TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
NO BARRIERS avatar

TGINSIGHT CHAT

NO BARRIERS

@nobarriersuz

Blogs

Subscribers12Current channel subscribers
Tracked posts50Indexed post count
Recent reach2,461Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 4 of 5 · 50 posts

Posted Dec 2

Bolalarning jamiyat hayotiga inklyuziyasi yo‘lidagi eng jiddiy to‘siq — bu, nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘zi va ularning ota-onalari to‘qnash keladigan tamg‘a va diskriminatsiya. Aslida ham, faqat shu ikki omil nogironligi bo‘lgan bolalar uydan chiqmay, jamiyat hayotidan ajralib qolishiga hamda xavotir va ruhiy tushkunlikka turtki berishiga sabab bo‘lmoqda. Nogironligi bo‘lgan o‘g‘il va qizlar hamda ularning ota-onalari o‘z fikrlarini aytish huquqiga ega bo‘lishlari va ularning farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha ular bilan maslahatlashishlari lozim. Jamiyatning asosiy vazifasi — bolalarni boricha qabul qilish va jamiyatga jalb etish uchun muvofiq muhitni yaratishdan iborat. ____ Самый серьезный барьер на пути к инклюзии детей в жизнь общества — это стигма и дискриминация, с которой сталкиваются родители и сами дети с инвалидностью. Фактически, именно эти два явления и удерживают детей с инвалидностью дома, способствуя их изоляции от общества и развитию тревожных состояний и депрессии. Девочки и мальчики с инвалидностью, а также их родители должны иметь возможность быть услышанными и чтобы с ними советовались при принятии решений, касающихся их благополучия. Главная задача общества — принимать детей такими, какие они есть и создавать доступную среду для полного вовлечения в общество. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF Telegram | Instagram | Facebook

86 views

Posted Dec 2

66 views

Posted Nov 30

3-dekabrda Toshkent fotografiya uyida Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuniga bag‘ishlangan «To‘siqlar» nomli fotoko‘rgazma ochiladi. Ko‘rgazmada rassom va fotosuratchilar tomonidan tayyorlangan installyatsiyalar namoyish etiladi. Ularda nogironligi bo‘lgan bolalarning orzulari va ularga erishish yo‘lidagi to‘siqlar o’z ifodasini topgan. Ko‘rgazmada professional fotosuratchilarning ijod namunalari bilan bir qatorda nogironligi bo‘lgan insonlar tomonidan olingan fotosuratlar ham namoyish etiladi. Ularda turli insonlarning his-tuyg’ulari aks ettirilgan bo’lib, biz turlimiz, biroq biz tengmiz degan g‘oya ilgari suriladi. Ko‘rgazma keng omma uchun joriy yilning 10-dekabr kunigacha ochiq bo’ladi. Ko’rgazmaga kirish bepul. __ 3 декабря в Ташкентском доме фотографии откроется фотовыставка «Барьеры», посвященная Международному дню лиц с инвалидностью. На выставке будут представлены инсталляции художников и фотографов, которые раскрывают мечтания детей с инвалидностью и их истории преодоления барьеров на пути к их исполнению. Также на выставке будут экспонироваться работы профессиональных фотохудожников и фотографии, сделанные людьми с инвалидностью. Их творчество — это выражение чувств различных людей и продвижение идеи, что мы — разные, но мы — равные. Выставка будет открыта для широкой публики до 10 декаря с.г. Вход на выставку свободный. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF Telegram | Instagram | Facebook

100 views

Posted Nov 30

80 views

Posted Nov 26

— "To‘siq" deyilganda, biz ko‘p hollarda harakat qilishga to‘sqinlik qiladigan cheklovlarni nazarda tutamiz. Ammo, shuni tan olish kerakki, asosiy cheklov — bizning fikrlash tarzimizda, — "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Ziroat Mirziyoyeva. 2021-yil 19-noyabr "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF "TO‘SIQLAR" nomli axborot kampaniyasiga start berdi. U nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan tamg‘a va diskriminatsiyaga barham berishga qaratilgan. Kampaniya bir yil davom etadi va nogironligi bo‘lgan insonlarga asosiy xizmatlardan foydalanishni ta'minlashda ko‘maklashish va ularning ushbu xizmatlardan foydalanish yo'lidagi to‘siqlar haqida xabardorlikni oshirishga qaratiladi. Каmpaniya, shuningdek, munosabatni o‘zgartirishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, toki nogironligi bo‘lgan bolalar himoya ostida bo‘lishsin, o‘zlarini jamiyatning hurmatga sazovor to‘laqonli a'zosi deb his etishsin. ___ «Когда мы говорим «Барьер», мы часто имеем в виду ограничения, препятствующие действию. Но, надо признать, главное препятствие — в нашем сознании», — председатель Попечительского совета Международного общественного фонда Zamin, Зироат Мирзиёева. 19 ноября 2021 года Международный общественный фонд Zamin и ЮНИСЕФ дали старт коммуникационной кампании под названием «БАРЬЕРЫ». Она направлена на искоренение стигмы и дискриминации в отношении детей с инвалидностью. Кампания продлится год и будет направлена на содействие в обеспечении доступа людей с инвалидностью к основным услугам, повышение осведомленности о препятствиях, которые мешают им получить доступ к этим услугам. Кампания также нацелена на изменение отношения, чтобы дети с инвалидностью были защищенными, чувствовали себя уважаемыми и полноценными членами общества. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF Telegram | Instagram | Facebook

