TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
Technologies⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Recent posts
Tag: #openai · 27 posts
Posted Apr 21
🤩Nano Banana endi tarixga aylanmoqda — OpenAI GPT Image 2 ni chiqarib, boshqa vizual generatorlarni “tor-mor qildi” • Yakuniy natijalarda maksimal darajada detalizatsiya • Sifat juda yuqori — rasmlar xuddi smartfon kamerasi bilan olingandek ko‘rinadi • Interfeyslar, o‘yin skrinshotlari, strimer kadrlar va hatto ancha ochiq tasvirlarni ham yaratish mumkin • Upscale darajasi juda yuqori • Toza ishlaydi: hech qanday buzilishlar yoki vizual “shovqin” yo‘q 👉 BEPUL sinab ko‘ring: chatgpt.com ➡️#openai | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 25
🤢 Gap mana shunaqa Sora'da generatsiya qilingan g'alati videolar haqida edi... ➡️#openai#sora | Birinchi IT-Blog
Posted Mar 25
📹 OpenAI Sora — video generatsiya qiluvchi AI bilan xayrlashdi, loyiha yopilmoqda. ☺️ Internetdagi “neyrochiqindi” biroz kamayadi, xayriyat... ➡️#openai#sora | Birinchi IT-Blog
Posted Jan 29
🤖 OpenAI botsiz ijtimoiy tarmoq yaratmoqchi ℹ️ OpenAI foydalanuvchilarni biometrik tekshiruv orqali tasdiqlaydigan yangi ijtimoiy tarmoq ustida ishlamoqda. Rejaga ko‘ra, bu platformada umuman botlar bo‘lmaydi. 🪪 Shaxsni tasdiqlash uchun iPhone’dagi Face ID va Sem Altman’ga tegishli ko‘z skanerlaridan foydalanish rejalashtirilgan. Bu har bir akkaunt ortida real inson borligini kafolatlaydi. ✅ Loyiha hozircha erta bosqichda, aniq muddatlar yo‘q. Asosiy “fisha”lardan biri esa kuchli AI-kontent generatori bo‘lishi kutilmoqda. ➡️#openai | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Jan 17
🤖Keyingi haftadan ChatGPT’da reklama paydo bo‘ladi — faqat obuna uchun to‘lamaydigan foydalanuvchilar uchun 🤖 Ishlab chiquvchilar reklama sun’iy intellekt javoblari ichiga joylashtirilmasligini va foydalanuvchi ma’lumotlari shaxsiylashtirilgan reklama uchun reklama beruvchilarga uzatilmasligini ma’lum qildi. ➡️#openai#chatgpt | Birinchi raqamli IT-Blog
Posted Dec 22
💬 OpenAI 2029-yilgacha jahon bo‘yicha xotira ishlab chiqarishining 40 foizigacha bo‘lgan qismini band qilib qo‘ydi. 📈 Bu degani, endi xotira kartalari yanada qimmatlashadi. ➡️#openai | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Dec 17
💬ChatGPT o‘zining Nano Banana Pro nomli yangi ChatGPT Images modelini taqdim etdi 🖼 Model yanada aniqroq prompt tushunishi, tasvirdagi detallarning yaxshi saqlanishi va avvalgidan 4 baravar tezroq generatsiya va’da qilmoqda. 🆓 Eng quvonarlisi — kechadan boshlab u barcha foydalanuvchilar, hatto bepul hisob egalari uchun ham ishga tushirildi! ➡️#chatgpt#openai | Birinchi IT-Blog
Posted Dec 11
💬 GPT-5.2 rasman chiqdi — Altman Gemini 3 atrofidagi shov-shuv sabab rejalashtirilgan muddatdan bir oy oldin yangi modelni taqdim etdi: — Modelning uch versiyasi: Instant — tezlik uchun, Thinking — murakkab vazifalar uchun, Pro — maksimal aniqlik uchun. — Kod yozish, UI va frontend bo‘yicha yangi cho‘qqi. — Xatoliklar 30% ga kamaygan. — Kontekst oynasi bir necha baravar kengaytirilgan. — Mantiqiy fikrlashda GPT-5.1 ga nisbatan ancha tez ishlaydi. — Bilimlar bazasi 2025-yil avgustigacha yangilangan. ➡️#ai#openai | Birinchi IT-Blog
