TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
IT suhbat avatar

TGINSIGHT CHAT

IT suhbat

@it_suhbat

Technologien

Faqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad

Abonnenten894Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,011Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite14,218Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 70 von 85 · 1,011 Beiträge

Gepostet 11. Feb.

#brain Miyamizning qancha qismini ishlatamiz? Miyaning 2-3% qismi ishlaydi degan fikrga nima deysiz? Keling, shu mavzuda suhbatlashamiz :) @it_suhbat

756 views

Gepostet 11. Feb.

#SICNT Mobilchilarda "xursandchilik"😁 Anchadan beri kutishayotgan buyurtmasi kelibdi😊 Ishxonamiz yaxshidaa. Oʻzim olgandek xursand boʻldim @it_suhbat

752 views

Hashtags

Gepostet 11. Feb.

#ilm #kibr Insonda agar o'z-o'zini boshqara olish qobiliyati bo'lmasa, xattoki u olayotgan ilmi ham zarariga ishlashi mumkin. Juda ko'pchilikda nimanidir o'rgangani sari o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi. Bu yerdagi nozik masala - ishonch kibrga aylanib ketib…

648 views

Gepostet 11. Feb.

#ilm#kibr Insonda agar o'z-o'zini boshqara olish qobiliyati bo'lmasa, xattoki u olayotgan ilmi ham zarariga ishlashi mumkin. Juda ko'pchilikda nimanidir o'rgangani sari o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi. Bu yerdagi nozik masala - ishonch kibrga aylanib ketib qolmasligi. Sen: "Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh bo'lsayu, unga o'z mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur", degin.(Kahf, 109) Inson tasavvurida siyoh ilmni qayd qilish vositasi hisoblanadi. Siyoh bilan yozilgan narsalar haqiqiy ilm hisoblanadi. Dengiz esa Qur'on nozil qilingan paytdagi insonlar tasavvuridagi eng cheksiz, eng barakali borliq. Xususan, ilmga nisbatan ishlatilganda, bu tasavvur mutlaq ko'plikni, bepoyonlikni anglatadi. Oyatdan maqsad, dunyodagi barcha dengizlar siyoh qilib olinib, ularga yana shuncha dengiz siyohi qo'shilsa-da, Alloh taoloning kalimalari yozilsa, o'shancha ko'p siyoh ham tugab qoladi, ammo Allohning kalimalari(ilmi) aslo tugamaydi. Qo'lingizga bitta ruchka olib bilganlaringizni to'xtamasdan yozing, bitta ruchkani tugata olamizmi??? 100 gr siyohni yozib tugatish uchun nimalarni bilish kerak?! Ilmimiz kibrga yetaklamasin, ilm Allohniki, Vallohu a'lam deyishni ham o'rganaylik, kibr qilish bizgamas. Ilmning haqiqiy Egasi bizni qalbimizni ko'rib turganini unutmaylik :) @it_suhbat

672 views

Hashtags

Gepostet 10. Feb.

#java #internship #SICNT "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi java backend dasturchilarni stajirovkaga taklif qiladi! Stajirovkadan ishgacha bo'lgan yo'l 3 bosqichni qamrab oladi: 1. Texnik suhbat - nomzodlarning ichidan 10 kishi saralab olinadi.…

706 views

Gepostet 10. Feb.

#sorting Sorting - saralash. Ma'lumotlar to'plamini biror taqqoslash qonuniyati asosida saralash sorting hisoblanadi. Necha xil saralash algoritmlarini bilasiz? Javada default saralash algoritmi qaysi? Arrays.sort() yoki Collections.sort() metodlarini ishlatib ko'rganmisiz? Bular qanday algoritmda ishlaydi? Agar bizdagi ma'lumotlar Integer, String kabi bo'lsa, ularni saralashda muammo yo'q, lekin bizdagi to'plam o'zimiz yaratgan sinf obyektlaridan tashkil topgan bo'lsachi? Unda Collections.sort() yoki Arrays.sort() o'zini qanday tutadi? Ularni biz xohlagandek ishlatish uchun nima qilish kerak? Keling, shu mavzuda suhbatlashamiz :) @it_suhbat

722 views

Hashtags

Gepostet 9. Feb.

#Tolibi_ilm Ey tolibi ilm, tanlagan yo'lingni oxiriga yet, bo'shashma! Manba: @XasanxonYahyoAbdulmajid @it_suhbat

801 views

Hashtags

Gepostet 8. Feb.

#java#internship#SICNT "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi java backend dasturchilarni stajirovkaga taklif qiladi! Stajirovkadan ishgacha bo'lgan yo'l 3 bosqichni qamrab oladi: 1. Texnik suhbat - nomzodlarning ichidan 10 kishi saralab olinadi. 2. 2 haftalik rejalashtirilgan topshiriqlar ketma-ketligi. 3. 1 oylik real proyektlarda stajirovka(muddat har bir dasturchining o'ziga ham bog'liq) Texnik suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar 2 haftalik reja asosida beriladigan topshiriqlarni bajarishadi. Stajorlar uchun alohida 10 kishilik kompyuterlar bilan jihozlangan xona tashkil qilinadi. Topshiriqlarni to'g'ri va iloji boricha optimal yo'l bilan hal qilgan nomzodlar real proyektlarda tajriba orttirishadi. Bu muddat o'rtacha 1 oy davom etadi. Buni uzayish ehtimoli dasturchining proyektlarga moslashib ketishiga teskari proporsional :) Stajirovka davomida kelib-ketish va oziq-ovqat uchun harajatlarni qoplash maqsadida 1-2 mln kompensatsiya puli ham beriladi 💸 Stajirovkani muvaffaqiyatli tamomlaganlar ishga qabul qilinadi😊 Nomzodlardan talab qilinadi: - Java core bo'yicha mustaxkam bilim - Kuchli logika - PostgreSQL yoki Oracle bo'yicha boshlang'ich bilim - Spring framework, Spring Boot, Spring Data va Spring Security bo'yicha bilim - Maven yoki Gradle - Java 8+ - Qiyinchiliklarga moslashish va shaxsiy rivojlanishga bo'lgan xohish - Dokumentatsiya o'qish darajasida rus va ingliz tili plus bo'ladi Bizdan taklif: - Shahar markazida qulay ofis - Stajirovka davrida tajribali ustozlar - Ishga qabul qilishda 5-6 mln va keyinchalik o'suvchan oylik - Ajoyib va axil jamoa - Respublika miqiyosidagi proyektlar - Ishdan bo'sh vaqtlarda ping-pong, ishxona hisobidan futbol zal va basseyn O'z ustingizda ishlashni to'xtatmang, intiluvchan kadrlar har doim hamma joyda kerak @it_suhbat

3,890 views

Gepostet 7. Feb.

#java#internship Anchadan beri rejalashtirilayotgan va kutilayotgan yangilik! O'zbekiston Respulikasi Davlat Soliq Qo'mitasi huzuridagi "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi java backend dasturchilarni stajirovkaga qabul qilishni boshladi😊 To'liq ma'lumotni kanalga joylayman, stajirovka 3 bosqichda bo'lishligi ko'zda tutilgan. Tanishlaringizga ulashishingiz mumkin @it_suhbat

2,160 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••6869707172•••75•••80•••8485