TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
S. 2 von 85 · 1,011 Beiträge
Gepostet 19. Jan.
o'sha kun keldi)) Spring security darslarini YouTube kanalimdan topishingiz mumkin. Alohida playlist qilib joylab qo'ydim. Birinchi video ancha avval yozilgan, shunchaki spring boot haqida qisqacha ma'lumot o'rnida. Videolar o'zim tomonimdan yozilgani va montaj qilingani sababli biroz no professional ko'rinishi mumkin🫠 qo'limdan kelganicha xarakat qildim.
Gepostet 27. Nov.
🚀 Algoritmlash (DSA) kursi Kimlar uchun? – Algoritmik bilimini yuqori darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lganlar. – Texnik intervyuga va FAANG kompaniyalariga tayyorlanayotganlar. Talablar: – Biror dasturlash tilini bilish (Java, Python, C/C++…). ❗️ Eslatma: Samaradorlikni…
Gepostet 27. Nov.
🚀 Algoritmlash (DSA) kursi Kimlar uchun? – Algoritmik bilimini yuqori darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lganlar. – Texnik intervyuga va FAANG kompaniyalariga tayyorlanayotganlar. Talablar: – Biror dasturlash tilini bilish (Java, Python, C/C++…). ❗️ Eslatma: Samaradorlikni oshirish uchun o‘rinlar soni atigi 10 nafar! Kurs haqida ko'proq ma'lumot olish uchun havola: 👉https://dsa.javahere.me
Gepostet 13. Nov.
Mono.zip Bu method ikki producer(Mono)larni birlashtirib beradi. Ikkalasi ham onNext hodisasini yuborganidan keyin, natijalarni Tuple2 holatida qaytaradi. Shu yerda muhim bir jihat bor! Agar Mono.zip(p1, p2) operatordagi p1 yoki p2 bo'sh qiymat qaytarsa(Mono.empty()), operator ham hech narsa qaytarmaydi. Ya'ni zipdan keyin siz kutayotgan tuple qaytmaydi! Chunki tuple yasash uchun p1 va p2 ning onNext signallari kutiladi, ikkalasidan birining signali bajarilmasa, natija ham bo'lmaydi. Bu holatga e'tibor bermasangiz, juda katta mantiqiy uzviylik yo'qotilishi va soatlab debuggingga duch kelishingiz mumkin :) Manfaatli bo'lsa, reactive yozadigan sheriklaringizga ulashib qo'ying. @it_suhbat
Gepostet 28. Okt.
Gepostet 21. Okt.
B-Tree indeksi qanday ishlashini tushunish uchun avval u qanday tuzilma ekanligini o'rganib chiqamiz. Demak, shu paytgacha biz asosan Binary Tree tuzilmasi bilan ishlaganmiz, tanishmiz. Daraxt ildizi(root) va undan eng ko'pi bilan 2 ta tugun(node), huddi…
Gepostet 21. Okt.
B-Tree indeksi qanday ishlashini tushunish uchun avval u qanday tuzilma ekanligini o'rganib chiqamiz. Demak, shu paytgacha biz asosan Binary Tree tuzilmasi bilan ishlaganmiz, tanishmiz. Daraxt ildizi(root) va undan eng ko'pi bilan 2 ta tugun(node), huddi shuningdek, bu tugun ham eng ko'pi bilan yana 2 ta bola tugunga ega bo'lishi mumkin. B-Tree farqli ravishda, tugunlarda bir nechta elementlar saqlaydi va bolalari ham bir nechta bo'lishi mumkin. Tugunlardagi elementlar tartiblangan holda saqlanadi. Bolalarining bog'lanishi ham tartib bilan: chap tomonga kichik elementlar, o'ng tomonga kattalari. Elementlar intervallar bo'yicha saqlanadi. Bu qidiruv samaradorligini oshiradi. Avval tugundagi elementlar ichidan binar qidiruvni amalga oshiradi. Tugun ichida bo'lmasa, mos intervaldagi bolalariga(keyingi tugunga) o'tib qidiradi. Bargga yetgunicha shu ish amalga oshiriladi. @it_suhbat
Gepostet 17. Okt.
Tasavvur qilaylik, siz ma'lumotlarni qayergadir yozib ketayapsiz. Bu — ma'lumotlar ombori. Yangi yozuvlar tushaveradi, tushaveradi va albatta, qachondir ularni o'qish ham amalga oshiriladi. Ma'lumotlarni o'qishda ma'lum filtrlar ishlatiladi. Bu filtrdagi…
Gepostet 9. Okt.
Reactive Java oqimga asoslangan. Vaqt o'tishi bilan 3 xil holat bo'lishi mumkin: — bir yoki bir nechta qiymat qaytaradi (next) — bo'sh tugaydi, qiymat qaytarmasdan (complete/success) — xato bilan tugaydi (error). Subscribe ham aynan shu consumerlar bilan keladi: — Har bir qiymat qaytganidagi Consumer — bitta qiymat qabul qiladi, bu natija. — Xatolik bo'lgandagi Consumer — Throwable obyekt qabul qiladi, bu xatolik. — Ish yakunlangandagi Runnable. @it_suhbat
Gepostet 23. Aug.
Java 21 + PostgreSQL 16 + Spring Boot 3.3.3 OS: Ubuntu 24.04 ~700 MB RAM va 7.2 GB xotira talab qilyapti. Mabodo minimal application ko'tarish uchun qancha joy kerak degan savol bo'p qosa)) @it_suhbat
Gepostet 6. Aug.
Oylik maosh qanday beglilanadi? Deylik xususiy kompaniya HR menejer ishga olmoqchi. Avvalo moliyaviy holatini hisobga oladi. Yani ko'rpasiga qarab oyoq uzatadi. Ikkinchi navbatda bozordagi holatga qaraydi. Biroq barcha hisob-kitoblarni ostin-ustin qiladigan bitta omil bor, bu siz keltirayotgan qiymat. Agar siz katta qiymat keltira olsangiz, o'griqlarga yechim bo'la olsangiz siz xohlayotgan oylik maosh beriladi. Oylik maoshni ko'tarish bo'yicha ham kirganingizda xuddi shunday vaziyat. Bu yerda savol biroz o'zgarishi mumkin. Siz yo'q bo'lsangiz kompaniyada nima o'zgaradi? Oylik maosh belginayotganda va oshirilayotganda shaxsiy ehtiyojlar hisobga olinmaydi. Bu masalada ishlaydigan qoida bor: "Avval beriladi, keyin so'raladi". Yuqoridagi savollarga javobingiz ijobiy bo'lsa, yaxshi oylik maosh so'rashdan uyalmang!
Gepostet 5. Aug.
Kema yasashda kema okeanga chiqishga tayyorlanib yasaladi. Mana bu yerida teshik bor, buni yaxshilab yopish kerak deyilsa, hozir quruqlikdamiz, suv kirgani yo'qku degan gap qabul qilinmaydi. Ertaga bu kema okeanga chiqadi. Teshiklarni quruqlikda yopib olish kerak. @it_suhbat