TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
S. 80 von 85 · 1,011 Beiträge
Gepostet 26. Dez.
IT suhbat pinned «Demak, darsimizni 21:00 ga mo'ljal qilsak ham bo'ladi menimcha. Mavzu: Javada sikllar, massiv. Xotira qanday ishlaydi? Vaqti: 26 дек. 2021 09:00 PM Исламабад, Карачи, Ташкент Ulanish uchun 👉🏻manzil👈🏻 Identifikator: 712 8476 2675 Kod: K9y6dP @it_suhbat»
Gepostet 26. Dez.
Boshlandi, kiringlar. Hamma kirib olishini ozgina kutamiz, keyin boshlaymiz
Gepostet 26. Dez.
10 daqiqa👀
Gepostet 26. Dez.
Demak, darsimizni 21:00 ga mo'ljal qilsak ham bo'ladi menimcha. Mavzu: Javada sikllar, massiv. Xotira qanday ishlaydi? Vaqti: 26 дек. 2021 09:00 PM Исламабад, Карачи, Ташкент Ulanish uchun 👉🏻manzil👈🏻 Identifikator: 712 8476 2675 Kod: K9y6dP @it_suhbat
Gepostet 26. Dez.
Mutanosiblik🌝
Gepostet 26. Dez.
Kelajak ilmda! Alisher Isaev - Milliard klubi asoschisi. Diplomlilar mardikorlik qilib yuribdi deydiganlar uchun - oʻqish bilan oʻqishni farqi bor. Bir xil universitetni bitirgan, bir xil diplomga ega boʻlgan 2 kishi oʻrtasida osmon bilan yerchalik farqni hosil qiluvchi narsa bu - uyqusiz tuni bilan ilm oʻrganish, vaqtini bekorchi narsalardan qizgʻonib, manfaatlilariga yoʻnaltirish, Ilm-ma'rifat yoʻlida mustaxkam turish. @it_suhbat
Gepostet 25. Dez.
Online darslar qilishni boshlagan edik, ma'lum sabablarga ko'ra orada uzilish bo'lib qoldi. Ma'lumot turlari, Math class metodlari, if, switch operatorlari haqida gaplashdik. Ertaga Alloh nasib qilsa, javada sikllar, massivlar haqida gaplashamiz. Javada xotira bilan qanday ishlashini amaliy tushunish uchun yozgan kodimiz ishlash jarayonida stack va heapda nimalar ro'y berishligi haqida gaplashamiz. Zoom uchun link tashlanadi yoki telegramni o'zida ham video stream qilish imkoniyati bor. Qatnashmoqchi bo'lganlar, ertangi kungi rejalaringizga shuni ham qo'shib qo'ying😊 Tanishlaringizga ham bemalol yetkazishingiz mumkin :) @it_suhbat
Gepostet 25. Dez.
Keyingi suhbatlarimizda Heap haqida to'liqroq gaplashamiz. @it_suhbat
Gepostet 25. Dez.
Javada xotira bilan ishlash to'liq avtomatlashgan. Biz uni nazorat qilishimiz shart emas. Lekin, xotira aslida qanday ishlashligi haqida tushunchaga ega bo'lsak, yozayotgan kodimizda qanaqa jarayonlar kechayotganini to'liqroq tushunamiz, xotira bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan paytda ongli ravishda yechim qilishga erishamiz, in shaa Alloh. Yozilgan kodni ishga tushirishning bir qancha bosqichlari bor: - .java kengaytmali source kodimiz javac orqali kompilyatsiya qilinib, .class kengaytmali bytecode ga o'giriladi. - hosil bo'lgan bytecode'lar classloader, bytecode verifier va yana shu kabi bosqichlardan o'tadi(hozir mavzu xotira bo'lgani uchun bularni har biriga to'xtalmadim) - tayyor bo'lgan bytecode interpretatsiya uchun uzatiladi Dastur ishga tushganidan keyin xotirada nimalar yuz beradi? JVM bir necha turdagi xotira maydonlarini hosil qiladi, bular dastur ishlashi davomida foydalaniladi. JVM ishini to'xtatsa, xotiralar uchun ajratilgan joy ham bekor qilinadi. Xotira maydonlari qaysilar: 1. Method area Metod maydoni Heapning bir qismi bo'lib, hamma oqimlar uchun yagona hisoblanadi. U JVM ishga tushgan payti hosil qilinadi. Bu xotira maydoni class'lar, superclass nomlari, interfeyslar nomlari va konstruktorlarni saqlash uchun ishlatiladi. Umumiy qilib aytganda, metod maydoni o'zida quyidagilarni saqlaydi: - Ma'lumot turlarining to'liq nomlari, misol uchun String; - Ma'lumot turlari modifikatorlarini; - Voris olingan class nomlarini; - Voris olingan interfeyslarning to'liq shakllangan ro'yxatini. 