TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
IT suhbat avatar

TGINSIGHT CHAT

IT suhbat

@it_suhbat

Technologien

Faqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad

Abonnenten894Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,011Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite2,790Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

Tag: #algorithm · 2 Beiträge

当前筛选 #algorithm清除筛选

Gepostet 14. Mai

#mock#MANGA#FAANG#Amazon#interview#algorithm Iskandar aka bilan hozirgina suhbatning ikkinchi qismini o'tkazdik. Bu safar texnik suhbat bo'ldi, aynan algoritm bo'yicha. Yarim soatdan ko'proq davom etgan suhbat davomida medium darajadagi masala ishladim. Javobim to'liq accept olmadi, qaysidir testda fail bo'ldi. Lekin bu haqida so'radim, ya'ni agar masala to'liq qabul qilinmasa suhbat muvaffaqiyatsiz bo'ladimi deb. Ular bu qo'rqinchli emasligini va asosan masalani ishlashda quyidagi narsalarga e'tibor qaratishni maslahat berdilar: — masalaning shartini to'g'ri tushunganlikni tasdiqlab olish uchun test holatlarda qanday javob bo'lishini tekshirtirib olish, ya'ni input va output; — way of thinking, ya'ni nima qilmoqchi bo'lganingizni gapirib, tushuntirib, qanday fikrlayotganingizni yetkazib masala ishlash. Men xato qilibman, masala berilganidan keyin qog'oz va qalab olib o'zimcha yechishga kirishib ketdim, bunga tanbex berdilar; — debugging, ya'ni hayolda kodni kompilyatsiya qilib, har bir qatordagi kodga qanaqa qiymat kelayotgani va u nima javob qaytarayotganini tekshirib, suhbat o'tkazuvchiga jonli debugging qilib berish va shu jarayonda aniqlanadigan xato-kamchiliklarni chiroyli bartaraf etish. Demak, masala to'liq qabul qilinmasa, true yoki false bo'lib, o'tdi-o'tmadi hal bo'lmas ekan. Suhbat oluvchi va ishga qabul qiluvchilar uchun dasturchining o'ylash texnikasi, g'oyalari, muxokama qilish qobiliyati va zehni muhim ekan. O'z ustimizda ishlashni davom ettiramiz, keyingi bosqichga chiqish vaqti yaqinlashmoqda :) @it_suhbat

1,300 views

Gepostet 25. Sept.

#beginner#algorithm#data_structure#leetcode Algoritmni kuchaytirish dasturchi uchun juda muhim bo'lgan omillardan biri, ayniqsa backend dastuchi uchun. Leetcode.com platformasi haqida juda ham ko'p ta'kidlaganmiz. Tizimga kirish uchun ro'yxatdan o'tasiz. Emailingizga bog'laysiz va verify qilasiz. INGLIZ TILI TALAB QILINADI yoki ilojsiz holatlarda google translate yordamga keladi. Lekin bu bilan ingliz tilini o'rganishni to'xtatmaslik zarur. Birinchi bo'lib bunday masalalarni ishlayotganlar uchun ajoyib qo'llanma-darslik qilishibdi. Kiring, o'rganing, fikrlashingizni o'stiring. Masalani hal qilishning eng brilliant yo'llarini toping. Bunday bilim har qanday joyda qadrlanadi, ishonavering)) @it_suhbat

1,490 views