Posted Dec 11
📺Disney OpenAI’ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi — bu esa 2026-yildan boshlab Sora’da mashhur qahramonlarni generatsiya qilish imkonini beradi ✅ Oddiy foydalanuvchilar uchun 200 dan ortiq qahramon ochiladi: Marvel, Star Wars, Pixar, hattoki Mikki va Mini Maus ham. 🎞 Shuningdek, Disney o‘z filmlari va multfilmlari uchun kontentni sunʼiy intellekt orqali yaratishni boshlaydi. 📅 2026-yilni — Disney brainrot yili deb e’lon qilamiz. “Disney-brainrot” — internet slang bo‘lib, Disney kontentiga haddan tashqari qiziqib ketish, doimiy ravishda shu haqda o‘ylash yoki shu qahramonlar bilan yashash holatini anglatadi. ➡️#disney#ai#openai | Birinchi IT-Blog
Posted Nov 13
💬 OpenAI GPT-5.1ni taqdim etdi — ChatGPT’ning yangilangan va yanada “insoniy” versiyasi. 🤖GPT-5 chiqarilganidan uch oy o‘tib, kompaniya uning yangilangan talqini — GPT-5.1ni taqdim qildi. OpenAI’ning aytishicha, yangi model “iliqroq, aqlliroq va foydalanuvchi ko‘rsatmalarini yanada yaxshi tushunadi”. ✅Asosiy yangilanishlar • GPT-5.1 Instant — asosiy rejim. Javoblar tabiiyroq, shablonsiz va ko‘rsatmalarga aniqroq amal qiladi. Standart ohang — do‘stona. • GPT-5.1 Thinking — kengaytirilgan mantiqiy fikrlash rejimi. Oddiy vazifalarda tezroq, murakkab vazifalarda barqarorroq, ohangi esa iliq qoladi. • Shaxsiylashtirish imkoniyatlari kengaydi: ohangni professional, do‘stona yoki norasmiy uslubga moslab tanlash mumkin. • Aniq ko‘rsatmalarni bajarish yaxshilangan: model “olti so‘zda javob ber” kabi chegaralarga aniq amal qiladi. ✅Ishlash tartibi Avvalgidek, ChatGPT avtomatik ravishda Instant yoki Thinking rejimidan qaysi biri mos ekanini tanlaydi. ✅ Mavjudlik GPT-5.1 bosqichma-bosqich Pro, Plus, Go va Business tariflari uchun yoqilmoqda. Bepul foydalanuvchilar esa keyingi bosqichdan so‘ng foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. 📅GPT-5 esa kamida yana uch oy davomida faol bo‘lib turadi. ➡️#openai#chatgpt | Birinchi IT-Blog
Posted Nov 11
💬 ChatGPT’ga guruh chatlari funksiyasi qo‘shilishi mumkin — bu haqda insayderlar ma’lumot tarqatdi ℹ️ Ularning aytishicha, foydalanuvchilar guruhga qo‘shilish, xabarlar tarixini ko‘rish, reaksiyalar qo‘yish va fayl yuklash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Chiqarilish sanasi hozircha noma’lum. Rasmiy e’londan kutyapmiz. ➡️#chatgpt#openai | Birinchi IT-Blog
Posted Oct 22
🧠 OpenAI ChatGPT Atlas — suhbatlasha oladigan sun’iy intellektli yangi brauzerni taqdim etdi 🌐 Atlas mustaqil ravishda turli ishlarni bajara oladi: ovqat buyurtma qilish, hujjatlarni tahrirlash, chipta topish yoki pochtani tekshirish. 💬 Har bir sahifada bevosita ChatGPT’ga murojaat qilish imkoniyati mavjud, brauzer esa izlash jarayonining butun kontekstini tushunadi. 💻 Dastlab Atlas macOS uchun chiqadi, keyin esa Android, iOS va Windows tizimlariga ham taqdim etiladi. 👀 Xo'sh, Chrome bilan xayrlashamizmi? ➡️#openai | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags