamli IT-Blog
Posted Jul 19
🔎 Pixel 10 Pro Fold'ning to‘liq texnik xususiyatlari 📱 Tashqi ekran biroz kattalashib, 6,4 dyuym bo‘ladi va yorqinligi 3000 nitgacha oshadi. Ramkalar kichikroq, bukiladigan mexanizm kamroq ko‘rinadi. ℹ️ Qurilma yangi Tensor G5 chipi, katta sig‘imli akkumulyator va IP68 darajasida suv va changdan himoyalangan. ⚙️ Asosiy texnik xususiyatlar: - Ichki ekran: 8,0" OLED, 1–120 Hz - Tashqi ekran: 6,4" OLED, 120 Hz - Protsessor: Google Tensor G5 - Kameralar: 48 MP (asosiy) + 10 MP (telefoto) + 10 MP (ultra keng) + 10 MP (selfi) - Xotira variantlari: 16/256 GB, 16/512 GB, 16/1024 GB - Akkumulyator: 5015 mA·soat, 23 W tez, 15 W simsiz quvvatlanish - Himoya: IP68 💰 Narxi: $2,200 dan boshlanadi. ✅ Yuqori narxiga qaramay, bu model premium segmentdagi eng ilg‘or bukiluvchi smartfonlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. ➡️#pixel#google | Birinchi raqamli IT-Blog
Posted May 12
🔎 Google logotipini yangiladi ℹ️ Aniq-tiniq ajratilgan ranglardan voz kechib, hammasini bir-biriga qo'shdi va silliq gradient hosil qildi. 🙃 Fikringizni bir tiyinlik ta'siri bo'lmasa ham, ayting, qaysi biri ma'qul? 👉#google | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 15
🎤 Google Assistant endi tarixga aylanadi – o‘rniga Gemini 🔎 Nimalar o‘zgaradi? - Google Assistant asta-sekin o‘chiriladi. - Gemini barcha smartfonlar, planshetlar, aqlli soatlar, avtomobillar va televizorlarga integratsiya qilinadi. - Eski Android 9 va pastroq versiyalarda Google Assistant hali ishlashda davom etadi. 📅 To‘liq o‘tish jarayoni yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Yangi AI yordamchiga tayyormisiz? ➡️#google | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 7
🔎 Google Pixel 9a rasmiy promo-fotosuratlari tarqaldi 🖼 Insayder Evan Blass yaqinlashib kelayotgan smartfon taqdimoti uchun mo‘ljallangan Pixel 9a’ning rasmiy tasvirlarini e’lon qildi. ℹ️Pixel 9a haqidagi ma’lumotlar birinchi bor o‘tgan yilning avgust oyida tarqala boshlagan. Smartfon quyidagi texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi: 📌 Tensor G4 chipi 📌 8 GB RAM, 128 yoki 256 GB xotira 📌48 MP + 13 MP kameralar 📌 Ekran diagonalining 6,1 dan 6,3dyuymgacha oshirilishi 📅 Taqdimot sanasi: 19-mart 💰 Asosiy model narxi: $499 ➡️#google#pixel | Birinchi raqamli IT-Blog