TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
Technologies⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Recent posts
Tag: #microsoft · 6 posts
Posted Jan 17
🪟Windows 11 yangilanishi kompyuterni o‘chirish tugmasini “buzib qo'ydi” — foydalanuvchilar cheksiz "perezagruzka"lardan shikoyat qilmoqda. 🖥KB5073455 yangilanishida xatolik aniqlanib, tizim kompyuterni to‘g‘ri o‘chira olmayapti yoki uyqu rejimiga o‘tolmayapti. Natijada kompyuter qayta-qayta restart bo‘lib ketmoqda. 💻Microsoft muammoni tan oldi va vaqtinchalik yechim taklif qildi. Kompyuterni to‘g‘ri o‘chirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: 1. Qidiruv satriga cmd yozing. 2. Buyruqlar qatori (Command Prompt) ni ishga tushiring. 3. Quyidagi buyruqni kiriting: shutdown /s /t 0 ➡️#windows#microsoft | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted May 5
📱 Rasman bugundan boshlab Skype ishlamaydi — butun bir davr yakunlandi ℹ️ 2011-yilda Microsoft ushbu messenjerni 8,5 milliard dollarga xarid qilgandi. Shu paytgacha Skype foydaga chiqa olmadi — 15 yil davomida zarar bilan ishlaganidan so‘ng, u nihoyat yopilmoqda. 💻 Barcha akkauntlar Microsoft Teams tizimiga ko‘chiriladi. 👉#microsoft#skype | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 29
💻Windows 11 yangilanishi: AI bilan qidiruv va yangi emoji tugmasi! 🔄 Microsoft Windows 11 uchun KB5053656 yangilanishini chiqardi. Bu versiyada ko‘plab foydali va zamonaviy funksiyalar mavjud. 🧠 AI-qidiruv Endi fayllarni oddiy tilda tariflab qidirish mumkin. Masalan: “O‘tgan dekabrda Toshkentda olingan oila rasmi” deb yozsangiz bo‘ladi. Funksiya faqat Copilot+ kompyuterlarida ishlaydi. 🎮 GamePad klaviatura Sensorli klaviatura uchun yangi GamePad tartibi qo‘shildi — bu geymerlar uchun qulay. 😄 Emoji tugmasi Vazifalar paneliga emojilar, GIF va stikerlar qo‘shish uchun tugma qo‘shildi. Xohlagan vaqtda o‘chirib qo'yish mumkin. ⚠️ Eslatma: Ba’zi foydalanuvchilar Start menyusi va File Explorer'da xatoliklar bo‘layotganini bildirgan. O‘rnatishdan avval buni inobatga oling. ➡️#microsoft@windows | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Feb 20
🪟Microsoft 17 yil davomida ishlab chiqilgan Majorana 1 kvant protsessorini taqdim etdi ℹ️ Majorana 1 protsessori topologik arxitekturaga asoslangan bo‘lib, kvant hisoblash tizimlari uchun yaratilgan. 👩💻 Ushbu chipda Microsoft hisob-kitoblar uchun Mayorana zarrachasidan foydalangan – u indiy arsenidi va alyuminiydan tashkil topgan yangi turdagi materialdir. 📈 Chipning birinchi versiyasida 8 ta kubit mavjud, ammo kelajakda ularning soni 1 milliongacha yetishi mumkin. 🖥 Mazkur texnologiya kvant kompyuterlarini yanada ommabop qilishga yordam beradi va ularni tibbiyot, ishlab chiqarish va ilm-fan sohalaridagi global muammolarni hal qilish uchun faol qo‘llash imkonini yaratadi. ➡️#kompyuter#microsoft#kvant | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Nov 20
💻1985-yil 20-noyabrda Microsoft o‘zining birinchi operatsion tizimi — Windows 1.0 ni taqdim etdi. Ushbu grafik interfeys foydalanuvchilarga MS-DOS ga qaraganda osonroq va qulayroq tajribani taklif qilgan. 🎨 Dasturlar ro‘yxatida Paint, Notepad, Write va qiziqarli o‘yin Reversi o‘z o‘rnini topgandi shu vaqtda. 👨💻 Yaratishda 24 dasturchi ishtirok etdi, lekin dastlab tizim katta muvaffaqiyatga erishmadi. Biroq bu kelajakdagi Windows versiyalarining poydevori bo‘ldi. ➡️#microsoft | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Sep 29
💻Microsoft xarajatlarni qisqartirish maqsadida Activision Blizzard'ning 400 nafar dasturchisini ishdan bo'shatdi ℹ️ Bir muncha vaqt oldin Microsoft rahbariyati o'z xodimlariga o'ta yomon xabarni aytgandi - yaqin kelajakda ba'zi mutaxassislar ishdan bo'shatishning navbatdagi bosqichi doirasida kompaniyani tark etishga majbur bo'lishadi. Shunda ham IT giganti vakillari ishdan bo'shatishning ma'lum bir qismi Microsoft'ning avvalroq 59 milliard dollarga sotib olingan eng yirik aktivi Activision Blizzard'ga ham ta'sir qilishini ta'kidladi. Xullas, bu jarayon davom etishi mumkin... ➡️#microsoft | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags