TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
科技⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
最近帖子
标签筛选 #pixel · 共 4 条
🔎Google Pixel 10’da ovoz orqali fotosuratlarni tahrirlash sun’iy intellekt funksiyasi paydo bo‘ladi ℹ️ Bu funksiya Gemini modeli asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga oddiy ovoz buyruqlari, masalan, «fonni o‘zgartir», «yorqinligini oshir», «ob’ektni olib tashla» kabi buyruqlar orqali fotosuratlarni tahrirlash imkoniyatini beradi. Agar ovoz orqali buyruq berish qulay bo‘lmasa, matn shaklida ham buyruq berish mumkin bo‘ladi. 📱 Ehtimol, keyinroq bu funksiya Pixel’ning oldingi modellarida ham paydo bo‘lishi mumkin, ammo dastlab u faqat Google Pixel 10 liniyasi uchun eksklyuziv bo‘ladi. 📅Pixel 10 taqdimoti 20-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Yaqinda kompaniya tadbirning rasmiy tizerini taqdim etdi. ➡️#google#pixel | Birinchi raqamli IT-Blog
🖼Pixel 10, Pixel Watch 4 va Pixel Buds 2a to‘liq liniyasining promo-materiallari tarqaldi 🔎 Google’ning Made by Google 2025 taqdimoti aslida 20-avgustga belgilangan. Lekin unga qadar rasmlar orqali yangi gadjetlar bilan tanishishingiz mumkin. ➡️#google#pixel | Birinchi raqamli IT-Blog
🔎 Pixel 10 Pro Fold'ning to‘liq texnik xususiyatlari 📱 Tashqi ekran biroz kattalashib, 6,4 dyuym bo‘ladi va yorqinligi 3000 nitgacha oshadi. Ramkalar kichikroq, bukiladigan mexanizm kamroq ko‘rinadi. ℹ️ Qurilma yangi Tensor G5 chipi, katta sig‘imli akkumulyator va IP68 darajasida suv va changdan himoyalangan. ⚙️ Asosiy texnik xususiyatlar: - Ichki ekran: 8,0" OLED, 1–120 Hz - Tashqi ekran: 6,4" OLED, 120 Hz - Protsessor: Google Tensor G5 - Kameralar: 48 MP (asosiy) + 10 MP (telefoto) + 10 MP (ultra keng) + 10 MP (selfi) - Xotira variantlari: 16/256 GB, 16/512 GB, 16/1024 GB - Akkumulyator: 5015 mA·soat, 23 W tez, 15 W simsiz quvvatlanish - Himoya: IP68 💰 Narxi: $2,200 dan boshlanadi. ✅ Yuqori narxiga qaramay, bu model premium segmentdagi eng ilg‘or bukiluvchi smartfonlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. ➡️#pixel#google | Birinchi raqamli IT-Blog
🔎 Google Pixel 9a rasmiy promo-fotosuratlari tarqaldi 🖼 Insayder Evan Blass yaqinlashib kelayotgan smartfon taqdimoti uchun mo‘ljallangan Pixel 9a’ning rasmiy tasvirlarini e’lon qildi. ℹ️Pixel 9a haqidagi ma’lumotlar birinchi bor o‘tgan yilning avgust oyida tarqala boshlagan. Smartfon quyidagi texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi: 📌 Tensor G4 chipi 📌 8 GB RAM, 128 yoki 256 GB xotira 📌48 MP + 13 MP kameralar 📌 Ekran diagonalining 6,1 dan 6,3dyuymgacha oshirilishi 📅 Taqdimot sanasi: 19-mart 💰 Asosiy model narxi: $499 ➡️#google#pixel | Birinchi raqamli IT-Blog