Recent posts
Page 2 of 5 · 51 posts
Posted Feb 16
Elsa speek foydalanuvchilari O‘zbekistonda nisbatan ko‘proq shekilli. Men kuchli 50 talikka ham kira olmasdim, bugungi kichik vazifalarni bajarishga kirsam 13-o‘rinda turibman. Bu yerda foydalanuvchilar kam menimcha.
Posted Feb 16
Posted Feb 16
Bugun Quba shahriga keldik. Menmonxonasida kitob o'qib, suhbatlashish uchun mo'ljallangan shinam zali bor ekan. Lekin Ozarbayjonga kelgan kunimiz dastlabki daqiqalardan boshlab miyada o'ziga hos kognitiv dissonans ketyapti. Havo haddan tashqari toza, osmon shu darajada musaffoligidan bulut yaqinda suzib yurgandek tasavvur uyg'otadi, keyin bular ko'chaga umuman musor tashlamas ekane tovba. Kelganimdan beri chang va musor qidirib yuribman, shunaqa toza joy ham bo'lishi mumkin ekanda deb. Oyma-oy qarzga kirmaslik uchun oldindan tozahududga to'lov qilib, shunda keyin ham 5 oyda bir esiga tushib qolganida (yoki portalga yozganingda, eng qizig'i portalga qayta-qayta murojaat qilaverishdan ham hijolat bo'lasan) chiqindini olib ketishiga o'rganib qolgan odam birdaniga toza joyga tushib qolsa utopiyani ichida yashayotgandek his qilaverar ekan o'zini🤣 Chetga chiqib olib, o'zicha yomonlayapti deb o'ylamanglar yana prosta g'alati ekanda buyerlar. @kitobxorr
Posted Feb 16
Kecha stajirovka uchun Ozarbayjonning Boku shahriga keldik. Juda chiroyli tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan go‘zal shahar. Havosi juda toza. Menga eng yoqqan jihati eski shaharni biror joyini o‘zgartirmasdan boricha saqlab qolingan ekan. Yangi zamonaviy megapolisdan chiqib, qadimgi yo‘laklardan yurib, qadimiy binolarga kirish odamni zamonlar osha sayohat qilgan kabi hissiyotni berarkan.
Posted Feb 1
1/12 Duolingo.
Posted Jan 27
Дунё мамлакатларида инглиз тилини билиш даражасини баҳоловчи энг йирик рейтинг – EF English Proficiency Index 2025 йилги ҳисоботини эълон қилди.
Posted Dec 30
Asal qizlarimga qorbobo xat yozib, sovg'a yuboribdi. Baraka topgur qorbobo kichkinani ham unutmabdi, pampers yuboribdi😅)
Posted Dec 12
Rasmdagi bino yillar davomida tashlandiq holatda yotgan metal konstruksiyani ustiga qurilibdi. Metal konstruktsiya shu darajada katta ediki, u aslida nima maqsadda qurilgani ham nomaʼlum edi. Hozir shu joyni obod qilib katta kutubxonaga aylantirishibdi. Ichi juda keng va yorug‘, issiq va shinam. Universitetni avvalgi kutubxonasida devor, to‘sinlar ko‘p bo‘lgani bois odam bo‘g‘ilardi, tiqilinch bo‘lib qolardi. Hozirgisi ancha yaxshi. Talabalarga zo‘r sovg‘a bo‘libdi.
Posted Nov 30
Америкалик Nucleus номли стартап ота-оналарга болани “танлаб олиш” имконини бермоқчи.
Posted Nov 19
Менга ҳаётнинг ўзи етарли эмаслиги сабаб ўқийман. Мен бошқа ерда бўлиш учун ўқийман. Бу дунёда мени бир вақтнинг ўзида ҳам ёлғиз, ҳам жамият ичида қила оладиган ягона машғулот шу эканлиги сабаб ўқийман. Мен ўлганларни тинглаш учун ўқийман. Мен уйдан чиқмасдан туриб дунёни яхшироқ англаш учун ўқийман. Лекин мен тирикларни тинглаш учун ҳам ўқийман. Мен қаримаслик учун ўқийман. Мен жамиятдан ҳам, ўзимдан ҳам қочиш учун ўқийман. Мен эркин бўлиш учун ўқийман. Мен безовта қилинмаслик учун ўқийман. Мен қўнғироққа жавоб беришга тўғри келмаслиги учун ўқийман. Мен бу ерда эмас, у ерда бўлиш учун ўқийман. Мен ҳеч қандай сабабсиз ўқийман. Мен ўқиш учун ўқийман" -Фредерик Бейгбедер, француз ёзувчиси ва танқидчиси
Posted Nov 1
Ҳимоя ордерини "кучи" ва "ёши катта исқирт педофил"га ҳурматсизлик қилингани учун жабрланувчи жаримага тортилгани ҳақида Болалар омбудсманига, Ижтимоий ҳимоя агентлигига мурожаат қилдим. Охирги жанжалда бошимни ёрди “иккалангниям ўлигинг чиқади бу уйдан” деб. 102 га телефон қилдик. Шунда бизга ҳимоя ордери беришди. Шунда қизимдан ҳам кўрсатмалар олишди, экспертиза тайинланди. Лекин бошим ёрилгани ва тан жароҳатлар бўйича маъмурий жазо қўлланди. Унга1 млн 400 минг, менга 500 минг жарима қўйилди – уйда жанжал кўтарганим, ёши катта инсонга ҳурматсизлик қилганим учун. Лекин қизимга қилинган зўравонликлар далилларини ҳаммасини ИИБ ходимига берганман. Буларни судга тақдим қилмаган. Ўша маъмурий жазодан кейин эрим 2-3 ой ичида ҳимоя ордери талабларини 7 марта бузди. https://kun.uz/kr/66129733
Posted Oct 30
Begzod bilan karantin paytida endi online kitob do‘konini ochgan paytida tanishganmiz. O‘sha paytdagi (hozir ham) gigant book.uz, asaxiy, akademnashr, zabarjad kabi kitob biznesi bilan shug‘ullanuvni brendlar bilan tenglasholmaysan, pachag‘ing chiqib ketadi deganim esimda. Keyin bookbikeʼni yasadi. Bir necha marta shu bookbikeʼni balonini qasddan teshib ketib sindirmoqchi bo‘lishgan, lekin shunda ham qaytmadi. Bookbikeʼni yangi yasagan paytda qiziqarli videolar olganimiz esimda, kamerachi ham bo‘lmagan ko‘chadan o‘tgan yo‘lovchilardan iltimos qilgandik😂) qopqora bo‘b ketgandi quyoshda yuraverib. Goldenbooks bilan birgalikda yaxshi xotiralar juda ko‘p. Hozir ham oilam bilan birgalikda boradigan eng sevimli maskanimizdan biri hisoblanadi. Jamoani har bir aʼzosidagi samimiylik, ochiqko‘ngillik alohida mavzu. Yaxshi insonlar yig‘ilgan. Yaxshi xotiralar, iliq munosabat va o‘zgacha yondashuv uchun rahmat aytaman👍 Videoni ko‘ringlar https://youtu.be/FaUFly-DjHQ?si=YzNsmU5CcPLt9yt0