TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
Tag: #interview · 4 Beiträge
Gepostet 14. Mai
#mock#MANGA#FAANG#Amazon#interview#algorithm Iskandar aka bilan hozirgina suhbatning ikkinchi qismini o'tkazdik. Bu safar texnik suhbat bo'ldi, aynan algoritm bo'yicha. Yarim soatdan ko'proq davom etgan suhbat davomida medium darajadagi masala ishladim. Javobim to'liq accept olmadi, qaysidir testda fail bo'ldi. Lekin bu haqida so'radim, ya'ni agar masala to'liq qabul qilinmasa suhbat muvaffaqiyatsiz bo'ladimi deb. Ular bu qo'rqinchli emasligini va asosan masalani ishlashda quyidagi narsalarga e'tibor qaratishni maslahat berdilar: — masalaning shartini to'g'ri tushunganlikni tasdiqlab olish uchun test holatlarda qanday javob bo'lishini tekshirtirib olish, ya'ni input va output; — way of thinking, ya'ni nima qilmoqchi bo'lganingizni gapirib, tushuntirib, qanday fikrlayotganingizni yetkazib masala ishlash. Men xato qilibman, masala berilganidan keyin qog'oz va qalab olib o'zimcha yechishga kirishib ketdim, bunga tanbex berdilar; — debugging, ya'ni hayolda kodni kompilyatsiya qilib, har bir qatordagi kodga qanaqa qiymat kelayotgani va u nima javob qaytarayotganini tekshirib, suhbat o'tkazuvchiga jonli debugging qilib berish va shu jarayonda aniqlanadigan xato-kamchiliklarni chiroyli bartaraf etish. Demak, masala to'liq qabul qilinmasa, true yoki false bo'lib, o'tdi-o'tmadi hal bo'lmas ekan. Suhbat oluvchi va ishga qabul qiluvchilar uchun dasturchining o'ylash texnikasi, g'oyalari, muxokama qilish qobiliyati va zehni muhim ekan. O'z ustimizda ishlashni davom ettiramiz, keyingi bosqichga chiqish vaqti yaqinlashmoqda :) @it_suhbat
Gepostet 25. Juli
#interview#java Mock interview'ga nima deysiz?! Google formaga ma'lumotlaringizni to'ldiring va aynan sizdan interview olinishi mumkin. @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 27. Mai
#interview Ochiq suhbat. Java, SQL, Spring & Java EE. @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 27. Mai
#interview Ochiq suhbat. Java, SQL, Spring & Java EE. @it_suhbat
Hashtags