TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Kitobxo‘r avatar

TGINSIGHT CHAT

Kitobxo‘r

@kitobxorr

Books

Subscribers372Current channel subscribers
Tracked posts51Indexed post count
Recent reach6,629Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 4 of 5 · 51 posts

Posted May 4

Odamni yalintirishini qara😂@kitobxorr

494 views

Posted Mar 8

Uydagi teppa-tekin qumni o‘ynasa urushib baqirib berardik, pul to‘lab o‘yingohdagi qumxonaga kiritvorib, tirjayib rasmga olib qum o‘ynashini tomosha qilib o‘tiribmiz😁

583 views

Posted Mar 2

Eng qizini luqmani baliq yeb tozalab kelamiz deb borib, ichib-dumalab qaytadiganlar ham bo‘ladi😂🤣

572 views

Posted Mar 2

Халқимизда ажойиб бир эътиқод бор, яъни бидъат амал, Рамазон бошланмасдан олдин нимагадир ҳамма балиқхоналарга ёпирилиб балиқ ейди, нимаймиш, балиқ лўқмайи ҳалол, лўқмани ҳалоллайди, баданни тозалайди. Агарда баданинг ҳаром билан суғорилган бўлса балиқ у ерда турсин, зам-зам суви билан ювсанг ҳам тозаланмайди. Ўлиб ётган балиқдан нажот сўрагандан кўра Яратгандан қилган ишларинг учун истиғфор сўрагин эй бадбахт дейдиган одам йўқ.

574 views

Posted Feb 23

​​#review#taqriz 📙Nikolas Nassim Taleb — ''Tasodifga aldanganlar" (Fooled by Randomness) "Boshqacha so‘z bilan aytganda, tarix bizga shuni o‘rgatadiki, ilgari hech qachon yuz bermagan voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin" Bu Talebning "Incerto" turkumidagi birinchi kitobi bo‘lib, unda u o'zining mashhur noaniqlik, ehtimollik va xavf-xatar haqidagi g‘oyalarini boshlab bergan. Bu Tasodif hayotimizni, karyeramizni va ayniqsa moliyaviy bozorlarimizni qanday shakllantirishi haqidagi aytaylik ilmiy-falsafiy tadqiqotdir. Sobiq treyder Taleb shaxsiy kuzatuvlari, bozor o'zgarishlari va skeptitsizm namunalarini bizga taqdim etadi. Kitobning bosh g'oyasi — Odamlar Tasodifning hayotdagi rolini past baholaydilar. Odamlar sabab-oqibat qonuniyatlarini barcha joyda qo'llashga intilgani sabab, ba'zan shunchaki omad kelib qolganini tan olishni istamasliklarini ta'kidlaydi. O'ta aqlli bo'lmagan treyder ham ba'zan omad tufayli katta yutuqqa erishishi mumkin deydi u. U yana biz faqat g'oliblarni ko'rishimiz, mag'lublarni eslamasligimiz va shu orqali xulosa chiqarishimizni aytadi (omon qolgan samolyot teoriyasi). Shu qatorda treydingga oid juda ko'plab misollar bilan o'quvchini bu bozor qoidalari va undagi turli taktikalarni qo'llaydigan shaxslar haqida so'zlab beradi. Mutaxassislar Talebning bu kitobida yangi narsa ixtiro qilmagani, shunchaki bor nazariyalarga boshqa nigoh tashlaganini aytib o'tishgan. Uning ko'p tilga olinadigan "Qora oqqush" fenomeni ham kitobda bir bor tilga olinadi, keyinchalik bu g'oyani mustahkamlab, yangi kitobida batafsil bayon qiladi. Kitob turli latifalar, falsafiy mushohadalar, texnikaga oid bahs-munozaralar ichida aylanib yuradi, aniq bir strukturaviy yechim yo'q. Va albatta kitobni Talebning intellektual maqtanchоqligi chiday oladigan insonlar o'qishi mumkin, chunki u o'zini boshqalar aldanib yurganida haqiqatni tushungan yagona odam sifatida tasvirlaydi. "Tasodifga aldanganlar" qaror qabul qilish, investitsiya kiritish yoki hayotda ehtimollikning ahamiyatini tushunishga yordam beradigan muhim qo'llanma hisoblanadi. U o‘quvchilarni o‘zlarining muvaffaqiyat hamda muvaffaqiyatsizlikni talqin qilish usullarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Talebning uslubi keskin bo‘lsa-da, uning fikrlari, ayniqsa tasodifiylik muhim rol o‘ynaydigan sohalarda faoliyat yurituvchilar uchun g‘oyat qimmatlidir. Kitob fikrlashga undovchi kitob, ammo hamma uchun emas. @panda_books

576 views

Posted Feb 19

Xalqaro ilmiy konferensiyada taqdimot qilayotgan olim Abduqodir Xusanovni Manchester City klubiga o'tganini e'tirof etgan holda O'zbekistonga qoyil qolmoqda😄

445 views

Posted Feb 18

Sevgini izlang avvalambor o'zingizga bo'lgan) Haqiqattan seva oladi o'zini sevgan. https://youtu.be/sTkbOqN0__w?si=bZqnqHVngihSeX6v

483 views

Posted Feb 8

Bugun ishxonadagi kutubxonani ziyorat qilish davomida shu kitobni topib oldim. Bir butchakda, yagona nusxada turgan ekan. Ushbu kitobni tarjima qilinganini ham eshitmagandim. Tarjima sifati qay darajada bo‘lganini mutolaa davomida bilib olamiz. Zukko kitobxon nashriyotida chop etilgan ekan)

605 views

Posted Feb 2

🇺🇸🛩АҚШда учувчиликни ўрганган Янгиер шаҳрида яшовчи Жавоҳир Холмуродов юртимизга қайтиб келиб, маҳаллий рейсларда парвозини бошлабди(тўлиқ видео) 😎👍👇 Канал👉@SirdaryoSadosi ↗️

509 views

Posted Jan 29

Bookblogerlar ham mana birin-ketin YouTube`ga ko'chmoqda. Bugun do'stimiz Ilhom Sharifov (@kitobhouse) o'zining YouTube blogida birinchi videosini joylabdi: https://www.youtube.com/watch?v=sxfOM3Xf6KE "Choponli aka" deb nomlangan ushbu kanaldagi birinchi video Chingiz Aytmatovning "Jamila" asari haqida bo'libdi. Qo'llab-quvvatlaymiz va kanalni kuzatamiz! @Bookerberg

484 views

Posted Jan 23

Sen qaysi tashkilotda qanaqa lavozimda ishlashingdan qatʼiy nazar birinchi maqsading ishingni intizomli tarzda sifatli va o‘z vaqtida bajaradigan bo‘lsang va odamlarni qiynab kelayotgan muammolarini hal qilishda realniy (faqat eshitib, bajaramiz deb aldab emas) amaliy yordam berishing orqali kichkinagina lavoziming bilan ham yaxshi ishlarni amalga oshirish mumkin. Maqsading to‘g‘ri bo‘lsa bo‘ldi. Arzimagan chaqaga uchib nomingni shuvut qilma. Olgan kuningdan boshlab sasiy boshlaydi. O‘ylama hech kim bilmadi, ko‘rmadi deb. Keyin kibrga berilib o‘zingni dunyoni egasidek tutish odatini ham egallama. Senga vaqtincha berilgan. Xohlagan paytda seni uchirvorishi mumkinligi hayolingdan ko‘tarilmasin. Kattami kichikmi qanaqa lavozim mansabda bo‘lishingdan qatʼiy nazar qiynalgan, muhtoj odamlarga yordam ber, yo‘l ko‘rsat, tingla va vaziyatini yaxshilab olishiga ko‘maklash. Ko‘pni duosi ko‘l bo‘ladi deganlari rost. Ishon kichkina lavoziming bilan ham juda chiroyli Ishlarni amalga oshirsa bo‘ladi. Xohish va niyat bo‘lsa bas. Sen haqiqiy muhtoj odamlarga yordam bergan kuningdan boshlab bitmagan ishlaring o‘z-o‘zidan yechim topib bitishni, mushkuling sen kutmagan holda oson bo‘lishni boshlaydi. Ishon. @kitobxorr

554 views

Posted Dec 30

Bu yil o‘xshamadimi? Rejalaring amalga oshmay, pulsiz balki ishsizdirsan. Bu vaziyatda ko‘p narsa alam qiladi. Juda ham ayanchli va alamli holat. Ayollarda bu vaziyat qanaqa bo‘ladi bilmadimu lekin yigit kishi sinadi. Ishsiz qolsa, qarzdorlik va ustiga-ustak ota-onam bilmasin deb hamma dardini yashirib aytmasa. Bilasanmi sen qancha yashirishga urinma baribir senda nimadir o‘zgarish bo‘lganini, ishing yurishmayotganini tirishgan basharang, egik yelkang va suhbatdagi ko‘zingni olib qochishing bittada sotadi seni. Agar sen mashennik bo‘lmasang albatta. Yil boshida huddi shu holatda egik yelka va tirishgan peshana bilan nimadirlarni orzu qilib tuzgan rejalarimga ham ishonmay, yaxshi bo‘ladi hammasi oz qoldi deb o‘zimni aldab yurgan paytlarimni eslasam. 2024 yilga kirib kelishda ishsiz, qarzga kirgan, rejalarimni hech qaysi biri amalga oshmagan holda umidsiz abgor holatda edim. 2025 yilga esa nufuzli tashkilot hodimi, rejalarim amalga oshgan va doktorantura talabasi sifatida kirib kelmoqdaman. Behisob shukr. Senda ham hozir, bu yil nimadir o‘shxamagan bo‘lsa yaxshilikka. Keyingi yil nasib qilsa o‘xshasin. Omadingni bersin🤝@kitobxorr

750 views