2. Heap area Heap foydalanib turilayotgan obyektlarni o'zida saqlaydi. U ham JVM ishga tushgan payti hosil qilinadi. Heap uchun ajratilish kerak bo'lgan joyni biz o'zimiz belgilab qo'yish huquqimiz bor(Bu haqida ham in shaa Alloh keyinchalik to'xtalamiz). Qachon biz new kalit so'zidan foydalanib, biror obyekt yaratsak, misol uchun int [] arr = new int[10]; xuddi shu ma'lumot uchun heapdan joy ajratiladi, ya'ni obyekt. arr o'zgaruvchi nomi esa stack da saqlanadi va ular bir biriga bog'lanadi. JVM da faqatgina bitta heap maydon bo'ladi xolos va hamma obyektlar shu yerda saqlanadi. Qachonki, heapdagi ma'lumot stack'dagi o'zgaruvchi nomi bilan bo'lgan aloqani uzsa, garbage collector bu obyektni "musor" deb hisoblaydi va o'chirib tashlaydi. Heap maydoni to'lib qolsa, dastur ishlashdan to'xtaydi :) Heap bir necha qismlarga bo'linadi: - Young generation - Survivor space - Old generation - Permanent generation - Code Cache (Bular haqida ham keyinchalik to'xtalamiz) 3. Stack Stack nomli to'plam mavjud. U LIFO(Last Input - First Output) prinspida ishlaydi. Stack oqim(thread) ochilganidan keyin hosil qilinadi. Bu ham fixed yoki dinamik o'lchamda bo'lishi mumkin. Stack o'zida primitive tip ma'lumotlarini(5, 'w', true, 1.5...) va Heapdagi obyekt uchun reference saqlaydi. Stacklarda stack frame tushunchasi mavjud. Bu yerda oqim ma'lumotlari saqlanadi. Tushunarliroq qilib aytganda, biror metodni chaqirgan paytimizda u uchun alohida stack ochiladi, ya'ni bu metod ichida oldingi o'zgaruvchilar ko'rinmaydi, oldingilari boshqa stackda, hozirgisi boshqada. O'z navbatida, metoddagi ishlar amalga oshirilganidan keyin bu stack va undagi ma'lumotlar o'chib ketadi. Har bir stackda Local Variable Array(LVA), Operand Stack(OS) va Frame Data(FD) mavjud bo'ladi. 4. PC Register Har bir oqim Program Counter(PC) bilan bog'lanadi. PC register JVM dagi eng kichik maydon. Unda hozir ishlab turgan bytecode qatori indikatorining raqami saqlanadi. Bytecode interpreter ushbu counterning qiymatini o'zgartirib, ya'ni keyingi qatordagi kodni amalga oshirib ishlaydi. Keyingi qatordagi bytecode'ni o'qib olish uchun counterning keyingi qiymatini oladi. Hozircha shu ma'lumotlar, in shaa Alloh hammamizni ilmimizni ziyoda qilsin, @it_suhbat da gaplashamiz yana :)
Gepostet 24. Dez.
#memory Demak, javada xotira bilan ishlash haqida biroz suhbat qilamiz @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 24. Dez.
Uzoq kutilgan master-klass: Anvar Narzulloh bilan Ko'plabtaklif va talablarni inobatga olgan holda bu gal avval TATUni, so'ngra Koreyaning Yeungnam universitetida magistrlik va doktorlik (PhD) unvonlarini himoya qilgan, hozirgi kunda University Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi asoschilaridan biri Anvar Narzulloh bilan suhbat uyushtirishga qaror qildik. ✨ Mehmonimiz hammuallifligidagi Mohirdev.uz ta'lim platformasi "Open Data Challenge 2021" hakatonining g'olibi va Seedstars xalqaro startap loyihalar tanlovining final bosqichi ishtirokchisi ham hisoblanadi. Master-klass 26-dekabr, yakshanba kuni, soat 14:00 da markazimizning Chilonzor filialida bo'lib o'tadi. Anvar Narzulloh bilan "Sun'iy intellekt" mavzusida bo'lib o'tadigan master-klassda barcha dasturlash sohasida ta'lim olayotgan markazimiz o'quvchilarini kutib qolamiz. Faqat joylar soni cheklanganligini inobatga olgan holda hoziroq ro'yxatdan o'tishni unutmang. 😉 Muhim eslatma: Master-klassda faqatgina markazimiz bitiruvchilari va o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 👉 Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish 🧑🏻💻 Administratorga yozish 📞 Tel: +998712001123 🔴 YouTube sahifa
Gepostet 24. Dez.
Имом Бухорий нега уйланмаганлар? | Азизхўжа домла Иноятов ——— Дўстларингизга ҳам улашинг! @Bayyinauz | #Видео Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг! ⬇️ Telegram | Instagram | YouTube
Hashtags