139 views

Posted Nov 26

85 views

Posted Nov 25

Hammasi oiladan boshlanadi. Oiladagi tarbiya bolada himoyalanganlik va o‘ziga ishonch hissi rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Oila asosi qanchalik mustahkam bo‘lsa, nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonch hissi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Har bir ota-ona o‘z farzandida barcha yangi narsalarga qiziqishni rivojlantirishga yordam berishi va bu borada ruhan qo‘llab-quvvatlashi juda muhim. Shuning uchun ham jamiyat va tashkilotlar tomonidan oilalarga ijtimoiy-hissiy va axborot ko‘magini ko‘rsatish ham o‘ta muhim masala. Nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish borasida ota-onalarga madad bo‘ling. ___ Всё начинается с семьи. Семейное воспитание играет важную роль в развитии у ребёнка чувства защищенности и уверенности в себе. Чем крепче опора под ногами семьи, тем увереннее себя чувствуют дети с инвалидностью. Очень важно, чтобы каждый родитель мог помочь своему ребёнку развивать интерес ко всему новому и оказывал в этом моральную поддержку. Поэтому также не менее важно оказание социально-эмоциональной и информационной поддержки семьям со стороны общества и организаций. Поддержите родителей в воспитании и развитии детей с инвалидностью. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF Telegram | Instagram | Facebook

106 views

Posted Nov 25

82 views

Posted Nov 20

Bolalar – bizning kelajagimiz va bugunimiz! Bugun, 20-noyabr kuni, dunyoning barcha davlatlarida Jahon bolalar kuni nishonlanmoqda. Bu kun har bir bolaning salomatligi va taqdiri uchun mas'ul ekanligimizni yodga soladi. O‘zbekiston ikkinchi yildirki, "Dunyoni moviy rangga bo‘yang" nomli jahon miqyosidagi aksiyani qo‘llab-quvvatlamoqda: 19 va 20-noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqa viloyatlardagi 100 dan ortiq zamonaviy va tarixiy binolar barcha bolalar huquqlarini ta'minlash masalasiga jamoat e'tiborini qaratish uchun ko‘k rang bilan yoritildi. Keling, har bir bola ta'lim olish, madaniyat va faol ijtimoiy hayot imkoniga ega bo‘lishi uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solaylik! ___ Дети – наше будущее и наше настоящее! Сегодня, 20 ноября, во всех странах мира отмечается Всемирный день детей. Этот день напоминает нам об ответственности за здоровье и судьбу каждого ребенка. Узбекистан второй год поддерживает мировую акцию «Окрась мир в синий цвет»: 19 и 20 ноября более 100 современных и исторических зданий в Ташкенте, Самарканде, Бухаре, Фергане и других регионах были подсвечены синим цветом в знак привлечения внимания общественности к вопросам обеспечения прав всех детей. Давайте сделаем всё возможное, чтобы каждый ребёнок имел доступ к образованию, культуре и активной социальной жизни! #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF Telegram | Instagram | Facebook

448 views

Posted Nov 20

358 views

Posted Nov 20

450 views

Posted Nov 20

"Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziyani ta'minlash" xalqaro forumida nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan tamg‘a va diskriminatsiyaga barham berishga qaratilgan TO‘SIQLAR milliy kampaniyasi boshlanganligi haqida e'lon qilindi. "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF barchani — nogironligi bo‘lgan insonlar tashkilotlari, hukumat vakillari, xususiy sektordagi hamkorlar va OAV, uyushmalar yetakchilari va taniqli shaxslarni ushbu kampaniyaga qo‘shilishga, hech kim bu mavzudan chetda qolmasligiga chorlamoqda. Kampaniya boshlanishi munosabati bilan rolik namoyish etildi, undagi bosh rollardan birini 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Salim Rajabov ijro etdi. ___ На международном форуме «Обеспечение инклюзии для детей с инвалидностью» было объявлено о начале национальной кампании БАРЬЕРЫ, направленной на искоренение стигмы и дискриминации в отношении детей с инвалидностью. Международный общественный фонд Zamin и ЮНИСЕФ призывают всех — организации людей с инвалидностью, представителей правительства, партнёров из частного сектора и СМИ, лидеров сообществ и влиятельных лиц присоединиться к данной кампании, чтобы никто не остался в стороне. В честь запуска кампании был презентован ролик, одну из главных ролей в котором исполнил ученик специализированной школы-интерната для слабослышащих детей №102 — Салим Раджабов. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF Telegram | Instagram | Facebook

461 views