Recent posts
Page 3 of 5 · 50 posts
Posted Dec 18
Har bir inson ta'lim olish va jamoat tomonidan qobiliyatlari tan olinishi huquqiga ega. Inklyuziv ta'lim — jismoniy, psixik, aqliy va boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar barcha bolalarga maktablarda o‘z tengdoshlari bilan birga ta'lim berish jarayoni. Inklyuziv maktablarda bolalar davlat ta'lim dasturiga asosan o‘qishda muvaffaqiyatga erishish imkonini beradigan yuqori darajadagi ta'lim va ko‘mak olishadi. Inklyuziv ta'lim orqali nogironligi bo‘lgan bolalar nogironligi yo‘q bolalar bilan bir qatorda ta'lim olish huquqlaridan foydalanishadi. O‘zbekistonda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq respublikaning barcha shaharlari va Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi 42 ta maktabda inklyuziv ta'lim tizimi joriy etildi. Biz — barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar tarafdorimiz! — — — Каждый имеет право на обучение и признание своих способностей в обществе. Инклюзивное образование — процесс обучения детей вместе со своими сверстниками в школах, независимо от их физических, психических, интеллектуальных и иных особенностей. В инклюзивных школах дети получают высококачественное образование и поддержку, которые позволяют им добиться успеха в учёбе, согласно государственной программе обучения. Через инклюзивное образование дети с инвалидностью реализуют свое право на образование наравне с детьми без инвалидности. В Узбекистане, в соответствии с постановлением о Концепции развития инклюзивного образования в системе народного образования внедрена система инклюзивного образования в 42 общеобразовательных школах всех городов республики и районов Ташкента. Мы — за равные возможности для всех детей! #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF
Posted Dec 18
Posted Dec 15
Nogironligi bo‘lgan insonlar hikoyalaridan. «Men 15 yoshdaman, — deb so‘z boshladi Marsel, — maktabda o‘qiyman, shaxmat, katta va stol tennisi hamda Rubik kubigiga qiziqaman. Kelajakda Karlar va zaif eshitadiganlar xalqaro federatsiyasi Prezidenti bo‘lishni xohlayman. Mening maqsadim – shaxmat va katta tennis bo‘yicha xalqaro musobaqalarda qatnashish, shaxmat va katta tennis bo‘yicha Jahon Chempioni, xalqaro grossmeyster bo‘lish. Bundan tashqari, Vashingtondagi Galladet karlar universitetida o‘qishni ham istardim». Orzular va maqsadlar turli bo‘lishi mumkin, asosiysi ularni amalga oshirish yo‘lidagi to‘siqlarni yengib o‘tish! ___ Из историй людей с инвалидностью. «Мне 15 лет, — рассказывает Марсель, — учусь в школе, увлекаюсь шахматами, большим и настольным теннисом, а также кубиком Рубика. Хочу в будущем стать Президентом Международной спортивной федерации глухих и слабослышащих. Моя цель – участвовать в международных соревнованиях по шахматам и большому теннису, стать Чемпионом Мира по шахматам и большому теннису, международным гроссмейстером. Также я бы очень хотел учиться в Галлодетском университете для глухих людей в Вашингтоне». Мечты и цели могут быть разными, главное преодолевать барьеры на пути к их реализации! #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF
Posted Dec 15
Posted Dec 10
Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuniga bag‘ishlangan badiiy fotoko‘rgazmada nogironligi bo‘lgan insonlar hikoyalari, ularning orzulari va erishgan yutuqlari havola etildi. Fotosuratlar qahramonlari o‘z hikoyalari va orzulari bilan o‘rtoqlashishdi. «Мen 20 yoshdaman, — deb o‘z hikoyasini boshladi Bonu Yodgorova, — Farg‘ona davlat universitetining sirtqi bo‘limida ta'lim olaman. Вo‘sh vaqtlarimda qo‘l hunari bilan shug‘ullanib, turli narsalar yasayman, turli yarmarka va loyihalarda ishtirok etaman. Men OITV bilan yashayotgan odamlarga psixologik yordam ko‘rsatishga, shuningdek, to‘siqlarga barham berish va nogironligi bo‘lgan insonlar diskriminatsiyasiga qarshi kurashishga intilaman. O‘zimdan qiyos qilib aytishim mumkinki, bunday yordam juda muhim. Kasbga keladigan bo‘lsak, men professional psixolog bo‘lishni orzu qilaman. Shuningdek, dunyo bo‘ylab sayohat qilish, baxtli oila qurish, pianino va skripka chalishni o‘rganish bo‘yicha saboq olish ham mening orzularim». Bonu ishonadi, har bir inson o‘z salohiyatini amalga oshirish va orzulari ro‘yobga chiqishiga erishishga qodir. Bu — to‘siqlarni yengish yo‘lidagi eng muhim omillardan biri. __ На художественной фотовыставке, посвящённой Международному дню лиц с инвалидностью, были представлены истории людей с инвалидностью, их мечты и достижения. Герои фотокартин поделились своими историями и мечтаниями. «Мне 20 лет, — рассказывает Бону Ёдгорова — учусь на заочном отделении Ферганского государственного университета. В свободное время занимаюсь рукоделием, участвую в различных ярмарках и проектах. Я стараюсь оказывать психологическую помощь лицам, живущим с ВИЧ, а также устранять барьеры и бороться против дискриминации лиц с инвалидностью. По себе знаю, что такая помощь очень важна. Что касается профессии, я мечтаю стать профессоиональным психологом. Также мечтаю путешествовать по миру, создать счастливую семью, брать уроки игры на пианино и скрипке». Бону верит, что каждый человек способен реализовать свой потенциал и добиться исполнения мечты. И это — один из важных факторов на пути преодоления барьеров. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF
Posted Dec 10
Posted Dec 9
Художественная фотовыставка в рамках коммуникационной кампании БАРЬЕРЫ продолжает свою работу до 10-го декабря. Зрителям представлены истории людей с инвалидностью, которые верят в свои мечты. Все художественные фотографии – это визуализация их мечтаний. Также на выставке можно познакомиться с работами профессиональных фотографов. Каждая из них имеет свою предысторию, отражает преодоление препятствий и пути к достижению целей. Также авторы-люди с инвалидностью окунут вас в серию любительских фотографий «Взгляд». Приглашаем всех посетить эту фотовыставку, которая еще раз напоминает, что мы разные, но мы – равные. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF
Posted Dec 9
TO‘SIQLAR nomli kommunikatsion kampaniya doirasida tashkil etilgan badiiy fotoko‘rgazma o‘z faoliyatini 10-dekabrgacha davom ettiradi. Tomoshabinlar e'tiboriga o‘z orzulariga ishonadigan nogironligi bo‘lgan insonlar hikoyalari taqdim etilgan. Barcha badiiy fotosuratlar ularning orzulari aksidir. Ko‘rgazmada professional fotosuratchilar ishlari bilan ham tanishish mumkin. Ularning har biri o‘z tarixiga ega bo‘lib, to‘siqlarni yengib o‘tish va maqsadga erishish yo‘lini aks ettiradi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan insonlarning mualliflik fotosuratlari ham ko‘rgazmadan o‘rin olgan. Mazkur havaskor fotosuratchilarning ish namunalari "Nigoh" nomli turkumni tashkil etadi. "Biz turlimiz. Biz tengmiz" shiorini yana bir bor yodga soladigan ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurishga barchangizni taklif etamiz. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF
Posted Dec 8
8-dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun. Bizning davlatimizda uning har bir fuqarosi kasalliklari, jinsiy va irqiy mansubligidan qat'i nazar, yashash, ovoz berish, ishlash, ta'lim olish, so‘z va din erkinligida teng huquqlarga ega. Sizlarni tabriklaymiz, fayzu-barokat va qut-baraka tilaymiz! 8 декабря – день принятия Конституции. В нашем государстве у каждого его гражданина имеются равные права на жизнь, на голос, на работу, образование, на свободу слова и вероисповедания независимо от заболеваний, половой и расовой принадлежностей. Поздравляем вас, желаем процветания и благополучия!
Posted Dec 4
В Ташкентском доме фотографии открылась художественная выставка в рамках коммуникационной кампании БАРЬЕРЫ, которую инициировали Международный общественный фонд Zamin и ЮНИСЕФ. Главная идея кампании заключается в том, что основанные на правах и соответствующие возрасту социальные услуги по поддержке людей с инвалидностью помогут устранить барьеры на их жизненном пути. Фотографии для публикации были сделаны людьми с инвалидностью. Выставка продлится до 10 декабря и будет открыта с 10:00 – 17:00 каждый день, помимо понедельника и праздничного выходного (8 декабря). Адрес: ул.Истикбол, д. 4 (Миробадский р-н), ориентир: сквер Амира Темура, Куранты. Вход свободный. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF
Posted Dec 4
Toshkent Fotosuratlar uyida Zamin xalqaro jamoat fondi va UNICEF tashabbusi bilan boshlangan TO‘SIQLAR axborot kompaniyasi doirasida badiiy ko‘rgazma ochildi. Ushbu kompaniyaning asosiy g’oyasi shundan iboratki, nogironligi bo’lgan insonlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha huquqlarga asoslangan va yoshiga mos bo’lgan ijtimoiy xizmatlar ular hayotidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi. Postdagi fotosuratlar nogironligi bor insonlar tomonidan olingan. Ko‘rgazma 10-dekabrga qadar davom etadi. Ish vaqti: har kuni 10:00 dan – 17:00 gacha (dushanba va 8 dekabrdan tashqari). Manzil: Istiqbol ko’chasi, 4 (Mirobod tumani), diqqatga sazovor joyi: Amir Temur maydoni, Kurantlar. Kirish bepul. #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF
Posted Dec 3
Biz turli, lekin teng ekanligimizni bugun yana bir bor eslatmoqchimiz. Barchaga, jumladan nogironligi bo‘lgan insonlarga ham madad zarur. Mehr va e'tibor qurshovida bo‘lish juda muhim. Shunday ekan, keling, barcha uchun tenglik va qo’llab-quvvatlash muhitini yarataylik! ____ В этот день хочется еще раз напомнить, что мы разные, и мы равные. Всем, включая людей с инвалидностью, необходима поддержка. Важно быть окруженным добротой и пониманием. Так давайте создавать атмосферу равенства и поддержки для всех! #Tosiqlarsiz#BizTurlimizBizTengmiz#NoBarriers#WeAreDifferentWeAreEqual#БезБарьеров#МыРазныеМыРавные#Zamin#UNICEF