Recent posts
Page 3 of 5 · 51 posts
Posted Oct 30
Videoni shu qismida: -kitob do‘konida ishlagan odam hamma kitobni o‘qigan bo‘lishi kerak degan tushuncha bo‘ladi degan joyida orqa fonda tirjayib kitob o‘qib o‘tirgan yigit Inomjon rostan kitob o‘qiyaptimi yoki nahorgi oshda osh yeb o‘tirsang kamera keb qolsa o‘zini huddi osh yemagandek kameraga moslashvolib o‘tiradigan odamdek tutyaptimi😂
Posted Oct 26
"Asab va ruhiyat" ilmiy-ommabop kitobi, "Tibbiyot psixologiyasi" darsligi va bundan tashqari bir qator darsliklar muallifi, olim Zarifboy Rajabovichning yangi nashrdan chiqqan kitobi ekan. O‘qinglar.
Posted Oct 26
Assalomu alaykum kanalimiz obunachilari. Zarifboy ibodullayev "Klinik psixologiya" Kitoblari sotuvda. Narxi: 210 000 so'm Murojat uchun: 938460200
Posted Oct 26
Shu loyihaga hissa qo‘shganlarni barchasi baraka topishsin🤲
Posted Oct 26
⚡️Kitob karvoni yo‘lda! 📚Nihoyat, o‘sha kun keldi. “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida 140 dan ortiq mutaxassis tomonidan tayyorlangan dunyoga mashhur kitoblar to‘plami yurtimiz bo‘ylab 303 ta muassasa tomon yo‘l oldi. Kitoblar qayerlarga boradi, ularni qayerdan olib o‘qish mumkin? 👉Ro‘yxat bu yerda. Davlatimiz rahbari qaroriga muvofiq, kitoblar axborot-kutubxona muassasalariga, shuningdek, ularning elektron nusxalari kitobxonlar keng foydalanishi uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga va Fanlar Akademiyasi tizimidagi kutubxonalarga beg‘araz taqdim etiladi. Aziz o‘quvchilar! Sizlarga loyiha doirasida chop etilgan dastlabki 27 kitobni taqdim qilishdan mamnunmiz! 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt
Posted Jul 13
Har safar yoz oyida bizni uyimizda takroriy bo‘ladigan anʼana mavjud. Uyni remont qilish orqali kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish. Albatta uddalaganimiz uchun va o‘xshagani uchun har safar o‘zimiz kraska qilamiz, oqlaymiz va buni men har doim bir og‘riqli va o‘ta qiyin jarayon sifatida qabul qilaman. Juda katta energiyamni behuda ketkizayotgandek his qilaman o‘zimni. Bu yilgi yozda ham shu jarayon boshlandi, lekin o‘ziga hos jihati bilan esda qolmoqda. Podkast qo‘yib devor oqlayman, mazza. Berilgan fikrlardan miya vauuuv devoradi. Men ham podkastga chiqsam nimani gapirishim mumkin deb fikr-mulohaza qilaman. Hozir ham ishonsaz uyni polini kraska qilib juda foydali podkastni eshitib tugatdim. Majburlikdan emas, o‘zim mazza qilganimdan podkastni davomi qanaqa bo‘lishi shu darajada qiziqish uyg‘ota olganidan shu ishga o‘zimni urdim va miya mazza qildi. Ishni qiyinligi ham sezilmayapti umuman. https://youtu.be/iHj0bPJ8sdc?si=FKILNN2kX3EDLUpx Diqqat: bu podkastni ko‘rish jarayonida sizni qarashlarizga tushmay qoladigan qismlari bo‘lishi mumkin va bu uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olmayman, eʼtirozlar va so‘kkiz kep qolsa havola orqali youtubeʼga o‘tib bemalol eʼtiroz bildiravering🤣 @kitobxorr
Posted Jul 13
Juda yaxshi podkast bo‘bti. Zerikmasdan mazza qilib ko‘rish yoki eshitish mumkin. https://youtu.be/IvEqqPTp1LA?si=TSCn6ElabtDkPllg
Posted Jul 9
Kecha oilamizga, hayotimizga yana bir quvonch ulashib jajji farishta qizaloq dunyoga keldi. Masʼuliyat yana bir karra oshganini, opachasini ulg‘aytirishda baʼzi qilgan xatolarimizmi qilmaslik kerakligini his qiladi odam. Opachasi Janob Rasulni "Dada sizni meni qanotimsiz" degan qo‘shig‘ini Dada men sizni qanotizman-qanotizman dada deb o‘ziga moslab olgan. Ishga borsam men ham boraman, ko‘chaga chiqsam men ham boraman qayerga ketyapsiz deb ergashavergani uchun men ham parodiya qilib Qizim siz meni dumimsiz, dumimsiz qizim deb hazillashaman🤣) hullas shunaqa qiziqarli holatlar juda-juda ko‘ppale sodir bo‘ladi. Ilohim jajji qanotlarimga ko‘z tegmasin😍
Posted Jun 29
Biz ot emas odamlarmiz. Biz insonmiz. Bu kino Insoniylikni oxirgi daqiqagacha saqlab qolib, qiyin vaziyatlarda ham o‘z manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ymay, odamiylikni yoqlovchilar uchun. Ortiqcha izoh va sharhlarsiz Squid game 3 ni ko‘rishni tavsiya qilaman. @kitobxorr
Posted Jun 5
Aaaaaaaaaa JCh muborak bo‘lsin🔥🔥🔥
Posted May 20
Qizimga 🍇marketdan o‘yin doskasini buyurtma qilgandik, yetib keldi. Shakllarni, raqamlar va ranglarni o‘rganish uchun juda foydali, qiziqarli vosita ekan. Jarayon o‘zimiz uchun ham qiziq bo‘lyapti).
Posted May 17
Tuman hokimi maktabda dars o‘tdi degan xabarni o‘qiganimdan keyin, videoda hokimdan tashqari yana bloknot ko‘targan zamhokim, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilarini ko‘raman, dars emas yig‘ilishga o‘xshagan jarayon bo‘lsa kerak degan tasavvurda videoni yuklagandim, lekin aksi bo‘ldi. Auditoriyada darsga halaqit beruvchi shaxslar yo‘q, jarayon ham ancha samimiy o‘tgan ko‘rinadi. Menimcha, dars ancha qiziqarli bo‘lgan). (#)